Tеrmiz davlat univеrsitеti kasbiy ta’lim kafedrasi


O‘QUV USTAXONASIDA ISHLATILADIGAN TISKILAR



Download 24,49 Mb.
bet65/174
Sana26.06.2022
Hajmi24,49 Mb.
#706595
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   174
Bog'liq
МАЖМУА тайёри

O‘QUV USTAXONASIDA ISHLATILADIGAN TISKILAR
Stul tiski (gira)lari 1.3-rasmda ko‘rsatilgan. Bu tiskining qo‘zg‘almas 2 va qo‘zg‘aluvchan 3 jag‘lari bor. Qo‘zg‘almas jag‘ning uzaytiriladigan oyoqchasi 5 bor. Qisuvchi 4 yordamida tiskining jag‘larini bir-biriga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish mumkin
Stul tiskilar yumshoq po‘latdan yasaladi,. Tiski jag‘larining ishlaydigan qismlari yetarli darajada qattiq bo‘lishi kerak. Tiski stoldagi qattiq plastinaga vint bilan biriktiriladi.
Parallel tiskilar (1.4-rasm). Parallel tiskilarda qo‘zg‘aluvchan jag‘ni ochganda u qo‘zg‘almas jag‘ga nisbatan parallel hoatda qolaveradi, shuning uchun ham bu giraga shunday nom berilgan. Dastgohda ishlanganda ko‘pincha buriladigan parallel tiskilar 3 da ko‘rsatilganidek ishlatiladi. Bu giralar qo‘zg‘almas jag‘2ga korpusi to‘g‘ri burchak shaklida teshilgan, shu teshikka qisuvchi vintning gaykasi 3 joylashgan. Qo‘zg‘aluvchan jag‘ 1 ning prizmatik quyrug‘i 4 to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida o‘yilgan teshikka kirib turadi. Qo‘zg‘aluvchan jag‘ning korpusidagi teshikdan o‘tkazilgan qisuvchi vint 5 stopor planka 9 bilan mahkamlab qo‘yilgan.Tiskining qo‘zg‘almas jag‘i asos plita 7 ga markaziy bolt 8 bilan mahkamlangan va zarur bo‘lganda tiski shu bolt atrofida buriladi. Tiskini zarur holatda mahkamlab qo‘yish uchun vint 17 dan foydalaniladq.
Parallel tiskilar kul rang cho‘yandan ishlanadi. Tiskilarning o‘lchamlari jag‘larining eniga qarab belgilanadi, jag‘lar eni esa 60 mm dan 150 mm gacha, tiskining og‘irligi esa 3 kg dan 50 kg gacha bo‘ladi.Dastgohda tiskining qanchalik to‘g‘ri o‘rnatilganligi unda ishlovchi studentning bo‘yiga qarab tanlanadi. Parallel tiski-ni o‘rnatganda student tiski oldida to‘g‘ri turib, qo‘lini tirsak-dan bukib, tirsak bilan tiski jag‘lariga tayanadi. (1.6-rasm) va barmoqlarini yozib yuborganda, qo‘l ko‘krakka qisilgan bo‘lishi
kerak; agar tiski to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, yozib yuborilgan bar-moqlar iyakka tegib turishi lozim.
Parallel tiski studentning bo‘yiga qarab to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘ng qo‘lining tirsak qismi gorizontal holatda bo‘lib, tir-sakning bukilgan joyi to‘g‘ri burchak hosil qiladi (1.5-rasm, a). Tiski noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, tirsakning bukilgan joyi to‘g‘-ri burchak hosil qilmaydi (1.5-rasm, b).
Tiski noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘ng qo‘lning tirsagi yo past-ga tushib yoki ko‘tarilib turadq.
Dastaki tiskilar. Bu tiskilar mayda buyumlarni mahkamlab qo‘yishda ishlatiladi. Dastaki tiskilar qo‘lda ushlab turiladi-gan yoki dastgohga mahkamlab qo‘yiladigan bo‘ladi. 1.6-rasmda qo‘l tiskisi va undan foydalanish tartibi ko‘rsatilgan.





1-.3-rasm. Stol girasi:
1— dastgoh, 2— so‘zg‘almas jar, z— so‘zg‘aladigan jag‘, 4— kesuv-chi vint, 5— girani dastgohga mahkamlab qo‘yadigan oyoscha



1.4- rasm. Buriladigan parallel tiski:
1- suriladigan jag‘, 2- so‘zg‘almaydigan jag‘, 3- kevchi gayka.
4-yo‘naltiruvchi prizma, 5- sisuvchn vvnt, 6- qisuvchi vint gaykasi uchun T simon o‘q, 7- giraning asosi, 8- markaziy bolt, 9- stopor planka, 10- giraning buriladigan qismi, 11- girani dastgohga mahkamlab turadigan vint.


1.5-rasm. Tiskini bo‘yga moslab o‘rnatish
a - studentning bo‘yiga qarab dastgohga o‘rnatilgan girani tekshirish, b- gira bilan to‘g‘ri ishlash.







1.6-rasm. Dastaki tiski:
a — odatdagi dastaki tiski:1—jag‘lar, 2—suloqli vint,
3— prujinasi, b — nafis ishlar uchun gira, v — dastakj giraga sistirib qo‘yilgan sterjenlarni egovlash.


CHILANGARLIKDAN TALABALARNING OLGAN KО‘NIKMA VA MALAKALARINI HISOBGA OLISH
Talabalarga har bir о‘quv ustaxona praktikumi mashg‘ulotining programma soatlari oxirida ishlarni baholash, ya’ni zachyot asboblari tayyorlash topshiriladi. Bunda talabalar mustaqil holda olgan bilim va kо‘nikmalarini amalda ishga soladilar. Zachyot asboblari bо‘yicha о‘quv ustaxona praktikumi jarayonida qanday malaka va kо‘nikma olganligini ham hisobga olishga tо‘g‘ri keladi. Zachyot asboblarini talabalar konstruksion asboblar, ya’ni meto­dik amaliy-texnik adabiyotlarda yoritilgan asboblarning tasvirlariga asoslanib tayyorlaydilar.
Asboblar tayyorlash protsessida talabalar о‘zlari ixtiyoriy tanlagan biror asbobni praktikum о‘qituvchisiga kо‘rsatadi va tanlagan asbob bо‘yicha tegishli maslahatlar oladi. О‘qituvchi har bir talaba uchun u tanlab olgan zachyot asboblarini yozib oladi va stu-dentlarning mustaqil ishlarini kuzatib boradi. Murakkab buyum va asboblarni tayyorlash, uni remont qilishda ikki - uch talaba birgalashib ishlashi mumkin.
О‘qituvchi talabalarga buyum va asboblarni tayyorlashda foydalaniladigan adabiyotlar haqida aytib о‘tadi. Adabiyot sifatida foydalanish uchun birinchi navbatda «Shkola i proizvodstva», «Modelist-konstruktor» jurnallarini tavsiya etishi lozim. Jurnallarning har bir sonida talabalar qо‘lda tayyorlashi mumkin bо‘lgan asboblarning yoki buyumlarning texnikaviy chizmasi, tushuntirish xatlari, texnologik kartalari beriladi.
Asboblarni tayyorlashda, shuningdek, turli metodik mo­nografiya va kitoblardan foydalanish mumkin.
Asboblarni tayyorlashda har bir talaba dastlab asbobning ish chizmasini tuzishi, uning uchun kerakli materialni tanlab olishini kuzatish lozim. Birgina asbobni tayyorlashda tur­li xil metodlarni ishlatish ham mumkin. Bu esa о‘qituvchiga studentlarning turli hil materiallar bilan ishlash sohasida olgan malakalari va ularni amaliy ishlarda qо‘llanishlari tо‘g‘risida fikr yuritish imkoniyatini beradi.
Talaba tayyorlagan buyum yoki asbobini о‘qituvchiga topshiradi.О‘qituvchi asbob yoki buyumni diqqat bilan kuzatib, uning yutuq va kamchiliklarini kо‘rsatadi hamda talabaga tegishli baho qо‘yadi.О‘quv yilining oxirida sinov asboblari yoki buyumlari kо‘rgazmasi tashkil etiladi.

Download 24,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish