99
b)
pastdan ushlash: shu holatda har ikki qo‗1 ham oxirigacha supinatsiya qilingan
bo‗lib,
kaftlar yuqoriga qaratilgan, katta barmoq tashqariga qaratilgan bo‗ladi;
d)
har xil ushlash: bir qo‗1 – yuqoridan, ikkinchisi – pastdan ushlagan bo‗ladi;
e)
teskari ushlash: har ikki qo‗l ham oxirigacha pronatsiyalangan
kaftlar
gimnastning o‗ziga qaratilgan, katta barmoqlar tashqariga qaratilgan bo‗ladi;
f)
chalishtirib ushlash: kaftlarning ichki yuzalari
tashqariga qaratilgan, bilaklar
kaft-bilak bo‗g‗ini oldida bir-birining ustiga chalishtirilgan, kichik barmoqlar birbiriga tegib turib,
katta barmoqlar tashqariga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan ushlash usullari ushlash kengligi bilan ham farqlanadi. Ustidan
ushlaganda kaftlar orasidagi masofa yelka kengligidan kichik bo‗ladi. Pastdan ushlaganda –
yelkalardan biroz kengroq; har xil ushlaganda – taxminan yelka kengligida; teskari ushlashda –
ko‗pincha yelkadan kengroq (ammo shaxsiy bo‗ladi, chunki avval yelka bo‗g‗inining
harakatchanligiga bog‗liq) bo‗ladi. Ushlashning barcha hollarida katta barmoq qolgan to‗rt
barmoqqa qarama-qarshi joylashadi.
Hozirgi davrda yakkacho‗pda bajariladigan mashqlar kishini hayratda qoldiradi, chunki ular
hech to‗xtamasdan, qaltis vaziyatda bajariladi. Bu hoi, hatto, sport gimnastikasini yaxshi
tushunmaydigan kishiga ham, yaxshi gimnastga ham xatosiz harakatlar uyg‗unligini, dadillikni,
o‗z harakatlarini fazo va (tayanch holda) dastakli otda boshqara olish kabi sifatlarni ko‗ra olish
imkoniyatini beradi. Yakkacho‗pda bajariladigan asosiy mashqlar quyidagilardan iborat:
- baland yakkacho‗pdagi bu holat beistisno hamma mashqlarni boshlash uchun dastlabki
holatdir. Osilishda tananing to‗g‗ri holati yetarli ko‗lamda tebranishni boshlash va keyinchalik
siltanish uchun, ayniqsa, muhimdir. Osilish holatida gimnastning tanasi maksimal to‗g‗rilangan
bo‗lishi kerak. Bunga ko‗krak-o‗mrov va yelka bo‗g‗inidan cho‗zilish, shuningdek, bel qismidagi
mushaklarni bo‗shashtirish orqali erishiladi. Tirsak bo‗g‗inlari ham to‗g‗rilangan, lekin
taranglashmagan bo‗lishi zarur. Oyoqlar tos-son va tizza bo‗g‗inlaridan to‗g‗rilangan, oyoq uchlari
cho‗zilgan va juftlashtirilgan bo‗ladi. Osilish holatiga quyida bayon etiladigan ko‗rsatmalarga
rioya qilgan holda yaxlit o‗rgatish usuli bilan o‗zlashtirish lozim.
Tana pastki qismlarini tarbiyalashda uning to‗g‗ri holati zarur bo‗lgan mushak guruhlarini
tarang tortish
orqali erishiladi, bu esa tebranish davomida ham saqlanadi.
Osilish holatida bukilish yoki yozilish (kerishish) taqiqlanadi. Ko‗pincha boshning noto‗g‗ri holati:
orqaga yoki oldinga tashlash, ko‗krakka engashtirish bu xatoliklarga sabab bo‗ladi. To‗g‗ri holatda
bosh ham to‗g‗ri tutiladi va u qo‗llar orasida bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: