96
Keltirilgan misolni sinchiklab o‗rganib, bu umumiylikni topish, ko‗pkurashning har xil
bo‗lgan turlarida bajariladigan alohida mashqlarning ijro etilish qonuniyatlaridagi ba‘zi
umumiylikni aniqlash mumkin. Bu esa turli-tuman mashqlar texnikasini mashqlarning cheklangan
guruh texnikasiga birlashtirishga asos bo‗ladi. Shuning uchun biz gimnastika mashqlari
texnikasining umumiy asoslari to‗g‗risida gapiramiz. Ikki umumiy bo‗lgan qonuniyatlar guruhini
ko‗rsatib o‗tamiz:
•
birinchisi, anatomik-fiziologik;
•
ikkinchisi, fizik (mexanik) qonuniyatlar.
Bu
ikki guruhni hisobga olish,
birinchidan, gimnastika mashqlarining tasnifini tuzishga;
ikkinchidan, har bir mashqning murakkabligini aniqlashga imkoniyat beradi.
Hamma gimnastika mashqlari ikki guruhga bo‗linadi.
I. Statik kuch ishlatiladigan mashqlar (harakatsiz – turg‗un holatda). II. Siltanish
mashqlari (harakatda bajariladigan mashqlar).
Statik
kuch ishlatiladigan mashqlar, o‗z navbatida, ikki guruhga bo‗linadi:
1.
Xususiy statik mashqlar – bu gimnastning jihozda mashq bajarayotgan vaqtidagi (osilish
va tayanishda) tinch turib qolish holatlidir. Bu guruhchadagi mashqlarga osilish, tayanish,
ko‗pkurashning hamma jihozlarida burchak yasab tayanish; yakkacho‗pda, qo‗shpoyada,
halqalarda burchak yasab osilish; yakkacho‗pda va halqada orqaga gorizontal osilish kiradi.
Bu mashqlarning murakkablik darajasi yuqori. Masalan, osilish mashqlarini bajaruvchi
shug‗ullanishni endigina boshlagan va hatto, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ham bajarishi
mumkin, ammo orqada gorizontal osilishni esa, malakali gimnastgina bajara oladi.
25
Bu mashqlarning murakkabligi ikki omilga binoan aniqlanadi: a)
mushaklarning ishga solish
darajasi;
b) turli holatda muvozanat ushlab turishning qiyiniigi.
Mushaklarning kerakligicha ishlatish darajasi, yelka o‗qiga tushadigan
og‗irlikka nisbatan kuch vaqti mexanik tushunchasi bilan chambarchas
bog‗liqdir. Bu munosabat shunday ifodalanadiki, agar bir xil vazndagi ikki
gimnast bir xil mashq bajarsa, unda mashqni bajarish baland gimnast uchun
qiyinroq bo‗ladi.
Muvozanatni saqlay olish qiyiniigi turg‗un va noturg‗un muvozanat
mexanik tushunchasi bilan bog‗liq. Bu yerda biz faqat hamma tayanishlar
noturg‗un holatlardan iborat va shu sababli, ularni saqlab turish uchun
mushaklarga qo‗shimcha kuch ishlatishni talab qiladi.
Osilish – bu turg‗un muvozanat holatdirva ularda muvozanatni saqlab turish qo‗shimcha
kuch ishlatishni talab qilmaydi (87-rasm).
Yuqorida qayd qilinganiarni inobatga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkin
(mashqlarning murakkabligi biz ko‗rib chiqmagan omillarga ham bog‗liq bo‗lishi mumkin), ya‘ni
osilish mashqlari, asosan, tayanish holatida bajariladigan mashqlardan osonroq bo‗ladi, bu
taxminiy xulosa, aibatta.
2.
Kuch ishlatiladigan harakatlar – bu bir statik (turg‗un) holatdan ikkinchisiga ohista
o‗tishdir (88-rasm).
25
Yefimenko A.I., Yo‗ldashev Q.Q., Umarov M.N. Gimnastika darsining samaraligini oshirish usullari. Tashkent, 1995 g
97
Bu guruh mashqlariga quyidagilar kiradi: qo‗llarni bukib
osilish holatiga o‗tish (tortilish), qo‗llarni bukib osilishdan
osilishga tushish (tortilishga teskari bo‗lgan harakat), osilishdan
kuch bilan bukilib osilish, orqada osilgancha kuch bilan bukilib
osilish, kuch bilan tayanish holatiga chiqish (yakkacho‗pda,
qo‗shpoyada, halqada).
Bu guruhdagi mashqlarning qiyin darajasi to‗g‗risida shuni
aytish mumkinki, tayanish holatidan osilishga o‗tish (tushish)
osilish holatidan tayanishga
o‗tish (ko‗tarilish)dan osonroq, chunki: pastga tushishda
mushaklar tanani asta-sekin va bir maromda tushishini ta‘minlaydi, ko‗tarilishda esa tana
og‗irligini yengib, yuqoriga harakat qilish uchun kuch ishlatishni talab qiladi. Ikkinchi holat
fiziologik
nuqtayi nazardan murakkabdir;
a) pastga tushishda muvozanatni ushlab turish sharoiti sodalashadi, ko‗tarilishda
esa murakkablashadi. Buning sababi statik mashqlarni yozishda bayon etilgan.
Tebranish mashqlari gimnast tanasining to‗liq doira (aylanishlar) yoki uning qismlari bo‗ylab
(tebranish, ko‗tarilish, sakrab tushish) harakatlari bilan ifodalanadi.
Fikrimizni yaxshiroq bayon qilish uchun bir necha atamali tushunchalarni qayd qilib o‗tish
zarur. Agar gimnast yakkacho‗pda, halqada osilish holatida yoki qo‗shpoyada tayanish holatida
tebransa, unda u goh ko‗krak bilan oldinga, goh yelka bilan orqaga yo‗naladi. Ko‗krak bilan
oldinga siljish
oldinga tebranish, yelka bilan orqaga siljish esa, orqaga tebranish deyiladi.
Tebranish mashqlarning tasnifi ancha murakkab va unga kiradigan barcha elementlarni bilish
umumiy kurs talabalari uchun zarur emas. Shuning uchun, tebranishning uch asosiy guruhini qayd
etish bilan cheklanamiz.
1.
Oldinga tebranib bajariladigan harakatlar. Bu guruhga keskin oldinga siltanib bajariladigan
mashqlar kiradi. Unga quyidagi mashqlar misol bo‗ladi: oldinga siltanib orqaga burilish
(yakkacho‗pda, halqada); oldinga siltanib qo‗llarni bukib osilish; oldinga siltanib bukilib va
kerilib osilish (halqada); oldinga siltanib sakrab tushish (yakkacho‗pda, qo‗shpoyada va
halqada); oldinga siltanib ko‗tarilish (qo‗shpoyadava halqalarda).
Qayd etilgan mashqlardan eng murakkabi oldinga siltanib ko‗tarilishdir.
2.
Orqaga siltanib bajariladigan harakatlar. Bu guruhdagi mashqlarga keskin orqaga siltanib
bajariladigan mashqlar kiradi. Ular quyidagilardir: orqaga siltanib orqaga burilish (yakkacho‗p
va halqada); orqaga siltanib qo‗llarni bukib osilish; orqaga siltanib oldinga yelkadan ayianish
(halqada), orqaga siltangancha sakrab tushish (yakkacho‗pda, qo‗shpoyada va halqada); orqaga
siltanib ko‗tarilish (qo‗shpoyada).
Bulardan qiyini orqaga siltanib ko‗tarilish hisoblanadi.
3.
Gavdani yozib bajariladigan harakatlar. Bu guruhga bukilib osilish
(yakkacho‗pda, qo‗shpoyada, halqada) yoki qo‗llarda bukilib tayanish holatidan (qo‗shpoyada)
bajariladigan mashqlar kiradi. Masalan, tebranib turib va minib tayanish holatidan orqaga
tushishdan keyin bir oyoq bilan ko‗tarilish, tebranishdan yoki tayanish holatidan orqaga tushishdan
keyin gavdani yozib ko‗tarilish, tebranishdan keyin (yakkacho‗pda) yoki turli tayanish holatlaridan
orqaga tushishdan keyin ikki oyoq bilan ko‗tarilish (yakkacho‗pda va baland-past qo‗shpoyada);
qo‗llarda tayanishdan yoki bukilib tayanishdan gavdani yozib ko‗tarilish (qo‗shpoyada).
Bu mashqlardan keyingi murakkabi – ikki oyoq bilan ko‗tarilishdir.
Gimnastika umumiy kursida o‗rganiladigan ayrim mashqlarni qayd etib o‗tilgan tasnif
guruhlarining birontasiga ham kiritib bo‗lmaydi, chunki biz ongli ravishda bu
guruhlar sonini
98
chekladik. Bu mashqlarning texnikasi va ularni o‗rgatish usuli o‗quv qo‗llanmaning tegishli
o‗rinlarida bayon qilinadi.
Siltanma mashqlar gimnast tanasining to‗liq doira yoki uning qismlari bo‗ylab siljishidan
iborat ekanligi yuqorida ta‘kidlab o‗tildi. Bunday siljishlar zarurligi tufayli «o‗q» tushunchasi bilan
bog‗liq. Gimnast tanasiga nisbatan quyidagi o‗qlar ajratiladi:
a)
yuzalik (frontal) o‗qlar frontal yuzalikda joylashgan, ya‘ni har ikki yelka va
tos-son bo‗g‗inlaridan o‗tadigan yuzalikdagi o‗qlar;
b)
old-orqa (sagittal) o‗qlar-frontal o‗qqa perpendikular o‗tadigan sagittal yuzalikda
joylashgan o‗qdir. Sagittal o‗qlar, o‗z nav- batida, frontal yuzalikka nisbatan
perpendikulardir;
d) uzunasiga joylashgan o‗qlar – sagittal yuzalikda joylashgan bo‗lib,
frontal
yuzalikka parallel bo‗ladi.
Har bir guruhda o‗qlar son-sanoqsizdir, ammo bir nuqtadan gimnast
tanasining umumiy
og‗irlik markazidan (UOM) kesishadigan uchta o‗q mavjud
.
Ular asosiy markaziy (erkin) o‗qlar (shunga muvofiq frontal, sagittal va uzunasiga
joylashgan) deb ataladi (89-rasm). Gimnastika mashqlarining texnikasini o‗rganishda erkin o‗qlar
katta ahamiyatga ega, chunki erkin uchish holatida (tayanchsiz holatda) turg‗un aylanishlar faqat
ularning atrofida sodir bo‗lishi mumkin.
O‗qlar real (masalan, yakkacho‗pning temiri) va tasavvurdagi (halqada ushlash nuqtasini
birlashtiruvchi to‗g‗ri chiziq) bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: