Termiz davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/194
Sana25.06.2021
Hajmi6,59 Mb.
#100974
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua a4996e5e3594e2930db2202c30c913d9

Oldinga ayianish (o‗ng oyoq bilan). Gimnastni yakkacho‗pga minib tayanish holatidan o‗ng 
oyoqni  mumkin  qadar  balandroq  ko‗tarib  kerishadi  va  tosni  oldinga  yo‗naltiradi.  Bunda  chap 
oyoqning soni yakkacho‗pga qattiq bosiladi. Shu holatdan oldinga harakat boshlanadi va tana holati 
taxminan bosh pastga tushgunga qadar saqlanadi. Bu holatda oyoqlar orasi qisqartiriladi va qo‗l 
kaftlarini  o‗qqa  qo‗yib  ayianish  yakunlanishidan  oldin  ayianish  yo‗nalishi  bo‗yicha  buriladi. 
Ayianish oyoqlarni keng yozish bilan yakunlanadi. Orqaga ayianish (o‗ng oyoq oldinda) oldinga 
aylanishga o‗xshab bajariladi, faqat teskari yo‗nalishda. 
О‗rgatish.  Наr  ikki  mashq  ham  yaxlit  o‗rgatish  usulida  tushuntiriladi.  Oldinga  aylanishni 
o‗rgatishda murabbiy yon tomonda (masalan, chap tomonda) va orqada turadi. Orqaga aylanishni 
o‗rgatishda – yon tomonda va oldinda turadi. 
Oldinga aylanishda murabbiy chap qo‗lini o‗q ostidan o‗tkazib, talabaning bilagidan teskari 
ushlaydi.  Aylanishni  boshlash  bilan  murabbiy  shug‗ullanuvchini  chap  qo‗li  bilan  aylantiradi, 
aylanish tugashi bilan o‗ng qo‗li biian belidan ushlaydi. 
Orqaga aylanganda murabbiy o‗ng qo‗li bilan bilakdan ushlaydi, chap qo‗li bilan esa mashq 
tugatilishidan oldin talabaning ko‗kragidan ko‗taradi. 


103 
 
Tayanib orqaga aylanish. Gimnast tayanish holatidan qo‗llarni biroz bukish orqali oldinga 
engashib, tos-son bo‗g‗inidan bukiladi, keyin keskin to‗g‗rilanib, qo‗llarini to‗g‗rilab yakkacho‗p 
ustiga  ko‗tariladi  (siltanadi).  Tayanish  holatiga  erkin  qaytib,  sonlar  bilan  yakkacho‗pga  tegishi 
bilan  tos-son  bo‗g‗inidan  biroz  bukilib,  boshni  orqaga  yo‗naltiradi  va  shu  holatni  saqlagancha 
orqaga  aylanadi.  Butun  aylanish  davomida  tosni  yakkacho‗pga  yaqin  ushlash  juda  muhimdir. 
Aylanish  tugashidan  oldin  kaft  tayanch  holatiga  buriladi  va  tos-son  bo‗g‗inidan  juda  tez 
to‗g‗rilanadi. 
O‗rgatish (past yakkacho‗pda): 
a) 
tayanish holatidan qo‗Uar bilan o‗qdan ushlagancha, orqaga siltanib sakrab 
tushish; 
b) 
orqaga siltanib, tos-son bo‗g‗inidan biroz bukilgancha tayanish holatiga 
qaytish; 
d) murabbiy yordamida aylanish. Murabbiy oldinda va chapda turadi. 
O‗ng qo‗li bilan talabaning chap bilagidan teskari ushlaydi (o‗q ostidan), chap qo‗li bilan 
sondan  ushlab,  orqaga  siltanishga  yordam  beradi,  gimnast  tayanish  holatiga  qaytgach,  qo‗lini 
ichkariga  burib,  shu  qo‗li  bilan  tosni  turnikka  bosadi,  shu  bilan  aylanishni  tugatishga  yordam 
beradi. 
Yoysimon  siltanish  (92-rasm).  Tayanish  holatidan  oyoqlarni  oldinga,  yakkacho‗p  ostiga 
yo‗naltirib,  tos-son  bo‗g‗inidan  biroz  bukilish  zarur  va  boshni  ko‗krakka  engashtirib,  tayanib 
orqaga aylanish uchun harakatni boshlash kerak. Orqaga aylanishdan farqli o‗laroq, bu mashqda, 
mashq boshlanishidan oyoq uchlarini ko‗rib turish lozim. 
Bosh pastki holatga kelgandan keyin qo‗llar orqaga, bosh orqasiga ohista yo‗naltiriladi va 
qomat  biroz  bukilgan  holatda  saqlanadi.  Keyingi  barcha  harakatlar  «Bukilib  yozilib  tebranish» 
bo‗limida bayon etilganiga mos keladi. 
Yoysimon holatda sakrab tushish. Bosh bilan pastga turish hoiatigacha bo‗lgan harakatlar 
«Yoysimon  siltanish»  bo‗limida  bayon  etilganiga  to‗g‗ri  keladi.  Ammo  yoysimon  siltanishdan 
farqli  o‗laroq,  tos-son  bo‗g‗inidan  oxirigacha  to‗g‗rilanib,  bosh  orqaga  engashtiriladi  va 
yakkacho‗p  qo‗yib  yuboriladi.  Yerga  tushishgacha  bo‗lgan  uchish  holatida  qo‗llar  yuqoriga- 
tashqariga  ko‗tarilgan  bo‗lib,  qomat  kerishgan  holda  ushlab  turiladi.  O‗rgatish  (past 
yakkacho‗pda): 
a) 
tik turib osilish holatidan sakrab, yoysimon sakrab tushish (yordam bilan); 
b) 
shuning  o‗zi,  lekin  yakkacho‗pda  parallel  holda  undan  1  m  uzoqlikda  tortilgan 
chizimcha ustidan bajarish. Chizimchaning balandligini o‗zgartirib boriladi: dastlabki urinishlarda 
chizimcha yakkacho‗pdan 30 sm pastda bo‗ladi, navbatdagi urinishlarda esa undan ham balandroq 
bo‗lishi mumkin; 
d) tayanish holatidan chizimcha ustidan yoysimon sakrab yerga tushish (yordam 


104 
 
bilan). 
Qayd  etilgan  barcha  hollarda  murabbiy,  masalan,  talabaning  chap  tomonida,  uning  oldida 
turib  yordam  ko‗rsatadi.  Murabbiy  o‗ng  qo‗lini  yakkacho‗p  ostidan  o‗tkazib  talabaning  chap 
bilagidan  teskari  ushlaydi,  chap  qo‗li  ichkariga  maksimal  burilgan  bo‗lib,  tosni  yakkacho‗pga 
bosadi. 
Agar yoysimon sakrab yerga tushish to‗liq o‗zlashtirib olingan bo‗lsa, yoysimon siltanishni 
o‗rgatish oson bo‗ladi. 
Erkaklar  qo‗shpoyada  ko‗proq  tayanib,  tebranish  mashqlari  bajariladi.  Osilish  mashqlari 
yuqori toifali sportchilar mashg‗ulotida qo‗llaniladi. 
Ko‗pkurashning bu turida yaxshi natijalarga erishishni istagan gimnast qo‗shpoyada mashq 
bajarish uchun yakkacho‗pda mashq bajarishga nisbatan katta jismoniy kuchga ega bo‗lishi zarur 
(texnik tayyorgarligi bir xil darajada bo‗lishidan qat‘i nazar). 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish