109
olmaslikka olib keladi. Gimnast shunday harakat qilishi kerakki, uning mashqni bajarishga
qaratilgan barcha harakatlari mashq oxinda uni muvozanat holatiga olib kelsin. Muvozanat holati
barcha vaziyatlarda shunday bo‗lishi kerakki, bunda UOM ham, tayanch nuqtasi ham halqalar
osilgan nuqtadan tushirilgan bir vertikalda joylashsin.
Halqada bajariladigan asosiy mashqlar
Tebranish. Halqada mashqlar bajarishni o‗rgatish tebranishdan boshlanadi, chunki to‗g‗ri
tebrana olish halqada bajariladigan ko‗pchilik mashqlarning muhim texnik qismidir. Tebranish
bilan bir vaqtda bukilib osilish, kerishib osilish kabi holatlar ham o‗rgatiladi. Bir darsning o‗zida
past halqada tayanish holatida mashq qilishga ham ozroq vaqt ajratish lozim. Talabalarga quyidagi
mashqlarni bajarishni tavsiya qilish mumkin:
1.
Sakrab chiqib, tayanib oyoqlarni oldinga va orqaga siltash.
2.
Sakrab chiqib tayanib, burchak hosil qilish (talabalarning halqada burchak hosil
qilishdan oldin boshqa jihozlarda bajarganliklari nazarda tutiladi).
3.
Tayanish
holatida tebranib,
oldinga siltanib,
orqaga tashlanib, bukilib osilish.
4.
Burchak hosil qilib tayanish holatidan oldinga bukilib osilish holatiga tushish.
Osilish holatida tebranib oldinga siltanganda, tananing holati qanday bo‗lishi to‗g‗risida
to‗g‗ri tasavvur hosil qildirish uchun quyidagi usul tavsiya qilinadi: past halqada osilgan
holatda gimnast biror tayanch nuqtasiga, masalan, murabbiy stul orqasida shug‗ullanuvchiga
yuz tomoni bilan turadi, u murabbiyning yelkasiga tovonlari bilan tayanadi. Shu holatda
gimnastga gavdani tos-son bo‗g‗inidan biroz bukkan va boshni oldinga engashtiigan holni
saqlab, bir necha marta qo‗llarini orqaga, bosh orqasiga yo‗naltirish tavsiya qilinadi. Shundan
keyin bu harakatlarni oldinga tebranganda tayanmasdan, baland halqada bajarish taklif
etiladi.
Navbatdagi mashg‗ulotlarda tebranish mashqlarini bajarganda, oldinga tebranganda bukilish,
orqaga tebranganda bukilish, oldinga tebranganda sakrab tushish va orqaga tebranganda sakrab
tushish kabi mashqlar bilan qo‗shib bajarish tavsiya qilinadi. Ayniqsa, diqqatni oldinga tebranishda
bukilmasdan kerilib osilishni bajara olishga qaratish lozim. Bu mashq nazorat mashqi hisoblanib,
talabalarning tebranish mashqlarini yuqori saviyada o‗zlashtirgani to‗g‗risida ishonch hosil
qilishga imkoniyat beradi. Bukilmasdan kerilib osilishni faqat tebranishdan keyingina
bajarmasdan, shuningdek, orqaga tebranganda qo‗llarni to‗g‗rilashdan keyin yoki qo‗llarni bukib
osilishdan oldinga tebrangandan keyin ham bajarish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: