103
Tayanib orqaga aylanish. Gimnast tayanish holatidan qo‗llarni biroz bukish orqali oldinga
engashib, tos-son bo‗g‗inidan bukiladi, keyin keskin to‗g‗rilanib, qo‗llarini to‗g‗rilab yakkacho‗p
ustiga ko‗tariladi (siltanadi). Tayanish holatiga erkin qaytib, sonlar bilan yakkacho‗pga tegishi
bilan tos-son bo‗g‗inidan biroz bukilib, boshni orqaga yo‗naltiradi va shu holatni saqlagancha
orqaga aylanadi. Butun aylanish davomida tosni yakkacho‗pga yaqin ushlash juda muhimdir.
Aylanish tugashidan oldin kaft tayanch holatiga buriladi va tos-son bo‗g‗inidan juda tez
to‗g‗rilanadi.
O‗rgatish (past yakkacho‗pda):
a)
tayanish holatidan qo‗Uar bilan o‗qdan ushlagancha,
orqaga siltanib sakrab
tushish;
b)
orqaga siltanib, tos-son bo‗g‗inidan biroz bukilgancha tayanish holatiga
qaytish;
d) murabbiy yordamida aylanish. Murabbiy oldinda va chapda turadi.
O‗ng qo‗li bilan talabaning chap bilagidan teskari ushlaydi (o‗q ostidan), chap qo‗li bilan
sondan ushlab, orqaga siltanishga yordam beradi, gimnast tayanish holatiga qaytgach, qo‗lini
ichkariga burib, shu qo‗li bilan tosni turnikka bosadi, shu bilan aylanishni tugatishga yordam
beradi.
Yoysimon siltanish (92-rasm). Tayanish holatidan oyoqlarni oldinga, yakkacho‗p ostiga
yo‗naltirib, tos-son bo‗g‗inidan biroz bukilish zarur va boshni ko‗krakka engashtirib, tayanib
orqaga aylanish uchun harakatni boshlash kerak. Orqaga aylanishdan farqli o‗laroq, bu mashqda,
mashq boshlanishidan oyoq uchlarini ko‗rib turish lozim.
Bosh pastki holatga kelgandan keyin qo‗llar orqaga, bosh orqasiga ohista yo‗naltiriladi va
qomat biroz bukilgan holatda saqlanadi. Keyingi barcha harakatlar «Bukilib yozilib tebranish»
bo‗limida bayon etilganiga mos keladi.
Yoysimon holatda sakrab tushish. Bosh bilan pastga turish hoiatigacha bo‗lgan
harakatlar
«Yoysimon siltanish» bo‗limida bayon etilganiga to‗g‗ri keladi. Ammo yoysimon siltanishdan
farqli o‗laroq, tos-son bo‗g‗inidan oxirigacha to‗g‗rilanib, bosh orqaga engashtiriladi va
yakkacho‗p qo‗yib yuboriladi. Yerga tushishgacha bo‗lgan uchish holatida qo‗llar yuqoriga-
tashqariga ko‗tarilgan bo‗lib, qomat kerishgan holda ushlab turiladi.
O‗rgatish (past
yakkacho‗pda):
a)
tik
turib osilish holatidan sakrab, yoysimon sakrab tushish (yordam bilan);
b)
shuning o‗zi, lekin yakkacho‗pda parallel holda undan 1 m uzoqlikda tortilgan
chizimcha ustidan bajarish. Chizimchaning balandligini o‗zgartirib boriladi: dastlabki urinishlarda
chizimcha yakkacho‗pdan 30 sm pastda bo‗ladi, navbatdagi urinishlarda esa undan ham balandroq
bo‗lishi mumkin;
d) tayanish holatidan chizimcha ustidan yoysimon sakrab yerga tushish (yordam
104
bilan).
Qayd etilgan barcha hollarda murabbiy, masalan, talabaning chap tomonida, uning oldida
turib yordam ko‗rsatadi. Murabbiy o‗ng qo‗lini yakkacho‗p ostidan o‗tkazib talabaning chap
bilagidan teskari ushlaydi, chap qo‗li ichkariga maksimal burilgan bo‗lib, tosni yakkacho‗pga
bosadi.
Agar yoysimon sakrab yerga tushish to‗liq o‗zlashtirib olingan bo‗lsa, yoysimon siltanishni
o‗rgatish oson bo‗ladi.
Erkaklar qo‗shpoyada ko‗proq tayanib, tebranish mashqlari bajariladi. Osilish mashqlari
yuqori toifali sportchilar mashg‗ulotida qo‗llaniladi.
Ko‗pkurashning bu turida yaxshi natijalarga erishishni istagan gimnast qo‗shpoyada mashq
bajarish uchun yakkacho‗pda mashq bajarishga nisbatan katta jismoniy kuchga ega bo‗lishi zarur
(texnik tayyorgarligi bir xil darajada bo‗lishidan qat‘i nazar).
Do'stlaringiz bilan baham: