Termiz davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi muzeyshunoslik va arxivshunoslik



Download 1,24 Mb.
bet13/49
Sana20.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#826416
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
MUZEYSHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK UMKA

Mavzu o`Uyicha kataloglar. Davlat arxivlarida sistematik kataloglar 60yillardan keng tarkala boshlagan. Unga qadar arxivlarda asosan mavzu bo`yicha kataloglar tuzilgan. Hozir ham maxalliy davlat arxivlarida - shahar, viloyat arxivlarida sistematik kataloglar tuzish imkoni bo’lmaganligi sababli mavzu buyicha kataloglar asosiy ma’lumotnomalardan biri hisoblanadi. Bunday kataloglarda mavzu yana kichiq mavzuchalarga bo’linadi. Ular uz navbatida yana mayda bo’laklarga bo’linadi. Masalan, Turkiston generalgubernatorligida milliy ozodlik harakati mavzusi bo`yicha katalogda qo`yidagi mavzular bo’lishi mumkin: 1876 yilgi Po`latxon qo`zg`oloni, 1898 yilgi Andijon kuzgoloni, 1916 yilgi xalq qo`zg`oloni va hokazo. Bo’larning har biri yana mayda bo’laklarga bo’linishi mumkin.
Xronologik katalog. Bunday katalog turkumi tarxi davrlar, asrlar, yillar kabi bo’laklarga bo’linadi. Masalan, MDAda saqlanayetgan vakfnomalar uchun xronologik katalog tuzilsa,. u asrlar buyicha bo’lishi mumkin: XIII asr, XIV asr, XV asr, XVI asr, XVII asr, XVIII asr, XIX asr. Xar bir asr katalogning bo’limi hisoblanadi. Bo’limlar bo’linmalarga ellik, o’tgiz, yigirma, un yilliklarga bo’linadi. Masalan, XVIII asr: 17011710, 17111720, 17211730, 17311740 va xokazo36.
Alfavit buyicha tuziladigan kataloglar
Ismlar katalogi. Ismlar katalogida bo’limlar familiyalardan iboratdir. Bo’limlar ichida bo’linmalar u eki bu SHaxs faoliyatining u eki bu kirralarini yoritadi. Masalan, Fayzulla Xujayev: Davlat faoliyati; partiyaviy faoliyati; ilmiy faoliyati; kitoblar; broshyuralar; maholalar; ma’ruzalar; xatlar; u haqidagi makolalar.
Bo’limlarda familiyalar alfavit buyicha joylashtiriladi. Bo’linmalar va bo’linmaning bo’lakchalari alfavitlar buyicha emas, sistematik mantikiy ravishda birin ketin joylashtiriladi.
Geografik katalogning turkum tarxi alfavit tartibida joylashgan geografik va topografik nomlardan: viloyatlar, SHaxarlar, tumanlar, kishloklar, daryolar, kullar, suv omborlari va boshqalardan iborat. Viloyatlar, shaxarlar nomlari bo’limlar hisoblanadi va alfavit buyicha joylashtiriladi. Masalan, Toshkent shahri qo`yidagi bo’limlarga bo’linada: tarixi, aholisining soni va tarkibi, oliy o’quv yurtlari, texnikumlar, maktablar, sanoat korxonalari va hokazo,
Hozir barcha yirik davlat arxivlarida sistematik, ismlar, geografik kataloglar mavjud. Bu ma’lumotnomalar tadqiqotchiga ishlayotgan mavzu bo`yicha kerakli arxiv hujjatlarini tezda topish va foydalanish imkonini beradi.
Kataloglashtirish uchun hujjatlarni tanlab olish va axborotni bayon qilish usuli
Arxivlardagi kataloglar tizimida ularning jamgarmalaridagi barcha ma’lumotlar uz aksini topishi kerak.Jamgarmalarni kataloglashtirishda birinchi navbatda muhim va ko’p foydalaniladigan jamgarmalar tanlab olinadi. Masalan, davlat xokimiyati va boshqarish idoralari (O`zSSR XKS, Oliy Sovet Prezidiumi) jamgarmalari, iqtisodiyot, madaniyat sohasidagi idora va tashkilotlar hujjatlari muhim jamgarmalar qatoriga kiradi. Davlat arxivlarida kataloglashtiriladigan jamgarmalar ro’yxati tuziladi va rejalashtiriladi.
Kataloglashtirish uchun tanlab olingan jamgarma materiallari o’rganilib, kerakli yig’ma jildlar tanlab olinadi; Dastlab ro’yxatlardan idoraning, tashkilotning asosiy faoliyatini erituvchi bo’limlari tanlab olinadi. Tashkilotning erdamchi, xujalik sohalari bo’limlari buyicha jildlar olinmaydi.
Jamgarma yig’ma jildlar tanlab olingandan keyin bu jildlar sinchiqlab ukib, o’rganib chiqiladi. Hujjatlardagi eng muhim axborotlar, faktlar, voqealar, hodisalar umumlashtirilib, kartochkada bayon qilinadi. Bunda hujjatlardagi ma’lumotlarning ahamiyatiga qarab har xil usullar qo`llaniladi. Varaqaga bir hujjat, bir yig’ma jild yoki bir gurux yig’ma jildlar bayon qilinishi mumkin. Masalan, Turkiston ASSR XKS qarorlarining har biri alohida bayon qilinadi. Muhim arxiv jamgarmalari hujjatlarining ko’p qismi qimmatli, ahamiyatli hujjatlar hisoblanadi. Bunday hujjatlarning xar biri aloxida bayon qilinadi. Mayda idoralar jamgarmalarini kataloglashtirish hujjatlar buyicha emas, balki yig’ma jildlar guruhlashtirilgan jildlar bo`yicha bayon qilinadi.
5.SHunday qilib, kataloglar arxivning ilmiy ma’lumotnoma apparati tarkibiga kiruvchi muhim ma’lumotnomadir. Ular tarixchi tadqiqotchilar ishlayotgan mavzu bo`yicha arxivdan kerakli hujjatlarni qisqa fursatda topishga yordamlashadi.
Arxiv hujjatlarining sharxlari
Arxiv sharxlari bu ayrim hujjatlar majmuasi tarkibi va mazmuni to’g’risidagi tartibli axborotlarni o`z ichiga olgan ma’lumotnomalardir. SHarxlar arxiv hujjatlaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida bu hujjatlar haqida manfaatdor tashkilotlarni, ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tuziladi.
SHarxlar odatda ikki xil bo’ladi: arxiv jamgarmalarining SHarxlari va mavzular buyicha sharxdar.
Jamgarmalar sharxlari - bu SHarx bitta jamgarmaning hujjatlari tarkibi va mazmuni, ulardagi muhim mavzu, masalalar to’g’risida ketmaket va atroflicha axborot bergan arxiv ma’lumotnomasidir.
Mavzu buyicha sharxlar - bitta mavzuga oid bir necha jamgarmalarda saqlanayetgan hujjatlar tarkibi va mazmuni to’g’risida axborot beruvchi arxiv ma’lumotnomalaridir.
SHarxlar muhim ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan, dolzarbligi bilan boshqalardan ajralib turadigan arxiv hujjatlariga tuziladi. U yoki bu arxiv jamgarmasiga sharx tuzishda jamgarmani tashkil qilgan idoraning, tashkilotning ahamiyati, davlat idoralari tizimida to’tgan mavkei,. uning hujjatlarining dolzarbligi hisobga olinadi. SHarxlarni yirik va hujjatlari kam o’rganilgan jamgarmalarga nisbatan tuzish maqsadga muvofiqdir.
Bitta mavzuga oid bitta arxivda saqlanayotgan bir necha jamgarmalargagina emas, respublikaning barcha davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarga sharx tuzilsa, ayni muddao bo’ladi.
SHarxlarni tuzish ham har xil bo’ladi. SHarxlar jamgarmani tashkil qilgan tashkilot tuzilishi, bo’limlari bUyicha, tarmoklar bo`yicha, mavzu bo`yicha va boshqa turkum sharxlar bo`yicha bo’lishi mumkin. Masalan, tarmoqlar bo`yicha guruhlash tarixi sharx uchun tanlangan bo’lsa, u qo`yidagicha bo’ladi: 1) sanoat; 2) qishq xujaligi; 3) madaniyat; 4) san’at; 5) soglikni saqlash; 6) savdo; 7) shaxar yoki tuman xujaliga va hokazo37. Har bir bo’lim ichida sharx materiallari masalalar bo`yicha joylashtiriladi.
SHarxlarda hujjatlarni bayon qilish usuli katalog, ro’yxat va boshqa ma’lumotnomalarnikiga uxshash bo’ladi. Hujjatlarning bayoni dastlab kartochkalarga yozilib, jamgarma yoki bir necha jamgarmalar o’rganilib bo’lingandan keyin kartochkalar sharx tarixi bo`yicha guruhlashtiriladi, tahrir qilinib, sharx matni yoziladi.
Hujjatlar haqidagi ma’lumotlar yozilayotganda qo`yidagi qoidalarga rioya qilish zarur: hujjatlarning turlari ko’rsatilishi, ularning mazmuni ochib berilishi, yillari, asl nusxa yoki ko`chirma ekanligi ko’rsatilishi kerak. Muhim masalalar, voqealar, hodisalar, bayon qilingan shu dalillarga doir hujjatlar, yig’ma jildlar soni ko’rsatib o’tilsa, urinli bo’ladi. SHuningdek, u yoki bu masala bo`yicha hujjatlar to’la yoki kam saqlanganligini ham,aytib O’tish mumkin.
SHarx tuzishdagi yana bir muhim qoida SHuki, bayon etilayotgan hujjatlarning manzili, arxiv shifri ko’rsatib boriladi. Jamgarma sharxi bo’lsa, sharx matnida ro’yxat va yig’ma jild tartib rakami kavs ichida ezib qo`yiladi. Mavzu buyicha sharxda bir necha jamgarmalardagi hujjatlar bayon etilayotgan bo’lsa, jamgarma, ro’yxat, yig’ma jild tartib rakamlari ko’rsatiladi. Bu ma’lumotlar bo’lmasa, sharx qadrsizlanadi. Tadqiqotchi sharxda bayon etilgan hujjatlarni topa olmaydi. Hujjatlar shifrlari aniq, xatosiz bo’lishi kerak.
Davlat arxivlari bo`yicha ko’rsatkichlar
Davlat arxivlarining ilmiy axborot faoliyatida ko’rsatkichlar (po’tevoditellar) muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’rsatkichlar - arxiv jamgarmalari to’g’risida muntazam tartibda axborot beruvchi arxiv ma’lumotnomasidir. Tadqiqotchilar ko’rsatkichga arxivda u yoki bu jamgarmaning bor yo`qligini aniqlash uchun murojaat qilishadi.
Ko’rsatkichlar asosan ikki xil bo’ladi. Birinchisida arxivdagi muhim jamgarmalarning barchasi ma’lum tartibda joylashtirilib, har biriga ta’rif beriladi. Ikkinchisi Davlat arxivining jamgarmalari bo`yicha qisqa ma’lumotnoma deb ataladi va bunda ham jamgarmalar ma’lum tartibda joylashtirilib, muhim jamgarmalarga qisqa ma’lumot yoziladi. Boshqa jamgarmalarga qisqa ma’lumot ham yozilmay, ularning faqat ro’yxati beriladi. Birinchi tur ko’rsatkichlar respublikamiz markaziy davlat arxivlarida, ikkinchi turi viloyat arxivlarvda tuziladi.
Ko’rsatkichlar odatda ishlab chiqarish tarmoq tarxi bo`yicha tuziladi. Bu jamgarmalar ta’riflari davlat faoliyati, xalq xujaligi, fan, madaniyat tarmoqlari bo`yicha guruhalshtiiriladi. Masalan, O`zSSR MDAning sovet davri bo’limi jamgarmalari buyicha ko’rsatkich tarixi qo`yidagi bo’limlardan iborat:

  1. Turkiston o`lkasida Muvaqqat hukumat tashkilotlari jamgarmalari.

  2. Oliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralari jamgarmalari.

  3. Adliya va sud idoralari jamgarmalari.

  1. Xalq xujaligi tashkilotlari, korxonalar jamgarmalari.

  2. Madaniyat va turmush sohasidagi tashkilotlar jamgarmalari va hokazo.

SHuningdek, O`zSSR Markaziy davlat tarix arxivi ko’rsatkichi va viloyat. davlat arxivlari bo`yicha qisqacha ma’lumotnomalar ham tarmoqlar tarixi asosida tuzilgan.
Jamgarmalarga ta’rif berish, hujjatlarni bayon qilish usuli jamgarmalar materiallari tarkibi va mazmuniga, ularning ahamiyatiga bog’likdir. Muhim jamgarmalarning har biriga alohida ta’rif beriladi. Turdosh jamgarmalarning har bir guruhiga bitta ta’rif yoziladi.
Arxiv jamgarmasining ta’rifi qo`yidagi qismlardan iborat:
1) arxiv jamgarmasining nomi; . 2) jamgarma haqida ma’lumotlar;

  1. jamgarma va jamgarmani tashkil qilgan idora
    to’g’risida qisqacha tarixiy ma’lumot;

  2. arxiv jamgarmasi hujjatlarining annotatsiya
    si;

  1. bibliografik ma’lumot.

Ko’rsatkichda jamgarmaning to’la va qisqa nomi beriladi. Masalan, O`zSSR Xalq Komissarlari Soveti (O`zSSR XKS). Jamg`arma haqida ma’lumotlar qismidan jamgarma tartib rakami, uning hajmi, hujjatlarning boshlangan va tugagan sanasi, jamgarmaga oid ma’lumotnomalar haqida axborot ro’yxatlar (opis’, sharx, kataloglar va boshqalar) ko’rsatiladi.
Jamgarmani tashkil qilgan tashkilot va jamgarma va jamgarma haqida qisqa tarixiy ma’lumotda usha tashkilot tarixi, asosiy faoliyati va jamgarma
ning tarixi bayon etiladi.
Jamgarma tarixining muhim qismi jamgarma hujjatlarining muxtasar bayonidir. Bunda jamgarma hujjatlari juda qisqa shaklda, shu bilan birga jamgarma mazmunining etarli darajada to’la aks ettirilishi talab qilinadi.
Jamgarma ta’rifining so`nggi elementi bibliografik ma’lumot hisoblanadi. Bunda jamgarma va jamgarmani tashkil qilgan tashkilot to’g’risidagi adabiyotlar, jamgarma hujjatlari e’lon qilingan to’plamlar ko’rsatiladi.
Ko’rsatkichda arxivda saqlanayetgan barcha jamgarmalar haqida ma’lumot berilishi kerak. Lekin hamma jamgarmalarga ta’rif ezilishi shart emas. Ko’rsatkich oxirida ta’rifi tuzilmagan jamgarmalar ro’yxati beriladi. Bu ro’yxatda jamgarmaning nomi bilan birga tartib rakami, yig’ma jildlar soni, jamgarma hujjatlari boshlangan va tugagan yillar ko’rsatiladi.
Arxiv jamgarmalari bo`yicha qisqacha ma’lumotnoma ham ko’rsatkich tuzish qoidalari asosida tayerlanadi. Faqat bu ma’lumotnomada jamgarmalar haqidagi ma’lumotlar to’la bo’lmaydi. Masalan, jamgarma hujjatlarining mazmuni ochib berilmaydi. Ayrim muhim jamgarmalargagina to’la ta’rif beriladi. qisqa ma’lumotnomaning maqsadi asosan arxiv jamgarmalari tarkibini ko’rsatishdir.
Ko’rsatkich va sharxlarda ham boshqa ma’lumotnomalardagidek ilmiy ma’lumotnoma apparati bo’ladi. Ular asosan kirish, qisqartiriltan so’zlar ro’yxati, ismlar, geografik predmet va boshqa ko’rsatkichlar, izohlar, atamalar lug`ati, bibliografik ma’lumotdan iboratdir.
Arxiv ma’lumotnomalarini Nashrga tayyorlash
Arxiv ma’lumotnomalarini e’lon qilishdan asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasi DAJ hujjatlari to’g’risida keng ilmiy axborotni tashkil qilishdir. Bu vazifani amalga oshirish uchun arxivlar ko’rsatkichlar, ro’yxatlar, sharxlar, kataloglar va boshqa ma’lumotnomalarni Nashr etadi. Ma’lumotnomalarni e’lon qilish tashkilotlar, ilmiy jamoatchilik diqqatini DAJ hujjatlariga jalb qiladi va ulardan foydalanishning kengayishiga yordamlashadi.
Yuqorida ko’rib O’tganimizdek, arxivda ma’lumotnomalar ko’p va xilma xildir. Ularning hammasini Nashr qilish imkoni yo`q. SHuning uchun ularning eng muhimlari chop etiladi. Birinchi navbatda arxiv hujjatlari haqida umumiy ma’lumotnomalar ko’rsatkich va arxiv jamgarmalari bo`yicha qisqacha ma’lumotnomalar e’lon qilinadi. Keyin imkoniyat bo’lsa, muhim va keng foydalaniladigan jamgarmalar ro’yxatlari Nashr qilinishi, sharxlar, kataloglar chiqarilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
E’lon qilinadigan arxiv ma’lumotnomasining tuzilishi, tairxi ilmiy asoslangan, bayon qilish usullarining bir xil bo’lishi talab etiladi.
Nashr etilayotgan ma’lumotlarga qo`shimcha talablar qo`yiladi. Ular suratlar bilan bezatilgan, ilovalar bilan ta’minlangan va taxrir qilingan bo’lishi kerak.
Nazorat savollari
1.Katologlar turi haqida ma`lumot bering
2.Ko`rsatkichlar nechanchi yilda nashr etildi



Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish