Nazorat savollari
1.O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari haqida ma`lumot bering
2.Fond qanday shakllantiriladi.
7-Mavzu: Arxiv katalogi va ularning turlari. Arxiv hujjatlarining tavsifi va yo’l ko’rsatkichlarini tuzish va ularni nashrga tayyorlash.
1.Ro’yxatlarni takomillashtirish.
2.Kataloglar sistemasi.
1.Katalog — bu arxiv ma’lumotnomalarining bir turi. Unda hujjatlar Haqidagi (kartochkalarga ezilgan) axborotlar mavzular, tarmoklar bo`yicha guruxlashtirilgan bo’ladi. Kataloglar bir jamgarmaga, arxivning barcha jamgarmalariga, bir necha arxivlarga xatto respublika arxiv jamgarmasiga tuzilgan bo’lishi ham mumkin. Katalog jamgarmalararo, arxivlararo ma’lumotnoma hisoblanadi. U arxiv ma’lumotnomalari orasida muhim o`rin to’tadi.
2.Kataloglar bir arxivning bir necha jamgarmalari, shuningdek bir necha arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida to’la ma’lumotlar olish imkonini beradi. Arxivlarda kataloglar arxiv ilmiy ma’lumotnoma apparatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish
Har bir davlat arxivida hujjatlarni kataloglashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish deyilganda kataloglar tuzish jarayonida bajariladigan barcha ishlar, ya’ni kataloglarni tuzish tarix (sxema)larini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab olish, bayon qilish, shuningdek kataloglar turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash ishlari nazarda to’tiladi.
Kataloglar o’ziga xos tuzilishga ega. Tarmoq, muammo, mavzu, masala, familiyalar, sanalar bo`yicha birlashtirilgan hujjatlar haqidaga ma’lumotlar katalogdagi bo’limlar, bo’linmalar, mavzular va boshqa bo’laklarni tashkil qiladi.
3.Kataloglar tuzilishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarxlari belgilaydi. Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash tarxi.ezma eki grafikali hujjatdir. Bu tarx ma’lum mantiq bilan joylashtirilgan va hujjatlardan olingan axborotlarni SHu bo’laklar bo`yicha joylashtirishga muljallangan katalogdan turkum bo’laklari ro’yxatidir. Mana shu tarx orqali hujjatlarni o’rganish, kartochkalarga bayon qilish va kartochkalarni katalogda guruxlash, joylashtirish amalga oshiriladi. Katalogning turkum tarxi hujjatlarni topish, bayon qilish ishlaridan oldin tuziladn. Tarx bo’laklari ma’lumotnoma tuzuvchilar, mo’taxassislar ishtirokida aniqlanadi va belgilanadi. Turkum tarxi qancha to’la, mukammal, chuqur ishlangan bo’lsa, hujjatlar mazmunini shuncha aniq ochib berish imkoni tugiladi.
Hujjatlar haqidagi axborotlar katalogda kartochkalarga yozilib, joylashtiriladi. Kartochkalarda bayon qilingan axborotlar ayrim hujjat, bitta yig’ma jild yoki bir-biriga o`xshash bir guruh jildlarga tegishli ma’lumotlarni o`z ‘ichiga oladi. SHu bilan katalog kartochkalaridagi ma’lumotlar yig’ma jildlar ro’yxatidagi ma’lumotlardan farq qiladi. Ma’lumki, ro’yxatda bitta yig’ma jildga tegishli ma’lumot beriladi. Katalog yig’ma jildning ichidagi ayrim hujjatlar to’g’risida ham ma’lumot beradi. Katalogning ro’yxatdan ustun tomoni ham shundadir.
Katalogning asosiy bo’lagi rubrika — sarlavha qismidir. Bu qismda aniq masalaning nomi, shaxsning familiyasi, sana to’g’risida hujjatdagi ma’lumotlar bo’ladi. Katalog kartochkasida shu hujjatning manzili ham yozilgan bo’ladi. Tadqiqotchini shu masalayoeki familiya qiziktirsa, hujjat manzilini yozib olib, arxivdan tezda topib foydalanishi va tadqiq qilishi mumkin bo’ladi.
4.Kataloglarning turlari
Arxiv kataloglari tuzilish qoidalariga ko’ra ikkiga bo’linadi: mantiqiy tuzilishdagi kataloglar va alfavit tuzilishidagi kataloglar. Birinchi tur kataloglarda arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar mantiqiy o`zaro bog’lik holda bo’ladi. Ikkinchi tur kataloglarda esa hujjatlar haqidagi ma’lumotlar o`zaro bog’lanmagan holda, ya’ni alfavit buyicha joylashgan bo’ladi35. Mantiqiy tuzilishdaga kataloglar tarkibiga sistematik, xronologik, mavzu asoslarida tuzilgan kataloglar kiradi.
Alfavit tuzilishdagi kataloglar tarkibiga — ismlar, geografik nomlar va boshqa kataloglar kiradi.
Sistematik katalog arxiv kataloglari turlaridan biridir. Bunda hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bilim sohalari yoki jamiyat amaliy faoliyati sohalari
bo`yicha joylashtiriladi. Keyin mantiqiy bog’langan holda ketma ket joylashtiriladi. Sistematik katalog umumiy va ayrim tushunchalarning o`zaro bog’likligi va munosabati asosida tuziladi. Masalan,«Din» umumiy tushunchasiga qo`yidagi ayrim tushunchalar kiradi: «Islom», «Xristianlik», «Induizm»,«Iudaizm» (yaxudiylik), «Budda». O`z navtabida «Islom» ham umumiy tushuncha bo’lib, ayrim tushunchalargabo’linadi. Bunday bo’linish «oliydan oddiyga», «umumiydan ayrimga» tamoyili buyicha davom etadi. Barcha turkum tarxlari ichida sistematik kataloglar tarxlari eng murakkabidir.
Hozir bo’tun dune kutubxona va arxivlarida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida, «Universal o’nlik turkumi (klassifikatsiyasi)» sistematik katalog
lar uchun keng foydalaniladi. Bu turkum asosida davlat arxivlari sistematik kataloglar uchun turkum tarxi ishlab chiqilgan.
«O’nlik turkumi (klassifikatsiyasi)»ning moxiyati shundaki» bitga umumiy tushunchaga buysungan, bog’langan bir gurux predmetlar bir deb qabul qilingan. Umumiy tushunchalar ayrim tuSHunchalarga bo’lingan. Bu tizimga binoan arxivdagi barcha ma’lumotlar 10 klassga (1 dan 9 gacha, 0 - umumiy) bo’lingan. Ular uz navbat-ida yuzdan, mingdan bir qism va boshqa mayda bo’laklarga bo’linadi.
«Universal o’nlik turkumi (klassifikatsiyasi)»ning asosiy bo’limlari kuyidagilar:
Umumiy bo’lim.
Falsafa. 2.Din.3Ijtimoiy fanlar 4Filologiya. TilSHunoslik.
5Matematika. Tabiiy fanlar.6.Amaliy bilimlar. Tibbiyeg. Texnika.
7. San’at. Fotografiya. Tomoshalar. 8Adabiyot.AdabiyotSHunoslik.
9.O`lkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix.
«Universal o’nlik turkumi (kpassifikatsiyasi)» kutubxona kitoblari uchun ishlatilgan bo’lsada, undan ish yuritish va arxiv material-larini turkumlash uchun ham foydalansa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |