Termiz davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi muzeyshunoslik va arxivshunoslik



Download 1,24 Mb.
bet8/49
Sana20.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#826416
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
MUZEYSHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK UMKA

Nazorat savollari
1.Nechanchi yilda nechita hujjat fondlar asosida kartochkalashtiril
2.Nechanchi yilda CHust arxiviga hujjatjar olib kelindi
3.CHust arxivi ishchi xodimlari tomonidan nechahchi yilda o`lkachunoslik muzeyi tachkil etildi
6-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivlari va ularning faoliyatlari
REJA:
1.O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi tarixi, faoliyati va uning asosiy jamg’armalari.
2.O’zbekistonda kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy
Davlat arxivining tashkil topishi va asosiy jamg’armalari.
3.O`zbekistonda Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari
Markaziy Davlat arxivi tashkil topishi, faoliyati va asosiy jamg’armalari.

Tayanch so’z va iboralar
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivlarining tashkil topishi. Arxivdagi dastlabki jamgarmapar va ularni tartibga solish. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxividagi kataloglar, tarixiy hujjatlar.


1.O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi tarixi, faoliyati va uning asosiy jamg’armalari.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi (O’zR MDA) respublika ahamiyatidagi tashkilot hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv" agentligiga bo’ysunadi. Arxiv O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
O’zR MDA o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv" agentligi yo’riqnomalari, qoidalari va ko’rsatmalariga amal kiladi.
O’zR MDA o’z faoliyatini arxiv direksiyasi ishining va arxiv rivojlantirish rejalari asosida amalga oshiradi.
Arxivning asosiy vazifalari:

  • arxiv yo’nalishi bo’yicha hujjatlar bilan jamlash;

  • arxivning hisobga olish tizimi va ilmiy-ma’lumot apparatini
    rivojlantirish va takomillashtirish;

  • arxivda saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv
    jamg’armasi hujjatlari saqlovini ta’minlash;

  • arxivning axborot bazasini kengaytirish;

- hujjatlardan har tomonlama foydalanish va ularni nashr qilishni tashkil etish;
- arxivshunoslik, xujjatshunoslik, arxeografiya sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlar olib borish;
- o’z yo’nalish bo’yicha xujjatlar bilan ishlashda ilmiy-uslubiy va
amaliy yordam ko’rsatish.
Arxiv 1958 yili O’zSSR Markaziy davlat tarix arxivi hamda O’zSSR oktyabr’ inqilobi va sotsialistik qurilish Markaziy Davlat Arxivining (1931 yilda tashkil topgan) qo’shilishi natijasida tashkil topdi. 1991 yildan esa O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi deb nomlanadi30. Arxivda milliy bo’linishga qadar Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekistonning bir qism kirgan Turkiston tarixiga oid hamda O’zbekiston tarixini aks ettiruvchi hujjatlar saqlanadi. Harbiy gubernator va Turkiston viloyati qo’shinlar qo’mondoni hamda markaziy viloyat mahalliy aholisini boshqaruvchisining Turkiston general-gubernatorligi shakllanishidan avvalgi davrga taalluqli bo’lgan davrga qarashli (1865-1868 yillar) jamg’armalarida ma’muriy tuzilma va aholini boshqarish, Turkiston viloyati haqida ma’lumotlar bor.
Turkiston general-gubernatori devonxonasi, Turkiston general gubernatoriga qarashli diplomatik amaldori, Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi jamg’armalarida Roosiyaning G’arbiy Xitoy, Afg’oniston, Buxoro, Xiva, Eron bilan bo’lgan diplomatik va iqtisodiy aloqalari haqidagi materiallari to’plangan. Turkiston general-gubernatorining O’rta Osiyo hokimiyatlari bilan tuzilgan shartnomalari, O’rta Osiyoning Rossiyaga biriktirilishi tarixi to’g’risida, Rus qo’shinlari G’o’lja tumanini egallashi (1871 yil) va uni Xitoyga (1881 yil) qaytarilishi, Pomir tumanini Rossiyaga biriktirilishi (1895 yil), Turkistonga ko’shni bo’lgan davlatlarning siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid hujjatlar mavjud. Xujjatlar Turkiston O’lkasining ma’muriy tuzilishi, uning alohida mintaqalarini ta’riflaydi, shaxarlar tuzilishi va shahar nizomini kiritilishi, madrasa va masjidlarning holata va soni haqida guvohlik beradi.
Turkiston general-gubernatori devonxonasi, Turkiston tuman qo’riqlash bo’limi, viloyat boshqaruvi, uyezd boshliqlari, mahkama organlari hujjatlari va boshqa jamg’armalarda O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik kurashlari aks ettirilgan. Hujjatlarda Farg’onadagi qo`zg`olon (1885 yil), Buxorodagi g’alayon (1910 yil), Turkiston o’lkasidagi qo’zg’olonlar to’g’risidagi ma’lumotlar bor.
Turkiston o’lkasi moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy-xo’jalik muassasalari, tashkilotlari va korxonalari, Turkiston general-gubernatori devonxonasi jamg’armalari hujjatlarida aks ettirilgan. Tog’-kon qazib olish, paxta qayta ishlash sanoati, sanoat korxonalarini, temir yo’llarini barpo etish, rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar, paxtani qayta ishlash, harid qilish va sotish, savdo-sanoat va Turkiston o’lkasi davlat mulki va dehqonchilik boshqarmasi hujjatlarida mavjud.
Hujjatlar dehqonchilik, yerdan foydalanish masalalari, vaqf masalalarini hal etish, paxta va boshqa texnik o’simliklarni yetishtirish, bog’dorchilikni, pillachilik, uzumchilik, tamakichilikni rivojlantirish masalalarini yoritadi, ekin va turli boshoqli ekinlar hosildorligi, xalqaro va Rossiya ko’rgazmalarida namoyish etish haqida m’lumotlarga ega. Sug’orish inshootlarini barpo etish va ularni o’zgartirish, ya’ni yerlarga suv chiqarish, o’rmonzorlar yaratish va qum to’sish ishlari haqida, zakot, mirabon va boshqa soliqlar haqida ma’lumotlar Turkiston general-gubernatori devonxonasi, dehqonchilik va davlat mulki boshqaruvi jamg’armalari hujjatlarida aks topgan.
Turkistonning madaniy hayoti o’quv va madaniy-yoritish ilmiy ekpeditsiya va tadqiqotchilar haqidagi hisobotlar va yozishmalar, Rossiya jo’g’rofiya jamiyatining Turkiston bo’limi, muzeylar arxeolog, izlanish va tarixiy yodgorliklarni saklash ishlari haqida, shuningdek ilmiy jamiyatlar kengashlarida so’zlangan ma’ruzalarning qo’lyozmalari, olimlari xatlari saqlangan.
Viloyat boshqaruvi jamg’armalarida vabo, o’lat, chechak kasalligi epidemiyalariga qarshi kurash xaqidagi ma’lumotlar mavjud.
Xiva xonligining devonxonasi (1874-1917yil) va Buxoro amirining Qushbegi Arxivi jamg’armalari Buxoro va Xiva xonliklarining siyosiy va iktisodiy xolatini, maxalliy aholining tarkibi va mulkchiligini, beklar va musulmon dini peshvolarni, O’rta Osiyo xalqining madaniyati, urf va odatlarini ta’riflaydi, 1917 yil fevraldan oktyabrgacha bo’lgan davrdagi Vaktli siyosatani ta’riflovchi hujjatlar Turkiston kumitasi Vaktli xukumat, ishchi va soldat deputatlarining O’lka soveti jamgarmalarida mujassamlashgan.
Markaziy ijroiya qo`mitasi (MIK), Xalq Komissarlari soveti (XKS) va Turkiston ASSR xalq komissariyatlari jamg’armalaridagi hujjatlarida Sovet hukumatining o’rnatilishi va uning xo’jalik va madaniy qurilishdagi faoliyatdan aks ettiruvchi voqealar yoritib berilgan.
SHuningdek, Turkiston Respublikasi deb e’lon qilinishi, ishlab chiqarish korxonalarini, maxalliy boylarning yerlarini milliylashtirish, ishlab chiqarishga ishchilar nazoratini joriy etish, frontlardagi ahvol haqida tezkor ma’lumotlar, milliy ozodlik harakatlariga qarshi qilingan operatsiyalar xakidagi hujjatlar ham bor. 1924 yilda O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish ishlarini o’tkazishga tayyorgarlik O’zbekiston va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR, Qirg’iziston avtonom viloyatini tashkil topish va sovet O’zbekiston tarixining keyingi davriga oid voqealar haqidagi xujjatlar Turkiston Markaziy ijroiya kumitasi (TurMIK), UZSSR Markaziy ijroiya qo’mitasi va xalq komissarlari Soveti (MIQ va XKS O’zSSR) jamg’armalarida mavjud. SHuningdek, O’zbekiston Markaziy ijroiya qo’mitasining birinchi raisi Y. Oxunboboyevning faoliyati hakidagi xujjatlar ham bor. Arxivda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining markaziy va mahalliy tashkilotlarining hujjatlari saqlanadi (1920-1924 yillar). O’rta Osiyo, shu jumladan O’zbekiston xalq xo’jaligining rivojlanishi masalalari haqidagi xujjatlar xalq xo’jaligi markaziy kengashi, iqtisodiy kengashi, Davlat rejasi, Turkiston ASSR xalq xo’jaligi idoralari, O’zSSR Davlat rejasi, O’rta Osiyo iqtisod kengashi va O’rta Osiyo davlat rejasi jamg’armalarida mujassamlangan. Og’ir mashinasozlik, kon qazish, paxta tozalash, yengil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishi, ikkinchi jahon urushi, urushdan keyingi davr haqidagi ma’lumotlar sanoat va korxonalar jamg’armalarida mavjud.
Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish 1925-1926 yillardagi yer-suv islohotini o’tkazilishi, Qo’shchi birlashmasini tashkil topishi, qishloq xo’jaligini qayta tuzilishi, paxtachilik, ipakchilik, o’rmon xo’jaligi, suv xo’jaligi, chorvachilik, suv inshootlarining rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar yer masalalari bo’yicha xalq qo’mitasi va uning boshqarma va bo’limlari jamg’armalari hujjatlarida aksini topgan. Qo’riq yerni o’zlashtirish va sug’orish bosh rejasi ham saqlangan. Hujjatlarda yig’im-terim va paxta tayyorlash mavsumi, agronomlik tarmoqlarini tashkil qilish, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurash, tuproqni o’rganish tadqiqotlari, melioratsiya va gidrotexnika ishlari, jamoa xo’jaligi faoliyatini tashkil qilish, MTSlar haqida ma’lumotlar bor.
O’rta Osiyo respublikalari hududida davlat va kooperativ savdoni boshqarish haqida, qo’shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari, qishloq xo’jalik mahsulotlari va boshqa tovarlar bilan xalqni ta’minlash, O’rta Osiyo respublikalarining O’rta Osiyo va butun ittifoq yarmarkalarida ishtirok etishi, hunarmandchilik va iste’molchilik kooperatsiyalari haqidagi hujjatlar, savdo muassasalari, kooperativ tashkilotlar, aksionerlik jamiyatlari, to’g’risida ma’lumotlar bojxona jamg’armalarida mavjud. Madaniy qurilish, ilm-fanni shakllanishi va rivojlanishi, xalq ta’limini tashkil qilish, ilmiy muassasalar tarmog’i, bolalar turmushini yaxshilash masalalari, sog’liqni saqlash haqidagi ma’lumotlar Madaniyat Vazirligi, maorif, sog’likni saqlash va ularning muassasalari jamg’armalarida yoritilgan.
Nashriyot va nashriyot ishlari, adabiyot va san’atning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar Madaniyat vazirligi, nashriyot tahririyatlari, ijodiy uyushmalar jamg’armalarida mavjud. O’rta Osiyoda huquq me’yorlarini o’rnatish, musulmon xalq sudlarini tuzish haqidagi ma’lumotlar sud prokuratura organlari jamg’armalari hujjatlarida aks ettirilgan. Kasaba uyushmalari va jamoa tashkilotlarining faoliyatlari, mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlarni sog’lomlashtirish va boshqa masalalar bo’yicha ma’lumotlar Turkiston byuro VSSPS, O’zbekiston kasaba uyushmasi, markaziy, respublika va mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitalari, Markaziy ixtiyoriy jamiyatlar qo’mitalari jamg’armalarida yoritilgan.
Arxivda shaxsiy kelib chiqish jamg’armalari ham mavjud. Ular orasida: P.A.Kobozev (Turkiston Markaziy ijroiya qo’mitasining raisi) va D.I. Manjura (TurMIQ rais o’rinbosari); fan arboblaridan: qishloq xo’jalik fanlar doktori, professor A.I. Belov, O’zSSR fanlar akademiyasi prezidenti H.M. Abdullayev; adabiyot va san’at namoyondalaridan - yozuzchilar D.M.Abdullaxanov, S.Abduqahhorov, A.V. Almatinskaya, O’zSSR xalq rassomi L.A.Abdullayev, arxeolog YA.G.Gulyamov, akademik-etnograf K.SH.SHoniyozov, akademik-sharqshunos S.A. Azimjonova, tarixchi A.Karimov, rassom J.Xasanova, texnika fanlari doktori, samolyotsoz X.T.Sarimsoqov, yozuvchi-tarjimon G.A.Jahongirov, seleksioner olim S.N. Alimuhamedov va boshqalarning shaxsiy jamg’armalari bor.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish