Termiz davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi muzeyshunoslik va arxivshunoslik


-mavzu. 1941-1990 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi



Download 1,24 Mb.
bet6/49
Sana20.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#826416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
MUZEYSHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK UMKA

4-mavzu. 1941-1990 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi
Reja
1.1942 yil noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalari arxiv xodimlarining kengashi.
2.1943 yili O’zbekiston kino-foto-fono-hujjatlari Markaziy davlat arxivining tashkil qilinishi.
Tayanch so’z va iboralar
Urushdan keyingi yillarda arxiv hujjatlarini tartibga solinishi. Markaziy davlat arxivlari ko’rsatkichlarini tayyorlanishi va e’lon qilinishi. 60-yillarda arxiv hujjatlarini tartibga solinishi.

Arxiv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri tashkilotlardan hujjatlarni davlat arxivlariga qabul qilish, ularni tartibga solish va ilm fan uchun ulardan foydalanishni tashkil qilish edi. Bu sohada ancha ishlar qilindi. 1936 yili respublika arxivlarida 1534 ta arxiv jamgarmalari va 1 mln. 001 ming 680 saqlov birligida hujjatlar saqlanardi. 1941 yilga kelib jamgarmalar soni 4116 taga etdi, hujjatlar esa 1 mln. 580 ming 450 saqlov birligidan oshib ketdi. Bu hujjatlarning yarmidan ko’pi tartibga solingan bo’lib, ulardan foydalanish mumkin edi.


Arxiv tashkilotlari 30yillarda arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanshga alohida e’tibor berdilar. 1935—1936 yillarda 200 dan ortiq makolalar matbuotda e’lon qilindi. 1932 yili «O`rta Osiyoda 1916 yil qo’zgoloni» deb nomlangan hujjatlar to’plami e’lon qilindi17. 1933—1934 yillari «Toshkent sovetining 1917 yilgi protokollari», «O`rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi» nomli hujjatlar to’plamlari tayyorlandi.
Arxiv hujjatlaridan boshqa maqsadlarda ham foydalanildi. Har yili arxiv hujjatlarining ko’rgazmalari tashkil qilinib, namoyish etildi. Markaziy arxiv qiroatxonasida har yili yuzlab olimlar ilmiy ishlari uchun hujjatlardan keng foydalandilar.
.SHunday qilib 1925—1940 yillarda arxiv tashkilotlari tashkiliy jihatdan ancha mustahkamlandi.Davlat arxivlari tizimi vujudga keldi. Markaziy,
viloyat, tuman davlat arxivlari tashkil qilindi. 30yillarda ko’plab yangi hujjatlar davlat arxivlarigayigildi, tartibga solindi. Bu hujjatlardan ilmiy-tadqiqot ishlarida keng foydalanildi.
Ikkinchi jahon urushi yillari O’zbekistonda arxiv ishi tarixida eng ogir davrlardan biri bo’ldi. Adolatsiz urushning boshlanishi respublikamiz mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligani kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ixtiyoriy ravishda frontga jo’nab ketdilar. Arxiv tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, galabaga erishishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shaxar arxiv tashkilotlari jamoalari mudofaa jamgarmasiga har oy o`z maoshlarining 2 foizini o’tkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiya qilingan gospital, bolalar uylarini otalikka oldilar. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatib bordilar. Bayramlarda sovgalar tashkil qilib, jangchilarga jo’natib turdilar.
1942 yil noyabrda Toshkent Shaxrida O`rta Osiyo va Qozogiston respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bo’lib O’tdi. qabul qilingan qarorda bu respublikalar arxiv idoralarining hujjatlarni extiyot qilishni ta’minlash, tartibga solish va ulardan urush manfaatlari yo’lida foydalanishda katta yo’tuqlarga erishgani e’tirof etildi. SHu bilan birga O`zSSR arxiv idoralari ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi ko’rsatib o’tildi. SHuningdek tuman davlat arxivlari inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi, markaziy arxivlarda ishchilarning, arxivchilarning etishmasligi, O’zSSRda kino fotofonohujjatlar davlat arxivi tashkil qilinmaganligi ko’rsatib o’tildi. Kengash arxiv hujjatlarini extiyet qilish choralarini ko’rish, ilmiy va tashvikot maqsadlarida hujjatlardan keng foydalanishni tashkil etish zarurligini o`qgirib o’tdi.
Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni .amalga oshirdi. O`zSSR XKSning 1943 yil 18 fevral’ karori bilan O`zSSR kinofotofonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil qilindi. 108 ta tumanda davlat arxivi ochilib, ularning mudirlarining oylik ish haqqi miqdori oldingi 110 sum o`rniga 300 sum qilib tasdiqlandi.
1941 yili O`zSSR tarkibida Andijon, Termiz, Surxondaryo va keyinroq, 1943 yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat IIXK boshqarmasida Arxiv bo’linmalari va viloyat davlat arxivlari tashkil qilindi.
Ikkinchi jax
hon urushi yillarida arxiv tashkilotlari ham kadrlar bilan mustahkamlandi. 1941 yili respublika arxiv tashkilotlarida 113 kishi ishlagan bo’lsa, 1945 yili ularning soni 306 taga etdi18. Bo’larning ichida tarixchiarxivchilar: 3. I. AgafonovaGA. I. Bel’kova, N. G. Manin, tarixchifilologlar L. M. Vays, L. M. Lavda, YA. N. Seriy, A. A. Xalfin va boshqa malakali mo’taxassislar bor edi.
Arxiv xodimlari arxiv hujjatlarini extiyot qilish maqsadida tashkilotlar arxivlarini tartibga solish va ularni davlat arxivlariga qabul qilishga aloxida e’tibor berdilar. 1941—1942 yillarda respublika davlat arxivlariga 0,5 (yarim) million saqlov birligi qabul qilindi. Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlarda hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy etishmas edi. 1944 — 1945 yillarda davlat arxivlariga boryugi 48 ming saqlov birligi qabul qilindi.
Yangi tashkil qilingan kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi 1944—1945 yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjat qabul qildi.
Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni, asosan frontga jo’natilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur bo’ldilar. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv jamgarmalarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941 yili 100 ming, 1944—1945 yillarda esa 136 ming saqlov birligidagi hujjat tartibga solindi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xujaligi maqsadida foydalanish uchun ko’p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqgtisodiy samara keltirdi. Arxiv tashkilotlari «Frontga xatlar» va boshqa bir necha hujjatlar to’plamlarini tayyorlashga kirishdilar19. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan maqolalar gazeta va jurnallarda e’lon qilinib turildi. Masalan, 1944—1945 yillari 21 ta makola, 9 ta radio yeshshtirish, 4 ta ko’rgazma tashkil etildi va ko’plab ma’ruzalar uqildi. Arxiv qiroatxonasida bir necha yuzlab tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.
SHunday qilib, arxivchilar urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv hujjatlarini extiyot qilib saqlash, hujjatlarni qabul qilish, tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish soxasida samarali ish olib borildi. Arxiv tashkilotlari ham ancha mustaxkamlandi. O`zSSR kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi, bir qancha viloyat davlat arxivlari va joylarda tuman davlat arxivlari tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlari malakali kadrlar bilan mustahkamlandi.
Urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida to’rgan muhim vazifa arxiv materiallariga ilmiy spravka qo’llanmalar, ma’lumotnomalar tuzish ishi edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun ko’rsatkichlar (po’tevoditellar), ilmiy ro’yxatlar, kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv jamgarmalarini tartibga soldilar. 1946—1951 yillari 280 mingga yaqin saqlov birliga tartibga solyndi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yisha jildlar yo`q qilishga ajratildi, shunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga; solivdi. Bu esa arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirishishga imkon berdi.
Urushdan keyingi yillarda O`zSSR Markaziy davlat tarix arxivining ko’rsatkichi tayyorlandi va O`zSSR Okgyabr’ inqilobi Markaziy davlat arxivi ko’rsatkichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv jamgarmalarining sharxi — axborotnomasi tuzildi, tematik sharxlar yozildi. Ayrim muhim arxiv jamgarmalarining ro’yxatlari Nashr qilish uchun tayorlangan edi, lekin e’lon qilinmay qoldi.
Fotohujjatlar uchun ham tematik va ismi ko’rsatilgan katalogldr tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotlarga to’larok axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi.
Arxiv tashkilotlarining yana bir muhim ishi idoralar arxivlarini tartibga solish va extiyet qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O`zSSR Ministrlar Sovetining 1949 ynl 13 yanvardagi davlat va joriy arxivlar ishini yaxshilash to’g’risidar karorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu karorlar e’lon qilingandan keyin ko’plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlarini tartibga soldilar. 1951—1954 yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari tartibga solindi20.
Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha uslubiy qo’llanma tayorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv xo’jjatlarining ekspertizasini o’tkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko’rsatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo`yicha ko’rsatmalar» shular jumlasidandir21.
1963 yil 14 oktyabrda UzSSR Ministrlar Soveti «O`zSSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to’g’risida» qaror qabul qildi. Bu qaror joriy arxivlar, ya’ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol’ o`ynadi. Unga ko’ra joriy arxivlarni yakin 2—3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarni O’zini esa hujjatlarni beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash keng yo’lga kuyildi.
Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. shu bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida respublikada 1964 yili 1809 tashkilotda, 1965 yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi.
Joriy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish iyini yaxshilashga ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlary idoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959 yili Toshkent shaxrida birinchi bor ish yuritish ko’rsi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo’llanmalar, ko’rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo’llanmalar joriy arxivlar ishini va ish yuritishni yaxshilashga katga xissa kunvdi.
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham ko’rildi. 1964 yili unga yangi bino ko’rilib foydalanishga topshirildi. 1970 yili O’zSSR kinofotohujjatlar unga maxsus bino ko’rib berildi. Lekin viloyatlarda ko’p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni saqlash uchun zarur sharoitlar yaratilmagan edi. Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ish qildilar. 1946—1955 yillarda 600 mingdan ko’proq saqlov birligidagi hujjatlar idoralar, vazirliklar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu joylarda ham ancha tadbirlar o’tkazildi. 1947 yili respublikada 118 tuman va 5 ta shaxar arxivida 137 ming saqlov birligida yig’ma jiddlar saqlangan bo’lsa, 1955 yili 8 shaxar va 138 tuman davlat arxivlarida 642 ming saqlov birligktsa hujjatlar saqlandi.
Urushdan keyingi yillarda (1946—1955 yillar) 5 ta hujjatlar to’plami Nashr Qilindi. «Frontdan xatlar» (1949 yil), «Afgonistonda Angliya agressiyasi» (1889—1917 yillar) ana SHunday hujjatlar to’plamidir22.
Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda O`zSSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 31 martdagi «O`zSSR Ministrliklari va idoralar arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash tadbirlari to’g’risida»gi karori muhim rol’ uynaydi. Respublika xukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli to’plamlar, ma’lumotnomalar, arxiv jamgarmalari axborotnomalarini tayyorlashni va «O`zdavlatNashr»ga ularni Nashr qilishni topshirdi.
Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e’lon qilish borasidagi ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatli to’plamlar Nashr qilindi. SHu jumladan oktyabr’ tungarishiga oid 2 ta, fuqarolar urushiga doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 2 ta, «O`rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari» nomli seriyada 4 ta to’plam tayorlanib Nashr qilindi23.
60yillardan boshlab mavzular bo`yicha arxiv hujjatlarining kataloglari tayorlana boshlandi1963—1967 yillarda 50 mingdan ortiq kartochkalar
yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida maxsus hujjatlar va ilmiy ma’lumotlar bo’limi tashkilqilinib, bu bo’lim xodimlari MDAning tizim (sistematik) katalogini tayyorlashga kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochka tizimidagi katalogga qo`shildi. SHuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar hozirgi kunga qadar tuldirib borilmoqda va tadqiqotchilarning hujjatlarni qidirish ishlarini engillashtirmoqda.
1960 yili UzSSR MDD sovet jamgarmalari ko’rsatkichi (po’tevoditel’) Nashr qilindi. 1964 yil O`zSSR kinofoto hujjatlar unda ko’rsatkichi e’lon qilindi. Bu ko’rsatkichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallarvdan foydalanishida juda katta qulayliklar yaratdi.
50-yillarning oxiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida arxiv idoralari va davlat arxivlarida qator tashkiliy qayta qo’rish ishlari amalga oshirildi. 1958 yili O`zSSR okgyabr’ inqilobi Markaziy davlat arxivi O`zSSR Markaziy davlat tarix arxivi bilan birlashtirilib, yagona UzSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O`zSSR kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi ham qo`shildi.
1961 yil 9 mayda O`zSSR Ministrlar Sovetining qarori bilan O`zSSR Ichki ishlar ministrligi Arxiv boshqarmasi O`zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. Viloyatlardagi ichki ishlar boshqarmalari arxiv bo’limlari viloyatlar ijroqumlari arxiv bo’limlariga aylantirildi. Arxiv idoralarining Ministrlar Soveti va viloyat ijroqumlari ixtiyoriga o’tkazilishi arxiv tashkilotlarining mavqieni yanada oshirdi.
1961-1962 yillarda tumanlarda arxiv ishini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi, 1962 yili O’zbekistondagi 118 ta mayda.tuman davlat arxivlari 28 ta tumanlararo davlat arxivlariga birlashtirildi. Ular har birida 3-5 xodim ishlaydigan yirik arxivlarga aylantirildi. SHu bilan birga 13 ta tumandagi arxiv istisno tarzida qoldirildi24.
1962 yili, restsublikada yangi arxiv — O`zSSR Markaziy davlat tibbiyot hujjatlari arxivi tuzildi.1965 yili bu arxiv tarkibida ilmiy texnika xujjatlari bo’limi tashkil qilindi va O`zSSR tibbiyot va ilmiy texnika hujjatlari Markaziy davlat arxiviga aylantirildi. SHu yili tumanlararo davlat arxivlari viloyat davlat arxivlarining filiallariga aylantirildi. Keyin-chalik O`zSSR Markaziy davlat arxividan Kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi ajralib chiqdi.
Hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpogiston Vazirlar kengashi huzurida arxiv bo’limi, shuningdek viloyat hokimliklari huzurida 11 ta arxiv bo’limi bor. Respublika ahamiyatidagi 3 ta Markaziy davlat arxivi, Qoraqalpogiston Respublikasida MDA, 11 ta viloyat arxivi va ularning 40 dan ortiq filiallari mavjud.
SHunday qilib, respublikada arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi amal qilmoqda. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan barcha hujjatlarni extiyot qilib saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega.
Nazorat savollari
1.1943 yilda arxivchilar tomonidan qanday fond shakllantirildi.
2.Nechinchi yilda arxivlarda kataloglar shakllantirildi
3.O`zSSR markaziy tibbiyot hujjatlari arxivi tashkil topdi



Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish