Bibliografiya tuzish. O’zbekistonda sobiq Ittifoq davrida juda ko’p miqdorda adabiyot, SHu jumladan tarixga oid adabiyotlar Nashr etilgan. Mana SHunday ko’p kitoblar ichidan kerakligini qay yusinda tanlab olish mumkin?
SHu narsa ma’lumki, bu ishda tadqiqotchiga eng birinchi erdamchi kutubxona hisoblanadi. Xar bir kutubxonada adabiyotlarning alfavitli va sistemali kataloglari mavjud.
«Knijnaya letopis’», «Letopis’ jurnal’nix statey», «Letopis’ gazetnix statey», «Letopis’ retsenziy» kabi Nashrlar mavzu bo’yicha adabiyotlar tanlash ishida tadqiqotchiga juda katta erdam beradi. «Knijnaya letopis’» materiallari asosida esa «Ejegodnik kniga SSSR» to’plami tuzilgan edi.
Xuddi SHunday qo’llanmalar O’zbekiston Respublikasi davlat kitob palatasi tomonidan ham chiqarilgan va unda respublikada chiqkan adabiyotlar, makolalar ko’rsatilgan. «O’zbekiston SSR kitoblarining yilnomasi» kitoblar ko’rsatkichining ko’plab jildlarida respublikada sovet hokimiyati yillarida chop etilgan kitoblar qayd etilgan38.
Kundalik umumiy bibliografiya bilan bir qatorda maxsus tarixiy bibliografiya ham Nashr qilib borilgan.
O’zbekiston tarixiga oid bibliografik qo’llanmalar juda ko’p. Tarixning barcha asosiy muammolari yuzasidan tavsiya qilinadigan tarixiy adabiyotlarning bibliografik ro’yxatlari e’lon qilingan. Bo’larni kutubxonalarning bibliografiya bo’limlaridan topish mumkin.
O’zbekistonda sovet hokimiyati yillarini o`z ichiga olgan qator bibliografik ko’rsatkichlar e’lon qilindiki, ular tadqiqotchilarimiz ishini ancha yengillashtiradi. A. Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi 60-yillar oxirida O’zbekistonning qadimgi zamondan boshlab 60-yillar oxirigacha bo’lgan tarixi bo’yicha «Istoriya O’zbekistana. CH. 1, 2. Ukazatel Sovetskoy literatura» (Toshkent, 1967, 1969 tg.) nomli maxsus ko’rsatkich chiqargan edi. 1953 yildan e’tiboran O’zbekiston bo’yicha chiqqan adabiyotlarning yillik bibliografik ko’rsatkichlari e’lon qilinmokda. SHu bilan birga «O’zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnali O’zbekiston tarixi bo’yicha chiqkan adabiyotlarning yillik ro’yxatini e’lon qilib borgan39. SHunday qilib, tadqiqotchilar matbuotda O’zbekiston tarixi haqida barcha adabiyotlarning to’la ro’yxatiga egadirlar.
Umuman olganda yuqorida tilga olib O’tilgan asosiy bibliografiya tadqiqotchiga tanlangan mavzu bo’yicha adabiyotlar ro’yxatini to’zib olib, ularni ma’lum bir izchillikda o’rganib chiqishda yordam beradi.
Manba va adabiyotlarni O’rganish chogida ularni konspekt qilish, kerakli hujjatlardan ko’chirma olish foydalidir. Hujjatlardan ko’chirmalarning har birini alohida aloxida varaqlarga yozish maqsadga muvofiq. SHunda ularni ayrim masalalar bo’yicha istalgan tartibda joylashtirish oson bo’ladi.
Adabiyotlar, e’lon qilingan manbalar bilan birga vaqtli matbuotni ham o’rganib borish foydadan holi emas. Gazeta va jurnallardan to’plam uchun hujjatlar yigiladi. SHuningdek, ular tadqiq qilinayotgan davrni, mavzuga oid tarixiy jarayonlarni har tomonlama o`rganishda ko`maklashadi.
Vaqtli matbuot. Yuqorida hujjatlar to’plamini tayyorlashda kitoblardan, e’lon qilingan manbalardan foydalanibgina qolmasdan, balki vaqtli matbuotdan, ya’ni gazeta va jurnallardan ham foydalanish kerak deyildi. Vaqtli Nashrlarda muhim davlat hujjatlari, davlat rahbarlarining no’tqlari e’lon qilinadi, iktisodiyet, fan, madaniyat soxasida erishilgan sunggi yo’tuqlar, jamiyat hayotidagi muhim voqealar yoritib boriladi40.
Oldin ham, hozir ham O’zbekistonda juda ko’plab gazeta, jurnal hamda jurnal tipidagi Nashrlar chiqariladi. O`z o`zidan ma’lumkn, ilmiy ish tayyorlash uchun vaqtli matbuotning qaysilaridan foydalanish kerak, degan savol tugiladi. Har bir tadqiqotchi bu masalani o’zining qanday masalani o’rganayotgani, nimalar bilan kiziqishiga qarab hal etadi. Masalan, «O’zbekistonda agrar siyosatning amalga oshirilishi (1976-1985)» degan mavzu bo’yicha tadqiqot ishlari olib borish uchun mana shu yillar mobaynida chiqqan «Xlopkovodstvo», «O’zbekiston kommunisti», «Partiya turmushi», «O’zbekiston kishlok xo’jaligi» kabi jurnallardan «qishloq haqiqati», «Sel’skaya jizin’», «Sovet O’zbekistoni», «Pravda Vostoka» kabi gazetalardan va boshqa ayrim viloyat gazetalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir41.
Gazetadagi materiallar tematikasi, ularning joylashtirilishi, maxsus bo’limlar, ruknlar talabaga, tadqiqotchiga uni qiziqtirayotgan mavzu uchun materialni kiynalmasdan topish imkonini beradi. Jurnallarda esa ulardagi mundarijalar, hamda yil bo`yi e’lon qilingan maqola va materiallar ro’yxati (odatda, bunday ro’yxatlar jurnalning xar yili oxiridagi sonida e’lon qilinadi) kerakli maqola va chiqishni topishda yordam beradi. Gazeta va jurnal materiallarini o`qish chogida ulardan zarur ko’chirmalar olib borish maqsadga muvofiq. Bu ish materialning mazmuniga qarab qilinadi. SHuningdek, gazeta va jurnallardan mavzuga doir hujjatlardan ham nusxa olinadi.
Vaqtli matbuotda rasmiy hujjatlar (Oliy Majlis sessiyalari materiallari va boshqa muhim anjumanlarniig qarorlari, stenografik hisobotlari va protokollari) bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari, jamoalar, mehnatkashlarning alohida yashashlari haqidagi materiallar ham muntazam berib boriladi.
Aynan mana shunday materiallarning arxivlarda kamligi vaqtli matbuot materiallarining tadqiqot uchun muhim manbaga aylanishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |