Termiz davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi muzeyshunoslik va arxivshunoslik



Download 1,24 Mb.
bet18/49
Sana20.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#826416
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Bog'liq
MUZEYSHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK UMKA

Nazorat savollari :
1.Arxeografiya fanininig vazifalari nimalardan iborat.
2.Bibliografiya tuzishda nimalarga e`tibor qaratish keak.
10-Mavzu: O’zbekiston DAJ hujjatlarini turkumlash Hujjatlar qiymatini ekspertiza qilish

Reja.
Hujjatlarni MAF miqyosida turkumlash.


Hujjatlarni arxiv miqyosida turkumlash.
Hujjatlarni arxiv fondi miqyosida turkumlash.
Ilmiy axborot apparati tarkibi.
Arxiv ro’yxati.
Hujjatlar qiymatini ekspertiza qilish.


Tayanch so’z va iboralar
O’zbekiston Respublikasi Davlat Arxiv fondi (DAF) tarkibi. DAF hujjatlari klassifikatsiyasining bosqichlari. O’zbekiston Respublikasi DAF hujjatlarining umumiy klassifikatsiyasi, arxiv doirasidagi hujjatlarning tasnifi. O’zbekiston Respublikasi DAF hujjatlari klassifikatsiyasining asosiy belgilari.
1.O’zbekiston Respublikasi Davlat arxiv jamgarmasi (DAJ) tarkibiga 1917 yildan oldingi davr hujjatlari, shuningdek sovet tashkilotlari, idoralari, korxonalari faoliyatida yuzaga kelgan hujjatlar, O’zbek xalqi madaniyati, tarixi, san’ati, adabiyoti va yozma yodgorliklari, ilmiy texnik hujjatlari, kinofotofonohujjatlar, plakatlar, varaqalar, proklomatsiya va hakozalar kiradi.
DAJ hujjatlarini turkumlash uch bosqichni o`z ichiga oladi: 1) O’zbekiston Respublikasi DAJ hujjatlarining umumiy turkumi; 2) arxiv doirasidagi hujjatlar turkumi; 3) arxiv jamgarmasi doirasidagi hujjatlar turkumi.
2.SHunday qilib, turkum ob’yekti birinchi bochqichda O’zbekiston Respublikasi DAJ barcha hujjatlari, ikkinchi bosqichda — ma’lum bir Arxivning hujjatlari va uchinchi bosqichda esa ayrim arxiv jamgarmasining hujjatlari bo’ladi.
A O’zbekiston Respublikasi DAJ hujjatlarini umumiy turkumlash
DAJ hujjatlarini turkumlash davlat arxivlariga to’g’ri bo’lish maqsadida ilmiy guruhlashni nazarda to’tadi.
DAJ hujjatlari qo`yidagi asosiy belgilari bo`yicha turkumlashtiriladi va natijada davlat arxivlari tizimini tashkil qiladi:

  1. ayrim tarixiy davrlarga tegishli hujjatlar;

  2. respublika va mahalliy idoralarga tegishli hujjatlar;

3) ayrim viloyat, shaxar va tumanlarga tegishli hujjatlar;

  1. davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli hujjatlar (masalan, adabiyot va san’at, harbiy va boshqa sohalar);

  1. hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasiga.

Ayrim tarixiy davrlarga tegishli hujjatlar
Bu turkum belgisiga asoslanib DAJ hujjatlari ikki guruhga — 1917 yilgacha bo’lgan hujjatlar va sovet davri hujjatlariga bo’lingan.
SHu qoidaga asosan ko’p yillar O’zbekistonda maxsus UzSSR Markaziy davlat tarixiy arxivi (MDTA), Markaziy davlat Oktyabr’ inqilobi arxivi (MDOIA) mavjud edi. MDTA da respublikadagi Oktyabr’ inqilobidan oldingi barcha arxiv hujjatlari saqlangan. Viloyatlardaga inqilobdan oldingi barcha arxiv hujjatlari ham shu arxivda jamlangan. MDOIAda sovet davri arxiv jamgarmalari yigilgan 1958 yili har ikkala arxiv O`zR MDAga birlashgan va maxsus bo’lim hisobida saqlangan.
Respublika va mahalliy tashkilotlarga tegishli hujjatlar
Arxiv hujjatlarini markaziy va mahalliy ahamiyati bo`yicha bo’lish, respublika idoralariga va mahalliy idoralarga tegishli hujjatlarga bo’lish,tegishli davlat arxivlari — respublika, viloyat, shaxar, tuman arxivlarini tashkil qilishga asos bo’ladi.
Respublika idoralari hujjatlari markaziy davlat arxivlarida, viloyat idoralari hujjatlari esa viloyat davlat arxivlarida saqlanadi.
Viloyat va tumanlarga tegishli hujjatlar
Arxiv hujjatlari kaysi hududda — viloyat, SHaxar, tumanda tuzilgan bo’lsa, shu joyda saqlanishi kerak. SHu qoidaga asosan Turkiston general gubernatorligi, Turkiston ASSR respublika idoralari arxivi Toshkentda paydo bo’lganligi tufayli Toshkentda saqlanadi va bu arxiv jamgarmalarida O’zbekiston tarixidan tashqari barcha O`rta Osiyo respublikalari hamda Qozogiston tarixiga oid hujjatlar ham bor.
Davlat va jamoat faoliyatining ayrim soxalariga tegishli hujjatlar
Davlat va jamiyat faoliyatining ayrim soxalariga tegishli arxivlar ham bo’ladi. Biroq O’zbekiston Respublikasida hozir davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli davlat arxivlari yo`q. Boshqa davlatlarda bunday arxivlar mavjud. Masalan, Rossiyada Adabiyot va san’at markaziy davlat arxivi, qo’rolli ko`chlar unda, Markaziy davlat harbiy tarixi arxivi va hokazo arxivlar bor.
Hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasi
DAJ hujjatlari tarkibida ilmiy texnika hujjatlari, kinofotofonohujjatlar va boshqa maxsus hujjatlar bor. SHu sababli hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasi bo`yicha turkumlash zarur bo’ldi. SHu maqsadda O’zbekiston Respublikasi ilmiytexnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi hamda kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi tashkil etilgan.
3.. Arxivlar doirasida hujjatlarni turkumlash
Arxivlar doirasida hujjatlar arxiv jamgarmalari bo`yicha turkumlashtiriladi. Arxiv jamgarmasi —bu ma’lum tashkilot, idora, korxona yoki ayrim shaxs faoliyati natijasida vujudga kelgan arxiv hujjatlaridir. Arxiv jamgarmalari hajmi jihatidan katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Masalan, 1—15 ta ish jildidan iborat arxiv jamgarmasi ham bo’lishi mumkin. Masalan, unda Sirdaryo, Samarqand, Fargona viloyatlari ayrim holatlari qozilarining arxiv jamgarmalarida 1—3 tadan yig’ma jild bor. SHuningdek, Turkiston general gubernatori devonxonasi jamgarmasida 30 mingdan ortiq yig’ma jild bor. Lekin arxiv jamgarmasi ana shunday katta bo’lishga qaramay, bitta jamgarma deb hisoblanadi.
4. Arxiv jamgarmasi doirasida hujjatlarni turkumlash
Arxiv jamgarmasi doirasida hujjatlar yig’ma jildlar bo`yicha turkumlashtiriladi. Arxiv jamgarmasi shu jamgarmani tashkil qilgan idora faoliyat ko’rsatgan davrni, ya’ni tashkil qilingan kundan to tugatilgan kungacha bo’lgan hujjatlarni Uz ichiga oladi.
Arxiv jamgarmasiga arxiv kolleksiyasi ham kiradi va jamgarma o`rnida hisobga olinadi. Arxiv kolleksiyasi arxiv jamgarmasiga bir idora hujjatlari emas. Kollektsiyada bir necha idoralar Hujjatlari bo’lishi mumkin. Kolleksiya — ayrim hujjatlar yigindisidir. Masalan, UzR MDAda Vaqfnomalar kolleksiyasi va frontdan Kelgan xatlar kolleksiyasi saqlanadi.
5.Jamgarmalarni arxiv binosida joylashtirish
Arxiv binosida arxiv jamgarmalarini joylashtirishda ularning o`zaro bog’liq jihatlari hisobga olinadi. Masalan, UzR MDAda 1917 yildan oldingi arxiv jamgarmalari alohida saqlanadi. Sovet davri arxiv jamgarmalari ham ma’lum tartibda saqlanadi. Masalan, Oliy davlat organ (idora)lari jamgarmalari bir joyda, sanoat, qishloq xujaligi, madaniyat va hakazo sohalar bo`yicha hujjatlar alohida saqlanadi.
1.O’zbekiston Respublikasi DAJ hujjatlari ilmiy ma’lumotnoma apparati tizimi
Arxiv hujjatlariga ilmiyiy ma’lumotnoma apparatini tuzish ishi davlat arxivlarining ilmiy-axborot faoliyatining muhim tarkibiy qismidir. Hujjat
larni davlat arxivlaridan tezda topish uchun u o’rganilib, tahlil qilinib, hujjatlarning tarkibi, mazmuni, manzili to’g’risidaga mal’umotlar qisqa, umum
lashgan shaklga keltiriladi. Hujjatlar to’g’risidagi bunday axborotlar kartochkalarga yozilib, ma’lumotnomalarga kiritiladi.
DAJ tarkibidagi hujjatlarni hisobga olish, qidirib topishni osonlashtirish, undan unumli foydalanishni tashkil etish maqsadida yuqorida aytilgan yo’l bilan ularda ilmiy ma’lumotnoma apparati tizimi tashkil qilinadi. DAJ ilmiy ma’lumotnoma apparati tizimi Uzaro uzviy bog’langan hisob hujjatlari, arxiv ma’lumotnomalari, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan axborot qidiruv tizimidan iboratdir. Bo’lar bir xil usul va qoidalar asosida tayyorlanib, o`sha jild, arxiv jamgarmasi, davlat arxivi, DAJ doirasida hujjatlarni extiyot qilib saqlash va samarali qidirishni ta’minlash uchun tuziladi.
2.Ilmiy ma’lumotnoma apparati barcha darajadagi hujjatlar majmualariga qarab tuziladi. Bu ma’lumotnomalar qo`yidagilardir:

  1. respublika jamgarmalar katalogi — UzR DAJga tegishli ma’lumotnoma;

  2. arxivlarda: ko’rsatkich po’tevoditel’)lar, arxiv jamgarmalari haqida qisqacha ma’lumotnoma, kirim daftari, jamgarmalar ro’yxati, jamgarmalar varaqalari, tizimli kataloglar, predmet, ism kataloglari;

  1. jamgarmaga tegishli ma’lumotnomalar, hisob hujjatlari,jamgarmaning sharxi, tizimli kataloglar, mavzular bo`yicha kataloglar, ismlar kataloglari, ,jamgarma varaqasi, ro’yxat;

  2. ayrim yig’ma jildga tegaSHli ma’lumotnomalar:hamma turdagi kataloglar, yig’ma jildning ichki hujjatlar ro’yxati va boshqalar.

Barcha hisob hujjatlari ma’lumotnomalar kabi jamgarma doirasidagi hujjatlar haqida zarur axborot beradi. Masalan, jamgarma varaqasi jamgarma tartib rakami, nomi, yig’ma jildlar soni, yillari, jamtarma tarkibi to’g’risida qisqacha axborot beradi.
3.Hujjatlarni hisob qiluvchi asosiy ma’lumotnoma bu yig’ma jildlar ro’yxatidir. Boshqa arxiv ma’lumotlarvdan farqli Ularoq, ro’yxat jamgarma ichida yig’ma jildlarni hisoblash, har bir yig’ma jildning varaqlar sonini belgilash bilan birga u bir vaqtda yig’ma jildning tarkibi va mazmuni to’g’risidagi axborotma’lumotnoma hamdir.
DAJ hujjatlariga tuzilgan ilmiy ma’lumotnoma apparati tizimi o`zaro bog’liqligi, birligi bilan ajralib turadi. Respublikaning barcha arxiv hujjatlari to’g’risidagi eng umumiy ma’lumotnoma respublika jamgarmalari katalogidir. Viloyat miqyosidagi arxiv hujjatlari to’g’risidagi umumiy ma’lumotnoma arxiv bo’limining jamgarmalar katalogidir. Bu ma’lumot nomalar erdamida tarixchi tadqiqotchi kaysi arxivda u eki bu mavzuga oid kanday hujjatlar borligini aniqlab oladi. SHundan keyin kerakli davlat arxivlariga borib, uSHa arxivning ko’rsatkichi eki arxiv jamgarmalarining qisqacha ma’lumotnomayei, jamgarmalar ro’yxati va varaqasi o’rganiladi. Bu ma’lumotnomalardan tadqiqotchi uchun kerakli hujjatlar arxivning qaysi jamgarmalarida ekanliga aniqlanadi.
4.Arxiv jamgarmalarining yig’ma jildlari ro’yxatlari bilan tanishb chiqish kerakli hujjatlar kaysi yig’ma jildlarda ekanligani aniqlash imkonini beradi. Kerakli jildlar arxivdan olinib, ulardan tadqiqotchiga zarur hujjatlar topiladi va kuchirib olinadi. Bir mavzuga oid barcha jamgarmalardagi hujjatlarni davlat arxivining tizimli, mavzular buyicha tuzilgan kataloglari erdamida aniqlab, kerakli hujjatlarni tanlash va ularni arxivdan olib o’rganish, tadkik qilish imkoni tugiladi.
SHunday qilib, ilmiy ma’lumotnoma apparati tizimi tarkibiga kiruvchi ma’lumotnomalar har birining o`z vazifasi, maqsadi bor va har biri o’ziga xosdir. SHu bilan birga ular o`zaro bog’liq va bir birlarini to`ldirib O’zbekiston Respublikasi DAJ hujjatlari to’g’risida zarur axborot beradi.
Arxiv ro’yxati (opis’) bu hisob hujjati va ayni vaqtda hujjatlarning mazmuni bo`yicha ma’lumotnomadir. Bunda arxiv jamgarmasi yig’ma jildlari sarlavhasining tartibi, ro’yxati, ularning tarkibi va mazmuni to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Ro’yxatlar tashkilotlar bo’limlarida va arxivida tuziladi. Davlat arxivlarida ro’yxatlar takomillashtiriladi.
Ro’yxatlar tuzishni tashkil qilish usuli
2.Ro’yxat ikki qismdan — yig’ma jildlar ro’yxatidan va ro’yxatga tuzilgan yordamchi ma’lumotnomadan iboratdir. Ro’yxatning asosiy qismi yig’ma jildlar ro’yxati qo`yidagi axborot elementlarini o`z ichiga oladi: tartib raqami, idora bo’limidagi yig’ma jildning raqami, yig’ma jildning sarlavhasi, yig’ma jildning boshlangan va tugatilgan sanasi, varaqlar soni va izoh.
Ro’yxatning ko’rilishi (strukturasi) jamgarmani tashkil qilgan idoraning tuzilishi bilan bir xil bo’ladi. Ro’yxatda jildlar yillar bo`yicha, yil ichida idora tuzilishi —bo’limlar bo`yicha joylashtiriladi va yoziladi.
Doimiy saqlanadigan jildlarga alohida ro’yxat tuziladi. Mabodo jildlar ko’p bo’lsa, ro’yxatdagi yig’ma jildlar raqamlari turt xonali songa yetgandan keyin yangi ro’yxat tuziladi. Xar bir ro’yxat bir rakamidan boshlanadi.
Qo`yidagi hujjatlarga alohida ro’yxat tuziladi:

  1. Idoraning shaxsiy tarkibiga, xodimlariga oid materiallar.

  2. Vaqtincha saqlanadigan hujjatlar.

  3. Jamgarma materiallariga tuzilgan kartochkalar, ko’rsatkichlar kabi ma’lumotnomalar.

Idoralarda doimiy saqlanadigan hujjatlarga ro’yxatlar ikki xil tuzilishi mumkin:

  1. Idoraning har bir bo’limi bir yilga oid hujjatlarga alohida ro’yxat tuzadi. Hamma bo’limlardan olingan bunday ro’yxatlar kontselyariyada jamlanadi va bir yilga oid hujjatlari bo’lgan hamma bo’limlarning umumiy ro’yxati tuziladi. SHu tartibda umumiy ro’yxatga materiallar yilma yil qilib umumiy ro’yxat tuziladi.

  2. Idoraning bo’limi barcha yillarga oid hujjatlarga alohida ro’yxat tuzadi. Keyin yuqoridagi tartibda yilma yil qo`shib umumiy ro’yxat tuziladi.

Idoralarda yig’ma jildlar ro’yxati 4 nusxada tayyorlanadi. Bu ro’yxat davlat arxivining ekspertiza tekshiruv hay’atida tasdiqlangandan keyin tashkilotning arxiv jamgarmasi davlat arxiviga qabul qilinadi va unga qo`shib 2 nusxa ro’yxat ham topshiriladi. Biri hisob hujjati sifatida extiyot qilib hisob bo’limida saqlanadi, ikkinchi nusxasidan davlat arxivining o’quv zalida (kiroatxonasida) foydalaniladi.
Ro’yxat tuzish usuli
Yig’ma jildni bayon qilish. Ro’yxatning asosiy qismi, yo`qorida ko’rsatilganidek, yig’ma jildning sarlavxasidir. Ro’yxat tuzishdan oldin xar bir jild bayon qilinadi. SHu jarayonda sarlavha tuzishga aloxida e’tibor beriladi. Jildni bayon qilish idorada ish yuritish jarayenida amalga oshiriladi. Jildni bayon qilishda muqovaga kuyidagi ma’lumotlar yoziladi:

  1. Idoraning nomi.

  2. Idora bo’limining nomi.

  3. Yig’ma jildning nomenklatura bo`yicha indeksi.

  4. Sarlavha.

  5. Sana (yig’ma jildning boshlangan, tugagan sanalari).

  6. Varaqalar soni.

  7. Saqlash muddati.

  8. Arxiv shifri.

Yig’ma jild muqovasiga idoraning nomini yozish bilan jild qaysi jamgarmaga tegishli ekanligi belgilanadi. Jildning yuqoridagi nomenklatura bo`yicha indeksining ro’yxatda ko’rsatilishi jildlarni tartibga solishni osonlashtiradi va idora arxivining qay darajada saqlanganligini ko’rsatadi.
Jildni bayon etishning asosiy qismi sarlavhadir. Sarlavhada jilddagi hujjatlarning mazmuni qisqacha ochib beriladi.
Sarlavha qo`yidagi qismlardan iborat:

  1. hujjatning turi yoki xili;

  2. muallifi;

  3. korrespondent (xat yozilgan idora);

  4. mavzu;

  5. manzil; ?

  6. yillar va boshqa mat’lumotlar.

Sarlavha ichida eng muhimi mavzu, hujjatlarda yoritilgan masalalardir. SHuning uchun ham bu qism aniq va tushunarli qilib yozilishi kerak.
Ko’p hujjatlardan tashkil topgan jildni bayon etishda sarlavhada ish jildi mazmuni va undagi hujjatlarning tarkibi umumlashtirilgan holda ifodalanadi. Bunday hollarda «Materiallar», «Ish», «YOzishma» kabi turdosh nomlar kullaniladi. «Materiallar» so’zi jild xilma xil hujjatlar turlaridan va bir yoki bir necha masalaga oid bo’lsa va ular o`rtasida o`zaro bog’liqlik bo’lmasa ishlatiladi. «Ish» so’zi esa to`plangan hujjatlar xilma xil bo’lgani holda ular bir masalaga tegishli bo’lganda kullaniladi.
Masalan «ToshDUda SHanbalik o’tkazish to’g’risidagi ish». Odatda «ish» sud organlari jamgarmalarida ko’p bo’ladi.
«Yozishma» tushunchasi jild hujjatlari suroq va javoblardan iborat bo’lganda ishlatiladi. Masalan, «ToshDUning O`zR Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi bilan talabalarning ishlab chiqarish praktikasi to’g’risida yozishmasi».
Ko’p hollarda yig’ma jildlar hujjatlarning bir turidan iborat bo’ladi. Masalan, buyruqlar, qarorlar, rejalar, hisobotlar, yuriqnomalar va hokazo.
Yig’ma jild bo`yruqlar, majlislar bayonlaridan iborat bo’lsa, ularning tartib raqamlari, sanasi, asl nusxa yoki ko`chirma ekanligi ko’rsatiladi. Masalan, «ToshDU ilmiy kengashining yigilishlari bayonlari. № 1—28. 1956 yil may dekabr’. Asl nusxa»42. Buyruk, qaror va protokollarda ko’p masalalar yoritilishi sababli sarlavhada mavzu ko’rsatilmaydi.
Jildning hujjatlari orasida mashxur shaxslarga tegishli eki muhim tarixiy vokeaga oid hujjatlar, fotosuratlar, xariga, broshyura, varaqa va boshqa shunga o`xshash narsalar uchrashi mumkin. Bu hujjatlarga muxtasar bayon (annotatsiya) tuziladi. Muxtasar bayonda hujjatning qisqacha mazmuni yoziladi. U yig’ma jildining muqovasiga sarlavxadan keyin yoziladi.
SHundan .keyin muqovaga yig’ma jildning sanasi, varaqlar soni, saqlash muddati (doimiy eki 5 yil, 10 yil va xokazo) va arxiv shifri (ya’ni arxiv nomi, jamgarma raqami, ro’yxat raqami) yoziladi.
Yig’ma jildlar ro’yxatini tuzish
Jild bayon qilinganidan va muqovasiga yozilgandan keyin yig’ma jildlarning ro’yxati tuziladi. Ro’yxat tuzilayotganda uning uchun kerak bo’lgan barcha ma’lumotlar yig’ma jild muqovasidan olinadi.
3.Bayon qilingan jildlar yillar bo`yicha va yil ichida idora tuzilishi — bo’limlari bo`yicha guruhlashtiriladi va shu tartibda ro’yxatga yoziladi.
Ro’yxatning oxirida yakunlovchi yozuv bo’ladi. Bunda ro’yxatga nechta yig’ma jild kiritilganligi ko’rsatiladi. SHuningdek harf (liter) bilan ezilgan jildlar (2a, 5v, 5a, 56 va xokazo) va tushirib qoldirilgan raqamlar qayd qilinadi43.
Ro’yxatga odatda yordamchi ma’lumotnoma apparati tuziladi. Bu ro’yxatning bosh harfi kirish, ko’rsatkichlar, qisqartirilgan so’zlar ro’yxati va boshqalardan iborat. Bosh davlat arxivining nomi, jamgarma nomi, jamgarma raqami, ro’yxat raqami, ro’yxat nomi, ro’yxatga kiritilgan materiallarning sanasi, ro’yxat varaqlari soni yoziladi.
Bosh saxifa ro’yxatga kiritilgan hujjatlar majmui to’g’risida umumlashgan axborot beradi.
4.SHunday qilib arxiv ro’yxati jamgarma yig’ma jildlari, hujjatlari to’g’risida muhim ma’lumotlar beradigan hisob hujjati va arxiv ma’lumotnomasidir.
Hujjat haqidaga axborotlarni turkumlash va kataloglar to’g’risida tushuncha
Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash (klassifikatsiyalash) bu hujjatlar mazmuni, ob’yektlari, predmetlari orasidagi mantiqiy bog’liklikni aniqlash, hujjatlardagi axborotlarni tartibga solish va tezda topish usulidir.
Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash klasifikatsiyalash kataloglar tuzishga, ma’lumotlarning mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan kidiruv usulini tashkil qilishga qaratilgan.
1.Hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishning umumiy qoidalari
Hujjatlarni ekspertiza qilishdan maqsad ularni saqlash muddatini aniqlash va davlat arxivida saqlash uchun tanlab olishdir. Davlat arxivlarida saqlash uchun ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan va kelajakda tarixchilar tomonidan tarixiy asarlar yozish uchun foydalaniladigan hujjatlar tanlab olinadi. Xujalik idoralarining amaliy, kundalik ishi uchun vaqtincha, masalan, 1—15 yil kerak bo’ladigan hujjatlar muddati bitganidan keyin yo`q qilinadi.
Hujjatlar ekspertizasi o’tkazilishining, ya’ni hujjatlarni ilm va fan uchun kerak eki kerak emas hujjatlarga ajratishning qoidalari bor. Ular qo`yidagalardir:


  1. Download 1,24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish