Ekspertiza O’tkazishda hujjatlar mazmunining ahamiyati hisobga olinadi.
Arxiv jamgarmasini tashki lqilgan idoraningahamiyati ham ekspertiza O’tkazishda muhimdir. Masalan;, Madaniyat ishlari vazirligi yoki pochta bo’limi va.ular faoliyati natijasida vujudga keladiganhujjatlar ahamiyati, o`z-o’zidan ma’lumki, har xil emas
Hujjatlarning paydo bo’lgan vaqti, joyi va vokeaning ahamiyati. Masalan, Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari tarixiga oid xujalik hujjatlari va ularning vujudga kelgan vaqti, o`rta asrlarga oidligi hisobga olinib, arxivda saqlashga koldiriladi. Keyingi davrda vujudga kelgan xuddi shundayhujjatlar. ikkinchi darajali sifatida yuk qilinadi.
Hujjatning kaysi muallifga tegishpi ekanligi. Buyuk shaxslarga tegishli hujjatlar, masalan,Amir Temur, Ulugbek, Navoiy yoki sovet davri yozuvchilaridan Fitrat, A. Qodiriy va boshqalarga tegishlixar qanday hujjatlarning ikkinchi darajalilari ham arxivda saqlash uchun ajratiladi.
Ma’lumotning takrorlanishi. qaror, buyruq,hisobot va boshqa hujjatlar bir necha idoralarda takrorlanadi. Bunday holda shu hujjatni tayorlagan idora hujjati qoldirilib, boshqa idoralardagi xuddi shunday hujjatlar takrorlanganligi uchun yo`q qili-nishi mumkin. karor, buyruk va boshqa hujjat bir arxiv jamgarma-sida — asl nusxa va bir necha kuchirma holktsa takrorlansa, asl nusxa tanlab olinadi, kolganlari yo`q qilinadi.
Arxiv jamgarmasi hujjatlariping qanday darajada saqlanganligi. Jamgarmada hamma keraklihujjatlar to’la saqlanmagan bo’lsa, yo`q qilinishikerak bo’lgan ikkinchi darajali hujjatlar ham arxivda saqlash uchun qoldiriladi. Masalan, idoraning yillik rejasi, hisoboti yo`q bo’lsa, choraklik yoki oylik reja, hisobotlari ularning urniga qoldiriladi.
Hujjatlarniyag ahvoli ham hisobga olinadi.yomon saqlash eki tabiiy ofat natijasida hujjat larning o`qib bo’lmaydigan darajaga kelib qolganligi, qogozning chirib, siyoxlarning uchib ketganligi va boshqa hollarda ikkinchi darajali hujjatlarni yo`q qilmay saqlab qolish talab qilinadi.
Hujjatlarning ezilgan materiali, tili va badiiy xususiyat-lari. Hujjatning mazmuni ikkinchi darajali, saqlashga arzimas bulsa ham, lekin qimmatli rasmlar chizilgan bo’lsa, yoki qogozga emas, teriga ezilgan qadimgi hujjat bo’lsa, arxivda saqlash uchun qoldirish kerak bo’ladi.
Idoralar arxivlarida ekspertiza o’tkazilishi
2.Idora bo’limlari, ish yurituvchilar hujjatlarni 2—3 yil o’tgandan keyin idora arxiviga topshiradilar. Bu arxivda doimiy va vaqtincha saqlanadigan
hujjatlar jamlanadi. Davlat arxiviga doimiy saqlanadigan qimmatli hujjatlarni topshirish uchun hujjatlar ekspertizasi o’tkaziladi. Bu ishga ijodiy yondashish talab .qilinadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, arxiv jamgarmalari tarkibidan kelib chiqib,ayrim hollarda vaqtincha saqlanadigan ikkinchi darajali hujjatlarni ham doimiy saqlash uchun qoldirishga to’g’ri keladi. Ekspertiza hujjatlarini saqlash muddati ko’rsatilgan ro’yxat (perechen’) asosidabelgilanadi.
Hujjatlarni saqlash muddatlari ko’rsatiltan ro’yxatlar.
Hujjatlarni saqlash muddatini aniqlash juda murakkab ish. SHuning uchun respublika tashkilotlari, odatda vazirliklar, yo`qori malakali mo’taxassislar hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilab qo`yadilar. Bu ma’lumotnoma hujjatlarni saqlash muddati ko’rsatilgan ro’yxat deb ataladi. Bu ro’yxatlar kitob shaklida ko’paytirilib, barcha tegishli idoralarga, arxivlarga tarkatiladi. Ular davlat idoralarining ayrim soxalari, xalq xujaliga korxonalarining tarmoqlari bo`yicha ham bo’ladi. Masalan, har bir vazirlik o`z sohasidagi hujjatlarni saqlash muddatini belgilovchi ro’yxat ishlab chiqishi kerak.
Bunday hujjatlar ro’yxatlari idora arxivlarida davlat arxivlari tomonidan ekepertiza O’tkazilishini osonlashtiradi. SHu ro’yxatlarga qarab hujjatlar ekspertizasi O’tkaziladi, ya’ni ular doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarga ajratiladi. Doimiy yoqlanadigan hujjatlar idora arxivlaridan, ya’ii joriy arxivdan davlat arxiviga topshiriladi.
Hujjatlar qimmatdorligi ekspertizasi o’tkazishni tashkil qilish va ekspertiza tekshiruv1 xay’atlari
Hujjatlar ekspertizasini o’tkazish uchun idoralarda ekspertiza komissiyasi tuziladi. Bu komissiya idoraning arxivga aloqador xodimlaridan idora boshligining buyrugiga asosan tashkil qilinadi. Ular hujjatlar ekspertizasini, ya’ni hujjatlarni saqlash muddatini ro’yxat yordamida va ekspertiza qoidalariga asosan aniqlashadi. Doimiy saqlanadigan hujjatlar uchun alohida ro’yxat tuziladi. Saqlash muddati tugagan, ikkinchi darajali hujjatlar yo`q qilishga ajratiladi. Yo`q qilinishi kerak bo’lgan bu hujjatlar uchun maxsus dalolatnoma tuziladi. Bu hujjatlarni yo`q qilish dalolatnomalari Davlat arxivlari xuzurida mavjud bo’lgan eksperta tekhiruv hay’atiga tasdiqlash uchun topshiriladi. Bu tekshiruv komissiyasi yuqori malakali arxivchilardan tuzilgan bo’ladi; U idora ekepertiza komissiyasi tuzgan dalolatnomani sinchiqlab O’rganib, taxlil qilib chiqadi. Xatolarga yo’l qo`yilgan bo’lsa, tasdiklamay, ularni bartaraf etishni talab qiladi. Masalan, arxiv jamgarmasi to’la saqlanmagan bo’lsa, ikkinchi darajali hujjatlarni ham doimiy saqlanadigan hujjatlar ro’yxatiga o’tkazishni talab qiladi. Davlat arxivining ekspertiza tekhiruv xay’atlari ekspertiza qoidalari nuqtai nazaridan kelib chiqib idora ekspert komissiyasi dalolatnomasini tasdiqlaydi.
SHunday qilib, idoralar o`z hujjatlarini yo`q qilish huquqiga ega emas. Bunday huquq faqat Davlat arxivlariga berilgan.
3.Hujjatlarni hisob qilish
Davlat arxivlarida saqlanadigan hujjatlar hisob qilinadi. O’zbekiston Reyepublikasi davlat arxiv jamgarmasi tarkibiga kirgan hujjatlar bir kancha majmualardan tashkil topadi. Bu hujjatlar majmualari qo`yidagilar: yig’ma jild,! arxiv jamgarmasi,davlat arxivi, viloyat hududidagi davlat arxivlari va O’zbekiston Respublikasi davlat arxiv jamgarmasi. Mana shu majmualar bo`yicha hujjatlarni hisob qilish ularni tashkil etish va saqlashni mustaxkamlaydi. Hujjatlarni hisob qilish shuningdek ularning yo`qolmay saqlanishini ta’minlaydi va arxiv materiallarini kidirib topishga yordam beradi.
«Davlat arxiv ishining asosiy qoidalari»da (M., 1962 yil) belgilanganidek, hisob jamgarmalar va jamgarma ichidagi ro’yxat bo`yicha olib boriladi. Davlat arxivlarida hisob hujjatlari tuziladi:
kirim daftari; 2.jamgarmalar ro’yxati;
jamgarma varaqalari;
ro’yxatlar;
yig’ma jildlarning ichki ro’yxati;
yig’ma jildlarning yakunlovchi yozuvi;
7) hujjatlar mikrofotonusxalarining kirim
daftari;
arxiv pasporti;
jamgarma yig’ma jildi.
Hujjatlarning kirim daftariga arxivga qabul qilish uchun tushgan arxiv jamgarmalari xronologik tartibda yozib boriladi. Tartib raqamidan tashqari kirim daftarida arxiv jamgarmasi qachon, kimdan, qanaqa hujjat asosida materiallar topshirilganligi, jamgarmaning nomi, yillari, hajmi va ahvoli, jamgarmaga qanday tartib raqami berilganligi ko’rsatiladi.
Jamgarmalar ro’yxatida davlat arxivida saqlanayotgan arxiv jamgarmalari ularning tartib raqami bo`yicha yoziladi. YAngi arxiv jamgarmasi davlat arxiviga qabul uchun topshirilganda jamgarmalar ro’yxatiga yozilib, unga navbatdagi tartib raqami beriladi.
Jamgarma varaqasi arxiv jamgarmasi davlat arxiviga qabul qilish uchun topshirilib, jamgarmalar ro’yxati daftariga yozilgandan keyin tuziladi. Bu muhim hisob hujjatli hisoblanadi va jamgarmaning tarkibi haqida qisqacha ma’lumot beradi. Undagi uzgarishlarni eritib boradi.
Yig’ma jildlar ro’yxati (opis’) — muhim arxiv ma’lumotnomasi bo’lib, arxiv jamgarmasidagi yig’ma jildlar sarlavxasi, uning tarkibi va mazmuni haqida va boshqa ma’lumotlar beradi.
Arxiv pasporti xar yili 1 yanvarda tuzilib Arxiv boshqarmasiga (bo’limiga) topshiriladi. Bunda arxivda saqlanayetgan jamgarmalar va yig’ma jildlar soni haqida ma’lumot beriladi.
4.Idoralar, korxonalar arxivlarida ham jamgarmalar va yig’ma jildlar hisobi olib boriladi. Asosiy hisob hujjatlari bu — yig’ma jildlar ro’yxati, jamgarmalar ro’yxati, jamgarmalar varaqalari, arxiv pasportidir. Har bir jamgarma uchun jamgarma yig’ma jildi ochiladi.
Respublika Arxiv bosh boshqarmasi va viloyat arxiv bo’limlari «jamgarmalar katalogi»ni tuzadilar. Bu kataloglar respublikadagi va viloyatlardagi barcha arxiv jamgarmalarin» hisobga oladi44.
SHunday qilib, hisob hujjatlari xar bir davlat arxividagi, xar bir viloyatdagi va umuman bo’tun respublikadagi arxiv hujjatlari soni, tarkibi, mazmuni to’g’risida aniq ma’lumotlar beradi va hujjatlardan foydalanishda muhim rol’ o`ynaydi.
O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini bo’tlash – bu arxivlarni siyosiy, xujalik, ilmiy, ijtimoiy –madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar bilan tuldirilishi demakdir.
Bo’tlashning ilmiy asosini O’zbekiston Respublikasini Milliy arxiv fondi hujjatlarini turkumlash asoslari, davlat arxivini bo’tlash manbalarini aniqlash mezonlari, hujjatlar qiymatini ekspertiza qilish asoslari va mezonlaridan tashkil topadi.
Davlat arxivlarini hujjatlar bilan bo’tlash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, viloyat arxiv boshqarmalari va rahbarliklari ostida amalga oshiriladi.
Davlat arxivlarini bo’tlashga qo`yidagilar kiradi:
- davlat arxivlarini bo’tlash manbalarini aniqlash;
davlat sayloviga taalukli hujjatlar tarkibini aniqlash;
hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish;
hujjatlarni davlat arxivlari o`rtasida taqsimlash.
O`z faoliyatlari davomida siyosiy, xujalik, ilmiy, ijtimoiy-madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo’ladigan hujjatlarni vujudga keltiradigan muassasa, tashkilot, davlat arxivlarini bo’tlash manbalari bo’lib hisoblanadilar.
Davlat arxivlarini bo’tlash manbasi bo’lish muassasani aniqlashda qo`yidagi mezonlarga tayaniladi: muassasaning hokimiyat va boshqaruv organlari tizimidagi, idoraviy soxaviy tizimidagi ahamiyatini muassasga faoliyatning yuqori organlar va boshqa muassaslar hujjatlarida aks etilishining tulikligi; muassasa hujjatlarning davlat arxivi profiliga mos kelishi.
Hujjatlarini davlat saqloviga olish maqsadga muvofiq bo’lgan shaxslar doirasini aniqlashda qo`yidagi mezonlardan foydalaniladi: fan madaniyat va ijtimoiy hayotning boshqa soxalari rivojida SHaxsning ahamiyati; SHaxsning jamiyat hayotidagi buyuk vokealarning ishtirokchisi yoki guvoxi sifatidagi roli; u xizmat qilgan muassasaning ahamiyati; SHaxs faoliyat ko’rsatgan tarixiy davrning ahamiyati; SHaxsning qarindoshlik, ijodiy, do`stona va xizmat aloqalari.
Davlat arxivlarini bo’tlash muassasalar (shaxs) -arxivini bo’tlash manbalari ro’yxatiga asosan amalga oshiriladi.
Davlat arxivlari manbaalar ro’yxatlarini aniqlash, ularni hujjatlar bilan bo’tlash yuzasidan sistematik ish olib boradilar. Muassasalar (shaxs) – manbalar ro’yxatiga uzgartirish kiritishga qo`yidagilar asos bo’ladi: O’zbekiston Respublikasi Bosh arxivining uzgarishi yoki aniqlik kiritish to’g’risidagi ko’rsatmasi va ekspirt tekshiruv komissiyasining qarori; ayrim muassasalarning tuzilishi yoki tugatilishi, funktsiyasi yoki faoliyat doirasini uzgarishi, muassasaning buysinish tartibini uzgarish; muassasaning boshqa davlat arxivi nazorati ostiga o’tkazilishi;
Davlat saqloviga taaluql bo’lgan hujjatlar tarkibi hujjatlar qimmatini ekspertiza qilish natijasida aniqlanadi.
Davlat arxiv xizmati muassasasi O’zbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondining qandaydir sabablar bilan davlat arxiviga kelib tushmagan hujjatlarini qidirish bo`yicha choralar ko’radi.
Fondlar tarkibini to’ldirish uchun yo`qolgan asl nusxalar boshqa fondlardan olingan ko`chirma nusxalar bilan almahtirilishi mumkin.
Davlat saqloviga taaluqli hujjatlar qo`yidagi muddatlar tugagandan sung davlat arxivlariga qabul qilinadi:
Respublika hokimiyat va boshqaruv organlari, Oliy sud, Oliy Xujalik Sudi, Proko’ratura, Fanlar Akademiyasi hujjatlari uchun – 10 yil;
tumanlar va shaxarlar, kolxozlarga bo`ysinuvchi muassasalar uchun – 5 yil;
fuqorolik holati aktlari yozuvlari, shaxsiy tarkib bo`yicha hujjatlar, notarial harakat yozuvlari, sud yig’majildlar–75 yil;
ilmiy texnik hujjatlar – 25 yil;
kinofil’m, kinoturial, kinoyilnoma syujetlari, ovozli yozuvlar, ideoyozuvlar – nusxa kuchirish tugagandan sung, lekin ko’rish bilan – 3 yil;
fotosuratlar – 3 yil;
magnit lentalari va disklar –5yil.
Hujjatlarni davlat arxiviga muddatidan oldin qabul qilish idora to’la tugatilgan holda va hujjatlarni davlat saqloviga topsirish to’g’risida hujjat akti mavjud bo’lgandagina amalga oshiriladi.
Muassasalardan davlat arxiviga hujjatlarni qabul qilish arxiv va muassasa rahbarlik tomonidan tasdiklangan grafikga asoslangan holda xar yili amalga oshiriladi. Davlat arxivlari yo`qoridagi daflat boshqarmalari bilan kelishgan holda hujjatlar qabulini har yili emas, besh yilda bir marta o’tkazishlari mumkin.
Alohida qimmatga ega bo’lgan hujjatlar davlat arxiviga alohida ro’yxat buyicha zaruriy ilmiy-axborot apparati, sugurta nusxalari va ularning texnik holati to’g’risidagi aktlar bilan birgalikda qabul qilinadi, bo’lar hujjatlarni davlat saqloviga topshirayotgan muassasaning kuchi va mablagi hisobiga tayyorlanadi. SHaxsiy hujjatlar arxivga qo`yidagicha kelib tushadi.
hadya qilish shartnomasi va vasiyat bo`yicha, sud yoki notarial idoralarning hujjatlarni egasiz deb topish to’g’risidagi karori buyicha;
oldi-sotti shartnomasi buyicha:
sudning xujasizlarcha saqlanayotgan hujjatlarni tortib olish to’g’risidagi qarori bo`yicha.
SHaxsiy hujjatlar hujjat egasining arizasiga binoan arxivga vaqtinchalik saqlash uchun ham qabul qilinishi mumkin.
SHaxsiy hujjatlarni davlat arxivlariga qabul qilishi masalasi arxiv muassasalarining eksper tekshiruv komissiyalari tomonidan xal qilinadi. ETK yigilishida hujjat egasining arizasi, shaxsiy hujjatlar ro’yxati, bu hujjatlar qiymati to’g’risidagi ekspert yoki mo’taxassis xulosasi ko’rib chiqiladi.
Mo’taxassislarning hujjatlari davlat arxiviga ETK tomonidan tasdiqlangan ro’yxat asosida qabul qilinadi.
Muassasalardan hujjatlarni qabul qilishdan oldin davlat arxivi vakili muassasada hujjatlarning tabiiy, sanitariya – gigiyenik holatini tekshiradi. Kamchiliklar aniqlansa davlat arxivi akt tuzadi. Kamchiliklarni muassasa bartaraf etadi.
Muassasa hujjatlari arxivga birinchi marta qabul qilinayotgan bo’lsa davlat arxiviga mazkur muassasa to’g’risidagi tarixiy ma’lumotnoma ko’rsatiladi. Muassasa hujjatlarini arxivga nechanchi topshirishlarda tarixiy ma’lumotnomaga yuz bergan uzgarishlar to’g’risida kushimchalar kiritiladi.
3. Davlat arxivlari to’g’risidagi, ulardan foydalanish doirasini kengaytirish maqsadida tuzilgan ilmiy axborotlar arxiv ma’lumotnomalari Nashr etilishining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Arxiv muassasalari tomonidan qo`yidagilar Nashrga tayyorlanishi mumkin:
-respublika viloyat, tuman, ma’lum bir yo`nalishdagi davlat arxivlari to’g’risida umumiy tasavvur beruvchi ma’lumotnomalar (yo’lko’rsatkichlar, qisqa spravochniklar, ochiq, SHarx va boshqalar);
- arxiv fondlari to’g’risida axborot beruvchi ma’lumotnomalar (bir yoki bir necha arxivlarning foizlari to’g’risidagi ma’lumotnomalar, yo’lko’rsatkichlar);
- arxiv fondi yig’majildlarning tarkibi va mazmunini ochib beruvchi ma’lumotnomalar (ruxsat, ko’rsatkich, SHarx);
- ayrim hujjatlarning mazmuni to’g’risida axborot beruvchi ma’lumotnomalar (katalog, ko’rsatkich, SHarx);
Ma’lumotnoma kiritish uchun axborotni tanlash uning dolzarbligini va unga bo’lgan ijtimoiy extiyojni aniqlash jarayonida amalga oshiriladi.
Arxiv ma’lumotnomalarni Nashrga tayyorlashda ma’lumotnoma tuzilmaviy elementlari joylashuvining qo`yidagi sxemasiga rioya qilinadi: titul varaqasi, mundarija, so’zboshi qisqartmalar rubxati, asosiy qism, ilova ko’rsatkichlar (ma’lumotnoma doirasida joylashishi tartibiga qarab sanab o’tilgan).
Titul varaqasida qo`yidagi ma’lumotnomalar joylashtiriladi:
- sarlavha tenasimidagi ma’lumotlar (Nashrini chiqarayotgan muassasaning nomi);
-Nashrining sarlavhasi;
-sarlavha ostidagi ma’lumotlar (Nashrning takrorlanish turi yoki davriyligi va boshqalar to’g’risidagi ma’lumotlar);
-chiqish ma’lumotlari (Nashriyot, Nashr joyi va yili to’g’risidagi ma’lumotlar).
Titul muharriri, taxririyat tarkibi, tuzuvchilar, ma’lumotnomani Nashrga tavsiya qilgan maslaxat organi, Nashr omnatatsiyasi va avtorlik huquqini muxofaza qilish belgisi titul varaqasini orqa tmonida ko’rsatiladi.
So’zboshi qo`yidagi ma’lumotlarni ifodalaydi: Nashrning maqsadi, uning o’quvvazifasi, mavzusining muhimligi va dolzarbligi asoslash; tavsiflanayotgan ob’yekt to’g’risida qisqacha tarixiy ma’lumotlar; tematik va xrenologik chegaralari; Nashr tizimining umumiy arakteristkasi, ma’lumotlarni asosiy qism bo’limlari urtasida taqsimlash xususiyatlari:Nashrdan foydalanish, unda axborotlarni izlash yo’llari to’g’risidagi uslubiy ko’rsatmalar; dastlabki maktablarni jamlab olish shartlari, ularni ro’yxatga olish usullari; axborot apparati tarkibi, uning xususiyatlari, boshqa Nashr etilgan arxiv ma’lumotnomalari bilan uzaro bog’liklik.
Ilova ko’rsatkichlardan oldin joylashtiriladi.
Qo`yidagilar ilova qilinishi mumkin:
-arxiv fondlari to’g’risidagi axborotlarni tuldiruvchi materiallar;
maxsus terminlar va kam ishlatiladigan va eskirgan tushunchalarni izohlab beruvchi terminlar lugati;
bibliografik ro’yxat, unda hujjatlarning e’lon qilinishi arxiv hujjatlari bo`yicha yozilgan tadqiqotlar, axborot ma’lumot Nashrlari va boshqalar to’g’risida ma’lumot beradi.Har bir ilova to’g’ri rasmiylashtirilgan sarlavha va tartib nomeriga ega bo’lish kerak.Nashr etilayotgan ma’lumotnomalar tekstli yoki tasviriy hujjatlardan iborat ilmostratsiyalar bilan ta’minlanishi bo’lgan mumkin.
Ma’lumotnomalarga predmetli, nomli, geografik ko’rsatkichlar tuzilishi mumkin. Hajmi kichiq bo’lgan ma’lumotnomalarga yukoridagi barcha ko’rsatkichlar tushunchalarini birlashtirgan bitta umumiy ko’rsatkich tuziladi. Bir necha ko’rsatkichlar mavjud bo’lgan holda predmetli ko’rsatkich nomi va geografik ko’rsatkichlardan oldin kuyiladi.
Ma’lumotnoma qo`lyozmasi tahrir qilinadi, bunda nashrga tushirilgan ma’lumotnomaga kiritilgan tavsiflarni ilmiy darajasini axborot etiyojlariga mosligi; ma’lumotnomalarning tuzilmasi, barcha elementlarni joylashtirilishi va rasmiylashtirilishining izchilligi;
Arxiv ma’lumotnomalarining Nashr uchun tayyorlash respublika markaziy davlat arxivi, viloyat, tuman davlat arxivlari, arxiv boshqarmalari va ularning bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir aniq Nashrni tayyorlash uchun mualliflar jamoasi tashkil qilinadi, taxririyat tarkibi yoki ilmiy muharrir aniqlanadi. Muharririyat, ilmiy muharrir Nashrni tayyorlash, qo`lyozmani taxrir qilish yuzasidan umumiy ilmiy rahbarlikni amalga oshiradi. Mualliflar jamoasining bevosita ishtirokchilari orasidan mas’ul tuzuvchi ajratiladi, u tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi.
Har bir tayyorlanayotgan arxiv ma’lumotnomasiga (agar tayyorgarlik bir necha yilga cho’zilsa) plan grafik, koordinatsion plan (agar bir necha tashkilotlar qatnashsa), Nashrning plan- protsesi, ishchiinstruktsiya tuziladi
Bir Nashrdan yil davomida Nashrga tayyorlanishi mumkin bo’lgan grafik tuzilmasligi mumkin, ish bosqichlari, bajarilish muddatlari esa arxiv muassasasi ishining umumiy rejasida va ilmiy Nashrchilik ishi rejasida aks ettirilishi mumkin.
Ma’lumotnomaning tayyorlangan va tahrir qilingan qo`lyozmasi ilmiy kengash tomonidan muhokama qilinadi.
1.Ilmiy axborot apparati.
2.Arxiv ro’yxati.
3.Arxiv ma’lumotnomasi.
4.Fond ro’yxatlari
5.Katalog.
6.Hujjat sharxi.
SEMINAR MASHG’ULOTLARI MAZMUNI
Do'stlaringiz bilan baham: |