Termiz davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi muzeyshunoslik va arxivshunoslik



Download 1,24 Mb.
bet17/49
Sana20.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#826416
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
MUZEYSHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK UMKA

Arxiv hujjatlari. Ilmiy asar tayyorlashda arxiv hujjatlarining ahamiyati benihoyat katta. O’zbekiston tarixiga doir ko’plab voqea va ijtimoiy hodisalarni faqat arxiv hujjatlari orqali bilish mumkin. SHuning uchun hujjatlar to’plamini tuzishda asosan arxiv hujjatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Yuqorida ta’kidlanganidek respublikada bir necha davlat arxivlari mavjud. shu bilan birga O’zbekistonda bitta respublika va 12 ta viloyat partiya arxivi bor edi. Hozir bu arxivlar UzR Prezidenti devoni arxivi (PDA) va uning viloyatlardagi filiallaridir.
O`zR PDA Markaziy Osiyodagi eng katta arxivlardan biri hisoblanadi. Arxivda Turkiston, Buxoro, Xorazm, O’zbekiston Kompartiyasi va komsomol Markaziy qo`mitalari, ularning Nashriyotlari, jamgarmalari va boshqa jamgarmalar jamlangan. O’zbekiston Kompartiyasi MK jamgarmasida 1924 yildan 1990 yillargacha bo’lgan davrni uz ichiga oluvchi 70 mingdan ortiq yig’ma jildlar saqlanmoqda. Bu hujjatlarda respublika xayotidagi barcha voqealar o`z aksini topgan va tadqiqotchilar uchun muhim manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Davlat arxivlarining tarmogi partiya arxivlarinikiga nisbatan ancha keng. O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Qoraqalpogiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 11 ta viloyat davlat arxivi va ularning 40 dan ortiq filiallari bor. O`zR MDAda O’zbekiston va Markaziy Osiyo xalqlarining oktyabr’ tuntarishidan oldingi va sovet davri tarixiga oid qimmatli hujjatlari saqlanadi. Bu yerda bir milliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar tuplangan. Viloyat arxivlarida va ularning filiallarida faqat sovet davri tarixiga oid hujjatlar saqlanmoqda.
Arxiv hujjatlarini yigishga, tanlab olishga qachon kirishish kerak? degan savol tugiladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bunga bayon qilingan kitoblarni o`qib, hujjatlarni yigib bo’lgandan keyin kirishish ma’quldir. CHunki ilmiy ishlarda foydalanilgan hujjatlarni, dalil va misollarni arxivdan olishning hojati yo`q. Bunday hollarda tadqiqotchilarga zarur ma’lumot va hujjatlarni kitoblardan, matbuotdan olish tavsiya qilinadi. Arxivdan faqat yangi, boshqa olimlar hali foydalanib ulgurmagan hujjatlarni olish maqsadga muvofiqdir. SHunday arxiv hujjatlari asosida yangi xulosalar qilish, fikrlar aytish va fanga yangilik kiritish mumkin.
Ayrim mavzu bo’yicha arxiv hujjatlarini qanday qilib topish mumkin? Arxivda, yuqoridagi bo`limlarda aytilganidek, materiallar jamgarmalar bo’icha saqlanadi. Bir tashkilot, korxona yoki ayrim shaxslarning hujjatlari bir arxiv jamgarmasi hisoblanadi. Demak, tadqiqotchi birinchi galda ilmiy ish mavzuidan kelib’chiqib qanday arxiv jamgarmalari o’rganilishini aniqlab oladi. Masalan, madaniyat tarixiga doir mavzu bo’lsa, madaniy masalalar bilan shugullanadigan tashkilotlarning arxiv jamgarmalaridan foydalanish kerak. Kerakli arxiv jamgarmasini topishda, tanlab olishda arxivlardagi xilma xil ma’lumotnomalar, ko’rsatkich (po’tevoditel’)lar, jamgarmalar ro’yxati, qo’llanmalar, kataloglar, sharxlar erdam beradi.
Har bir arxiv jamgarmasida.yuzlab, kataloglarida minglab yig’ma jildlar jamlangan. Bo’lardan kerakli jildlarni tanlab olishda jamgarma ro’yxatlari, jild ro’yxatlaridan foydalanish mumkin. Hujjatlar yig’ma jildlarning ichida saqlanadi. Arxiv yig’ma jildi O’rganilib, kerakli hujjatdan ko’chirma qilinayetganda kuyidagi qoidalarga e’tibor berish kerak: hujjatdan ko’chirma to’la, so’zma so’z ko’chiriladi. Ko’chirilgan hujjatning biror qismi tushirib qoldirilsa, uch nuqta ko’yiladi, ko’chirmaga biror so’z eki jumla qo’shiladigan bo’lsa, u kvadrat qovs ichida yoziladi. Ko’chirmadan oldin hujjattdagi ma’lumotlar, hujjatning sarlavhasi, sanasi yozib qo’yiladi. SHu bilan birga hujjatdagi rezolyo’tsiya, belgi, muxr ko’chirmadan keyin yoziladi. Ko’chirilgan hujj:atning oxirida arxiv shifri ko’rsatiladi.
SHunday qilib, arxivlarda barcha kerakli jamgarmalar, yig’ma jildlar, hujjatlar sinchiklab o’rganiladi va tekshirilayotgan mavzuga oid zarur hujjatlar ko`chirib olinadi.
Yuqorida qisqacha ta’riflangan manbalar va boshqa turdagi manbalar (statistik materiallar, esdaliklar va hokazo) hujjatlar to’plamini tayyorlashga asos bo’ladi.
Arxiv hujjati e’lon qilish uchun tanlab olingandan keyin mashinkada uning nusxasi tayyorlanadi. Uni chop etishga tayyorlash jarayonida arxiv hujjatida mavjud bo’lgan imlo xatolari to’g’rilanadi, qisqartirib yozilgan so’zlar kvadrat qovs ichida to’la yoziladi. Bu ishdagi asosiy talab arxiv hujjati mazmunining uzgarmasligidir. Hujjatlarda rezolyo’tsiya va har xil belgilar bo’lsa, ular tushirib qoldirilmaydi, hujjatning asosiy matnidan keyin beriladi.
Hujjatning oxirida imzo bo’ladi. Imzoni o`qib, uning egasi ismi sharifini aniqlab yozib qo`yish lozim. Mabodo uni o`qishning iloji bo’lmasa, «imzo» so’zi yozilib, imzoning egasi ismi sharifini o`qib bo’lmaganligi haqida izoh berib o’tiladi.
Hujjatga sarlavha yoziladi va hujjatiing arxiv shifri, manzili ko’rsatiladi. Hujjat sarlavhasida uning sanasi, turi, nomi, muallifi, kimga qarata yoki kimga nisbatan yozilgani (adresi), mazmuni ko’rsatiladi.
Hujjatning oxirida «legenda», ya’ni nazorat ma’lumotnoma yoziladi. Bu qismda arxivning nomi, shifri, ya’ni jamgarma nomi, tartib raqami, ro’yxat raqami, yig’ma jild tartib raqami, jild varaqlari, shuningdek hujjatning asl nusxa yoki ko’chirma ekanligi ko’rsatiladi. Hujjatning «legenda»si qo`yidagicha ko’rinishga ega bo’ladi: O`zR MDA, 837-jamgarma, 2-ro’yxat, 24-yig’ma jild, 10-12varaklar. Asl nusxa.
Hujjatlar to’plam ichida xronologik, mavzular bo’yicha yoki boshqa belgilar asosida joylashtiriladi.
Odatda to’plam mavzularga bo’lingan bo’ladi. Hujjatlar mavzular ichida xronologik tartibda joylashtiriladi.
To’plam ilmiy-ma’lumotnoma apparatida kirish, izoxlar, har xil ko’rsatkichlar - ismli, geografik, predmetli va boshqalar, mundarija bo’ladi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish