Harkatli o‘yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay, o‘zining ma’lum sport maydoniga, standart qoidasiga ega bo‘lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o‘z ichiga olgan holdagi harakatlar tarzida, so‘ng asta-sekinlik bilan sodda o‘yin qoidalari, o‘yin maydonlari chegaralanib, o‘yin qoidalari qiyinlashtirilib ma’lum shaklga keltirilib, sport o‘yinlariga aylantiriladi.
Jamoa bo‘lib o‘ynaydigan harakatli o‘yinlar uch turga bo‘linadi: a) o‘yinchilarni jamoalarga ajratmay o‘ynaydigan o‘yinlar; b) jamoali o‘yinga aylanib ketadigan o‘yinlar; v) jamoalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar (barcha sport o‘yinlari kiradi). Demak, sport o‘yini ham harakatli o‘yindir.
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o‘zining kat’iy o‘yin qoidalari va talablariga, chegaralangan sport maydoni jihozlariga ega. O‘yin paytida vazifalarni individning o‘zigina hal qilmay, jamoa hal qiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha muntazam musobaqalar uyushtiriladi. O‘yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o‘yinlari muntazam takomillashadi va rivojlanadi (texnikasi va taktikasining rivojlanishi uning samaradorligini oshiradi).
Keyinchalik esa o‘yin o‘yinchilarning o‘zaro faoliyati shakliga ko‘ra (komandali o‘ynaladigan o‘yinlar) quyidagi larga bo‘linadi:
a) o‘yin paytida raqib komanda o‘yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o‘ynaladigan o‘yinlar - voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va h.k.
b) raqib o‘yinchilari bir-biriga tegishi bilan o‘ynaladigan o‘yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maysa ustidagi rus laptasi va boshqalar.
Tarixan mavjud jismoniy tarbiya tizimlari o‘yinlarning shu tomonlarini hisobga olib, jamiyat a’zolarini har tomonlama jismonan barkamol qilib tarbiyalashning asosiy vositalaridan biri, deb tan olganlar va tarbiya jarayonida undan foydalanganlar.
Gimnastika – o‘yinlar, sport, turizm qatori u ham jismoniy tarbiya vositasidir. Asosiy vazifasi turli hayotiy faoliyat uchun umumiy jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, o‘zining gavdasini tuta bilishi yoki tananing a’zolari harakatini boshqara olishi, tanadagi jismoniy kamchiliklarni to‘g‘rilashdek maxsus vazifalarni ham hal qila oladi. Hozirgi kunda jahon xalqlari gimnastikasi tizimini tanqidiy o‘rganilib, keraksizlarini uloqtirib, foydali tomonini o‘zida ilmiy mujassamlashtirilgan holda jismoniy tarbiya jarayonida ijobiy foydalanilmoqda.
Gimnastikada jismoniy mashqlarning barchasidan foyda lanilishi mumkin. Ular:
a) saflanish va qayta saflanish mashqlari. Bu mashqlar saflanishning ratsional yo‘llari, gavdani to‘g‘ri tutish, komandalarga bo‘ysunish, qaddi-qomatni rostlash va boshqa vazifalarni hal qiladi;
b) asosiy Jismoniy mashqlar. Bu mashqlar tananing barcha a’zolariga umumiy yoki ayrim ajratib olingan a’zolarini rivojlantirishda foydalaniladi, harakat malakalarining tez shakillanishi uchun qulaylik yaratadi;
v) erkin mashqlar. Bu nom orqali musiqa ostida bajariladigan harakatlar kombinatsiyasi tarzida tuzilgan mashqlar tushuniladi. Erkin mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarning harakatini kuzatsak, biz harakatlarni musiqa ritmi, tempiga tushayotganligini yoki uning nafosati, go‘zalligini ko‘rib, inson harakatlari zahirasi-ning boyligi va betakrorligining guvohi bo‘lamiz;
g) zaruriy hayotiy – amaliy mashqlar: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, yuk ko‘tarish va boshqa qator mashqlar. Bular jismoniy sifatlarni rivojlantirishdagi asosiy vositalar sanaladi;
d) maxsus gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar: perekladinada, bruspyada, konp, xalqada, yakka-cho‘pda va boshqalarda bajariladigan mashqlar. Ular kuch, chaqqonlik, bo‘g‘inlar harakatchanligi, muskullar elastikasi, ruhiy va boshqa sifatlarni tarbiyalaydi;
ye) akrobatika mashqlari: qo‘lda turish, yonbosh tomonga tanani bukmay aylanish, «randat», «flyag» va boshqa qator yakka juft, guruh bo‘lib bajariladigan mashqlar kiradi.
Ular asosiy zaruriy hayotiy harakat malakalari va ko‘nik malarini tarbiyalaydi. Sport mahoratini oshirishda va umumjismoniy tayyorgarlik uchun yetakchi vositadir;
j) badiiy gimnastika: raqs tarzidagi, jismsiz, jismlar bilan bajariladigan mashqlar bo‘lib, o‘z ichiga yurish, sakrash, egiluvchanlik talab qiladigan qator mashqlarni oladi va ularni musiqa bilan qo‘shib bajarish tushuniladi, u sportning alohida turi sanaladi.
Gimnastika mashqlari tizimi doimo rivojlanib va tarkibi boyib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va kuzatishlar ayrim mashqlarning qaytadan tuzilayotganligi, yangilanayotganligi, ayrimlarini mustahkamlanayotganligi va takomillashayotganligini ko‘rsatmoqda.
Sobiq Ittifoq gimnastikachilarining 1948 yili bo‘lib o‘tgan konferensiyasida gimnastikaning hayotda amaliy qo‘llanishiga qarab, quyidagi turlarga ajratilgan:
Asosiy gimnastika – vazifasi umumjismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yishdir. Asosiy gimnastika mashg‘ulotlari har tomonlama jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirib, sport mahoratini oshirishga imkoniyat yaratadi. Asosiy gimnastikaga saflanish va qayta saflanish, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, hayotiy-amaliy mashqlar, akrobatika, badiiy gimnastika va boshqa mashqlar hamda ayrim gimnastik jihozlarda bajariladigan mashqlar kiradi.
Gigienik gimnastika bilan shug‘ullanish organizm-ning salomatligini mustahkamlaydi. U kishida bardamlik, ish qobiliyatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Gigienik gimnastika ertalab, kunduz kuni, oqshom yoki uyqudan so‘ng o‘tkaziladi. Yoshi o‘tganlarda ertalab ki gimnastika yakkama-yakka yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi ahamiyatli. Ular organizmning harakat apparati, yurak tomirlari, nafas olish tizimi va boshqa organlarning ishini normallashtiradi.
Sport yo‘nalishidagi gimnastika. Sport gimnastikasining vazifasi yuqori jismoniy tayyorgarlikka va sport mahoratini oshirish maqsadida qiyin harakatlar qilish san’atini egallashdir. Sport gimnastikasiga erkin mashqlar, perekladinadagi mashqlar, brusyadagi, xalqalarda, dastali kon (erkaklar uchun) brevno va har xil balandlikdagi brusyadagi (qizlar uchun) va sakrash mashqlari kiradi.
Badiy gimnastika – akrobatika va sport gimnastikasidek sport xarakteriga ega. Vazifasi esa o‘zining maxsus yo‘llari bilan hal etiladi. Asosiy mashqlari musiqa bilan bog‘liqdir. U harakat koordinatsiyasini, harakat plasti kasini rivojlantiradi. Mashqlar raqs xarakteridagi hara katlar tarzida bajariladi. Mashq mazmuniga barcha mashqlar kiradi. Sportning bu turi hozirgi kunda mamlakatimiz xotin-qizlarini ommaviy sportga jalb qilish vositasi sifatida mamlakatimiz Prezidentining e’tiborida bo‘lib, uni ommalashishining shart-sharoitini yaxshilash chora- tadbirlariga bag‘ishlangan qator qarorlar qabul qilingan.
Ginastikaning qo‘shimcha turlariga sport gimnastikasi, ishlab chiqarish gimnastikasi, davolash gimnastikasi, sog‘lomlashtirish gimnastikasi, STT jismoniy madaniyati tarkibidagi noan’anaviy va boshqa mashqlar kiritilgan.
Sport gimnastikasi shug‘ullanayotgan sportchiga o‘zi tanlagan sport turida o‘z mahoratini egallashga yordam beradi. Sport gimnastikasi mashqlari umumiy va maxsus tayyor garlik jarayonida qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish gimnastikasining asosiy vazafasi ishchining ishlab chiqarish qobiliyatini va uning mehnat unumdorligini oshirishdir. Bu gimnastika ishchining kunlik ish rejimi tarkibiga kiritiladi. U xalq xo‘jaligi, katta, o‘rta, kichik biznes korxonalarida, ta’lim muassa salarida fizkultura tanaffusi va ish(dars)dan oldingi gimnastika pauzasi, daqiqalari tariqasida olib boriladi.
Davolash gimnastikasi salomatlik va mehnat qobiliyatini tiklash vazifasini hal qiladi. Asosan, tana tuzilishi kamchiliklari, harakat apparati ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yishda xizmat qiladi. Dam olish uylari, sanato riyalar, kasalxonalardagi davolash kabinetlarida amalga oshiriladi.
Gimnastika hozirgi kun davlat siyosatiga aylangan STT jismoniy madaniyatning mashg‘ulotlaridagi yetakchi vosita sifatida o‘zining an’anaviy mashqlari va mashg‘ulotlari tarkibida “Djaz ginastikasi”, “Disko-gimnastikasi”, “Stretching” (turli pozalarda turib mushaklar,bo‘g‘inlarni tortib, zzib, osib cho‘zish, uzaytirish va boshqalar), “Ushu”, “Aerobika”, “Fitnes-aerobika”, ”Akrobatika-rok-n-roll” va boshqa yangi vositalardan foydalanishni tavsiya qilmoqda.4
Sport so‘zi avvaliga o‘yin ma’nosida tushunilar edi, keyinchalik esa ko‘ngil ochish vositasi deb qarala boshlangan. Chunki shug‘ullanuvchilar faqat o‘zaro kuch sinashib musoba qalashar edilar(“Jismoniy tarbiyaning nazariyasining asosiy tushunchalari”mavzusiga qarang ). Xatto XIX asrning oxiri XX asrning boshlarigacha sportga yuqori natijalarga erishish yoki musobaqada g‘olib bo‘lib chiqish, ko‘ngil ochish, dam olish vosi tasi, deb qaralib kelindi. Uzoq vaqtgacha ta’lim tarbiya ishlarida ahamiyatga ega bo‘lmagan, hayot uchun keraksiz narsa deb baho berildi.
Cportning jismoniy tarbiya vositasi ekanligi sohaning yetuk olimlari – Lesgaft(1909), Ebber(1925), Gaulgoffer va Shtreyxer(1930), A.A.Ter-Ovonesyan(1978) va boshqalar tomoni dan o‘tkazilgan tadqiqotlar orqali o‘zining ilmiy nazariy isbotini topdi.
Sport ko‘p qirrali ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy hayotning mahsulidir. Jamiyatda sport bilan shug‘ullanishning jismoniy tarbiya jarayoni deb qabul qilinadi. Sport jamiyat madaniyatining asosiy elementi sifatida sport mahoratini oshirish, harakat san’atini egallash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish orqali jismoniy tarbiya jarayonida asosiy vositalardan biri. Sportning qaysidir turi bilan shug‘ul- lanish orqali jismoniy tarbiya jarayonida harakat qobili yatini rivojlantirishning imkoniyati cheksiz ekanligi hozirgi kunda sir emas. Buning isboti sifatida o‘rnatila yotgan rekordlar, sport natijalarini aytishimiz mumkin.
Sport natijasini yaxshilash uchun olib borilayotgan izlanishlar, yangi uslubiyotlar, vositalar, sport tayyorgar- ligning mazmunini boyitmoqda. O‘z navbatida bu ko‘plab sportchi va trenerlarning jismoniy tarbiya amaliyotini yangi innovatsion loyihalar, nazariy va uslubiyotiga oid yangi ilmiy-amaliy qonuniyatlar bilan boyitilishiga sabab bo‘lmoqda.
Hozirgi kunda sportga qo‘shni qardosh mamlakatlar bilan o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik o‘rnatishdek, musobaqalar paytida chin insoniylik hislatlarini chuqurroq namoyon etishni yuzaga chiqarish vazifasi yuklatilgan.
Turli ijtimoiy sharoitda sportning ayrim xususiyat lari bir-biri bilan butunlay zid keladi, deb qaraldi. Bunga sobiq sovet sportining maqsadi va vazifasi hamda burjua sportidagi professionalizmning mazmuni misol bo‘ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda sport bilan ko‘proq o‘quv chilar, talabalar, armiya va flot xizmatchilari shug‘ullana dilar. Asosiy sabab sport harbiy va hayotiy tayyorgarlikdagi muhim omildir. Bundan tashqari ularda sportning iqtisodiy roli asosiy o‘rinni egalaydi. Sport bilan ular dam olish, odam organizmining formasi, funksiyasini o‘zgartirish uchun emas, yashash, moddiy ne’mat yaratish uchun shug‘ullanadilar.
Chunki sportning tarixiy rivojlanishi shunga olib keldiki, uning ayrim turlari xalqaro obro‘ qozondi, hayotiy-zaruriy ahamiyat kasb etdi, jismoniy tarbiya uchun asosiy vosita sifatida tan olindi. Yengil atletika, og‘ir atletika, klassik kurash, boks, suzish, basketbol, futbol, gandbol, tennis, velosport, voleybol, suvda to‘p o‘yini, sport gimnas tikasi va uning boshqa turlari bo‘yicha milliy va halqaro federatsiyalar tuzildi. Osiyo, Ovrupa, Jahon chempionatlari, Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari hamda sportning milliy turlari deb atalib, ta’lim-tarbiya jarayonida fodalaniladigan hayotiy-amaliy, harbiy-amaliy mashqlar hamda sport turlari va boshqalar tarbiya jarayonining asosiy vositasi sanaladi.
Turizm – reja asosida oldindan mo‘ljallanib sayohat, ekskursiya, poxod, qoyaga chiqish, sayrlar tarzidagi mashg‘ulotlar bo‘lib, moddiy ne’mat yaratilmay, yana jismoniy qobiliyat va jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aktiv dam olish vositasidir. Geologlar, gidrogeograflarning sayohatlaridan ma’lumki, ular o‘z sayohatlarini moddiy qiymat yaratish maqsadida rejalashtiradilar. Jismoniy tarbiya jarayonida esa uning xususiy tomonlaridan foydalaniladi.
Turistik sayohatlarda tabiiy to‘siqlaridan o‘tish malaka lari shakllantiriladi, aqliy, jismoniy, axloqiy, ruhiy, estetik jihiatlar tarbiyalanadi. Ishtirokchilarda jamoaga munosabat, qo‘rqmaslik, kuch, chidamlilik sifatlari shakllanadi. Sayohatda tog‘, dalaning turmush tarzi, unda yashash, mehnat qilish, sharoitga moslashish malakasi va ko‘nikmalari rivojlanadi. Turizm boshqa jismoniy tarbiya omil lariga nisbatan hayotiy-amaliyligi, muhiti, sharoiti bilan tarbiyaning boshqa jihatlaridan farqlanadi. Foydalaniladigan, qo‘llana digan jismoniy mashqlarining zahirasining ko‘lamining kengligi bilan ajralib turadi..
Turizm jismoniy tarbiya vositasi sifatida o‘zining quyi dagi asosiy xususityalariga ega:
1. Hayotiy-amaliylik xususiyati. Mustaqil faoliyat, tashabbuskorlikni tarbiyalaydi. Rahbarlik, boshqarish, mo‘ljal olish, yo‘lni tanlash va uni to‘g‘ri topish, xaritani o‘qiy olishdek qator malaka-larni shakllantiradi va rivojlantiradi.
2. Turizm jismoniy sifatlar, harakat malakalari va ko‘nikmalarining barchasini teng tarbiyalaydi va shakllantiradi, chunki unda ajratib olingan qaysidir sport turi yoki kasbiy tayyorgarlik uchun kerak bo‘lgan hislatlarni rivojlantirish nazarda tutilmaydi.
3. Safarga tayyorlanish va safar davomida barcha faoliyat, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan yurish, yugurish, to‘siqlardan oshish va boshqa hayotiy-amaliy mashqlardan foydalaniladi.
4. Turizm shug‘ullanuvchiga ma’lum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish talabini qo‘ymaslik xususiyati bilan sportga o‘xshaydi.
5. Turizm paytida jismoniy mashqlar organizmga iqlim sharoiti (sovuq, issiq, shamol ) va marshrutining relefiga qarab turlicha ta’sir ko‘rsatish xususiyati.
6. Turizmda kuch sinashish, musobaqalashish asosiy o‘rin daligi xususiyati
7. Turistik sayohat qatnashchilarining o‘zlaridan munosib rahbar tanlay olishi xususiyati.
Rahbar 16 yoshdan yuqori, tajribaga ega bo‘lgan kishi bo‘lishi shart. Turizmda rahbarning o‘zi ham qatnashchilari bilan ishtirok etadi. U ma’lum qo‘shimcha vazifalarni bajaradi: turistik sayohat marshrutini, qatnashchilar tarkibini, ular shaxsini o‘rganadi, jihozlarni ko‘rib chiqadi va amaliy masalalarni hal qiladi.
Sayohat katnashchilari yosh sayyohlar bo‘lsa, ularga yoshi 19 dan kam bo‘lmagan mutaxassis yo‘riqchi etib tayinlanadi.
8. Turizm mashg‘ulotlarining asosiy formasi poxoddir. Poxodda turizm paytida bilish kerak bo‘lgan barcha malaka va ko‘nikmalardan, uslubiyotlardan foydalaniladi, hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllantiriladi , zahirasi boyitiladi.
Mashg‘ulotlarda suzish, tirmashib chiqish va hokazolar, shuningdek, topografiya bilan ishlash, to‘siqlardan oshishlarning hammasi o‘zlashtiriladi.Turizmga jismoniy tarbiya vositasi tarzida tabiiy to‘siqlardan o‘tish, yuk ko‘tarishni jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari bilan qo‘shib olib borish zaruriy natijalarni beradi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, 1960-90 yillargacha qator mualliflar (A.D. Novikov, L.P. Matveev, B.A. Ashmarin va boshqalar) tarbiya jarayonida qo‘llanilgan mashqlarni tarixan shakllangan jismoniy tarbiya tizim laridagi belgilariga ko‘ra turkumladilar. Lekin tizimlarning yangilanishi, tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan mashqlar takomillashganlarining vujudga kelishi, yangi mashqlarning tarixan qabul qilingan mashqlar tarkibiga sig‘may qola boshladilar. Chunki xususiyatlariga ko‘ra ular gimnastika, o‘yin lar, sport yoki turizm mashqlaridan deyarli farq qilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |