2.3. Harakat sifatlarini rivojlantirishi va sportning alohida turlari tarzidagi jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi
Mamlakatimizning jismoniy tarbiya tizimi jismoniy mashqlarni harakat faoliyatida namoyon qiladigan xususiy belgilariga qarab, ya’ni jismoniy sifatlari – kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, bo‘g‘inlar harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini namoyon qilishiga qarab, yangi pedagogik turkum tarzida jismoniy tarbiya amaliyotida guruhlarga ajrata boshlandi.
Bu turkumdagi mashqlar individning jismoniy tayyorgarligidagi ayrim nuqsonlarni alohida ajratib olib rivojlantirish va tarbiyalash uchun qo‘lay bo‘lib, u yoki bu jismoniy mashqni bajarishda qanday sifatlarning namoyon bo‘lishi, zarurligi (kuch, tezlik talab qiladigan va boshqa sifatlar)ni oldindan bilishga imkon beradi.
Jismoniy rivojlantirish, jismoniy tayyorlash jarayoni, qaysidir jismoniy sifatni tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy bilim (ma’lumot)larni berish vazifalarini hal etishda yo‘naltirilib bajariladigan jismoniy mashqlar turkumini bilish talabini qo‘yadi, ular:
- asosiy (yoki musobaqa) mashqlar, ya’ni o‘quv dasturlari mazmuniga kiritilgan, tarbiyalash yoki rivojlantirishda qo‘llash uchun o‘zlashtiriladigan faoliyatlar;
- yo‘llanma beruvchi mashqlar – faoliyatni bajarishdagi nerv muskul zo‘riqishini, tashqi tomondan bir biriga o‘xshashligi, harakat texnikasi tarkibidagi ayrim harakatlarni o‘rganilishi lozim bo‘lgan mashq texnikasiga o‘xshashligi, yaqinligi orqali o‘zlashtirishni osonlashtiruvchi jismoniy mashqlardir.
Masalan, voleybol o‘yinida “to‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish va qabul qilish” mashqini to‘p bilan bajarishdan oldin shu harakatning aynan o‘zini vazni og‘ir bo‘lmagan to‘ldirma to‘p yoki yengil rezina to‘plar, sharlarni to‘pni uzatishdagi harakatlarni bajarish orqali o‘zlashti riladi. Bunday mashqlar asosiy, o‘rganilishi dozim bo‘lgan harakatni o‘zlashtirishga yo‘llanma beradi.
Bunday turkumdagi mashqlardan foydalanishning xarak terli tomoni harakat malakasini rivojlantirish bilan jismoniy sifatlarni takomillashtirish jarayonini sun’iy ravishda ajratishdir. Aslida bu jarayon bir-birini taqazo etadi va o‘zaro uzviy bog‘liq. Bular ta’lim jarayonining har qaysi etapi uchun yetakchi vazifani hal etishga yordam beradigan mashqlarni tanlash imkoniyatini beradi.
Sport turlari tarzidagi jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi. Hozirgi kun jismoniy tarbiya va sport amaliyotida sport turi tarzidagi jismoniy mashqlar mamlakat yagona sport klassifikatsisining tarkibiga kiritilgan. Bu haqda “sport tushunchasi” mavzusida ayrim ma’lumotlarni o‘qidingiz.
Yu.M.Yunusovaning(2005) soha bakalavlari, magistrlari, aspirantlar, o‘qituvchilari va sport murabbiylari uchun mo‘l jallab yozilgan o‘quv qo‘llanmasida sport turi tarzida omma viy sport turlari, hayotiy-amaliy, texnik sport turlari va abstrakt-mantiqiy sport turlari deb turkumlangan.5 Qayd qilingan sport turi tarzidagi jismoniy mashqlarning klas sifikatsisi tarkibi noan’anaviy, milliy sog‘lomlashtirish va boshqa sport turlari evaziga boyib bormoqda.
Masalan, sog‘lomlashtirish sport turlari: akvatlon, akrobatika rok-n-roll, armrestling, beysbol, bouldring, vindserfing, gidroaerobika, dayding, djaz gimnastika, disko-gimnastika, kerling, pauerlifting, sepaktakrou, skvosh va yana boshqa undan ortiq sportning yangi sog‘lomlashtirish turlari(ularga oid materiallar bilan Sh.Xankeldiev, A.Abdullaev va boshqalarning “Kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati” o‘quv qo‘llanmasida tanishishingiz mumkin)6 hozirgi kunda tez ommalashmoqda.
Lekin sport turlari - sport o‘yinlari, gimnastika, yengil atletika, suv sporti va boshqalardek o‘zlarining alohida individual klassifikatsiyasiga ega. Yuqorida qayd qilinganlarni jismoniy mashqlarning pedagogik klassi fikatsiyasi deb ham atala boshlangan.7
Do'stlaringiz bilan baham: |