Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv


Harakatning davomiyligi -



Download 117,97 Kb.
bet9/17
Sana09.02.2023
Hajmi117,97 Kb.
#909578
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Bobonazar Jismoniy tarbiya vositalarining ilmiy amaliy ahamiyati 1111docx

Harakatning davomiyligi - bajarilishining uzunligi. Harakatning uzoq davom etishida asosiy rolni tananing qismlari egallaydi. Mashqni bajarilish vaqtini o‘zgartirib, ya’ni bajarilish vaqtini ozaytirib yoki ko‘paytirib darsning, mashg‘ulotining umumiy nagruzkasiga ta’sir etish mumkin.
Ayrim mashqlar texnikasi tarkibida harakatni (harakat larni) ayrim zvenolarining ijrosi nisbatan uzoqroq davom etadi, masalan, uloqtirish uchun yugurish, suzishda quloch otish, chang‘ida sirg‘anish va h.k. larning ahamiyati katta. Shug‘ullanish yoki musobaqa davomida bajarilayotgan ish yoki uning vaqti haqida axborotlar berib borish bilan xarakatlarning davomiyligi haqida lozim bo‘lgan tushunchalarga ega bo‘lishimiz mumkin.
Harakatning tempi deganda harakat siklining qaytarilish chastotasi yoki ma’lum vaqt birligi ichida bajarilgan harakat tushuniladi. Yurish tempi minutiga 120-140 qadamdan, eshkakni suvga botirish tezligi 30-40 marotaba bo‘lishi mumkin.
Temp bilan tezlikni farqlashimiz lozim. Masalan, qo‘lni bir tempda turli balandlikka ko‘tarish va tushurish harakatini takrorlash mumkin, lekin bunda qo‘l harakati tezligi turlicha bo‘lishi, yugurish qadamlarining uzunligi bir xil bo‘lmasa-da, qadam chastotasi maromli bo‘lsa, yugurishning tezligi turlicha bo‘ladi.
Harakat ritmi deganda, aktiv muskul zo‘riqishi va uni taranglashishini ma’lum vaqt ichida passiv va kuchsiz harakat fazalari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan xarakterli tomonlarini tushunamiz. Bu xususiyat faqat harakat faoliyati dagina emas, har qanday to‘liq harakat aktida ham mavjud bo‘ladi.
Shunday qilib, h a r a k a t r i t m i fazoda ma’lum vaqt davomida harakat tizimi tarkibidagi muskul zo‘riqishini nisbatan to‘g‘ri va o‘z o‘rnida uyushtirilishi bilan muvofiqlashish oqibatidir. Boshqachasiga aytganda harakat texnikasining umumlashtirilgan tasnifi(xarakteristikasi) harakatning r i t m i deb tushuniladi.
Har qanday, xatto noto‘g‘ri bajarilgan harakat akti tarkibida ham (harakat bo‘laklarining uzun qisqaligiga bilan bog‘liq) ma’lum harakat ritmi mavjud.
Demak, harakat ritmi ratsional, to‘g‘ri, yuqori natijaga olib keluvchi yoki noratsional, noto‘g‘ri, natija samarasini pasaytiruvchi bo‘lishi mumkin.
Ritmning majburiy sharti mavjud harakat tarkibida kuchli, uni boshqa bo‘laklariga nisbatan urg‘u beradigan, e’tiborga loyiq, harakat tarkibidagi hodisa (harakat)ning mavjudligi va uning ma’lum vaqt intervalida takrorlanishidir. Ritm - harkat texnika sining umumlashtirilgan xarakteristikasi ham deb qaraladi.
Trenirovkalar ta’siridan zo‘riqishning keskin kuchayishi va pasayishi hamda harakatning aktiv va passiv fazalarining davomiyligi cho‘zilishi mumkin. Yuqori malakali sportchilarda harakat ritmi standart sharoitda turg‘un xarakterda bo‘ladi.
Har qanday aniq harakat faoliyati ma’lum shaxs tomonidan texnik jihatdan yuqori harakat maqomi darajasida bajarilsa bizning e’tiborimizga shu mashqni bajarishdagi ratsional ritm diqqatimizni tortadi. Lekin bu ritmni har qanday harakatga ham abstrakt holda qo‘llash mumkin bo‘ladigan «ritm» deb qarab bo‘lmaydi. Har bir sportchining individual xususiyatlari evaziga harakatni bajarishda o‘z ritmi bo‘ladi. Lekin ritmdagi variatsiya belgilangan chegarada ham ushbu faoliyatning asosiy ratsional strukturasidan chiqmasligi kerak. Shunga ko‘ra, ritm harakat faoliyati tarkibidagi alohida-alohida elementlarni bir butun qilib bog‘laydi, harakatni tezlashtirish yoki sekinlashtirish bilan uning umumiy ritmik shakli o‘zgarmaydi.
Jismoniy mashqlarning ritmlari inson tomonidan ongli ravishda ratsional texnikaning ob’ektiv qonunlari asosida shakillantiriladi va boshqariladi.
Ta’lim jarayonida shug‘ullanuvchi yoki o‘quvchiga harakatning aksent berilgan qismlariga vaqtning qisqa muddatida katta zo‘riqishni to‘plab, uni ishlata olsa, ishlayotgan asosiy muskullarni birlashtirib, ularga dam berish imkoni yaratiladi. Natijaga esa yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori malakali sportchilar, sirk artistlari mashq bajarishdagi o‘zlari uchun moslab shakllantirgan ritmlar asosida harakatning aksent beradigan qisminigina katta zo‘riqishda bajaradilar.

Download 117,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish