Tortuv reduktori
Tortuv reduktori (bir bosqichli) etakchi 9 va etaklanuvchi 5 shesternyalaridan tashkil topib, u reduktor shesternyalarini moylash uchun karter vazifasini o‘taydigan qobiq 4 bilan yopilgan. Tishlar soni mos ravishda 25 va 78 ta, eni 130 mm. Reduktorning uzatmalari soni 3, 12. markazlararo masofa 520 mm. 12X2NCHA po‘latidan ishlangan etakchi shesternya tortuv elektr dvigateli valining konussimon uchiga issiqlik usulida o‘rnatilgan. SHesternya va val orasidagi, o‘q yo‘nalishida o‘lchanadigan taranglik 1,25 mm. SHesternyaning qizish harorati val haroratidan 130ºS baland, ammo 200ºS dan baland emas. SHesternya tishlari sementlanadi. Ishlov berilgan shesternyada tishlar konturi toblash va sayqallashdan so‘ng magnit defektoskopi bilan nazorat qilinadi.
Etakchi shesternya ichi bo‘sh val yuritmasi flanetsining chekka(qirra)siga issiqlik usulida venets ko‘rinishida bajarilgan. Etakchi shesternya ichi bo‘sh valga mahkamlangan yuritmaga montaj va demontaj qilinishi mumkin. Etakchi shesternya tishlari yuqori chastotali tok bilan kontur toblashidan o‘tkaziladi. Etaklanuvchi shesternyalar materialga, termo ishlovga va texnologiya barqarorligini tekshirishga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatib o‘tilgan maxsus texnik shartlar bo‘yicha tayyorlanadi. Ishdagi ehtimol tutilgan izdan chiqishlarning oldini olish hamda shesternya tishlarining jips joylashishini ta’minlash maqsadida tortuv elektr dvigateli tomonidan chekka(qirra)dagi tish qalinligini 0,3-0,38 mm ga kamaytiradigan, ammo uning profilini saqlab qoladigan yotiqlik(skos)lar sayqallab qo‘yilgan.
Tortuv elektr dvigatelining tayanch-rama osmasi va momentni ichi bo‘sh val va elastik mufta orqali uzatish shesternyalar ilashish barqarorligini ta’minlab, bu tortuv reduktori korpusini yupqa listli qobiq ko‘rinishida bajarish imkonini berdi.
Tortuv reduktori qobig‘i 4 tishli birikmani unga begona narsalar va chang tushishidan asrash, shuningdek reduktorning moyli bo‘shlig‘ini yaratish uchun mo‘ljallangan. Reduktorning payvandlangan po‘lat qobig‘i o‘zaro boltlar bilan biriktirilgan ikki qismdan tashkil topgan. U boltlar 6 yordamida beshta nuqta orqali tortuv elektr dvigateli ostoviga mahkamlangan. Qobiq 262 va 422 mm diametrli flanetslar yordamida tortuv elektr dvigatelining labirint zichlagichi korpusiga hamda ichi bo‘sh val yuritmasi silindrsimon ariqchasiga tayanganligi tizimga qo‘shimcha turg‘unlik va qattiqlik beradi. YUza bo‘ylab 262 mm diametrli zazorlarni va gorizontal raz’em ulanmasini zichlashtirish uchun gubkasimon rezina o‘rnatilgan.
Ichi bo‘sh val yuritmasining aylanadigan silindrsimon yuzasiga tegib turadigan qobiqning halqali 422 mm diametrga ega bo‘lgan ulanmasi mineral moy shimdirilgan kigiz qatlami bilan zichlangan. Konstruktiv jihatdan qobiq shunday loyihalashtirilganki, raz’em (ajratgich)lar joyida moy tutgichlar, moy to‘kish halqalari va qobiq raz’emlarini bevosita moy oqimi tushishidan saqlaydigan va devorlarga o‘tirgan va moylash labirint kameralariga tushgan moyni qobiqning quyi qismiga to‘kishga mo‘ljallangan kanallar ko‘zda tutilgan.
Qobiqning yuqori qismida yopiq bo‘shliq(idish)ni atmosfera bilan bog‘lash maqsadida havo trubasi o‘rnatilgan bo‘lib, quyisida esa daraja o‘lchagich o‘rnatish uchun kamera mavjud. Ana shu kamera orqali 2 l moy quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |