Tep70bs teplovozni tuzilishi va texnik



Download 324,43 Kb.
bet3/5
Sana16.01.2022
Hajmi324,43 Kb.
#372886
1   2   3   4   5
Bog'liq
TEP70BS

G‘ildirak-motor bloki

G‘ildirak-motor bloki o‘z ichiga g‘ildirak juftligi 1, yuritmalari bo‘lgan ichi bo‘sh val 2, motor-o‘q podshipniklari 3, podshipniklarni moylash uchun shesternyali nasos, qobiqli tortuv reduktori 5, ikkita sharnir-tizginli mufta 6 va tortuv elektr dvigatelini 4 olgan.

Tortuv elektr dvigatellari tayanch-rama osmali aravachaning g‘ildirak juftligi elektr dvigatellari tayanch-o‘q osmali g‘ildirak juftliklaridan g‘ildirak juftligi o‘qining tortuv elektr dvigateliga nisbatan erkin harakatlanishini ta’minlaydigan bo‘g‘ini mavjudligi bilan ajralib turadi. G‘ildirak juftligining asosiy elementlar: g‘ildirak markazlari / va mahkamlovchi halqalari 11 bilan bandajlar 2; o‘q 5 va kafolatlangan 35 mm li radial zazor bilan o‘qqa o‘rnatilgan ichi bo‘sh val 6.

Aravachaning barcha g‘ildirak juftliklari bir xil bo‘lib, buksa tizginlarining rezina amortizatorlari hisobiga ±8 mm li ko‘ndalang qayishqoq siljishi mumkin.gorizontal dinamikani yaxshilash uchun o‘rta g‘ildirak juftligi buksaga nisbatan ± 14 mm li erkin ko‘ndalangga ega. O‘qning ko‘ndalangiga siljishi o‘rta o‘q buksasida o‘qning buksaga nisbatan holatini qayd etadigan sharikli podshipnik o‘rnatilmaganligi bilan ta’minlanadi. Tortuv elektr dvigatelidan aylantiruvchi (burovchi) momentni uzatish yuritmasi g‘ildirak juftligi, birinchi navbatda g‘ildirak markazining konstruktiv xususiyatlarini belgilab berdi. G‘ildirak markazlari diskli, 25L-SH (GOST 977-65) po‘latidan quyib ishlangan, tashqi diametri 1070 mm. G‘ildirak markazida 70 mm diametrli tirqishlari bo‘lgan ikki priliv va quyish jarayonida ishlangan yana ikki tirqish (teshik) (diametri 200 mm dan) mavjud. 70 mm diametrli tirqishlarga g‘ildirak markazi va elastik mufta traversasini birlashtirib turadigan tizgin mahkamlagichi “barmoqlari” 13 presslab kiydiriladi. 200 mm li tirqishlar orqali ichi bo‘sh val yuritmasining sapfalari o‘tib, ularga ichi bo‘sh valni traversa bilan bog‘lagan tizgin mahkamlagichining barmoqlari presslab kiydiriladi. 70 va 200 mm diametrli traversalar markazdan TEP60 teplovozi g‘ildirak markazlaridagi kabi radiuslarda joylashgan. G‘ildirak markazi stupitsasining ichki yuzasining o‘rta qismida o‘yiq ishlangan bo‘lib, u kanal orqali stupitsaning tashqi yuzasi bilan ulangan. U g‘ildirak markazi va o‘q o‘rtasidagi taranglik (0,16-0,22 mm) ni gidravlik bo‘shashtirishga xizmat qiladi. Foydalanishda stupitsadagi kanal og‘zi rezbali tiqin 9 yordamida berkitib qo‘yiladi. Ishlov berilgan g‘ildirak markazini statik muvozanatlaydilar. Yo‘l qo‘yiladigan disbalans 12,5 kgs/sm dan ortmasligi kerak. G‘ildirak markaziga 1-1,45 mm taranglik bilan bandajni qaynoq holida kiydiradilar.G‘ildirak markazlari shakllantiriladi, ya’ni o‘q bilan birgalikda issiqlik usulida yig‘iladi. G‘ildirak markazini joyiga o‘rnatishdan avval kiydirish mo‘ljallangan o‘q yuzasi 12-15 qavat qilib VDU-3 laki yoki GEN-150 elimi bilan qoplanadi.

Bandaj SH (GOST 398-71) markali po‘latdan eni 140 mm ga teng qilib ishlanadi. Sirpanish aylanasi bo‘yicha diametri 1220± mm. Bandaj profili GOST 11018-64 ga muvofiq. G‘ildirak markazida bandaj o‘qqa oddiy usulda mahkamlash halqasi yordamida 14 mahkamlanib, bu ish bandaj yo‘lagiga uning harorati kamida 200ºS bo‘lganida bajariladi. Mahkamlash halqasi o‘rnatilganidan so‘ng bandajning tutib turish burti siqib qo‘yiladi va uning ichki yuzasi 1070-1 mm diametriga qadar egovlab kengaytiriladi. Kenaytirilgan diametr mavjudligi foydalanishda bandajlarning sirpanish aylanasi bo‘ylab edirilish qiymatini g‘ildirak juftligini teplovoz tagidan chiqarmay turib aniqlash imkonini beradi.

G‘ildirak juftligi o‘qi OS L (GOST 4728-72) po‘latidan, ichi bo‘sh, markaziy tirqishi diametri 70 mm, bo‘yinchasi diametri 160 mm, o‘rta qismida 210 mm, g‘ildirak markazlarini o‘rnatish joylarida 235 mm qilib bajarilgan. Buksa bo‘yinchalari, stupitsa osti qismlari, o‘tish galtellari o‘lchamlari va umumiy uzunligi TEP60 teplovozi o‘qi ko‘rsatkichlari bilan bir xil.

Ichi bo‘sh val aylantiruvchi (burovchi) momentning tortuv reduktori etaklanuvchi g‘ildiragidan elastik mufta orqali g‘ildirak juftligiga uzatilishini ta’minlaydi. Ichi bo‘sh val 325x25 mm li po‘lat trubadan (GOST 8732-70) tayyorlangan. 320 mm diametrli trubaning ishlov berilgan chekka(uch)lariga elastik mufta yuritmalari 3 va 7 nomini olgan issiqlik yordamida quyma detallar o‘rnatiladi.

Bo‘sh valning o‘rta qismida 16 mm diametrli oltita rezbali tirqishlar mavjud. SHakllantirilgan g‘ildirak juftligini markazlashtirish maqsadida tirqishlarga boltlar burib kiritiladi. Uzil-kesil tayyor bo‘lgan g‘ildirak juftligida ana shu tirqishlar usti yopqichlar 10 bilan berkitilib, ular mahkamroq joylashishi uchun rezbali qotiriladi.

Tortuv reduktorining etaklanuvchi shesternyasi va elastik mufta tizginlarini mahkamlashga xizmat qiladigan yuritmalarni 120-150S ga qadar qizdirilib, ichi bo‘sh valga o‘tqiziladi. Bundan tashqari, to‘rt shtift o‘rnatilib, ichi bo‘sh val va yuritma chekka(uch)lari aylanasi payvandlab chiqiladi. Ichi bo‘sh val trubasining ichki diametri 280 mm. SHu sababli g‘ildirak juftligi o‘qi va ichi bo‘sh val ichki diametri orasidagi radial zazor 35 mm ga teng.

YUritmali ichi bo‘sh val tortuv elektr dvigatellari ostovi (korpusi)da o‘rnatiladigan motor-o‘q sirpanish podshipniklarida aylanib, bu tortuv reduktorining etaklanuvchi va etaklovchi shesternyalari o‘qlari orasi o‘lchami – sentralning doimiyligini ta’minlaydi. Ichi bo‘sh val podshipnigi bo‘yinchasining diametri 315 mm.

Ichi bo‘sh val trubasining tashqi yuzasida maxsus burtda babbit quyilgan po‘lat vtulkadan tayyorlangan motor-o‘q podshipniklarini moylash uchun moy haydash nasosi yuritmasining shesternyasi ajratiladigan venetsini o‘rnatish uchun ariqcha 11 mavjud. Podshipnik diametri va konstruksiyasi TEP60 teplovozidagi kabi. Motor-o‘q podshipniklarini moylash dag‘al to‘qimadan tayyorlanib, metall oprava ichidagi kigiz oboymaga o‘rnatilgan fitillar yordamida bajariladi. Har bir fitil uchini 15-18 mmdiametrli qilib bir tekis kesib tashlanadi va ip bilan bog‘lab qo‘yiladi, ular jami bo‘lib 40 ta. Fitil ipi (to‘qimasi) kigiz oboymadan 5-8 mm ga chiqib turishi kerak.

Fitilli oboymani podshipnik kamerasiga joylashda fitillar uchlari kamera bo‘ylab bir tekis joylashtiriladi. Oboymaning o‘zi prujina bilan siqiladi. Motor-o‘q podshipniklarining fitilli moy kamerasi ichi bo‘sh val tashqi yuzasida o‘rnatilgan shshesternya yordamida aylantiriladigan shesternyali nasos orqali moy bilan to‘ldiriladi. Etakchi shesternya to‘rtta bolt yordamida mahkamlangan ikki yarimta bo‘lakdan iborat. Nasos tortuv elektr dvigateli o‘q podshipnigi qopqog‘iga va podshipnik kamerasining quyi qismiga mahkamlangan. Nasosning hisobiy unumdorligi g‘ildirak juftligining bir aylanishi uchun 6 sm3 moyga teng. Nasos konstruksiyasi moyni teplovoz istalgan yo‘nalishda harakatlanganida moy uzatilishini ta’minlaydi. Motor-o‘q podshipniklarini moylash uchun yoz paytida L, qishda – Z rusumli o‘q moyi (GOST 610-72) qo‘llanadi. Podshipniklarni chang tushishidan saqlash va moy kamerasining chekkasi(uchi)dan moy oqib ketishining oldini olish maqsadida ichi kigiz bilan to‘ldirilgan labiring zichlagichlari o‘rnatilgan. Moy bo‘shlig‘i ayniqsa tortuv reduktori tomonidan, motor-o‘q podshipniklarini tortuv reduktori shesternyalarini moylash uchun qo‘llanadigan moyning tushishidan saqlash maqsadida yaxshilab zichlanadi.



Download 324,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish