1. II ko‘tarish nasos stansiyalari suv uzatishi va to‘liq damini aniqlash.
2. Suv ta’minoti tizimlari nasos stansiyalari uchun ishchi va rezerv nasos agregatlarining sonini tanlash .
3. Suv ta’minot tizimlarining nasos stansiyalari uchun nasos agregatlarini o‘rnatish usulini tanlash
Kurs va diplom loyihalashtirish maqsadlari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmada yana bir keng tarqalgan tipdagi nasos stansiyalari — II ko‘tarish nasos stansiyalarining shahar xo‘jalik-ichimlik suvi sharoitlari uchun suv tarmog‘ining uzatish va to‘liq damini aniqlash xususiyatlari keltirilgan.

Xo‘jalik-ichimlik suv tarmoqlarining II ko‘tarish nasos stansiyalari, odatda, bir sutka davomida bir maromda ishlamaydilar (notekis). Ana shu sabab tufayli suv keltirish xarajatlarini kamaytirish maqsadida II ko‘tarish nasos stansiyasining suv uzatish grafigini suv iste’mol grafigiga imkon qadar yaqinlashtirishga harakat qiladilar. Bu maqsadga erishishning eng tejamkor va ishonchli usullaridan biri suv ta’minot tizimi tarkibiga bir yoki bir necha suv ko‘tarish minorasini (dam rezervuarlarini) kiritishdan iborat.
Suv ko‘tarish minorasi suv ta’minoti tizimida quyidagicha joylashtirilishi mumkin:
Suv ko‘tarish minorasi suv ta’minoti tizimida quyidagicha joylashtirilishi mumkin:
— taqsimot suv tarmog‘i boshlanishida, suv iste’molchilariga qadar;
— taqsimot suv tarmog‘i oxirida, suv iste’molchilari ortida (kontrrezervuarli suv ta’minoti tizimi).
II ko‘tarish nasos stansiyasining suv uzatishi va suv ko‘tarish minorasi bakining ishchi hajmini nasos stansiyasining suv taqsimot tarmog‘iga sutkalari soatlari bo‘yicha shahardagi suv iste’molini o‘zgartirish grafigi uchun suv uzatish grafigini tanlashga asoslangan maxsus hisob-kitoblar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlaydilar. Bunda nasos stansiyasining undagi o‘rnatilgan nasos agregatlari Q va H qiymatlarining ishchi intervallarida, yuksak FIK ga erishgan holda foydalanish imkonini beradigan va nasos agregatlarini ish jarayonida tez-tez yoqilib-o‘chirilishini istisno etadigan rejimini topishga intiladilar. Bir vaqtning o‘zida bu kabi inshootlarni qurish xarajatlari yuqoriligi sababli suv ko‘tarish minorasining sig‘imini kichraytirishga harakat qiladilar.