TEP70BS TEPLOVOZNI TUZILISHI VA TEXNIK
Yo‘lovchi tashish poezdlari vazni hamda ular tezliklarining ortishi ba’zi elektrlashtirilmagan liniyalarda 2TEP60 ikki seksiyali teplovozlarining qo‘llanishini taqozo qildi. Bunda lokomotiv quvvati va vaznining ortishi qator hollarda dizellar quvvatidan foydalanish imkonini kamaytirgan bo‘lsa, ortiqcha tirkalgan yuk esa foydalanish xarajatlarini bir qancha oshirdi. Bunday sharoitda TEP60 ga nisbatan kuchliroq, tirkama vazni biroz ortiqroq bo‘lgan teplovoz talab etilardi. Bu vazifa Kolomna teplovozsozlik zavodida hal qilinib, bu erda zavodning lokomotivsozlik bo‘yicha bosh konstruktori YU.V.Xlebnikov rahbarligida dizel quvvati 4000 ot kuchiga teng va o‘zgaruvchan-doimiy tokni elektr uzatishiga ega bo‘lgan ikki aravachali olti o‘qli teplovoz loyihasi yaratildi. 1973 yilning iyun oyida Kolomna zavodi ana shu loyiha bo‘yicha dastlabki teplovozni qurib, u TEP-0001 qisqartma nomiga ega bo‘ldi. SHundan keyin 1974-1975 yillarda № 0002-0004 teplovozlari, 1977-1978 yillarda esa № 0005-0007 teplovozlari qurildi.
Teplovoz kuzovi yuk tushadigan konstruksiyali ferma-raskos tipida bo‘lib, quyi legirlangan po‘latdan yasalgan profillar hamda karkas va obshivka uchun alyumin qotishmalarini qo‘llab tayyorlangan. Bu kuzov massasini har bir metr uzunlikka 1,03 t dan (TEP60 teplovozi) 0,89 t ga tushirish imkonini berdi. Kuzovning qutisimon kesimli bosh uzuna balkalari tashqi kontur bo‘ylab joylashgan. Ramaning o‘rta seksiyasiga akkumulyator batareyalari uchun nishalari bo‘lgan yoqilg‘i baki payvandlab o‘rnatilgan.
Kuzov aravachalarga rezina amortizatorli ikkita markaziy mayatniksimon tayanchlari hamda to‘rtta yon silindrsimon vintli prujinalaribilan tayanib turadi.
Aravachalar TEP60 teplovozi aravachalari konstruksiyasiga ko‘ra tanlangan bo‘lib, ammo ulardan farqi – g‘ildiraklari diametri 1220 mm ga teng.
G‘ildirak diametri esa bu relslardagi kontakt kuchlanishini pasaytiradi deb hisoblagan mutaxassislar talabiga binoan kattalashtirildi. YOn prujinalarning statik bukilishi 98 mm, birlamchi ressora osmasining bukilishi (silidrsimon prjinalar va listli ressoralar) – 94 mm. Reduktorning uzatish soni 73:25 = 3,12. Teplovoz elektropnevmatik tormoz (havo taqsimlagich № 292 va elektr havo taqsimlagich № 305, mashinist krani № 395; qo‘shimcha tormoz № 254) bilan jihozlangan bo‘lib, har bir aravachada diametri 10 mm ga teng to‘rttadan trmoz silindriga ega.
Teplovozda 2A-9DG dizel-generatori o‘rnatilgan bo‘lib, u silindrlari V-simon joylashgan to‘rt kontaktli o‘n olti silindrli 2A-5D49 (16CHN26/26)dizeldan va GS-504A tortuv generatoridan iborat.
Dizel gaz-turbinali nadduvga hamda nadduv havosini sovutish va chiqindi havo kollektoriga ega. Silindrlar diametri 260 mm, porshen yo‘li 260 mm. Val aylanish chastotasi 1000 ayl/daq.bo‘lganida dizelning nominal quvvati 4000 ot kuchi. 153-160 (e.o.k.-s.) nominal quvvatda yoqilg‘ining solishtirma sarfi. Quruq dizelning dizelosti ramasi bilan massasi 18 500 kg; dizel-generator massasi 26 000 kg.
Nominal quvvati 2750 kVt ga teng bo‘lgan GS-504A tortuv generatori Xarkov “Elektrotyajmash” zavodida tayyorlangan va o‘n ikki qutbli, statorida bir-biriga nisbatan 30 elektr daraja(gradus)ga siljitilgan ikkita uch fazali chulg‘amdan tashkil topgan sinxron mashinadan iborat. Generatorning liniyadagi kuchlanishi davomli rejimda 360 V, maksimal kuchlanishi 580 V; liniyadagi davomli tok 2X2400A, maksimal kuchlanishda – 2X1500 A. Nominal aylanish chastotasi, ya’ni 1000 ayl./daq. bo‘lganida tokning nominal chastotasi 100 Gs. Davomli rejimda foydali ish koeffitsienti 94,8%; generator massasi 6500 kg.
Generator staninasida maydoncha mavjud bo‘lib, unda avvalroq TE109, 2TE116 va TE114 teplovozlarida qo‘llangan qo‘zg‘atuvchi VS-650 va ko‘makchi starter-generator STG-7 lar o‘rnatilgan. Har ikkala mashina ham dizel validan reduktor orqali ishga tushiriladi.
Tortuv generatori tokini to‘g‘rilash uchun UVKT-5 to‘g‘rilash moslamasi xizmat qilib, u ikkita parallel ulangan uch fazali ko‘priklardan tuzilgan. Ko‘prikning har bir elkasida o‘nta parallel ulangan shoxobcha bor; har bir shoxobchada ikkita oldinma-ketin ulangan VL200-8 lavina ventili, moslamadagi ventillarning umumiy soni 240 ta. Nominal to‘g‘rilangan kuchlanish 750 V, tok 5700 A. Moslama massasi 650 kg; U M.I.Kalinin nomidagi Tallinn elektrotexnika zavodida ishlab chiqarilgan.
Har bir aravachada nominal quvvati 411 kVt dan bo‘lgan uchta ED-119 tortuv elektr dvigateli o‘rnatilgan (davomli rejimda kuchlanish 512 V, maksimal kuchlanish 750 V, davomli rejim toki 880 A, maksimal kuchlanishdagi tok 600 A), davomli rejimda yakorning aylanish chastotasi 657 ayl/daq., maksimal ko‘rsatkichi 2320 ayl/daq. Qutb chulg‘amlari F toifali izolyasiyaga ega, yakor chulg‘ami – H toifali; bu chulg‘am halqali usulda bajarilgan. Elektr dvigatel massasi – 3250 kg. Mashinalar “Elektrotyajmash” zavodida ishlab chiqarilgan. Tortuv elektr dvigatellari doim parallel ulangan.
Elektr dvigatellaridan aylantiruvchi (burovchi) moment g‘ildirak juftligi o‘qiga reduktor va g‘ildirak juftligi bilan, TEP60 teplovozlaridagi kabi, elastik tarzda ulangan ichi bo‘sh val orqali uzatiladi.
Dizel quvvatidan to‘liq foydalanish uchun tortuv generatori kuchlanishini avtomat tarzda rostlash va tortuv elektr dvigatellari qo‘zg‘atishini bo‘shatishning ikki bosqichi (62 va 38%) qo‘llangan. Teplovoz KV-1554 mashinist kontrolleri orqali boshqarilib, u oldinga, nul, orqaga kabi holatlariga ega bo‘lgan reversiv tutqichga hamda nolinchi vaщn beshta (1-15) ishchi pozitsiyasibo‘lgan bosh tutqichga ega. Bosh tutqichni 1-pozitsiyaga o‘tkazishda tortuv elektr dvigatellari ishga tushib, bunda dizel vali aylanish chastotasi 350 ayl/daq.; bosh tutqichni 15-pozitsiyadan o‘tkazish bilan val aylanish chastotasi 1000 ayl/daq. ga qadar oshiriladi.
Teplovozning elektr uskunalari ko‘plab birliklar tizimi bo‘yicha boshqarishni ko‘zda tutadi.
Teplovozda elektr mashinalari (tortuv generatori, tortuv elektr dvigatellari), to‘g‘rilash uskunasi, qo‘zg‘atish blokini sovutish uchun havo bilan markazlashtirilgan holda ta’minlash tizimi qo‘llangan. Havo jalyuzi va filtrlar orqali dizel validan mexanik yuritmasi bo‘lgan o‘q ventilyatori tomonidan so‘rib olinadi. Oqim kuchi 450 mm suv ust. ga teng bo‘lganida bir daqiqada taxminan 1200 m3 havo uzatiladi. bir nechta individual ventilyator o‘rniga bitta umumiy ventilyator o‘rnatilishi uskunalar sonini kamaytirib, havoning tozalanish sifatini yaxshilash va ko‘makchi ehtiyojlarga energiya sarfini kamaytirish imkonini berdi.
Boshqaruv va ko‘makchi mashina zanjirlari nominal kuchlanishi 110 V ga teng doimiy tokda ishlaydi. Teplovozda 48TN-450 akkumulyator batareyasi o‘rnatilgan. 2,9 m3/daq. samaradorlikka ega bo‘lgan PK-5 kompressori P2K-02 elektr dvigatelidan ishga tushiriladi (25 kVt, 110 V).
Teplovoz davomli rejimda 50 km/stezlikka va 167 kN (17 000 kgs) tortuv kuchiga erishadi. 160 km/sga teng bo‘lgan maksimal tezlikda tortuv kuchi taxminan 58,8(6 000 kgs) ni tashkil qilsa, xuddi shu tezlikda teplovoz maksimal foydali ish koeffitsientiga ega bo‘ladi – 32,5%. Teplovozning o‘z ehtiyojlari uchun dizel nominal quvvatining 9 – 11% qismi sarflanadi. Teplovoz o‘tadigan egriliklarning minimal radiusi 125 m. Teplovoz massasi yoqilg‘i va qum zaxirasi 2/3 bo‘lganida 129 t ga teng. G‘ildirak juftligidan relslarga tushadigan yuklama 21,5 ts. YOqilg‘i zaxirasi 6000 kg, qum zaxirasi 800 kg, suv zaxirasi 1480 kg, moy zaxirasi 1430 kg.
TEP70 tajriba teplovozlari Belorussiya temir yo‘lining Orsha deposiga kelib tushdi va yo‘lovchi tashiydigan poezdlar bilan Orsha – Gomel, Orsha – Novosokolniki, Orsha – Ovruch va Orsha – Brest uchastkalarida ishlatildi. Bunda ular TEP60 teplovozlariga nisbatan 10-12% kamroq yoqilg‘i sarflaganlar.
№ 0005 teplovozi VNIIJT tajriba halqasida tortuv-issiqlik-texnik sinovlaridan, hamda shu jumladan yo‘lga ko‘rsatadigan ta’siri bo‘yicha SHimoliy Kavkaz temir yo‘lining Belorechenskaya – Maykop uchastkasida dinamik sinovlardan ham o‘tdi. Dastlabki TEP70 teplovozlaridan foydalanish tajribasi va ular sinovi natijalari Kolomna zavodi konstruktorlariga lokomotivning ba’zi uzellariga zarur o‘zgartirishlar kiritish uchun material bilan ta’minladilar. 1978 yilda zavod avvalgi teplovozlardan farqli bo‘lgan TEP70 teplovozlarini (№ 0008 dan boshlab) ishlab chiqara boshladi.
Bu teplovozlarda kuzov yon fermalari elementlarining joylashishi va shakllari ancha o‘zgartirilib, TEP75 teplovozining aravachalari va qator uzellari qo‘llangan. Birinchi bosqich ressora osmasida silindrsimon prujinalar va balansirli list ressoralar silindrsimon prujinali individual osma bilan almashtirilib, ikkinchi bosqichda markaziy tayanchlarning rezina bloklari va ishqalanish yuzasiga ega bo‘lgan prujina yon tayanchlar o‘rniga silindrsimon prujinalar o‘rnatilib, ular ko‘ndalang va burchak deformatsiyasini qabul qilib oladi. Ressora osmasining statik bukilishi 104 dan 170 mm gacha ortgan. Osmaning dastlabki teplovozlarda listli ressoralar bilan ta’minlangan dempfirlanish xossalarini saqlab qolish maqsadida yangi teplovozlarda gidravlik amortizatorlar qo‘llangan. Tortuv yuritmasida sirpanish podshipniklari bo‘lgan ichi bo‘sh val va “suzuvchi” bo‘g‘ini bo‘lgan tizginli muftalar o‘rniga tizginli markazlashtirilgan muftali ichi bo‘sh kardan vali qo‘llangan. SHuningdek teplovoz uzunligi (u 1230 mm ga uzayib, avtotirkamalar o‘qlari orasidagi masofa 21 700 mm ga etdi) va umumiy g‘ildirak bazasi (chekka g‘ildirak juftliklari o‘qlari orasidagi masofa 950 mm ga ortdi) ham o‘zgardi.
Aravachalardan kuzovga tortuv va tormoz kuchlari shkvorenlar orqali uzatiladi. har bir aravachada 10 diametrli oltita tormoz silindri o‘rnatilgan. G‘ildirak tormoz kolodkalariga ikki tomondan bosib ta’sir ko‘rsatiladi.
Tortuv yuritmasi konstruksiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda ED-119 tortuv elektr dvigatellari ED-120A elektr dvigatellari asosida yaratilgan, TEM7 manevr teplovozlarida qo‘llaniladigan ED-121A bilan almashtirildi. ED-119 ga nisbatan ED-121A elektr dvigatelida nominal quvvat (413 kVt), kuchlanish (542/750 V) va tok (830/600 A) parametrlari biroz o‘gartirildi. STG-7 starter-generatori o‘rniga PSGU2 starter-generatori (50 kVt, 110 V) qo‘yildi.
Teplovozlar elektr (reostat) tormoz bilan jihozlangan. Tormoz rezistorlari quvvati 3200 kVt, rezistorlar teplovoz to‘xtab turganida dizel-generatorni sinab ko‘rish uchun unga yuklama berish maqsadida qo‘llanishi mumkin.
№ 0008 teplovozlarida qum zaxirasi 600 kg, suv zaxirasi 1134 kg, moy zaxirasi 1000 kg. Teplovozlarda KT-6 kompressori o‘rnatilgan.
TEP70 teplovozining kuzovi yuk ko‘taradigan, shaklli-yotiq tipli, blokli qilib ishlangan, echiladigan tomli. Tomning har bir bloki unga ko‘makchi uskunalar uzellari mahkamlanishini hisobga olib bajarilgan (95-rasm). Teplovoz agregatlari, uzellari va ko‘makchi mexanizmlarining joylashishi kuzovning avtotirkama o‘qlari bo‘yicha uzunligi – 20470 mm “quyi qismi bo‘ylab” komponovkasi bilan belgilanib, TEP60 teplovozi uzunligiga nisbatan 1220 mm ga katta ekanligini ko‘rsatdi.
Vazn bo‘yicha qo‘yilgan qat’iy cheklashlar yangi kuzov massasini kamaytirishni talab etdi. SHu sababli uning ramasi va yon devorlari 09G2 quyi legirlangan po‘latidan, tom karkasining kuch uzellari va obshivkasi alyumin prokatdan tayyorlanib, bu kuzov uzunligi birligining metall sig‘imini kamaytirdi.
Konstruktiv jihatdan kuzovni besh asosiy qismga ajratish mumkin: rama, yoqilg‘i bloki, qoplama listli yon devorlar, tom va mashinist kabinasi bloklari.
Kuzov ramasi tashqi kontur bo‘ylab joylashgan, qutisimon kesimli ikki asosiy bo‘ylama balka; ilashma (tirkama) asboblar o‘rnatish uchun qutilar hosil qilgan ikki old ko‘ndalang balka; bo‘ylama tortuv va tormoz kuchlarini aravachalardan qabul qiladigan va ularga uskunalar ortilgan kuzov massasining vertikal yuklamasini uzatadigan stakanlarni mahkamlash uchun to‘rt ko‘ndalang shkvoren balkalari 13 bilan hosil qilingan.
Ramaning kuch sxemasiga yoqilg‘i baki va rama o‘qi bo‘ylab joylashgan markazlashgan havo ta’minoti tizimi ham kiritilgan. Dizel-generatorni o‘rnatish tayanchlari oldidagi havo o‘tkazish kanallari 12 yoqilg‘i bakining ikki tomonidan o‘tadi. Bo‘ylama (uzuna) kuch balkalari va havo ta’minoti tizimining kanallari devorlari o‘zaro ramaning ko‘ndalang elementlari bilan ulangan. Ramaning kuch bo‘ylama (uzuna) elementlari qalinligi 7 mm bo‘lgan o‘roqsimon profilli balkalar 9 hamda shvellerdan 10 tarkib topgan.
Texnologik jihatdan teplovoz ramasi alohida seksiyalar – ikki dum (1 va 5), o‘rta 3 va dum va o‘rta seksiyalar orasida joylashgan ikki oraliq (2 va 4) seksiyalarga bo‘lingan.
Ramaning dum seksiyalari bo‘ylama (uzuna) kuchlarni qabul qilib, buning uchun ularga yo‘lovchi tipidagi SPII-N6 zarb yutish apparati bo‘lgan SA3 avtotirkamasini o‘rnatadilar. Teplovozda g‘ildiragi diametri 1220 mm ga teng bo‘lgan aravachani qo‘llash ramaning bosh bo‘ylama (uzuna) belbog‘lariga nisbatan tortib turuvchi yashikning konsollar yordamida mahkamlanishiga sabab bo‘lib, bu dum seksiyasi uzelining konstruktiv echimini jiddiy murakkablashtirdi. Avtotirkama tomonidan qabul qilinayotgan kuchni ramaning ikki yon bo‘ylama elementlariga va kuzovning yon devorlariga tarqatish (uzatish) maqsadida gorizontal va vertikal raskoslar tizimi qo‘llangan. Dum seksiyalariga boltlar bilan quyi qismi balandligi bo‘yicha rostlanadigan yo‘l tozalagich o‘rnatiladi.
Ramaning o‘rta seksiyasi akkumulyator batareyalari uchun tokchalari bo‘lgan payvandlangan yoqilg‘i baki, elektr mashinalarini sovutish tizimi havo o‘tkazgichining ikki kanalini ham o‘z ichiga olib, o‘zi esa dizel-generator o‘rnatish uchun asosdan iborat. O‘rta va oraliq seksiyalari o‘rtasidagi havo o‘tkazgich kanallari o‘zaro payvandlangan patrubkalar bilan ulangan. Ichki bo‘shliqlarni ko‘zdan kechirish uchun kuzatish lyuklari ko‘zda tutilgan. Asalari inisimon konstruksiyali yoqilg‘i baki vazni kichik bo‘lsa ham seksiyaning yuqori darajali qattiqligini ta’minlaydi. Bak tubi teplovoz bo‘ylab o‘rtasiga yo‘llangan juft qiyalik bilan ishlangan. Bakning o‘rta quyi nuqtasida to‘kish tiqinlari mavjud.
Ramaning oraliq seksiyalari dum seksiyalari va o‘rta seksiya orasida o‘rnatiladi. Har bir oraliq seksiyada ikki ko‘ndalang shkvoren balkalari aravachalardan tortuv tortuv kuchini bevosita qabul qilib oladilar va shu vaqtning o‘zida uskunalar o‘rnatilgan kuzov massasini teplovozning bo‘ylama (uzuna) o‘qida joylashgan to‘rtta mayatniksimon tayanchning (har aravachada ikkitadan) rezina korpuslari hamda kuzovning sakkizta qo‘shimcha yon tayanch orqali aravachalar ramasiga uzatadilar. Markaziy tayanchlarga to‘g‘ri keladigan massa kuzovning yon tayanchlari orqali uzatiladigan massaga teng. Kuzovdan kuchlar yon tayanchlarga ramaning bo‘ylama (uzuna) balkalariga payvandlangan tayanch plitalari orqali uzatiladi. YOn tayanchlar osma joylashish shartlariga ko‘ra asosiy tayanchlarga nisbatan kuzov o‘qi bo‘ylab teplovozning o‘rtasiga tomon 104 mm siljitilgan.
Kuzov ramasiga markazlashgan havo ta’minoti tizimining kanallari payvandlab qo‘yilgan. Kanallarni tozalash uchun ramaning o‘rta va oraliq seksiyalari orasida joylashgan lyuklar ko‘zda tutilgan. Rama yuqorisiga qoplama list payvandlangan va unga alyumin prokatdan ishlangan polni mahkamlash maqsadida temir burchaklar o‘rnatilgan. Rama maxsus stendda yig‘ilib, unda oraliq seksiyaning tayanch yuzalari asosiy hisoblanadi. Dastlab shkvoren va alohida seksiyalarning qolgan ko‘ndalang balkalari faqat bo‘ylama (uzuna) shveller bilan payvandlanadi. Ramani qurilmaga shunday o‘rnatiladiki, bunda o‘rta qismining o‘z uchlariga nisbatan teskari bukilishi kuzatiladi. Ana shu holatda bo‘ylama (uzuna) shvellerga kuzov yon devorlarining o‘roqsimon profili, kabinalar karkasi va yon devorlarni birlashtirib turadigan kuzov arkalarini payvandlaydilar. Kuzovning yon devorlarini dastlab o‘roqsimon profilli 8 va 9 bo‘ylama (uzuna) yuqori va quyi balkalardan yig‘ilgan alohida bloklar tarzida yig‘ib, uning to‘g‘ri burak qismiga tog‘orasimon profildan ishlangan tirgak va raskoslarni payvandlaydilar. YOn devorlar ramaning dum seksiyalari yaqinida ramaning quyi bo‘ylama (uzuna) kuch qatlamining yon devorlarning yuqori qatlami bilan yana o‘sha o‘roqsimon profildan yasalgan raskoslar yordamidagi birikuvini ta’minlaydilar. Bunday echim kuchlar oqimining kuzov elementlari bo‘ylab yaxshiroq taqsimlanishini ta’minlab, mashinaist kabinasi old (“peshona”) qismining konstruksiyasini ancha qattiq va mustahkam bo‘lishiga olib keladi.
Kuzov yon devorlari karkasi, qoplama listlarni qattiqroq qiladigan kuch elementlari va detallardan tashqari, deraza o‘rinlari va jalyuzi o‘rnatish uchun oraliqlar hosil qiladigan ikkinchi darajali bo‘g‘inlariga ham ega. Old (“peshona”) va yon devorlar karkasi, ya’ni tirgak va raskoslar tokchalariga avval kuzov ramasiga payvandlangan 3 mm qalinlikdagi qoplama alyumin listlar parchinlab mahkamlangan. Kuzovning alyumin qoplamasiga tegib turgan po‘lat karkas yuzalari qo‘rg‘oshin surik bo‘yog‘i bilan gruntlanadi.
TEP70 teplovozi kuzovining tomidan ko‘makchi uskunalar uzellarini joylashtirish uchun foydalanadilar. Konstruktiv jihatdan uning ichiga o‘rnatilgan uzellari bilan tom, mashina xonasi ustida o‘rnatiladigan, beshta alohida olinadigan seksiyadan, hamda mashinist kabinasi ustida joylashgan ikki seksiyadan tuziladi. Tomning bunday tuzilishi yig‘ish hamda teplovoz ko‘makchi uskunalar agregatlarni ta’mirlashning blokli usulini amalga oishirsh imkonini beradi. Tom bloklarini rezina oraliq qoplamalari yordamida ulanmani zichlash uchun maxsus profiliga ega bo‘lgan oltita arkaga o‘rnatadilar. Dizel-generatorni ta’mirlash va demontaj qilish uchun ikki arka olinadigan, qolganlari payvandlangan bo‘ladi.
Tomning olinadigan qismlarini rezina qoplamalarga o‘rnatish va ularni burilma qisqichlar yordamida mahkamlash birikmalar montaji va demontajini ancha soddalashtiradi. Tom bloklarining ulanish sifati suv o‘tkazmaslik nuqtai nazaridan tekshiriladi.
Teplovoz tomida mashinist kabinasi tom bloklarida tamburlar ustida ikkita lyuk mavjud. Lyuk qopqoqlari richaglar tizimi yordamida muayyan burchak ostida ochiladi. Tomga chiqish maqsadida ularni to‘liq ochish uchun richagli uzatma sharnirlari ajratilishi kerak va bunga faqat ekipirovka chog‘ida ruxsat etiladi.
Mashinist kabinasi mashina bo‘linmasidan alyumin listlardan payvandlab ishlangan orqa devor bilan ajratilgan. Kabina keng, organik oynadan yasalgan, qalinligi 10-12 mm bo‘lgan katta derazalarga ega va ular atrofni bemalol ko‘rish imkonini ta’minlaydi. Old (“peshona”) deraza – yaxlit qilib yasalgan. Bu deraza shakli kuzov old yuzasi profilini takrorlab, u ham rejada ma’lum radius bilan ishlangan. Oynalar metall karkasga profilli rezina yordamida mahkamlanib, bu metall skobalar o‘rnatish zaruratining oldini olib, teplovoz tashqi ko‘rinishi yaxshilaydi va tozalash ishlarini osonlashtiradi.SHovqin darajasini pasaytirish uchun dastlabki to‘rt teplovozda kuzov karkas va qoplama listlarining ichki yuzalari, shuningdek kabina yon devorining quyi qismi, orqa devorlari va rama ust qoplamasi vibrodempfirlanadigan mastika qatlami bilan qoplangan. Qoplamaning perforatsiyalangan alyumin listlari va kabina devorlarining karkas listlari orasidagi zazor esa tovush yutadigan VTCH kapron tolalari bilan to‘ldirilgan. Kabinaning ich qismiga och rangli povinol elimlab chiqilgan. Kabina poliga qalinligi 20 mm bo‘lgan fanera plitali, olinadigan, ustiga linoleum elimlangan shitlar to‘shalgan. Rama to‘shamasi va kabina poli orasida kapronli toladan yasalgan issiqlik saqlaydigan matlar joylangan.
Markazlashgan havo ta’minoti kanallaridan kaloriferlar hamda derazalarga havo keltirish quvuri uchiga kabinaga korpus shovqini kamroq kirishi uchun rezina “qalpoq” kiydirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |