4-ma’ruza
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni hisobga olish va o’rganish/ zaharli moddalar va noqulay ish sharoitidan saqlanish. Shovqin, tebranish. Ultra-infra tovushlarning manbalari va ulardan saqlanish
12.0.002-08 GOSTi bo’yicha ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa (shikastlanish yoki zaharlanish) deb ishlovchiga ish davomida xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siri bilan bog’liq bo’lgan hodisaga aytiladi.
O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 10 sentyabrdagi O’RQ-174- sonli “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug’urtasi to’g’risida”gi qonunning 3 – moddasida quyidagi asosiy tushunchalar kiritilgan.
“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa”lar – shartnoma (kontrakt) asosida o’z vazifasini ish beruvchining xududida yoki undan tashqarida bajarayotganda , mehnatda mayib bo’lishga yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va bu shaxsni boshqa ishga o’tkazish zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg’un yo’qotishga yoxud vafot etishiga sabab bo’lgan hodisaga aytiladi.
“Kasb kasalligi” – ishlovchiga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili ta’siri natijasida uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg’un yo’qotishga sabab bo’lgan o’tkir yoki surunkalik kasallikka aytiladi.
“Mehnatda mayib bo’lish” ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida ishlovchining kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg’un yo’qotishiga aytiladi. Bunday baxtsiz hodisalar avtokorxona, avtosaroy, servis markazlarida, mulkchilik shaklidan qatiy nazar, haydovchilar (avariya, katastrofalar tufayli), ta’mirlovchilar, ma’muriy xodimlar va mijozlar bilan ham sodir bo’lishi mumkin. Xuddi shunday holatlarni kelib chiqishi sabablari ehtimolligi keyingi ma’ruzalarda keltiriladi.
1.Ishlab chiqarishda jarohatlanish. Bu hodisa ish joyida, korxona xududida, korxona xududidan tashqari (avtomobilning ish-yo’nalishida, joriy ta’mirlanishi vaqtida) o’z vazifasi bo’yicha qilinayotgan ishlarni bajarishda va yana korxona tomonidan ajratilgan xizmat avtobusida ishga borish va qaytish vaqtlarida ham jarohatlanish sodir bo’lsa, u ham ishlab chiqarish bilan bog’liq hisoblanadi. Agar haydovchlar xizmat safariga, bug’doy tashishiga va paxtakorlarni tashishga jalb etilgan bo’lsalar, u erda olingan jarohat ham ishlab chiqarish bilan bog’liq deb hisoblanadi.
2.Ish bilan bog’liq jarohatlanishga ishga borib kelishda, avtoyo’l hodisalari tufayli, ishlab chiqarish korxonasiga yaqin ish vaqtida, tanaffuslarni ham hisoblaganda, olingan jarohatlanishlar, ishchi-xizmatchining xizmat safarida (avtomobilsiz) va unga borish-kelishda olingan jarohatlanishlar, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarilishida, yana davlat ma’muriyat, jamoat tashkilotlarining maxsus topshiriqlarini bajarishda (bunda o’z faoliyati –mutaxassisligiga tegishli bo’lmaganda ham), fuqarolik burchini bajarishda, insonlarni qutqarishda, davlat va jamoa, shaxsiy mulklarini qo’riqlashda, amaldagi tartib-qoidalarni bajarilishini talab qilishda olingan jarohatlanishlar kiradi.
Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997y iyundagi 286 - qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish” to’g’risidagi Nizomi asosida olib boriladi.
Tashkiliy sabablarga: ishlab chiqarish intizomining pastligi, 1976 yili 2-ASda qish mavsumida 5 ta ta’mirlovchi metil spirti ichib o’lganlar, haydovchi spirt yuklab avtobusni yondirib yuborgan, sifatsiz o’qitish va instruktaj o’tqazish, ish joyida instrukstiya yo’qligi, ish va dam olish rejimlarni buzilishi (bu sabablar haydovchilar, ayniqsa shaxsiy avtomobil haydovchilari orasida juda ko’p tarqalgan), kerakli texnikaviy hujjatlar bilan ta’minlanmaganligi, mehnat muhofazasi bo’yicha qoida va me’yorlarning bajarilishi ustidan nazoratning sustligi, ishlab chiqarish xonalarining va texnologik uskunalarning qoniqarsiz joylashtirilganligi kabilar kiradi
Texnik sabablarga: mashinalarda, avtotransport vositalarida, mexanizm va texnologik jihozlarda ularning xavfsiz ishlashini ta’minlovchi asbob-uskunalarining yo’qligi; mashina, mexanizm va boshqa texnologik jihozlarning qoniqarsiz texnik holati (avtomobilning boshqaruv tizimlari) texnologik jarayonning buzilishi; texnologik rejimni noto’g’ri qo’llanishi; mashina, mexanizm va texnologik ishlab chiqarish vositalariga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, ishlarini sifatsiz o’tkazish kabilar kiradi. (avtomobillar texnik nosozligi tufayli avariyalar sodir etilishi).
Sanitar-gigienik sabablarga: meteorologik sharoitni sanitariya me’yorlariga to’g’ri kelmasligi; ishlab chiqarish changi va zaharli moddalarni havoda ko’payib ketishi; ortiqcha shovqin va tebranish; tabiiy va sun’iy yoritilganlikni qoniqarsizligi; ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning sanitariya holatining qoniqarsizligi kabilar kiradi. (haydovchilarning charchashlari, suvni ko’p ichishlari va h.k. )
Psixofizologik sabablarga: mehnat jamoasidagi qoniqarsiz “psixologik” vaziyat; ishchining ish holatiga “antropologik” ravishda mos kelmasligi; ishchining o’z ishidan qoniqmasligi; alkogolik holat kabilar kiradi.
Avtotransport korxonasi (saroyi) doimiy ravishda yuz bergan baxtsiz hodisalar tahlilini olib borib, ularni oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rishi kerak. Xususan, haydovchilar ishtiroki orqali bo’ladigan baxtsiz hodisalar yo’l harakati xavfsizligi ta’minlanmaganligi schababli yuz beradi.
Korxonalar ish qobiliyatini 1...3 va 4 kunlik kasallik varaqasi borlar to’g’risida maxsus blankada hisobga olib boradi. Bu hisobotda ma’lum vaqt ichida ishga qobiliyatsizlik boshqa ishga o’tkazilganligi, ish vaqti kamaytirganligi omillari bo’lgani uchun K0 -har xil baxtsiz hodisalarning og’irligi tufayli alohida aniqlanadi.
Ultratovush ham inson uchun xavfli, lekin uning ta’siri kamroq bo’ladi.
Ultratovushni odam eshitmaydi, lekin har xil hayvonlar va parranda uni qabul qila biladilar. Bularga ko’rshapalaklar, baliq va qushlar, qurt qumusqalar va boshqalar kiradi. U gaz, suyuqliklar va qattiq jismlarning mexanik tebranishidan paydo bo’ladi. Undan metallarni ishlashda, emulstiyalardan foydalanishda, quritishda, tozalashda, payvandlashda sifatni (defektoskop) tekshirishda, nazorat qilishda suv osti aloqasida, tibbiyotda qo’llaniladi. “Ferrari” (Italiya) avtomobil zavodida avtomobillarning bo’yoq qalinligi ultra tovush orqali aniqlanadi.
Ultratovush stanoklar ishlashdan, raketa va boshqa dvigatellar ishlashidan ham paydo bo’ladi.
Ultratovush ham inson organizmiga nafaqat kontakt bo’lgan joyga, balki butun tana yuzasiga va vestibyulyar (xarakat) apparatiga ham salbiy ta’sir qiladi.
Uning ta’sirida ishlayotganlar bo’shashadi, uyqu chaqiradi, ishchanligi susayadi, undan saqlanish lozim.
Giper tovush ultra tovushga uxshash yumshoq eguluvchan to’lqinlardan iborat. U tabiatda uchramaydi, aloxida izluchatel-sochuvchilar orqali sun’iy ravishda olinadi, va kristallar bilan ishlashda qo’llaniladi, havoda tezda tarqab ketadi. Transport vositalariga aloqasi yo’q.
Tovush intensivligi deb 1 sekundda 1 m2 maydondan tovush tarkalishiga perpendikulyar yunalishda tovush tulkinlari orqali o’tiladigan tovush energiyasi mikdoriga aytiladi. Tovush intensivligi Vt/m2 orkali o’lchanadi. Inson qulog’ining tovushni sezishi tovush intensivligi Jo =10-12 Vt/m2 dan boshlanadi va bu mikdor shartli ravishda «O» bel (B) deb kabul kilingan. Tovush intensivligi 10 marta oshsa J=10-11 Vt/m2 ga teng buladi va shunga mos xolda tovush intensivligi darajasi L1=1Bga, agar tovush intensivligi 100 marta oshsa J=10 –10 Vt/m2, L1=2 B oshadi va x.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |