3-ma’ruza
Ishlab chiqarishda sanitariya-gigiena talablari va ularning holatini aniqlovchi omillar
I texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar 7 sinfga bo’linadi:
Transport avariya va halokatlari (yong’in, portlash, texnik nosozlik, avariyalar, odamlarni, yo’lovchilarni o’limi va h.k.) Avtotransport avariyalaridan har yili dunyoda 1 mlndan ortiq odam halok bo’ladi, (Rossiyada 35ming, bizda ham yuzlab bolalar va katta yoshlilar halok bo’ladi);
Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar.
Yong’in-portlash xavfi bor ob’ektlardagi avariyalar (masalan, Qo’yliqdagi AGNKSning portlashi);
Energetika va kommunal tizimidagi avariyalar (isitish tizimida, qozonxonalar portlashi);
Odamlar o’limi bilan bog’liq bo’lgan va ularga zudlik bilan yordam ko’rsatishga olib kelgan avariyalar; (qorlar,tog’lar ko’chishi, er qimirlashi, suv toshishi, yong’in va boshqalar).
Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan xavfli moddalarni tarqalishiga olib keluvchi avariyalar;
Gidrotexnik halokatlar va avariyalar;
II. Tabiiy tusdagi avariya-falokatlar:
Geologik tusdagi hodisalar;
Gidrometeorologik hodisalar;
Epidemiologik, epizootik va epifiotik hodisalar;
Tabiiy va epologik tusdagi hodisalar (jala, do’l, er usti va osti suvining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi va h.k.);
III. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar kelib chiqishining sabablari (Er yuzini temperaturasini oshib ketishi, ozon qatlamining buzilishi va h.k.).
GOST 12.0.003-88 SSBT bo’yicha ZIO va XIO quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Fizik omillar.
Kimyoviy omillar.
Biologik omillar.
Psixofiziologik omillar.
Mehnat muhofazasi tizimida xavflilik (zararlilik) ning harakterli zonalarida ishchilarni ZIO va XIO ta’siridan himoya qilishning quyidagi usullari, tadbirlari va vositalari qo’llaniladi:
Mehnat sharoitlarini normallashtirish.
Bu usulning mohiyati shundaki, xavfli vaziyat ehtimoli bor bo’lgan omillar miqdorlari kamayishiga yo’naltirilgan tashkiliy, texnik tadbirlarni uzviy ketma-ketlikda o’tkazish konveyer uslubi-avtozavodlarda ATK,ASlarda TXK-1da ko’zda tutiladi (texnologik jarayonlarni mukammallashtirish; jihozlarni yangilash, jamoaviy himoya vositalari joriy etish va x.k.).
Masofa bilan himoya qilish.
Gomosfera va noksosferaning kesishish zonalarini iloji boricha qisqartirish (to’siqlar qo’llash, jihozlarda avtomatizastiya va masofadan turib boshqarishni qo’llab, zonalardan operatorni xavfdan uzoqlashtirish va h.k. Asaka avtozavodi misolida).
Vaqti bilan himoyalash yuqoridagi usullar samara bermaganda qo’llaniladi, ya’ni zararli va xavfli zonalarda ishchining bo’lish vaqti chegaralanadi (qisqartirilgan ish haftasi yoki smenasi, smena davomida qo’shimcha tanaffuslar davriyligi, akkumulyatorchi, payvandlovchi va x.k.)
Yuqori xavfli vaziyat ehtimoli bor ishlarga ishchilarni moslash xavfli ishlarga kasbiy tanlov, maxsus o’qitish, oldindan va davriy tibbiy ko’rikdan o’tkazish, individual himoya vositalari bilan ta’minlash, haydovchilarni 50 yoshdan oshganda har yili tibbiy ko’rikdan o’tkazish.
Birinchi guruh xavflar (potenstial bo’lib), o’z ichiga ishchilar sog’lig’iga yashirin xavf soluvchi omillarni oladi. Hid bilan kiruvchi, qo’l orqali o’tuvchi zaharli moddalar: benzin, gazlar, bo’yoqlar, spirt, tormoz suyuqligi, antifriz va h.k.
Ikkinchi guruh ayni shu vaqtda yoki qandaydir vaqt davomida odamga real salbiy ta’sir etuvchi omillardan tashkil topgan. Ma’lum vaqtlarda, ya’ni xavf tashabbuskori xavf manbasiga ta’sir etganda potenstial xavf real xavfga aylanishi mumkin.
Ma’ruzada havfli vaziyatlarning sinflanishi, potensial havflar, ishlab chiqarish sharoitida ishlovchilarga ta’sir qiladigan fizik, kimyoviy, biologik va psixo fiziologik omillar haqida tushunchaga ega bo’lib ularning ta’siridan himoyalanish usullarini o’rgandik.
Kuch ta’sirida mexanik ravishda yuruvchi mashina, mexanizm, moddiy mahsulot, asbob uskunalar maxsulotlarning qismi, konstrukstiya, balandlik,tushayotgan narsalar, o’tkir qirralar- Er usti transporti, harakatdagi konteynerlar, yuk ko’taruvchi mexanizmlar, harakatlanuvchi stanok va texnologik jihozlar, ishlatilayotgan asbob uskuna, mexanizmlarni yurgizish qismlari, robotlar, manipulyatorlar, katta bosim ostidagi tizimlar, idishlar, gaz trubalari, pnevmo va gidrojihozlar, qurilish va montaj ishlari, mashina va uskuna jihozlariga xizmat ko’rsatish. Kesuvchi va tashuvchi asboblar, zausenstalar, notekis yuzalar, metall payraxalari, mo’rd materiallar parchalari.
Akustik to’lqinlanish, infratovush, shovqin ultra tovush - Kichik chastotali tebranish, ichdan yonar dvigatel lar va boshqa yuqori energetikali tizimlar. Texnologik uskuna jihozlar,transport, pnevmo-asbob,energetik mashinalar, urilib ishlaydigan mexanizmlar,gazlarni sinovchi uskunalar va boshqalar kiradi. Ultra tovushli generatorlari, ultra tovushni defekoskoplar, ultra tovush vannalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |