Mehnat muhofazasi yo’nalishi 4ta bo’limdan iborat:
1.Mehnat muhofazasini tashkil qilish (qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoidalar va x.k).
2.Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.
3.Texnika xavfsizligi.
4.Yong’in xavfsizligi.
Hodisa-bu ish davrida yoki yashash joyida kichik noxush voqea (masalan, avtomobillarning kichik to’qnashuvi, avtomobillarning pachaqlanishi yo’l-transporti hodisalari); Bunday hodisalar avtomobil transportida qish mavsumida ko’p sodir etiladi.
Avariya-bu falokat, mahsulot tayyorlashda ularni yuklashda, tashishda ishlatiladigan mashinalar, jihozlar, texnologik tizimdagi uskunalar (avtomobillar) majmuasi nosozligi, elektr ta’minotidagi nosozlik, binolar, qurilmadagi (avtomobildagi) nosozliklar tufayli vujudga keladigan voqeadir. Bunga transport vositalarining o’zaro to’qnashuvi yoki biror to’siqqa urilishlari, korxonadagi texnologik nosozliklar, moddalarni ayniqsa xavfli moddalarni (benzin, antifriz) saqlashda yo’l qo’yilgan xatoliklar, terrorchilar harakati tufayli sodir bo’ladigan falokatlar, tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi kabilar kiradi. O’zbekiston Respublikasining 19.08.99 yildagi “Yo’l xarakat xavfsizligi” to’g’risidagi qonunida avariya-yo’l – transport xodisasi transport vositasining yo’ldagi qatnovi jarayonida sodir bo’lib, fuqarolarning o’limi yoki ularning sog’ligiga zarar etishiga, transport vositalari, inshoatlar, yuklarning, shkastlanishga yoki boshqa tarzda moddiy zarar etkazishga sabab bo’lgan xodisaga aytiladi.
Katastrofa-bu halokat bo’lib, avariyadan farqi xalokat qamrovi kengroq va odamlar xalok bo’lishiga inshoot-imorat va ishlab chiqarish vositalari, xududlarning vayron bo’lishiga olib keladi.
Kirish maruzasida HFX fanining yo’nalishlari vazifalari, Mehnatni muhofaza qilish yo’nalishining bo’limlari, asosiy tushunchalar, xavfli vaziyatlarning paydo bo’lish ehtimoli kabi masalalar ko’rildi.
2-ma’ruza
O’zbekiston Respublikasigning “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida” gi qonuni, uning mohiyati, qo’llanish sohalari. Mehnatni muhofaza qilish chora tadbirlarini rejalashtirish, moliyalashtirishda jamoa shartnomasining va ahdnomasining o’rni. Mehnatni muhofaza qilishga bag’ishlangan GOST va boshqa me’yoriy hujjatlar
Mehnat muhofazasi to’g’risidagi asosiy qonunlar:
1. 1992 yil 8 dekabrida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining konstitustiyasi.
2. «Mehnat muhofazasi to’g’risida» gi 1993 yil 6 mayda qabul qilingan qonun.
3.1996 yil 1 apreldan kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi»
4.Mehnat muhofazasiga bag’ishlangan Davlat standartlari (SSBT-MMST)
5.Avtomobil transportiga bag’ishlangan qonunlar: «Shahar yo’lovchi transporti to’g’risida» (1997y 24 aprel), 8.23 - moddalari, «Avtomobil transporti to’g’risida» (1998y 29 avgust), 12.29 – moddalari.
O’zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida” gi qonunlari bo’limlari va tarkibi
Do'stlaringiz bilan baham: |