Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

Savollar:
1. Mehnat darslarining mohiyati
2. Mehnat darslarining korreksion yo‘naltirilganligi.
3. Propedevtik davr o‘z ichiga nimani oladi?
Adabiyotlar:
1.J. A Rubin Bolalar art terapiyasi 2005. 263-283 betlar,284- 
288 betlar.
2.Yusupova N. “Qo‘l mehnatini o‘qitish maxsus metodikasi va 
predmetli-amaliy ta’lim” Т.: «Nizomiy nomidagi TDPU”, 2012.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1 .Т.С.Зыкова, М.А.Зыкова., “Методика предметно практи­
ческого обучения для глухих детей” М.: 2002г.
169


13. Alohida yordamga muhtoj bolalarni mehnatga o‘qitish
maxsus metodikasi bo‘yicha dastur talablarimng
tasnifi
«Imkoniyati cheklangan bolalar ma’lum ijtimoiy va ekologik 
muhitda jismoniy va psixik jihatdan cheklanganlikni, balki ayni shu 
muhitlarda xulq-atvor va ijtimoiy rollami ham o‘zida namoyon 
etadi. Shu boisdan, maktab bolaning hayotida yangi va o‘zgaruvchi 
muhitni bera oladi. ..»10
Albatta, tadqiqot san’at dasturi bolalarning kengayib kelayotgan 
dunyosiga (15.7C) ko‘ra oladigan kattalar ko‘zlarini ochdi. Ulaming 
o‘sish va o‘z ijodiy salohiyati kutilmagan darajada yuqori ekan- 
ligidan bizni xabardor qildi. Ular tartibsiz qo‘rquvga konstruktiv 
javob berdilar. Biz bolalarni yangi materiallar bilan ilk bor 
tanishishlari va shu materiailardan go‘zal san’at namunalarini 
yaratganlarini ko‘rdik.
Dastlab tanlash erkinligi noqulaylik tug'dirgan bo‘lsa-da, 
bolalar tez orada, biz ulardan o‘rta, mavzuni, va ish joyi haqida o‘z 
qarorlarini qabul qilishlarini kutayotganimizni tushunishdi. Shundan 
keyin, ular o‘zi yaqinda orttirib olingan tanlash huquqini (yo‘ki bu 
to‘g‘rimi?) bajonidil foydalana boshladilar. Nusxalash yo‘ki 
kuzatuv kabi oddiy mashqdan kelib chiqdi-ki, yuqoridagi holatdan 
kelib chiqib nogiron bolalar himoya va ishonchga muhtojdirlar 
(Lowenfeld, 1957, p. 431). Ko‘pincha, bolalar ilgari yashirin imko- 
niyatlaridan bizning ko‘zlarimizni ochdilar. Masalan, Jimmyning 
“Rang nima?” degan savolga mazmunli javobi, shaxsiy vizual rag‘- 
batlantirish dasturiga olib keldi. Karlaming yog‘och o‘ymakorlik- 
dagi qiziqish va mahorati darsdan tashqari yog‘ochsozlik to‘gara- 
gida muvaffaqiyatlarga (rasm 15,5) olib keldi. 0 ‘quv yili davomida 
ularning barchasi tanlash erkinligini va mustaqil faoliyatlari uchun 
"ochiq darslar"da yetakchi bo‘lishlariga olib keldi.
San’at dasturining yana bir usuli, bizga qabul qilish va o‘zlash- 
tirishning noyob va go‘zal yo‘llarini ko‘rsatdi. Jamiyatimiz- 
da,"nogironlik farqli va o‘zining noyob qirralari sifatida e’tirof 
etilmasa-da, balki kamchiliklar sifatida ko'riladi" (Moustakas, 1959,
'''T he Futare o f Children. Children with Disabilities. VOLUME 22. NUMBER 1. SPRING 2012. 
P-79-96 (mazmim-mohiyati olindi).
170


p. 247), biz birga ishlagan bolalar, bizning nogironlarga nisbatan 
bo‘lgan “nogironlik- bosh kamchilik” tasawurimizni o‘zgartirdilar. 
Bu ulaming imkoniyati cheklanganligi, ular sabab ko‘p alamli 
tuyg‘ular xis qilganiarini inkor qilish mumkin emas edi. Samimiylik 
bilan aytish mumkin-ki, ko‘zi ojiz bolalar san’at darslaridagi 
kreativligi va qabulchanligini ko‘rib ular ojiz emas deysiz.
Bu san’at dasturi doirasida bolalaming ishlari sifati sezilarli 
darajada ko‘tarilgan edi, ular ishlash jarayonining erkinligini bosh- 
qarar edilar va o‘zlaridan mamnm edilar. Ular tobora murakkab va 
moslashtirilgan mahsulotlar yaratish jarayonida o‘zlarini noyob 
shaxs ekanliklarini kashf etdilar (va, ehtimol, amalga oshirishdi) Va, 
paradoksal, o‘qitish jarayonida ular ko‘ra olmasligi ulami jahlini 
chiqarishi bizning ko‘zimizni ochdi.
Biz “yuksalish darajasiga faqatgina tug‘ma cheklovlardan 
emas, balkim o‘zlarining cheklovlariga bog‘liq, lekin kattalar ham 
o‘z cheklovlari bolishi mumkin” deb bildik. (Weiner, 1967, p. 7). 
Biz “bolani davolash va uning qobiliyatini cheksizligini o‘ziga to'liq 
ochib bera oladigan yo‘l faqatgina bolaning o‘rganishga boMgan 
chanqoqligi va tayyorligi”ni ham bilib oldik. (Moustakas, 1959, pp. 
217-218).u
Dastur o‘quvchilarni narsa yasashdan mustaqilliklarini asta- 
sekin rivojlanishini hisobga olgan holda tuzilgan.
Masalan: agar 1 sinfda amaliy ishlar o‘qituvchi tomonidan meh­
nat usullarini ko‘rsatish va so‘z ko‘rsatmasi yordamida bajarilsa, 

sinfga kelib esa o‘quvchilami ishini mustaqil ravishda predmet 
texnologik xarita, texnik rasm va boshqa chamalash turlariga 
tayanib bajarishga o‘rgatib borish lozim.
Mavzular rejasida «Amaliy mashqlar ish usullari» maxsus 
bo‘limi ajratilgan bo‘lib, unda materiallar, asbob-uskunalardan 
samarali foydalanish uchun materiallar, ish usullarini o‘rganish.
Darsning nihoyasida bajarilgan ish baholanadi va dars yakun- 
lanadi. Tabiiyki, bu ketma-ketlikka amal qilish o‘quv jarayonida 
majburiy emas. Har bir dars qismida bosqichlar almashtirilishi yoki 
qayta qo‘yilishi mumkin. Lekin darsning matni buzilmasdan barcha
11 J. A Rubin Bolalar art terapiyasi 2005. 263-283
171


bosqichlar bir-biri bilan bog‘lanib, qo‘yilgan maqsadga muvofiq 
bo‘lishi lozim.
Dars rejasini tuzishda o‘qituvchi har bir bosqichni e’tiborga 
olishi lozim: vaqtoi belgilash, savollar tuzish, kerak bo‘lgan jihoz- 
larni va materiallami tanlash. Qog‘oz va karton bilan ishlash 
mashg‘ulotlarida tarbiyaviy vazifalar turlichadir. Birinchidan, bular 
mehnat ta’limining umumiy vazifalaridir. Bunga qog‘oz va karton- 
dan turli buyumlami tayyorlash jarayonida mehnat ko‘nikma va 
malakalarini rivojlantirish hamda mustahkamlash, mehnat madani- 
yatini tarbiyalash, o‘quvchilami kasb mehnatiga tayyorlash kiradi.
Bundan tashqari, qog‘oz va karton bilan ishlash rivojlantiruvchi 
ahamiyatga ega. Boladan qiyinchiliklami yengib o‘tishda tashab- 
buskorlik, qat’iylik talab qilinadi. Bola o‘z oldiga aniq vazifalar 
qo‘yadi va ulami amalga oshirishga asta-sekin harakat qiladi. Shu 
tarzda bola maqsadga yo‘nalgan ravishda harakat qilishga o‘rganadi. 
Qog‘oz bilan ishlashda o‘zlashtirilgan usullar bolalar diqqatining 
patologik tarqoqligini bartaraf etishga imkon beradi. Uning turg‘un 
bo‘lishiga yordam beradi.
Qo‘l mehnati dasturi ikki xil darajadagi qiyinchiliklami e’tibor­
ga olgan holda tuzilgan. Bu esa qog‘oz va karton bilan ishlash 
usullarida, buyumlar tayyorlashda, materiallar, asboblar va mosla- 
malami qo‘llanish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Keyinchalik bir turdagi ishlami bajargan vaqtda o‘quvchilarga 
buyum namunasini tahlil qilish va uni tayyorlash bosqichlarini 
tasvirlash vazifasi topshiriladi.
0 ‘quvchilarda ishini o‘z-o‘zini nazorat qilib borish malakalari, 
buyumni tayyorlash vaqtida jarayonlaming izchilligiga rioya qilish 
malakasi, buyumlami estetik jihatdan bezatish, mehnat madani- 
yatiga rioya qilish istagi rivojlanadi. Dasturda tayyorlash uchun 
tavsiya etiladigan buyumlar ro‘yxati berilgan. Bu ro‘yxat taxminiy 
bo‘lib, har bir o‘qituvchi bir ish obyektini ikkinchi ish obyekti bilan 
almashtirishi mumkin.
0 ‘qituvchi ish obyektlarini tanlaganda mehnat ta’limining 
asosiy vazifalariga amal qilishi lozim, ammo shu bilan bir vaqtda 
sinfning imkoniyatlarini va ba’zi aqli zaif bolalaming individual 
xususiyatlarini hisobga olish kerak. Bundan tashqari o‘qituvchi qan­
day buyum tayyorlanishini, bu buyum nima uchun mo‘ljallanganini,
172


uni tayyorlashda bolalar qanday bilim va ko‘nikmalami egallab 
olishlarini ma’lum qilishi lozim. Ishni bajarishda bolalar qoniqish 
hosil qilishlari lozim.
Qog‘oz bilan ishlash bolalaming sevimli mashg‘ulotlaridan 
biridir. Qog‘ozdan ko‘pincha chiroyli va foydali buyumlar (sayr 
vaqtida kiyish uchun shapkachalar, archa uchun o‘yinchoq!ar, 
o‘quvchilarbop kiyimlami saqlaydigan qutichalar) yasash mumkin. 
Qog‘oz bilan ishlash alohida jismoniy kuchlami sarflashni, 
murakkab asboblardan foydalanishni talab qilmaydi. Qog‘ozdan 
tayyorlangan buyumlaming tuzilishi murakkab emas, shu boisdan 
bolalar ishning aniq natijalariga tezda erishadilar.
Bolalar qog'oz bilan ishlayotganda unga ishlov berishning turli 
usuliarini o‘zlashtirib oladilar, ancha murakkab tarzda bu usullar 
boshqa materiallarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Masalan: 
qaychi bilan gazlama kesish, andoza bo‘yicha bichiq hosil qilish 
shunday ish usullardandir. Bir xil ish usuliarini bir necha marta 
bajarish o‘ng va chap qo‘l barmoqlar harakati bilan turli ranglami 
ajrata bilishni va ulami nomlashni o‘rganadilar, applikatsiya 
ishlarini bajarish esa rang uyg‘unligini sezishni qog‘ozda bo‘lak- 
lami taqsimlashni shakllantiradi. Bundan tashqari, qog‘oz bilan 
ishlash vaqtida bolalar qog‘ozni buklashni, kesishni o‘rganadilar, 
geometrik shakllar bilan tanishadilar, to‘g‘ri va egri chiziqlar 
bo‘yicha qaychilar bilan kesish usuliarini o‘zlashtirib oladilar.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish