muloqotiga erishish shartdir. 0 ‘qituvchi nutqiy materialni darsgacha
tayyorlab qo‘yadi. Ish davomida tegishli vaziyatga
nutqiy materialni
olib
kiradi.
Ushbu
nutqiy materialning
qabul
qilinishini
yengillashtirish uchun u kartochkalarga yozib qo‘yiladi, tarqatiladi.
0 ‘quvchi agar faoliyat davomida imo-ishora yoki daktil nutqdan
foydalansa, zinhor taqiqlamaslik lozim. Aksincha,
ayni vaziyatda
imo-ishora yoki daktillab aytilgan so‘zni og‘zaki ayttirish talab
qilinadi. Shunda so‘zning ma’nosi 3 ko‘rinishdagi nutqiy vositalarda
uyg‘unlashadi. Shu o‘rinda yana shuni ta’kidlaymizki, nutqiy
rivojlanish o‘quvchilarda turlichadir. Demak,
bolaning nutqi
qanchalik rivojlansa, tushuntirish imkoniyati shunchalik keng
bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, o‘rtog‘iga tushuntirish imkoniyati chek-
langan bo‘lib, faoliyat amalga oshmay qoladi. Shu paytda o‘quvchi
tushuntirishning boshqa yo‘llari (daktil, imo-ishora)ga
murojaat
qiladi. Shu jarayonni agar taqiqlasak, unda axborotni uzatuvchi
o‘quvchi ham, qabul qiluvchi o‘quvchi ham so‘zning, harakatning
ma’nosini tushunish maydonidan chetda qoladi.
Bu esa nutqiy
amaliyotning cheklanishidir. Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi
so‘z harakat, imo-ishora yoki daktillab aytilganda parallel ravishda
og‘zaki aytilishini talab qilish, nazorat qilish,
zarur paytda yordam
berishdir.
Ushbu faoliyatni tashkil qilish shaklida ish mazmuni kichik
o‘qituvchidagi kabidir. Faqat bunda faoliyatni kichik o‘qituvchi
emas boshlovchi boshqaradi, buning uchun quyidagi ish turlarini
tavsiya qilamiz.
1. Qo'shni guruh topshirig'ini bajarish (3 sinfdan boshlanadi).
Bu ish turida bir guruh a’zolari
boshqa gumh ishini tashkil
qiladi.
Masalan, ikkala guruh «Maktab hovlisi» maketining eskizini
chizadi. Biroq ular o‘z eskizlari bo‘yicha emas, balki boshqa guruh
chizgan eskiz bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradilar. Bunda
guruhlar faoliyatlarini o‘zaro nazorat qiladilar. Masalan:
Guruh A- ish uchun nima kerak?
Guruh B- ish uchun ...,...,... kerak.
Guruh A-sizlarga ish uchun ...,...,... kerak bo‘ldi.
Guruh B- aw al daraxtlami yasang.
Bitta 2 qavatli, bitta 1 qavatli bino yasang.
190
Guruh A- har bir qavatda nechta oyna bo‘lsin?
Guruh V- har bir qavatda 4 tadan oyna bo‘lsin.
Guruh A- daraxtlami qaerga o‘mataylik?
Guruh V- Eskizga qarang.
Guruh a’zolarining topshirig‘ini bajarish (2 sinfdan boshla-
nadi).
Har bir guruh o‘qituvchidan topshiriqlami oladi. Masalan, 2
qavatli uy qurish. Topshiriqni
boshlovchi bajaradi, boshqa
o‘quvchilar (guruh a’zolari) unga nutqiy instruksiyalar beradi.
0 ‘qituvchi ish tugashi bilan boshlovchi ishini baholaydi.
Bu usulni yana ham murakkablashtirish mumkin. Masalan,
boshlovchi harakatlami shirma oitida bajaradi. Guruh a’zolari esa
harakatlar ketma-ketligini xotirasida tiklab, instruktsiya beradi. Bu
ulami izlanishga, fikrlashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: