Q o i mehnati bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar.
Darsdan tashqari vaqtlarda mehnat bilan shug‘ullanish aqli zaif
o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlardan biridir. Bu ishlar mehnat
175
ko‘nikma va malakalarining yanada chuqur va puxta shakllanishiga,
mehnat madaniyatining tarbiyalanishiga, o‘quvchilar bo‘sh vaqti-
ning mazmunli o‘tishiga yordam beradi.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun san’atning maqsadi va
ahamiyatini tushuntirib berish. Hamma bolalar bilan ishlashda to4gri
sanalgan, yaxshi tanish narsa san’at sifatida ko‘pincha noto‘gri sa-
ba'blar bilan tagdim qilinadi. Bunday, qo‘llar chaqqonligini rivoj-
lantirish yoki bo‘lishga o‘rgatish kabi harakatlar bo‘sh vaqtni tashkil
qilish uchun foydasiz deyish qiyin, lekin san’atda imkoniyati chek
langan bola uchun yanada ahamiyatliroq qadriyatlar mavjud (DVD
15.9).12
Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o‘quvchi!ar mehnat darsla-
ridagi kabi materiallar va asboblar bilan ish ko‘radilar (qog‘oz va
karton bilan ishlash, applikatsiya, loy va plastilindan buyumlar
yasash). Mashg‘ulotlaming shakli qo‘l mehnati darslaridan bosh-
qacharoq boMishi lozim. Bu mashg‘ulotlarda bolalar o‘zlarini erkin
xis etadilar, ijodiy ravishda bemalol ishlaydilar.
0 ‘quvchilaming sinfdan tashqari ish shakllariga ishlab chiqarish
ilg‘orlari, faxriylari bilan uchrashuvlar ham kiradi.Bunday uchra-
shuvlar vaqtida o‘quv-tarbiyaviy jarayonining bir necha vazifalari
amalga oshiriladi; o‘quvchilaming aniq kasblar haqidagi bilimlari
kengayadi; ularda mehnat kishilariga nisbatan hurmat munosabatlari
shakllantiriladi.
To‘garak ishlari o‘quvchilaming bilimlarini chuqurlashtirish va
kengaytirishda, ularda tashabbuskorlikni, ijodkorlikni rivojlantirish-
da katta ahamiyat kasb etib, bolalaming dunyoqarashlarini
kengaytiradi, darsdan olgari ko‘nikma, malakalami mustahkamlab,
yangilarini shakllantirishga imkon yaratadi.
To‘garak ishlari o‘quv faoliyati bilan bevosita bog‘langan,
ammo to‘garakda o‘quv faoliyati vazifalari o‘ziga xos sharoitda
darsdan farqli yangi faoliyat turlarida, boshqa fan doirasida erkin
ishtirok etish asosida amalga oshiriladi.
To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilar mehnatning uch asosiy
tarkibi: faoliyat maqsadi bo‘lgan predmet (buyum) va barcha ishlar
majmuasini ko'rishga imkon beradigan reja (chamalangan qism);
12
u S.
A Rubin Bolalar art terapiyasi 2005. 263-283
176
buyumni amaliy tayyorlash (bajarish qismi); ishni bajarish nazorat
qilish va ishni baholashdagi jarayonida yakuniy nazorat (nazorat-
baholash qismi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari) lozim.
To‘garak ishlarida turli faoliyatlardan foydalaniladi. Qog‘oz bi
lan ishlashning bir necha turlarini: modellash, applikatsiya, to‘qish,
gul, qushlar, hayvonlar tasvirlarini, rangli qog‘ozlardan o‘yinchoq-
lami yasash, archa o‘yinchoqlarini tayyorlashni ajratish mumkin.
Boshqa ish turlaridan foydalansa ham bo‘ladi. Masalan, peno-
plast bilan qayiqcha, samolyot, mushukcha, qor qoplagan daraxt
shoxi); tuxum po‘stidan, rangli qog‘oz parchalaridan mozaika; pape-
mashedan archa o‘yinchoqlari yasash; gugurt qutilari bilan ishlash,
(mato, rangli qog‘oz, tabiiy materiallar bilan ishlash va hokazolar).
Faoliyatning dastlabki turi - qog‘ozdan modellash-bolalar uchun
tanish bo‘lib ularda bu ishga qiziqish uyg‘otish uchun tayyorlangan
buyumlami namoyish qilib, ulami qayerda ishlatish mumkinligini
tushuntirish zarur. Bolalarga dasturdagidan ko‘ra murakkabroq
bo‘lgan ish variantini, masalan shablonlami mustaqil tayyorlashni
taklif etish mumkin.
Bolalarda qo‘lning mayda muskullarini rivojlantirishga imkon
yaratadigan to‘qishga qiziqish uyg‘otish juda muhim. To‘qish bola
larda chidamlik, boshlagan ishni nihoyasiga yetkazish ko‘nik-
malarini tarbiyalashga yordam beradi.
To‘garak ishlarining yakunida a’zolar ishlarining namoyishini
o‘tkazish lozim.
Kar bolalar maktablari predmetli amaliy ta’lim darslari dastur-
larining tavsifnomasi.
Dasturda o‘qituvchi va
0
‘quvchilar tomonidan predmetli amaliy
ta’lim darslarida qo'llanilishi lozim bo‘lgan aniq lug‘at va iboralair
keltiriladi. 0 ‘quvchilaming predmetli faoliyat jarayonida tanishib
boradigan hayotiy tushunchalari so‘zlar orqali beriladi. O'quvchilar
tomonidan o‘zlashtiriluvchi bunday hayotiy tushunchalar predmetli
faoliyat orqali amaliy bajarilgan tahlil, sintez, umumlashtirish,
taqqoslash va tasniflash funksiyalari orqali mustahkamlab boriladi.
Iboralardan predmetlar bilan bog‘liq bo‘lgan jamoaviy amaliy
faoliyat jarayonida o‘quvchilaming o‘qituvchi, shuningdek, bir-
birlari bilan muloqotlarini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
177
Bundan tashqari dasturda kar bolalar rivojlanish xususiyatlarini
hisobga olgan holdagi alohida mehnat ko‘nikrna va malakalarining
hajmi hamda ulaming ketma-ketligini o'zlashtirish tartibi aniq
ko‘rsatilgan. Bu ko‘nikma va malakalar eng avvalo o‘quvchilar
shug‘ullanuvchi aniq faoliyat turlari orqali aniqlanadi. Masalan,
o‘quvchilar yasash jarayonida ma’lum bir shakl va oichamdagi
plastilin yoki loyni yumshatish ko‘nikmasi, qog‘ozdan modellash-
tirish jarayonida esa andoza bo‘yicha murakkab kontumi chizib
chiqish, andozadan tushirib olingan figuralami tartibli kesib olish,
yopishtirish, ko‘chirib olish kabi ko‘nikmalar shakllantirilsa,
konstruktor bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar otvyortka va gay-
kali kalit bilan ishlash ko‘nikmalarini, mato bilan ishlash jarayonida
igna va angishvonadan foydalangan holda tikish, tugmacha va
ilgaklar qadash kabi ko'nikmalami egallasalar, o‘quv-tajriba
maydonida esa yer kavlash, yumshatish, ariq tortish, umg‘ sepish,
tayyor ko‘chatni o‘tqazish kabi ko‘nikmalami egallab boradilar.
Dasturda, shuningdek, o‘quvchilar predmetli amaliy faoliyat
jarayonida egallashlari lozim boMgan tashkiliy ko‘nikma va
malakalar berilgan. Ushbu ko‘nikmalar sirasida “kichik o‘qituvchi”
huquqi asosida sinf ishiga rahbarlik qilish, brigadada brigadir
sifatida yoki juftlik bilan ishlashda do‘stining ishiga rahbarlik qilish
kabi ko‘nikmalar asosiy hisoblanadi.
Tashkiliy ko‘nikmalaming rivojlantirilishi kar bolalaming
ma’lum bir shaxsiy xislatlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Faoliyat mazmunini aniqlashda predmetli amaliy ta’limning amalga
oshish imkonini bemvchi material talablari hisobga olingan. Das
turda tavsiya etiluvchi materiallar qayta ishlanishiga yetarli darajada
yengil, ko‘p vaqtni talab qilmaydigan bo‘lib, maktablar uchun
erishimlidir. Bunday materiallar plastilin, qog‘oz, karton, tekstil va
tabiiy materiallar (shishka, yong‘oq po‘sti, daraxt ildizi), shu
ningdek, keng tarqalgan taxtali, plastmassali, metall va elektr
konstmktorlar, bolalar qurish materiallaridan iborat. Zarur hollarda
bir materiallar boshqasi bilan almashtirilishi mumkin (plastilin loy
bilan, yong‘oq urug‘ bilan va h.k). Kontmktor va qurish mate-
riallarini ham almashtirish mumkin, ammo ishning ham hajmi, ham
turi dasturda mantiqiy jihatdan o‘z aksini topishi lozim.
178
Dasturda ko'rsatilgan faoliyat obyektlari o‘quvchilar tomonidan
yasalayotgan buyumlarga nisbatan qiziqish va mas’uliyatini
oshirishga qaratilgan bo‘lib, ulaming amaliy, jamiyatga ahamiyatli
ekanligini nazarda tutgan holda tanlab olingan. Ba’zi bir yasalgan
buyumlar o‘quv jarayonida ko‘rgazmali qurol vosita (“Vodiy va
tog‘lar”, “Daryo va undagi inshootlar”, “Devoriy kalendar”, “Soat
millari”, “Kompas va termometr modellari” va boshqalar) yoki
sinfdan tashqari o‘yinlar (“Qushlar va hasharotlar” lotosi va
boshqalar) sifatida foydalaniladi. Boshqa turli-tuman yasash
buyumlari maktabda o‘tkaziluvchi bayramlar hamda sinfiii bezatish
maqsadida maxsus ravishda tayyorlanadi.
Dasturda ma’lum bir faoliyat turlariga har chorakda ajratiluvchi
umumiy soatlar miqdori ko‘rsatilgan. Bu holat o‘quvchilaming
dastlab faqat bir iturdagi faoliyat bilan, keyin esa navbatma-navbat
boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari lozim, degan ma’noni
anglatmaydi. Faoliyatdagi bir xillik o‘quvchilami tez toliqtirib, bir
faoliyatni ikkinchisi bilan almashtirib borilishi, aksincha, ulaming
qiziqishlari va faoliyatlarini orttiradi. Shu bois o‘qituvchi darsni
shunday rejalashtirishi Sozimki, bunda turli-tuman faoliyat turlari
mashg‘ulotda almashtirib borilishi lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |