Bolalar bilan jamoa bo‘lib biror predmet
yasalayotganda pred-
metlar, harakatlami nomlashga, o‘qituvchi yoki o‘rtog‘iga savol,
iltimos bilan murojaat qilishga, ishga munosabat bildirishga ehtiyoj
tug‘iladi. 0 ‘quvchilar tayyorlov sinflaridayoq so‘zli muloqotga
ehtiyojni anglab yetadilar. Masalan:
-So‘rang, kimda ... bor?
-Menda...... yo‘q.
-Menga...,...,... bering.
Nutq ma’nosini
tushunish,
undan foydalanish
boshqa
vaziyatlarga o‘tadi va boshqa darslarda ham amalga oshiriladi.
Predmetli amaliy ta’lim uchun tanlangan va o‘zlashtirilgan
nutqiy
material boshqa o‘quv predmetlari mazmunini ham tashkil etadi. Bu
bilan predmet amaliy ta’limning boshqa umumta’lim predmetlari
orasidagi uyg‘unligi belgilanadi.
0 ‘quvchilarni predmetli amaliy faoliyatni rejalashtirishga
o‘qitish shu yo‘nalish bo‘yicha dastuming muhim bo‘limi hisob-
lanadi. Bu jarayon o‘quvchilar mantiqiy tafakkurining rivojlanishi
bilan bog‘liqdir. Tafakkur jarayonlari (analiz, sintez,
taqqoslash,
umumlashtirish)ning amalga oshishi orqali eshitmaydigan bolalar
so‘zlashuv nutqi rivojlanadi.
Predmetli amaliy ta’lim darsida buyumni tayyorlash bo‘yicha
ish rejasini tuzish 1-sinfdan boshlanadi. U bilan parallel ravishda
topshiriqni tushunish, tuzish va ish yuzasidan hisobot berish
rivojlantiriladi.
Masalan, har bir sinf bo'yicha
predmetli amaliy faoliyatni
rejalashtirish o‘z yo‘nalishlariga ega: topshiriqni tushunish va
bajarish, buyumni tayyorlash rejasini tuzish, kerakli ish qurollari va
jihozlami aniqlash, o'rtog‘iga topshiriq berish va ish yuzasidan
hisobot berish kabilar amaliy faoliyatni
rejalashtirishni shakllan-
tiradi:
«Olma» (rasm).
Qalamni ol.
Qalamni oldim.
Olma rasmini chiz.
Olma rasmini chizdim.
Band chiz.
Band chizdim.
Olmani bo‘ya.
Olmani bo‘yadim.
199
Shu kabi ishga oid topshiriqlar tuzilgandan so‘ng: - Sen nima
qilding? - savoli faoliyatni rejalashtirishga turtki bo‘ladi.
Ushbu savol buyumni yasashdagi har bir faoliyat uchun o‘z
vaqtida berilishi shart. Shu jumladan, o‘z vaqtida javob tariqasida
aytilgan jumla hisobot uchun tayyorgarlik bo‘ladi.
Bu kabi nutqiy muloqotga tortish jarayoni o‘quvchi uchun o‘z
ish faoliyatini rejalashtirishga sharoit yaratadi. Agar o‘quvchi har
bir ish turi bo‘yicha hisobot berishga qiynalsa: - Awal nima qil
ding? Keyinchi? kabi savollar bilan murojaat qilinadi. Bu muro-
jaatlar o‘quvchini o‘z fikrini nutq orqali ifodalashga majbur qiladi.
Bu vaziyatda o‘qituvchining mahorati talab
qilinadi, chunki u:
-o‘quvchi ish faoliyatining har bir bosqichini kuzatishi;
-o‘quvchining u yoki bu predmetga (yordamga) bo‘lgan ehtiyo-
jini muammoli vaziyat sifatida anglab, nutqiy muloqot uchun foy-
dalanishi;
-o‘quvchining har bir harakatini o‘z vaqtida rag‘batlantirishi
lozim.
Shunday qilib, predmetli amaliy ta’lim darsida o‘qituvchining
o4z vazifalarini amalga oshirish yuzasidan
yangi pedagogik ish
usullari va turlarini keltirib o‘tdik. Eng muhimi, ushbu dars tilni
muloqot vositasi va tafakkur quroli sifatida egallash uchun zamin
ekanligini o'qituvchi o‘zi anglamog‘i va o‘quvchi ongiga
singdirmog‘i lozim. Amaliy faoliyat natijasi
buyumning qanchalik
asliga yaqin tayyorlanishidan ham ko‘ra, o‘quvchining tayyorlash
jarayonining har bir bosqichini va predmetlami qay darajada his
qilishi muhimroqdir. Bu esa predmetli amaliy ta’lim darsining
mohiyatini ochib beruvchi holatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: