0 ‘qituvchi: - Bugun darsda nima qilamiz?
0 ‘quvchilar: - Chizamiz. Bodring chizamiz. Bodring rasmini
chizamiz.
0 ‘qituvchi: - Ish uchun bizga nimalar kerak?
0 ‘quvchilar - Ish uchun bizga...... ....... .........kerak.
4. 0 ‘qituvchi tayyor buyumni namoyish qiladi. 0 ‘quvchilar
namunaga qaraydilar va u nimadan
yasalganini aniqlaydilar,
savollarga javob beradilar.
0 ‘qituvchi applikatsiya namunasini ko‘rsatadi va so‘raydi:
Bugun darsda nima qilamiz?
0 ‘quvchilar: - qirqamiz, yopishtiramiz.
0 ‘qituvchi: - ish uchun nimalar kerak?
0 ‘quvchilar: - ish uchun ....,...... ........, ...... kerak.
5. 0 ‘qituvchi darsda ish uchun kerak bo‘lgan ish qurollarini
og‘zaki sanab o‘tadi. Bugun ish uchun bizga albom, qalamlar kerak
bo‘ladi.
0 ‘quvchilar: - Chizamiz. Rasm chizamiz.
6. 0 ‘qituvchi doskaga mavzuni yozishdan oldin o‘quvchilarga
kartochkalar tarqatadi. 0 ‘quvchilar kartochkalarni o‘qiydilar va
nima ish qiiishni aniqlaydilar. Masalan:
1-kartochka-Taxtachani ol, oldinga qo‘y.
2-kartochka-Yashil
rangli plastilinni ol, yumshat.
3-kartochka-Band yasa.
0 ‘qituvchi o‘quvchilardan kartochkalardagi topshiriqlami
o'qishni va o‘rtoqlarini diqqat bilan tinglashni talab qiladi.
Kartochkalardagi topshiriqlar ish rejasi asosida ketma-ket
mazmunda tuzilgan bo‘ladi.
Kartochkalar chalkash tarqatilgan bo‘ladi. 0 ‘quvchilar uni
o‘qigach, qaysi topshiriq birinchi bajarilishini
aniqlash orqali reja
tuziladi va mavzu aniqlanib, doskaga yoziladi. «Bodring» (yasash).
7. 2-3-4-sinflarda o‘qituvchi mavzuni og‘zaki e’lon qiladi.
Masalan: «Bog‘da kuz».
0 ‘qituvchi: - Aytingchi, nima qilsak bo‘ladi?
0 ‘quvchilar:- Maket yasaymiz.
0 ‘qituvchi: - Ish uchun bizga nimalar kerak?
0 ‘quvchilar:- Ish uchun bizga ... kerak.
0 ‘qituvchi: - Kim bilan birga ishlaysan?
196
0 ‘quvchi: - Iskandar bilan ishlayman.
0 ‘qituvchi: - Bugun maktab hovlisidagi daraxtlami kuzatamiz.
0 ‘qituvchi: - Nimalami ko‘rdingiz?
0 ‘quvchilar: - Barglar, shoxlar, mevalami ko‘rdik.
0 ‘qituvchi: - Nima qilamiz?
0 ‘quvchi: - Barglami yig‘ib, albomga yopishtiramiz.
Predmet amaliy ta’lim darslarida o'quvchilaming o‘ta faolligini
ta’minlash
uchun ulami izlanishga, fikrlashga undamoq lozim.
Masalan, o‘qituvchi partaga plastilinni qo‘yadi: - Nima qilamiz?
0 ‘quvchilar: - Yasaymiz. (lekin aynan nimani yasash kerakligi
noma’lum). 0 ‘qituvchi biron bir hayvonning gavda qismi (oyoq,
quloq, dum, ta n a ....... ) alohida chizilgan rasmni ko‘rsatadi. qismlar
umumlashtiriladi..
0 ‘qituvchi: - Bu nimaning oyog‘i?
0 ‘quvchilar: - Mushukning, itning ...
0 ‘qituvchi: - Bu nimaning dumi?
0 ‘quvchilar: - Itning. Itning dumi.
0 ‘qituvchi: - Nima yasaymiz?
0 ‘quvchilar: - It yasaymiz.
0 ‘quvchilami fikrlashga yana quyidagicha undash mumkin,
qopchada tayyorlanishi kerak bo‘lgan buyum-obyekt. 0 ‘quv-
chilardan uni ustidan ushlab sezish talab qilinadi.
0 ‘qituvchi: - Ushla. Bu nima?
0 ‘quvchi: - Bu mushuk.
0 ‘qituvchi: - Darsda nima qilamiz?
0 ‘quvchilar: - Mushuk yasaymiz (chizamiz).
0 ‘qituvchi dars mavzusini sharhlaydi va o‘quvchilarga
yetkazadi. Endi darsni amalga oshirishda ko‘zlangan
maqsad aniq
bo‘lmog‘i kerakligini va bu jarayon butun bir darsning natijasini
belgilashi mumkinligini ochib beramiz.
Predmetli amaliy ta’lim darslaridan ko‘zlangan didaktik
maqsadlar quyidagicha.
1.
Rivojlantiruvchi maqsad. Kundalik
maishiy tushunchalar
egallanadi, umumiy rivojlanish amalga oshiriladi, dunyoqarash
kengayadi.
197
2. Nutqni rivojlantirish. Nutqiy muloqot ko‘nikma va malakalari
shakllanadi.
3. Mantiqiy tafakkur rivojlanadi. So‘z - mantiq tafakkuri, sabab-
oqibatli fikriash shakllanadi.
4. Mehnat-kasbga yo‘naltirish. Qo‘l mehnati,
u yoki bu kasbga
oid qiziqishlar rivojlanadi.
5. Tarbiyaviy maqsad. 0 ‘quvchilarda shaxs sifatlari tarbiya-
lanadi.
Har bir dars yuqorida keltirilgan maqsadlaming ikki yoki
uchtasining bajarilishini ko‘zda tutadi. 0 ‘qituvchi
dars nihoyasida
ko‘zlangan maqsadlarga erishilganlikni tekshiradi. Masalan:
Mavzu: «Bodring» (yasash).
Do'stlaringiz bilan baham: