Tasviriy san’at tur va janrlari



Download 433,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana08.02.2022
Hajmi433,65 Kb.
#437184
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Maruzalar matni

 
SoY.
Soya xarakteri va uni tasvirda aniq va ifodali
taqsimlash turli-tuman – soya bizga predmet fakturasini ifodalaydi, uni
fazoviy muhitda joylashuv о‘rni, ob-havoning turli holatlarini ochib
beradi va h.k. Rassom tasvirda soya о‘rnini aniq topib, kompozitsiyani
ifodali uyushtiradi. Yorug‘likning о‘zga-ruvchan effektlari va u bilan
bog‘liq bо‘lgan tabiatning har xil holatlari
 
N.Ge. “Taynaya Vecherya”. 
 
 
9-mavzu. Kolorit tizimidagi ifodaviy vositalar 


KOLORIT 
 
KOLORIT (ital. colorito, lot. color — rang, boʻyoq) — 
tasviriy sanʼat
 
asarlari (koʻpincha rangtasvir) voqelikni real va ifodali tasvirlashda ranglarning 
oʻzaro mutanosibligi. Voqelikni taʼsirli tasvirlash vositasining tarkibiy qismi 
boʻlgan Kolorit asarning gʻoyasi, mazmuni, davri, uslubi hamda muallifning 
shaxsiga bogʻliq. Tarixda 
voqelik
tasvirida mahalliy ranglar ozmi-koʻpmi 
cheklanib, ramziy ranglardan koʻproq foydalanish (oʻrta asrlar sanʼatida) va 
voqelikni barcha boʻyoklarda (uning rangi, tusy, 
nursoya
 va b. dan foydalanib) 
rangdor ifodalash anʼanasi shakllangan. Kolorit ranglar uygʻunligiga koʻra, iliq 
(qizil, sariq, 
zargʻaldoq
) yoki sovuq (koʻk, yashil, 
binafsha
), sokin va jiddiy
yorugʻ yoki toʻq, rangdorligiga koʻra, yorqin, xira va b. boʻlishi mumkin. Ranglar 
uygʻunligi, uning toʻldirilishi va keskinligiga 
amal
 qilib, betakror va murakkab 
Kolorit yaratiladi (Velaskes, Titsian, V. I. Surikov, I. Ye. Repin, Oʻzbekistonlik 
rassomlardan P. Benkov, Oʻ. Tansiqboyev, 3. Kovalevskaya, Ch. 
Ahmarov
 va b. 
ning asarlari). 
Naqshlarda Kolorit birorta 
rang
(zangori, yashil, qizil, jigarrang va 
b.)ning hukmronligiga asoslaniladi, qolgan ranglar unga boʻysundiriladi. Mac, 
yashil rang muhitida barcha rang tuslari yashil rangga boʻysundiriladi. 
Shuningdek, Kolorit biror narsaning oʻziga xos tomonlari majmuini ham 
anglatadi. Mas, badiiy asarning oʻziga xos xususiyatlari (davr, milliylik va b.). 
Hozirgi biz yashayotgan davrda kompozitsiyaning koloristik
“kaliti” turli tumanki, xatto ular orasida eng asosiylarini ham birma-bir
aytib chiqish mushkul. Rangtasvir san’atining har bir yirik asarida
muallif rangning emotsional kuchidan unumli foydalanishga harakat
qiladi. Natijada o‘ziga xos “rangtasvir musiqasi” yuzaga keladi, u
albatta tomoshabin qalbiga, uning hissiyotiga ta’sir qilib, asarning badiiy
g‘oyasiga javob beradi. Gohida bu uyg‘unlik xatto bir-biriga yaqin
bo‘lgan lirik kayfiyat uyg‘otuvchi ranglar, juda nozik farqlanuvchi
tuslar, sizg‘ib o‘tuvchi tonlarning o‘zaro munosabati hisobiga yuzaga


keladi. Lekin ba’zida, asar maqsadi jarangdor, yorqin, kontrastli tonlarda
jo‘shqin va kuchli yangrovchi chiroyli kolorit asosida amalga oshiriladi. 

Har bir rangni doimo о‘ziga yaqin yoki kontrast bо‘lgan boshqa rang yoki 


nimranglar orasidagi о‘zaro aloqada qabul qilamiz. Rassom atrof-muhitda sodir 
bо‘layotgan ranglar orasidagi bu murakkab va nozik munosabatlarni 
“tarbiyalangan” nigohi bilan ilg‘ab oladi va uni bо‘yoqlar vositasida tasvirlay 
oladi. Rangtasvir mana shu ranglar va nimranglarning о‘zaro nozik 
munosabatlarida quriladi va bu munosabatlar vositasida rassom borliqni va unga 
bо‘lgan hissiyotini tasvirlab asar yaratadi. Rang-tasvir asarining rangli tо‘qimasi 
ranglarning о‘zaro nisbati olingan munosabatlaridan tashkil topadi va rassom bu 
ranglar munosabatini ma’lum bir yaxlitlikka jamlaydi. Bu ranglar 
mutanosibligiga kolorit deyiladi.
О‘rta asrlar rangtasvirida kolorit asosan lokal ranglar (murakkab 
bо‘lmagan ochiq ranglar lokal ranglar deyiladi) munosabatida qurilgan. Bu 
yorqin ochiq ranglar figura va predmetlarni konturlarigacha yopgan, rassom bu 
konturlarni aniq ichki chiziqlar yordamida, predmetlar hajmiga urg‘u berib 
chegaralangan. Asar kompozitsiyasidagi predmetlarning doimiy (haqiqiy) 
ranglari munosabatiga qurilgan kolorit lokal kolorit deyiladi. Hozirgi zamon 
rangtasvirida ham ba’zi rassomlar shu usuldan - lokal ranglar munosabatiga 
qurilgan lokal koloritdan foydalanishadi, lekin bu ranglar munosabati 
yoritilganlik va havoviy muhit qonuniyatlariga rioya qilgan holda quriladi.
Agar lokal yoki ochiq tonlar munosabati asosida kolorit nisbatan 
yaxlit va katta, bir xil bо‘yalgan maydon va dog‘larning о‘zaro munosabati 
hisbobiga qurilsa, ikkinchi holda esa asarning umumiy garmoniyasi mо‘yqalam 
qoldirgan kо‘p miqdordagi mayda va rang-barang dog‘chalar hisobiga erishiladi. 
Bu usul rang-tasvir usulidir. Shakl va rangga nisbatan bо‘lgan bu yonldashuvda 
kartina yozish tizimi yaqin masofadan har xil ton va nimranglar chizgisidan 
iborat mozaikaga о‘xshasa, uzoq masofadan qaralganda tо‘liq tugallangan shakl 
taassuroti va real mavjud predmetning alohida maxsus yoritilgan sharoitdagi 


xavoviy muhit va fazodagi mavjudlik hissi yuzaga keladi. Koloritning rang-tasvir 
usuli yorug‘lik va xavo bilan chambarchas bog‘liqdek, predmetlarni о‘z 
qobig‘ida о‘rab olib ularga harakatli holat, hayotiy tiyraklik va о‘zgaruvchanlik 
ifodasini baxsh etadi. Shuning uchun uning ifodaliligi tabiatining turlanishi 
hamda his-tuyg‘u, kayfiyat, hayot lirikasi limmo-lim bо‘lgan obrazlar bilan uzviy 
bog‘liqdir.
Asarda kolorit ifodaliligi ranglar och yoki tо‘qligi; uning yorqinligi, 
sokinligi, rangning sovuqligi yoki issiqligi bilan birga tasvirlangan predmetning 
yoritilganligi xarakteriga – yorug‘lik manbaining tabiiy yoki sun’iyligiga,
yorug‘likning kuchliligi yoki kuchsizligi va boshqa jihatlariga ham bog‘liq. Bu 
holatning badiiy mohiyati shundaki, yoritilganlik xarakteriga qarab moddiy
muhit har xil qabul qilinadi.

Download 433,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish