8-mavzu. Rasm tizimi ifodaviy vositalari
Harakat va vaqt ifodasi
Rasmning asosiy ifodaviy funksiyalaridan yana biri – tasvirda inson,
hayvonot olami, predmet va boshqa inson kо‘zi orqali sezi-ladigan
harakatning ifodalanishidir. Rangtasvir asari о‘z tabiati mohiyati bilan
harakatsiz bо‘lsa-da, bizning kо‘z о‘ngimizda tasvirda harakat sodir
bо‘layotgandek tuyuladi. Rassom tasvirda harakatni aynan kо‘chirmaydi – uning
nusxasini chizmaydi, u kо‘z orqali haqqoniy taassurot hosil qiluvchi
harakatning ifodaviy obrazini yaratadi. Harakatdagi naturani tasvirlab rassom,
fotografiyada yuz beradigan harakatning tо‘xtatilgan holatini bermaydi. Bu
harakatning bir holatdan ikkinchi holatga о‘tish nuqtasini tasvirlaydi.
Rassom P.Fedotovning “Svatovstvo mayora” (IX/6-rep.) asarida harakatning
turli holatlari, sovchining kuyov kelganligi haqidagi xabaridan sо‘nggi xonada
sodir bо‘layotgan holat tasvirlangan. Biz bu oniy lahzada sodir bо‘lgan
holatni uzoq kuzatuv orqali kо‘rishimiz mumkin. Bunga sabab rassom shu
lahzani ungacha bо‘lib о‘tgan tayyor-garchilik vaqti bilan birgalikdagi
“hikoyasi” sababli sezamiz. Kuyovni kutib olish uchun stol tuzayotgan ayolning
harakati, kuyov kelishi munosabati bilan yasanib olgan ona va qiz
allaqachon bu marosimga tayyor bо‘lishsa-da, ularning hayajonda turli
harakatdagi holatini va nihoyat otaning esa shoshib kamzuli tugmalarini
taqayotgan harakatlari orqali sezamiz. Kompozitsiya markazidagi ona va bо‘lajak
kelin harakatlari mezbonlardagi behalovatlikni ifodalab bersa, shu bilan birga
bir necha daqiqa avvalgi, xonadondagi osudalik seziladi. Qо‘shni xonada
mо‘ylovini “burab” kirishga tayyor turgan mayor, hamda stol tuzayotgan
xizmatkor ayol harakatlariga qarab xonadonda sodir bо‘lishi kutilayotgan
voqeani ham tasavvur qilishimizga imkoniyat yaratadi.
Yoritilganlik
Tasvir ifodaviyligi, naturaning yoritilganlik xususiyatiga ham bog‘liq.
Bu ifodaning badiiy mohiyati shundaki, yorug‘lik xarakteri sabab moddiy
dunyoni biz turlicha qabul qilamiz. Tabiatni kuzatib, erta tongda quyosh
chiqishida, tunda oy nur taratganda, yomg‘ir sharros quyganda, tabiatda sodir
bо‘layotgan boshqa holatlarda bir xil bо‘lmagan his-siyotlarni tuyamiz. Tabiiy
yoki sun’iy nurdan yorishgan tabiat yorug‘lik ta’sirida uzluksiz о‘zgarib turadi.
Agar bu о‘zgarishlarga diqqat bilan e’tibor bersak, albatta ilg‘ab bо‘lmas, aniq,
gohida noaniq tuyg‘ularni his etamiz. Tabiatdagi bu estetik ifodalilik xohi-
shimizga bog‘liq bо‘lmagan holda hissiyotimizga singib, bizning hayotiy
tajribamizda о‘z izini qoldiradi. Bu ifodalilik – yoritilganlik xarakterini ilg‘ab
о‘z asarida aniq tasvirlay olgan rassom tasvir orqali tomoshabinda ham shu
hissiyotni, aynan tabiatdan olganimizdek uyg‘ota olar ekan. Kartinadagi
yorug‘lik quyosh yoki oyning real yorug‘ligi emas – u faqat ranglar aniq
munosabati orqali predmetlar shakli va rangining havoviy muhit va
yoritilganlik qonuniyatlariga bо‘ysin-dirilgan holatining ifodasidir.
Yorug‘likning ifodaviy imkoniyatlarini ochgan buyuk rassomlardan biri
Rembrandt Xarmens Van Reyndir. U tabiat yoritilganlik holatini aniq his
qilish qobiliyatiga ega bо‘lib, tabiat qonuniyatlariga asoslanib о‘zining
rangtasvir tizimini yaratdi. Bu tizimda nur, nafaqat kartinadagi jonli yoki
jonsiz shakllarning tashqi qiyofasini, balki tasvirdagi bu nur personajlar qalbini
yoritib, shо‘la sochib turgandek tuyuladi. Rembrandtning sо‘nggi asarlarida
insonlar qiyofasi qorong‘i soyalar ichidan, quyuq ranglar nurli havoviy muhit
ichidan paydo bо‘lishadi. Yorug‘lik qorong‘ulikdan butkul ajratib tasvirlangan
emas, ular bir-biriga qarama-qarshi qо‘yilmagan, nur ham, soya ham – yaxlit
mujassamlikni tashkil etadi.
Soya
Tasviriy san’at asarida sodir bо‘layotgan voqelik, obrazlar xarakteri, holat
dinamikasi va tomoshabin asar mazmunini anglab yetishida, voqea
ishtirokchilariga bо‘lgan munosabatini uyg‘otishda soya alohida ahamiyatga ega.
Soya xarakteri va uni tasvirda aniq va ifodali taqsimlash turli-tuman – soya bizga
predmet fakturasini ifodalaydi, uni fazoviy muhitda joylashuv о‘rni, ob-havoning
turli holatlarini ochib beradi va h.k. Rassom tasvirda soya о‘rnini aniqtopib,
kompozitsiyani ifodali uyushtiradi. Yorug‘likning о‘zgaruvchan effektlari va u
bilan bog‘liq bо‘lgan tabiatning har xil holatlari rassomga о‘z taassurotlari va
kayfiyat, uning ehtiroslari va g‘oyasi, tugallangan badiiy obraz yaratish sharoitini
tug‘diradi. Haqiqatdan ham, umumiy yoritilganlik, yengil va aniq soyalar –
yoz kunlari bilan, bulutsiz tiniq osmon – albatta tinch, osuda va yaxshi
kayfiyat bilan о‘xshash holatlardir. Xira, bulutlar orasidan chala tushayotgan
yorug‘lik, yoyiq, qorong‘i soyalar – kuz, qovjirash, umidsizlik, xomushlik va
yorqin chaqnagan nur, qora, quyuq soyalar – momaqaldiroqdan oldingi holatni
beruvchi kо‘rinish, keskin harakatdagi bulutlar orasidan tushgan quyosh
nuri, mana shu qora bulutlar fonida tevarak-atrofni keskin yoritishi –
yaqinlashayotgan halokat hissiyotini uyg‘otadi.
Shu ma’noda qator rassomlar asarlarida obrazlilikni ifo-dalashda soyadan
ifodaviy vosita sifatida foydalanishgan. Bu fikrni quyidagi asar bilan tanishib
tasdiqlashimiz mumkin. N.Ge “Taynaya vecherya” kartinasida notinch va asabiy
holat nihoyat ustalik bilan ifodali va ishonarli tasvirlaydi. Asar syujetidagi
holatning naqadar sinoatli va xatarli ekanligini kompozitsiyada uyushtirilgan
soyalarning joylashuvi orqali his etamiz. Tasvirdagi yorug‘lik va soya kontrasti
orqali, devorga tushayotgan soyaning yoyiq, yirik va og‘ir tasvirlanishi, bu
soyaning tasvirdagi qolgan personajlar tepasida og‘ir yuk bо‘lib bosib turishi
va nihoyat munofiq kimsaning yorug‘lik manbaini tо‘sib turgan qop-qora,
mash’um silueti orqali rassom asarga dramatik ruh va sarosima ifodasini
uyushtirishga muvaffaq bо‘lganini kuzatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |