Tasviriy san’at tur va janrlari


-mavzu. Obrazli vositalar: ekspressiya va grotesk; mavzu va



Download 433,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana08.02.2022
Hajmi433,65 Kb.
#437184
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
Maruzalar matni

 
12-mavzu. Obrazli vositalar: ekspressiya va grotesk; mavzu va 
syujet 
 

Grotesk
– voqea, xodisa va qiyfalarni ataylab kuchaytirish yoki 
kichraytirish, kulgili tarzda buzib kо‘rsatishdan iborat badiiy usul. 
Kartinada model plastikasining urg‘u berilgan quvvatli ifodasi, yuz
tuzilishining modellashtirilishida personaj uchun xususiyatli bо‘lgan, uning 
extiroslarga boy tabiatini tomoshabin tomonidan his qilinishiga
kо‘maklashuvchi bо‘rttirish seziladi. Tasvirdagi bunday ekspressivlik shunday 
rassomlar uchun xoski, tizimdagi mubolag‘a va ayrim hollardagi grotesk
ular uchun nafaqat voqea, inson va holatlar tasvirini yaratish yо‘lidagi vosita, 
balki bu rassomlarning shaxsiy his-tuyg‘u va tasavvurlarini ifoda etish
vositasi hisoblanadi. Bu ma’noda F.Goyya, V.Van Gog, M.Vrubel kabi rassomlar
nomini eslash о‘rinli.
V.Van-Gog ijodida uning rangtasviridagi barcha elementlar – rang, rasm
tizimi va texnika ekspressiya bilan sug‘orilgan. Rassom yaratgan “Doroga
v Provans” (V/21-rep.) kabi kartinalari kompo-zitsiyasi tizimidagi barcha
elementlar, jumladan rangning ruhiy jarangi ham, shakllar konturining
doimiy izg‘ib yuruvchi va harakat bilan tо‘lib toshgan rangtasvir uyushtiruvchi 
yozish usuli ham, qizigan osmon fonida yonayotgan quyosh rangini
uyushtiruvchi tasvirlash usuli ham, hamma-hammasi ekspressiyaga tо‘yingan. 
Tasviriy san’atning badiiy vositalar tizimi uzviy bо‘lib, bu vositalarning har 
biri san’at asari yaratilishida bu tizimga boshqa vositalarni ham jamlaydi. Badiiy 


vositalarning birlikdagi yig‘indisi tasavvurdagi kо‘zgular tizimi bilan о‘xshashlik 
kasb etadi, zero bu kо‘zgularning har biri predmetning о‘zini va shu bilan birga 
uning tizimga kiruvchi boshqa kо‘zgudagi tasvirini ham aks ettiradi. Bu tizim 
rassom fikrining har bir о‘zgarishi va qо‘l harakatlari orqali amalga 
oshirilayotgan badiiy muolajalarini obrazning yaxlitligi bilan uzviyligini 
ifodalaydi. 
 
Bu ma’noda syujet ham bundan istisno emas. Syujetning spetsifikasi 
shundaki, san’at asarining hayotiy yо‘naltirilganligi, uning borliq bilan 
о‘xshashligini ta’minlaydi.Lekin bu о‘rindamavzu va syujettushunchalarini bir-
biridan farqlay bilish lozim. Mavzu san’at asarida aks ettirilganhayot holatlari 
doirasidir. U qator turli davrli faktlardan inson uchun muhim axamiyatli, 
saralangan qismini murakkab ichki tanlov natijasida yuzaga keltiradi. Mavzuning 
yuzaga kelishida holatlarning ruhiy birligi prinsipi asosiy о‘rin tutadi. Shuning 
uchun tasviriy san’atda “mangu” mavzular mavjud bо‘lib, bu mavzularga 
rassomlar kо‘p asrlar mobaynida qayta-qayta murojaat qilishadi. Ular: sevgi, 
muayyan ideal yо‘lidagi fidokorlik, adolat va jaxolat orasidagi kurash, onalik va 
x.k.
Syujet mavzuni ochish yо‘lidagiasosiy vositalardan biri, u 
mavjudlikda mangulikni, aniqlikda umumiylikni ifodalaydi. Syujet orqali 
voqealar, holat, xarakterlar va voqelikda yechiluvchi vaziyatlar tasviri 
ifodalanadi. Syujet va mavzu dialektik nuqtai-nazardan о‘zaro uzviy, rassomni 
jumbushga keltirgan u yoki bu hayotiy voqea keyinchalik syujet asosini tashkil 
qilib, umumiy planda mavzu sifatida idrok qilinadi, natijada u yangi 
xususiyatlarni yuzaga chiqaradi.
Badiiy asar usiz yuzaga kelmovchi obrazli vosita – ijodiy tasavvur, 
ya’ni fantaziY. Bunday obrazlarning F.Goyya va P.Pikasso asarlaridagi о‘rni. 
M.Chyurlyonisning “Quyosh sonatasi”, “Yulduzlar sonatasi”, “Dengiz sonatasi”, 
“Bahor sonatasidan” tashkil topgan ”Burj ramzlari” rukni.Rassom tafakkurida 
obrazning yuzaga kelishi. Rassomning fikriy muolajalari uning va borliqni 


о‘zlashtirish usullari san’atning obrazli vositalarini tashkil qiladi. 
Umumlashtirish obrazli vositalarning eng asosiylaridan biri.U kо‘plab tipik 
xususiyatlarining yig‘indisi. “Umumlashtirilgan shakl”, “umumlashtirilgan 
rang”, “umumlashtirilgan siluet” va x.k. Bо‘rttirish va mubolag‘a
inson,predmetlar tashqi qiyofalarini ifodalashdagi muhim usul. A.Volkovning
“Musiqachilar”kartinasi. Ekspressiya va grotesk. Tasvirdagi ekspressivlik – 
inson va holatlar tasvirini tasavvurlarini ifoda etish vositasi. F.Goyyaning “Urush 
halokatlari” va “Kaprichos” ofortlari. V.Van-Gogning “Provans yо‘lida” 
kartinasi. Fazoviy makon. Rubensning “Levkipp qizlarining о‘g‘irlanishi” va
K.Petrov-Vodkinning “Choshgohda” kartinalari. 

Download 433,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish