Joan Vayolet Robinson (1903-1983) Kembrij universitetini bitirgan. U A. Marshall maktabining taniqli vakili va davomchisidir. 1965-1971- yillar shu universitetda professor lavozimida dars bergan. Uning dastlabki asari «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» 1933-yili, ya’ni muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi bosh g‘oya monopoliyalar faoliyatida bozorlaming roli aniqlashdir. Bu sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni buzadi va nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki vazifa: o‘z mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi-monopolistik baholar belgilanishining mexanizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi o‘matgan shu bahoda xaxidorning mahsulotni sotib olish va monopol foyda tabiati o'matiladi. Ammo Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi Chemberlimiikidan farq qiladi. Robinsonning fikricha, nomukammal raqobat tufayli, awalo, raqobatli xo‘jalik tizimi normal muvozanat holatming butunlay buzilishi va yo‘nalishi, hatto yollanma mehnatning «ekspluatatsiya» sidir, Cbemberlin esa bu masalani bozoming tabiiy muvozanati bilan chambarchas bog‘liqdir deb qaragan.
Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, unda bozor sharoitidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami izdan chiqaruvchi omil sifatida qaraydi.
Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga nisbatan mukammal (sof) raqobat sharoitda ishlab chiqarishni monopollashtirishdan kamroq manfaatdor bo‘ladilar. Chunki nomukammal raqooai sharoitida ayrim firmalar optimal ko'rsatkichlarga erisha olmaydilar, samarasiz (kam samara bilan) faoliyat ko‘rsatadilar, shu sababli monopolist mahsulot chiqarishni cheklash bilan o‘z mahsuloti narxini oshirish imkoniyatigagina ega bo‘lmasdan, balki sohadagi ishlab chiqarishni tashkil etishni mukarnmallashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishi mumkin,
Bu sharoit talab konsentratsiyasi bo'lib, bozorda ko‘p sonli mayda sotuvchilar va yakkay-u yagona xaridor faoliyat ko'rsatadi. Bu holatni monopsoniya, ya’ni xaridor monopoliyasi deyiladi.
Yuqorida barcha g‘oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendensiyasi paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bu holat avval o‘zaro raqobatlashgan
ko‘pgina firmalami yutib yuboruvchi yirik birlashmanmg paydo bo‘Mii bilan yanada kuchayadi.
Qisqacha xulosalar
asr oxiri - XX asxlarda iqtisodiyotning monopollashuv jarayoni kuchaydi. Bu sharoitda awalgi «sof raqobat», «sof iqtisodiyot» qoidalari amaliy hayotga javob bermay qoldi. Monopol sharoitda nomukammal raqobat qonunlari yuzaga keladi. Bu hodisalar amerikalik E.Chemberlin va ingliz J.Robinson xonim tomonidan tadqiq qilindi. Bu olimlaming tadqiqotlarida monopoliyaning asosiy mohiyati taklif ustidan nazorat ekanligi ko‘rsatiladi. Monopoliya sharoitida «mahsulotning differensiatsiyasi» ro‘y beradi va alohida tovar alohida xaridoiga xizmat qiladi, ma’lum tovarga afzallik beriladi. Bu sharoitda raqobatning baholanmagan omiilari mahsulot sifati va reklamasi, fabrika, firma markalari, o'ziga xos qadoqlash, rang, shakl va boshqalaming ahamiyati ortadi. «Quwatlar ortiqchaligi» fenomeni kuzatiladi, chunki tovar bahosini sun’iy oshirish yo‘li tutiladi, monopol foyda nazariyasi ilgari suriladi. E.Chemberlining fikricha, monopol sotuvchilar o'rtasida ham raqobat doimo mavjud, chunki liberal g'oyalarda ham, monopoHyalarda vttam q.
Olimning so‘nggi asarlarida nomukammal va monopolistik raqobat- lar deyarli tenglashtiriladi va monopoliyalar tabiiy mohiyatga ega degan optimistik xulosalar chiqariladi. J.Robinsonning asosiy goyalari yuqoridagilardan ancha farq qiladi, monopoliya sharoitida ishlab chiqarish omillarinmg ekspluatatsiyasi, mayda korxonalaming yutib yubo- rilishi tocg‘risida fikr yuritiladi. Xaridor monopoliyasi - monopsoniya tushunchasi kiritiladi.
Asosiy tusbuncha va iboralar
Nomukammal raqobat, E.Chemberlin, monopoliya, mahsulot differensiasiyasi, tovaming alohida, individual xususiyatlari, tovar sifati va reklama, baxolanmaydigan omillar, quwatlar ortiqchaligi fenomeni, J.Robinson, monopoliyaga munosabat, monopsoniya, xaridor monopoliyasi, «samaradorlik yoki adolat».
Nomukarrimal raqobat bozori nazariyalarining paydo bo‘lish shart-sharoitlari qanday?
Monopoliya deganda nima tushuniladi?
«Mehnat diflensiatsiyasi» nimani bildiradi?
Baholammgan raqobat omillari nima?
Monopolistik raqobat sharoitda «Quwatlar ortiqchaiigi fenomeni» nima?
X.Robmsonning monopoliyaga munosabati. n_ Monopsoniya nima?
XVm bob. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH TA’LIMOT LARI 18.1. .J. M. Key nsniiig iqtisodiy ta’limoti
asming birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlaming damba-dam takrorlanishi tufayli «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy g‘oya!ar soni ko‘paydi. Ana shunday yocnalishning yorqin tarafdori bo'lib, ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1883-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi bo'lgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematiJkadan ta’lim oldi, A. Marsh all qo'lida o'qidi, 1913-yilda uning birinchi asari - «Pul muomalasi va Hindiston moliyasi» kit obi chop etildi. «Versa] tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari» 1919-yilda nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko‘pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikriar bildirgan edi. Keyns 20-30-yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi («Ehtimollik to*g‘risidagi risola» (1921), «Pul islohoti to£g£risida risola» (1923), «Mister Cherchelningiqtisodiy oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi» (1926), «Pul to'g'risidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940-yilda «Unisb xarajatlarini qanday qopi ash mumkin» degan kitobi ham nashr etildi. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta’limotlari tarixida alohida o£rin egallaydi va bu o‘ziga xos inqilob bo‘lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Keyns ta’limotining asosiy va yangi g'oyasi shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o‘z-o‘zini avtomatik; ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o'sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi. Psixologik omillaming ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, qo‘shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodi illatlarini to£g‘rilash uchun daviatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo'lib chiqdi. Vaholanki, awaigi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodffiy voqea deb hisoblaganlar. Awaigi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samar ali talab»ni, ya’ni iste’mol va jamg‘arishni birinchi o‘ringa qo'yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta’limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, proteksionizm iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M. Keyns u yaratgan konsepsiyaga merkan- tilistlarning ta’sirini inkor etmaydi.
U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya’ni makroiqtisodiy ko‘rsatlcichlar bo'lgan milliy daromad va jamg’armalar o'rtasidagi bog'lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g!oyasini ilgari surdi.
Kapitalizmning bosh jilatlari bu ishsizlik va inqirozlardir. Keyns bulaming sabablarini sohibkorlar psbcologiyasidan topishga intiladi. Inqirozlar kapitalistning kayfiyatiga qarab ro'y beradi, ya’ni optimizmdan pessimizmga o'tganda yuz beradi. Asosiy e’tibor «iste’molga moyfflik» va «jamg'arishga moyillik»ka qaratiladi. J.M.Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad, demak, iste’mol ortadi, ammo iste’mol daro- madga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg'a- rishga intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan iboratki, odamlar, odatda, daromadlar ortishi bilan iste’molni ham o'stiradi, ammo bu o'sfsh daromadlar darajasida bo'lmaydi. Oqibatda daromadlar o'sishi bilan jamg'arish ortadi va iste’mol nisbati kamayib boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi, talab shunday vo‘1 bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta’sir etadi. Iste’mol talabining yetarlicha o'smasligi yangi investitsiyalarga xarajatlarning oshuvi yo li bilan qoplanishi, ya’ni ishlab chiqarish iste’molining ishlab chiqarish vositalariga qarab oshuvi yo'li bilan qoplanishi mumkin. Shu sababli investitsiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Keynsning fikricha, investitsiyalar hajmi investitsiyalarga bo'lgan intilishga bog'liq. Sohibkor investitsiyalar- ni kapitalning «eng yuqori samaradorligi» foiz darajasigacha pasaygan paytgacha kengaytiradi (foyda normasi o'lchanadigan rentabellik). Qiyinchilik shundaki, kapitalning rentabelligi pasayadi, foiz darajasi esa mo'tadil bo'ladi. Bu holat yangi investitsiyalar uchun imiconiyatni pasaytiradi, demak, bandlik o'sishi ham kamayadi. Kapital «eng yuqori samaradorIigi»niiig pasayishi kapital massasining o'sishi, shuningdek, kapitalist-tadbirkorlarning bo'lajak daromadlariga ishonchsizlikka «moyilligi» bilan tushuntiriladi. Keyns ta’limoti bcryicha bandlikning umumiy hajmi uch omilga - «iste’molga mo yillik», «eng yuqori samaradorlik» va foiz normasiga bog'liq.
Keyns ochgan «asosiy psixologik qonun» uningcha istalgan jamiyat uchun qo‘llanilishi mumkin va iste’moJ talabining kamomadi asriy tendensiyaga ega hamda barcha uchun yagona iste’mol qonuni mavjuddir.
«Kapitalning eng yuqori samaradorligi», qo'shimcha kapital birligi tomonidan vujudga keltiriladigan bo'lajak foydaning shu birlikka ketgan ishlab chiqarish chiqimlariga nisbatidir, Keynsning fikricha, daromad, foyda keltiradigan narsalar kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham shunday).
Keyns foizga alohida e’tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan haq deb hisoblaydi. Foiz uningcha, muomaladagi pul miqdoriga va «likvidlilik afzalljgi»ga bog'liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik demakdir). Uning miqdori «likvidlilik afzalligi»ga tocg‘ri va muomaladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir.
Keynsning fikricha, foiz normasi ma’lum davrga likvidlihkdan, ya’ni boylikning likvid, pul shaklidan voz kecbish hisobiga beriladigan mukofotdir.
Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalaming umumiy bandlik hajmini aniqlashdagi asosiy roli to‘g‘risidagi tezis mubimdir. Ular iste’mol talabining yetarli emasligini to‘ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish masalasiga iste’mol talabi oshuvidan alohida qaraladi. Investitsiyalaming ko'payishi ishlab chiqarishga qo'shimcha ishchilami jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy daromad va iste’mol o‘suvini ta’minlaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning dastlabki o‘suvi yana qo‘shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki qo'shimcha ishchilaming talabini qondirish zarurati tug'iladi. Qo‘shimc3ia bandlikning o‘sish koeffitsientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan investitsiyalar o‘sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlaming o'sishi o‘rtasidagi nisbatni ko'rsatadi. Keyns bir qancha hisob-kitoblargaasoslanib, AQSHning multiplikatorini aniqladi, u 2,5 ga teng ekan. Bu daromadlar o'sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 marta orLiq degam, ya’ni 1 dollar investitsiya 2,5 dollar daromad keltiradi. Olim o'zming iqtisodiy dasturini ilgari suradi.
Xususiy investisiyalami rag'batlantirish uchun foiz normasini tartibga solish taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdoiini oshirish yo‘li bilan foiz darajasini tartibga solish imkoniyatiga ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish amalda inflatsiya (pulning qadrsizlanishi)ni qo‘llash demakdir, ammo bunda ssuda foizi kamayadi va pul ishlab chiqarishga qo‘yish uchun rag'batlantiriladi.
To‘la bandlikni ta’minlash uchun faqat investisiyalarning emas, balki milliy daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi.
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo'lgan «orolash iqtisodiyot»mn% otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o‘ rm egallaydi, Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo‘q. Keynsning iqtisodiy g'oyalari birinchi navbatda «buyuk inqiroz» ta’siri ostida paydo bo‘ldi. 1929-193 3-yillardagi bu buyuk inqiroz Amerikani larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga (50%)ga qisqardi. 17 mln odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana shunday sharoitda iqtisodiyotni qutqarishning muhim yo‘li - hukumat xara- jatlari ekanligi ko‘rsatib berildi.
Keynchilar va neokeynscbilar
J.M.Keyns g'oyalari uning izdoshlari tomonidan davom ettirildi va uch oqimga aj'raldi, biz oqimlami keynschilik deb ataymiz.
Keyns ta’limoti, ayniqsa, AQSHda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorial! E.Xansen (1887-1975), S.Xarris, J.M. Klark- iaming asarlarida bu g'oyajar rivojlantiri/di va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to‘liq qabul qilindi, ammo, masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to‘ldirildi.
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama- qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslap>ning susayganligi tufayli- dir. Davlat xarajatlarini o‘stirish uchun soliqlami oshirish taklif etiladi, ulaming fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek, «me’yordagi inflyasiya» ham taklif etiladi.
Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiya- sini to4dirdilar. Multiplikatorlar ta’siri keyingi qator davrlarda ham bo'ladi, ya’ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar.
Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o‘sishni tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multi plikator prinsipini akseleratsiya prinsipi bilan to‘ldirdilar. Akselerator investisiya o‘sishi- ning daromad o'sishiga, ya’ni investisiyadan keyingi va undan oldingi daromadlaming farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Multi plikator va akselerator g'oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning uzhiksiz o'sish sxemasi ishlab chiqildi. Uning asosida davlat kapital qo‘yilmalari yotadi. Davlat budjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiyot o‘sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi. Davlat tolovlari esa, aksincha inqiroz davrida oshadi va o‘sish davrida i kamayadi. Shu yo‘l bilan Xansenning fikricha, samarali talab hajmi ■■ me’yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo'yilmalarini tartibga solish va davlat xarajatlarini sharoitga qarab o'zgartirish chegaralari ham / belgilanadi.
Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asrning 40-yillari Keyns g'oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g'oyalarini to'laligicha (G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo‘ldi. Ba’zilari (F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz deb hisobladilar,
, bundan ko'ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda davlat yoii у bilan tartibga solishni monopolistic kapitalning xususiy manfaatlariga moslashtirish kerak deyiladi. Fransuz olimlari imperativ va indikativ rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv xarakterga ega.
. (sotsialistikrejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi asosiy
maqsadlami belgilaydi va turh uslublar bilan tadbirkorlami ma’lum xatti-harakatlarga yo'naltiradi. Ular faqat davlat sektoridagi korxorialar uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziyava boshqa bir qancha kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo£llaniladi). Uzoq muddatli . prognozlar va rejalar tuzish keng qo'Ilanilmoqda (bu haqda to'Iaroq ma’lumot quyida beriladi).
Keyinchalik yangi keynschilik o'miga postkeynschilik vujudga keldi, Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Srafifa, amerikaHk olimlar A.Eyxner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg'unligi konsepsiyasini tanqid qiladilar, Keyns g‘oyalarini dinamik, ya’ni harakatchan nazariya deb qaraydilar.
Postkeynschilar o‘z tadqiqotlariga ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, masalan, kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. Bu ta’limotda o‘sish
va taqsimot muammolari markaziy o‘rinni egaUaydi. Islilab chiqarishda o‘sish sur’atlari milliy daromadning taqsimotiga bogliq, daromad va uning o'sishi esa jamg'armaga, umumiy jamg'arma esa ish haqi va foydadan jamg‘arilgan jami summaga bog‘liq.
Hozirgi davr keynschiligida ikkita tendensiya hukmron hisoblanadi: 1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog'liq amerika keynschilari; 2) fransuz tadqiqotchilari nomi bilan bog‘Iiq Yevropa keynschilari.
Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o‘sish
Do'stlaringiz bilan baham: |