Asosiy tushuncha va iboralar
Neoklassika, A. Marshall, «ekonomiks», baho, talab, taklif, talab elastikligi, «Marshall xochi», «iste’mol ortiqchaligi», J.B. Klark, «chegaraviy naflik», «eng yuqori unumdorlik», statika va dinamika, V.Pareto, «befarqlik egri chiziqlari», «Pareto optimumi».
Nazorat va mulohaza uchun savollar
A.Marshall bo‘yicha bozor bahosi nima?
Baho, talab va taklif o‘rtasidagi bog‘lanish qanday?
Taklif elastikligi deganda nima tushumladi?
«Marshall xochi»ning mazmunini izohlab bering.
Ishlab chiqarish hajmlari o‘sishi va nisbiy ishlab chiqarish arajatlari o'rtasidagi bog'ianish nima?
Doimiy va o'zgamvchi xarajatlami izohlang.
J.B.Klarkning statik va dinamik iqtisodiyot to'g'risidagi g'oyalari limani anglatadi?
«Eng yuqori unumdorlik qonuni»ning asosiy xususiyatlari.
V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi mohiyati limadan iborat?
Naflikni maksimumga yetkazish uchun nima asos qilib olingan?
V.Paretoning «befarqlik egri chiziqlari» nimani bildiradi?
Pareto optimumini izohlang.
Ъ о b. IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH KONSEPSIYALARI. IQTISODIY TA’LIMOTLARDAGI IN STITUTSIONAL YO‘NALISH , 16.1. Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari
asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo‘lib o'tgan aniq ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishIar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyati keskin o'zgardi, ilgari ilg‘or bo'lgan davlatlar 2-o‘rinlarga (Angliya, Fransiya), nisbatan qoloq bo‘lgan davlatlar esa 1-o‘rinlarga chiqib olishdi (AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko'pincha monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o'tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir qila boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo'llash g‘oyasi ilgari surildi, bu birinchi AQSHda ro'y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani qo‘llaydilar.
Antitrest siyosati yo‘li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazoratning turlicha metod (usul)lari qo‘Uanila boshlandi. Ana shu usullaming nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy ta’limot]ardagi institutsionalizm yo'nalishi AQSHda XX asming 20-30-yiUarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asming oxirlarida vujudga kelgan (T.Veblenning 1899-yiIda chiqqan «Bekorchi sinflar nazariyasi» asari bilan bogiiq). Bu yo‘nalish nomi (lotincha «instituto») - urf-odat, ko£rsatma, muassasa so'zidan olingan (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalaming yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan awalgi davr ta’Iimotlari bilan izohlash mumkin bo[lmay qoldi.
Bu ta’limot yo'nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bocHb xizmat qiladi. Bu tushuncha tagida ijtimoiy hodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmalari va boshqa muassasalar yotadi, ya’ni jamoat mhining namoyon bo'lishi, yurish-turish va o'ylash usulini xaiqning ma’lum
guruhlari uchun odatiy, an’anaviy, shuningdek, huquqiy, axloqiy va boshqa ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi. Bu yo'nalish maJQfurachilarining fikricha, iqtisodiy kategoriyalar bo'lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, savdo va boshqalar jamiyat ruhining paydo bo‘lish shaklidir. Demak, ular obyektiv iqtisodiy qonunlaming mavjudligini to'la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining evolutsiyasini talxLil etadilar.
Institutsionalizm ma’lum ma’noda neoklassik yo'nalishga muxolifdir.
Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o'zini-o'zi boshqara oladigan (A,Smit film) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga, tarixiy kontekstda qaraladigan ma’naviy, axloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog'liq deb o‘y- laydilar.
Demak, bu yangi yo'nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy- iqtisodiy, shu bilan birga, noiqtisodiy muammolami tahlil etish ilgari suriladi.
Tarixiy va ijtimoiy muhit omillarining hisobga olinishi tarixiy maktab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to‘la yakdillik yo‘q. Yangi yo'nalish neoklassiklaming marjinalizm g‘oyalariga asoslangan matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qocIlaydilar.
Institutsionalizmga xos bo'lgan uslubiy xususiyatlar quyidagilardir:
neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi, ayniqsa, baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik;
iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga intilish yoki fanlararo yondashuv ustuvorligiga ishonch;
klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o'tkazishga chorlash.
Institutsionalizm evolutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo‘lish mumkin:
XX asming 20-30 yillarida mstitutsionalizmning keng tarqahshi. Bu davming bosh maikurachisi T.VeMendir (1857-1920), uni J.R. Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858- 1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar.
Urushdan keyingi kechki institutsionaUzm. Bu davr mafku-' rachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklami izohlab berish bilan birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari suriigan «Yangi kurs» islohotlarini amalga oshirish bo'yicha tavsiyanomalami ham ilgari surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o£rgandilar, ishchilar harakatining kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar, 50-yfflarda J.M.Klark «Iqtisodiy mstitutlar va insonlar farovonligi», A.Berli «Mulksiz hoki- miyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi* kitoblaiini chop etdilar, G.Minz o'zining maqolalarida aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini qayd etdi.
60-70-yillarda jjtimoiy-institutsional yo‘nalish, ya’ni neoinsti- tutsionalizm paydo bo‘ldi. 60-yillardagi institutsionalizm asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvets iyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-institutsional yo‘nalish ta’limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan.
Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlar- ni industriya rivoji va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog'lamoqda- lar, shuningdek, bu jarayonlaming borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy- institutsional yo'nalish ichida turii oqim va maktablar vujudga keldi.
Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy:
Ijtimoiy-psixologik;
Ijtimoiy-huquqiy;
Empirik yoki koayunktut-statistik ocpnni. airatish. mutuMn.
T.Veblen g‘oyalari
T.Veblen iqtisodiy jarayonlarni shakllangan an’analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an’anaviy harakatlantiruvcM kuchlar qatoriga ota~ onalar liis-tuyg‘usi, usta instinkti, ya’ni yaxshi ishlashga intilish, ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kintiladi. Uning fikricha, dastlabki instinkt awal oilaga g‘amxo‘rlikda namoyon bo‘ladi3 keyinchalik esa jamiyat va butun insoniyatga bo'lgan g‘amxo£rlikka aylanib boradi. Darvinning tabiiy tanlanish ta’limoti ijtimoiy hodisalarga mexanik ravishda ko‘chiriladi. Insonning ongli harakatiga yetarlicha baho bermas- dan, odamlarning yurish-turishi g‘ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe’l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. Jamiyat rivoji biologjk qonu- niyatlar bilan bir xil deb qaraladi.
Veblen zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi bo'lib hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e’tibor beriladi va unga
barcha ishlab chiqaruvchilar va birinchi navbatda, muhandislar va ishchilar kiritiladi. Industriya olami mehnat umimdorligini o'stiiish, ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh maqsad qilib qo'yadi. Biznes olami deganda u moJiyachilar, trest tashkilotchilari va tadbirkorlami tushundi. Uningcha, biznes imkoni boricha yuqori foyda uchun intiiadi va shu sababli uni beayov tanqid qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit nayranglari, turli aksioner jamiyati ari tizimi tufayli sanoat unga to£la bo£ysundirilgan. Shu sababli sanoatni biznes ta’siridan «ozod» qilish kerak, deydi u.
Mavjud tizimni o'zgartirish to'g'risida gapirib, bu masalani Veblen ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya qo'liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha injener- texnik xodimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar ulaming shartlariga ko'mshga majbur bo'ladilar. Kapitalizm transfor- matsiyasi «texniklar kengashi» vositasida bajariladi, intelligensiyaning roli birinchi oringa qo'yiladi, ya’ni biznes olamini injener- texnik intelligensiya yenga oladi.
Sanoat mutaxassislariga yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning asosiy maqsadi texnikadan foydalanishm takomUlashtirishdir. Demak, Veblen yangi jamiyatni «texnokratik» ko'z bilan ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |