Tojikiston Respublikasi.
ХIХ асрнинг 2-ярмида Марказий Осиё чор Россияси томонидан босиб олинди. Туркистон генерал-губернаторлиги вужудга келди. Унга Тожикистоннинг Помир ва Шимолий районлари қаради. Тожикистоннинг марказий ва жанубий районлари Бухоро амирлигига қаради. Россияда Октябр тўнтаришидан сўнг 1917 ноябр 1918 февралда Шимолий Тожикистонда шўро ҳокимияти ўрнатилди ва Туркистон АССР таркибига кирди. Қолган ҳудуди Бухоро амирлиги таркибида бўлди. 1920 йил Бухоро Халқ Совет Республикаси ташкил топди.
1924 йил Октябрь ойида Совет ҳокимияти томонидан ўтказилган миллий чегаралаш туфайли Тожикистон АССР ташкил бўлди ва Ўзбекистон республикаси таркибида фаолият кўрсата бошлади. Унинг таркибида 1925 йил январь ойидан бошлаб Тоғли Бадаҳшон автоном области ташкил топди. 1929 йил 5 декабридан у Тожикистон ССР мақомини олди. 1991 йил 9 сентябрь Тожикистон республикасининг мустақиллик куни ҳисобланади. Шу кундан бошлаб Тожиқистон республикаси жаҳон сиёсий харитасида мустақил давлат сифатида фаолият кўрсатиб келмоқда. У БМТнинг кўплаб сиёсий, иқтисодий–молиявий, ижтимоий ташкилот ва жамиятларнинг аъзосидир.
Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davatlar aholisi va mehnat resuslariga tasnif
Aholi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tushunchadir, u bilan ishlab chiqarish “boshdan oyoq”, chambarcham bog‘liq. Chunki, mehnat resurslarisiz ishlab chiqarish bo‘lmaydi, ishlab chiqarish esa aholi uchun kerak; moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi ham, ularni iste’molchisi ham aynan ana shu aholi, ya’ni kishilarning ma’lum hududdagi birligidir.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi 35,0 mln. kishi (07.09.2021y.). O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha dunyo miqyosida o‘rtacha demografik salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Uning aholisi, 7sentabr 2021 yil ma’lumotiga binoan 35 mln. kishini tashkil etadi. Bu borada, u MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyingi uchinchi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egallaydi.
Tabiiy ko’payish va migratsiya. 2020 yilda har ming kishiga nisbatan O‘zbekistonda tug‘ilish 24,3%, o‘lim 5,1% va tabiiy ko‘payish 18,9%ni tashkil etadi.
2020 yilda O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar 191.2 ming kishi, ketganlar 203,7 ming kishi, migratsiya qoldig‘i minus 12,5 ming kishi.
Urbanizatsiya darajasi. 2021 yil 1 yanvar ma’lumotlariga binoan O‘zbekiston Respublikasining 50,6 foiz aholisi (17 487,5 ming kishi) shahar joylariga to‘g‘ri keladi.
Miylliy tarkibi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda jami aholisining 82 foizi (29,2 mln kishi) respublikaning tub millati - o‘zbeklarda to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda 752,7 ming atrofida qoraqalpoq millati, 1,7 mln ga yaqin tojiklar, 821,2 ming kishi Qozoqlar, 291,6 ming kishi qirg‘izlar, 206,2 ming kishi turkmanlar, 720,3 ming ruslar, ukrain, tatar, koreys, boshqird, arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor.
Aholining jinsiy tarkibi tenglashib bormoqda (Erkaklar 50,3%, 17 570 079 kishi; ayollar 49,7%, 17 430 079 kishi).
Mehnat resurslar. Respublikada mehnat resurslarining soni ko‘p, biroq ularning jami aholi tarkibidagi ulushi oz. Buning sababi tug‘ilish va tabiiy ko‘payishning yuqoriligidadir. Natijada, “demografik yuk” yoki mehnatga layoqatli aholi bilan mehnatga layoqatsizlar nisbati o‘ziga xos. Masalan, agar Boltiq dengiz bo‘yi davlatlarida oilada 3 kishidan 2 kishi ishlasa, bizda, aksincha, 6 kishidan 2 yoki 3 kishi ishlashi mumkin, xolos.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda (01.01.2021 yil) O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagilar jami aholining 69 foizini tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholi 12486,6 ming kishi, mehnat resurslari 16826,0 ming, iqtisodiyotda band bo‘lganlar 11828,4 ming kishini tashkil qiladi. Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda, noishlab chiqarish sohasida band bo‘lganlar soni tezroq ko‘payib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |