Tasdiqlayman” Tabiiy fanlar fakulteti dekani K. A. Saparov


I-bob. MDH tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlariga umumiy geografik tavsif



Download 3,9 Mb.
bet3/14
Sana18.02.2022
Hajmi3,9 Mb.
#455638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
402 Abduhakimova E\'zoza

I-bob. MDH tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlariga umumiy geografik tavsif.

    1. MDH tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davatlari geografik o’rni ,tabiiy sharoiti va tabiiy resuslari.

Markaziy Osiyo mintaqasi O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iz Respublikasi, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan tashkil topgan bo’lib, umumiy maydoni 4 mln km2 dan ziyod va aholisi 73 972 284 kishi. U dunyo hududining 3 % dan ko„prog„ini va aholisining 1 % ga yaqinini tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiiy sharoiti g’oyat xilma– xil, hududi esa tabiiy resurslarga boy.
MODning tabiiy va iqtisodiy–geografik xamda ijtimoiy–tarixiy rivojlanishi jarayoni ko’p hollarda umumiy yaqinlikka, o’xshashlikka ega. Ana shu ko’p qirrali o’xshashlik, umumiylik mazkur xududda yashab kelgan halqlar taqdirini bir–birlari bilan bog’lab kelgan. Bular quyidagilardir.
Tabiiy–geografik o’xshashliklari: ularning deyarli har biri dunyo okeani va dengizlaridan baravar uzoqda, sayyoramizdagi eng ulkan Yevrosiyo materigining markazida joylashgan. Jumladan, masofa eng yaqin Hind okeanidan 1–1,5 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2–2,5 ming km, Atlantika okeanidan 3–3,5 ming km, hamda Tinch okeandan 4–4,5 ming km uzoqda joylashgan. Masofa va relefi xususiyatlariga ko’ra mintaqaning iqlimiga Hind va Tinch okeanlarining ta’siri deyarli yo’q, Shimoliy Muz va Atlantika okeanlariniki esa anchagina. Shimoliy yarim sharning o’rta kengliklarida joylashgan ushbu davlatlarning iqlimiy xususiyatlari shu sabablarga ko’ra asosan kontinental, ko’p hollarda esa keskin kontinentaldir. Shuningdek geologik, relef xususiyatlari o’lkaning o’ziga xos iqtisodiy geografik imkoniyatlarini keltirib chiqaradi.
Iqtisodiy–georafik o’xshashliklari avvalo mazkur davlatlarning turli tabiiy boyliklarga va aholisining o’ziga xos demografik ko’rsatkichlariga, egaligi, mehnat resurslariga boyligi, diniy e’tiqodlarining yaxlitligi, yagona atrof–muhit va iqlim ko’rsatkichlari asosida, aholining yashash va ishlab chiqarish faoliyatlari (sug’orma dehqonchilik)ning uyg’unligi, mamlakatlar ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi darajasining yaqinligi, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi bilan ham belgilanadi. Xususan mintaqa davlatlari iqtisodiyoti sobiq ittifoq davrida asosan xom ashyo, yarim xom ashyo ishlab chiqarishgagina ihtisoslashgan edi.
Insonning yashash va mehnat qilish sharoitini kelib chiqishiga daxldor bo’lgan tabiat unsurlari va quvvatlari bo„lishi. Tabiiy sharoit joylarning relefi, iqlimi, tuproq– suv kabi sharoitlaridan kelib chiqadi.
Tekisliklar Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekiston davlatlarida ahamiyatli bo’lib, mintaqa hududining ¾ qismini tashkil qiladi. Tog’lar va yassi tog’liklar mintaqa hududining atigi ¼ qismini egallaydi va Tojikiston hamda Qirg’iz Respublikasiga xosdir. Ular respublikalar iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Jumladan, tekislik hududli respublikalarda ekin maydonlarini kengaytirish, turli qurilishlar (ishlab chiqarish va uy–joy, gidrotexnika, kommunikatsiya inshootlari)ni tashkil qilish imkoniyatlari tog’li respublikalarga nisbatan ancha yuqori. Gidroenergetik, rekreatsiya resurslariga va suv manbalariga esa, aksincha tog’li hududlar boy.
Mintaqaning iqlimiy hususiyatlari uning okean va dengizlardan uzoqligi va berk havzada joylashganligi, relefi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shu tufayli shimoldan janubga tomon bir nechta tabiat zonalari bir–birini almashtiradi.
Regionning umumiy iqlim xususiyatlari qatoriga qish faslining nisbatan qisqa va sovuqligi, sernamligi, yozning esa nisbatan davomiyligi, jazirama issiqligi hamda quruqligi, yil fasllari o’rtasida to amplitudasining ancha kattaligi (kontinentalligi), yog’in miqdorining tekislikda kamligi (100–150mm), natijada qurg’oqchilikka moyilligi, balandlik va tog’li hududlar tomon yog’in miqdorining oshib borishi (350– 700mm hatto 1500m gacha) qonuniyatining mavjudligidir. Mintaqaning qurg’oqchil kontinental tabiiy sharoiti uning asosiy qismida dehqonchilik ishlarini tashkil qilish uchun sun’iy sug’orish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mintaqaning shimoldan janubga tomon sug’oriladigan maydonlari hajmi ortib, bahorikor maydonlari esa kamayib boradi.
Markaziy Osiyo hududi turli xil tabiiy resurslarga boydir. Mintaqada ayniqsa mineral tabiiy resurslar hamda quyosh, oqar suv(daryo), shamol geotermal kabi energiya vositalari dunyoviy ahamiyatga molik, aksincha, suv, o’rmon resurslari esa ancha kam.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli tabiiy resurs turini mineral tabiiy (er osti qazilma) boyliklari tashkil etadi. Mintaqada yer osti qazilma boyliklarining deyarli barcha turlari mavjud.
Mintaqa ayniqsa yoqilg’i–energetika resurslariga boy. Ko’mir Turkmanistondan boshqa barcha mamlakatlarda mavjud. Eng katta ko’mir zahiralari Qozog’istondadir. Keyingi o’rinlarda O’zbekiston, Qirg’iz Respublikasi va Tojikiston turadi.
Neft konlari ham barcha mamlakatlarda topilgan. Uning zahiralari ayniqsa Qozog’iston va Turkmanistonda katta, aksincha tog’li respublikalarda cheklangan.
Tabiiy gazga hududining asosiy qismi tekisliklardan iborat bo’lgan Turkmaniston, O’zbekiston va Qozog’iston boy. Ammo Qirg’iz Respublikasi va Tojikistonda uning yirik konlari hozirgacha topilmagan.
Temir rudasiga esa faqat Qozog’istonda mavjud, boshqa davlatlarda uning sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan konlari uchramaydi. Lekin rangdor metallardan misga hamda polimetal rudalariga Qozog’iston bilan birgalikda O’zbekiston, simob va surmaga esa Qirg’iz Respublikasi va Tojikiston boy. Turkmanistonda deyarli metalli qazilma boyliklar konlari uchramaydi.
Markaziy Osiyo hududlarida kimyoviy mineral resurslar ham mavjud. Jumladan fosforitning yirik konlari Qozog’iston va O’zbekistonda, turli tuz konlari mintaqaning barcha davlatlarida katta zahiralarga ega. Yirik oltingugurt koni esa faqat Turkmanistonda ishlab turibdi. Mineral qurilish materiallari barcha davlatlarda katta zahiralarga ega.
Markaziy Osiyo davlatlari yer–suv resurslari bilan turlicha ta’minlangan. Agar Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekiston xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan yer resurslariga boy bolsa, tog’li Tojikiston va Qirg’iz Respublikasida bunday resurslar, ayniqsa ishlov beriladigan maydonlar cheklangan.
Mintaqa davlatlari qimmatli tabiiy resurslar turi hisoblanadigan suv va o’rmon resurslari bilan ham turlicha ta’minlangan. Suvga tog’li respublikalar boy, qolgan davlatlar nisbatan kambag’al.


    1. Download 3,9 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish