Tunyuquq bitigi 310 misradan iborat. Tunyuquq hayotligida yozilgan. Tunyuquq vatanparvar shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Undagi insoniy fazilatlar, ezgulik, insonparvarlik xislatlari uning qo’shni xalqlar o’rtasidagi obro’yini yanada oshirib yuboradi. Masalan, uning asirlarni o’z yurtlariga jo’natib yuborishi dushman qabilalarining ham bosh egib kelishiga olib keladi, bu esa ezgulik blan yovuzlikni bosish, qon to’kishning oldini olish mumkinligini ko’rsatdi. U adolatsizlik qilmadi, insonparvarlik qonunlarini, manfaatlarini qattiq himoya qilib jasorat ko’rsatdi.
“Qultegin bitigi” – 732 yilda o’rnatilgan Qultegin bitigidagi barcha voqealar Qulteginning akasi Bilga xoqon tilidan (asli ismi Mo’g’ilyon) bayon etiladi. Mo’g’ilyon so’nggi turk xoqonlaridan biri bo’lib, “Bilga - Qoon” – “Ulug’ xoqon” unvonini olgan. Mo’g’ilyon juda ko’p urushlar olib borib turk xoqonligi davlati chegaralarini ancha kengaytirgan. Harbiy yurishlar birida, ulug’ xoqonning ukasi Qultegin bitigida xalqiga qarata shunday deydi: “Tangri yorlaqagani uchun, iste’dodim, baxtim bor uchun men sizlarga xoqon bo’ldim. Xoqon yo’q bo’lib, yo’q qashshoq xalqni yaxshilab oyoqqa turg’azib boy qildim. Oz xalqni ko’paytirdim. Yo bu so’zimda yolg’on bormi? Turk beklari, xalqi buni eshitdik! Turk xalqlarini to’plab davlat tuzishingizni bu yerda toshga o’yib yozdim. Unga qarab biling, turning endigi xalqlari, beklari”. Qultegin og’asi Bilga xoqon sharafiga 735 yilda oo’rnatilgan bitik toshda xoqonning davlatni, mamlakatni har jihatdan yuksaltirgani tasvirlangan.
Tunyuquq bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170 sm, ikkinchisi 160 smdan iborat. Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897 yili Shimoliy Mo’g’ulistonda eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktosh Ulan Batordan 66 km Janubi – Sharqdagi Bann Sonto manzilida bo’lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.
“Kultegin” bitiktoshi marmardan ishlangan. Balandligi 3 m, 15 sm, uzunligi 41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bo’lib, yuqoriga tomon torayib brogan. Yodgorlikni rus ziyolisi N.M.Yadrinsev (1847-1894) 1889 yilda Mo’g’ulistonning Kosho Saydam vodiysidagi O’rxun daryosi qirg’og’idan topgan. U Ulan – Batordan 400 km janubda Qora Balg’asun shahri xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Yozuvlar o’ngdan chapga va yuqoridan pastga qarab bitilgan.
“Bilga xoqon” bitiktoshini ham N.M.Yadrinsev topgan. U Kultegin bitiktoshidan 1 km janubi – g’arbga o’rnatilgan. Uning bo’yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm. Bitiktosh ag’darilib, unga bo’lingan va ayrim satrlari tugab, yozuvlari ham zarar ko’rgan. U 80 satrdan iborat. “Bilga xoqon” bitiktoshida “Kultegin” bitiktoshidagi 41 satr takrorlangan. Yodgorliklarni butun dunyo turkeyshunoslari ilmiy jihatdan o’rganmoqda. V. Tomson va V. Radlovlardan keyin S.E.Malov, S.G.Klaytorniy, I.V.Stebleva, H.O’rxun, G.Aydarov, o’zbek olimlaridan A.Rustamov, G’ Abdurahmonov, N.Rahmonovlar o’rgangan.
“Irq bitigi” (Ta’birnoma) – turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorligi. Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklardan biri “Irq bitigi” ham O’rxun–Enasoy ma’rifiy yodgorliklaridan tarbiya tarixida o’z o’rniga ega. Bu qo’lyozma XIX asr oxirida Sharqiy Turkistonning Dunxuan degan joyidan topilgan. Yodnoma qadimgi turk davriga oid yagona yozma yodgorlik hisoblanadi. Asar yuz betdan iborat bo’lib, moniy jamoasidagi Isig’ Sangun va Ite Chuk ismli 2 bola uchun bitilgan. Asar mazmunini nima yaxshiyu nima yomonligini tushunish, anglab yetish tashkil etadi. Ana shu yaxshi va yomonning ta’rifi zaminida axloqiy talablar talqin etiladi. Mazkur asarda turkey xalqlarning turmushi, axloqiy munosabatlari asosan qushlar va hayvonlar obrazi orqali aks ettirilgan. “Irq bitigi”da eng qadimgi ajdodlarimizning xalq og’zaki ijodiga xos, mifologik hamda totemistik ifodalar o’z aksini topgan. Ana’anaga ko’ra har bir epizodda yaxshilik g’oyalari targ’ib etiladi. Voqealar tush va uning ta’birlari tarzida bayon etiladi. Inson doimo farovon hayot kechirishni orzu qilgan. Shu orzusiga yetishishda u qiyinchiliklarga duch kelgan. Lekin isnon bu qiyinchiliklarni ilohiy qudrat – tangri yoirdamida yengib o’tgan, o’zi uchun go’zal hayot ta’min etgan. Ammo, yaxshilik bor joyda unga yomonlik ham ro’baro’ kelgan. Lekin yomonlik ustidan yaxshilkik, ezgulik g’olib kelishiga ishongan.
Umuman “Irq bitigi” va boshqa eng qadimgi davrlarda eramizning X asrigacha yaratilgan ma’rifiy yodgorliklar inson kamolotini kuylash katta o’rin egallaydi. Ularda ajdodlarimizning xulq – odobga oida dastlabki tasavvurlari, ezgulikka bo’lgan intilishlari ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |