Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy” asarida ma’naviyatning ta’rifi



Download 494,11 Kb.
bet42/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy” asarida ma’naviyatning ta’rifi.
Jahon adabiyotini o’z durdonalari bilan boyitgan ulug’lardan biri Jaloliddin Muhammad Rumiy 1207 yilning 30 sentyabrida xorazmshohlar buyuk davlatining markazlaridan bo’lmish Balx shahri yaqinidagi Vaxsh qasabasida mashhur voiz, ulamolar sultoni, so’fiylar bilan mustahkam aloqada bo’lgan, o’zini G’azzoliyning g’oyaviy va ma’naviy vorisi deb bilgan Muhammad Bahoiddin Valad ibn Husayn al Xatibiy al Balxiy xonadonida dunyoga keladi.
Jaloliddinning bobosi Husayn al Xatibiy payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning suyukli sahobasi, qaynotasi va birinchi xalifa Abu Bakr siddiq avlodidan bo’lsa, momosi – otasining onasi Aloiddin Muhammad Xorazmshohning qizi edi. Demak, uning tomirida oqib turgan qon turkiylashgan arab va xorazmiy turkiy qoni edi. Bundan chiqadiki, ingliz, rus, fors va boshqa millat tadqiqotchilari da’vo qilganiday, Jaloliddin Rumiy fors shoiri emas, o’sha zamon rusumiga ko’ra fors tilida ijod qilgan turkiydir, turkiy adabiyotning forsigo’y shoiridir. Uning o’g’li Sulton Valadning turkiyda bitgan asarlari buni yana bir karra yaqqol tasdiqlaydi. Sulton Valad Onado’lida turkiyda asarlar bitgan ilk yirik shoir va mutafakkir hisoblanadi. Uning forsiy va turkiyda yozilgan she’rlarini o’z ichiga olgan «Devon»i 1925 va 1941 yillarda «Devoni Sulton Valad» nomi bilan Turkiyada chop etilgan. Bundan tashqari uning «Masnaviyoti Valadiyya» nomli uch jildlik ma’rifiy asariga kirgan «Ibtidonoma», «Rubobnoma», «Intihonoma»da va «Naf’if ul-furu’» deb nomlangan ta’limiy asarlarida ham turkiy bitiklarning ko’plab uchrashi o’z ijodida vaqti-vaqti bilan otasi Jaloliddin Rumiyning ona tiliga murojaat etib turganidan dalolat beradi. Bu insondan jahon adabiyoti cheksiz minnatdor bo’lsa arziydi, negaki olti daftardan iborat ulkan «Ma’naviy masnaviy»day beqiyos asarning dunyoga kelishi va saqlanib qolishiga aynan shu Husomiddin Chalabiy sabab bo’lgan.
Rivoyatga ko’ra, Salohiddin Zarko’b vafotidan so’ng o’rinbosarlik martabasini egallagan Husomiddin Chalabiy mavlono Rumiyga tez-tez murojaat etib, «Mavlaviya muridlariga mashg’ulotlar va suhbatlar paytida aytadigan gaplaringizni Hakim Sanoyining «Hadiqat ul-haqoyiq» va «Ilohiynoma»siga o’xshash, Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»i ruhida yirik bir asar qilib yozsangiz, jamoatimiz uchun ta’sirli dasturilamal bo’lar edi», deya bir necha bor taklif etadi. Kunlarning birida, murshidu murid bog’da sayr qilib yurganlarida Chalabiy o’sha taklifini mavlonoga yana eslatadi. Shunda Rumiy sallasi qatidan 18 bayt she’r yozilgan bir qog’ozni olib unga uzatadi. Ana shu o’n sakkiz bayt yozilajak 25 ming 632 (boshqa bir manbaga ko’ra 26 ming 840) baytli, olti daftardan iborat «Ma’naviy masnaviy»ning keyinchalik shartli ravishda «Naynoma» deb nomlangan debochasi edi.
Aytishlaricha, Rumiyning o’z qo’li bilan yozgan yagona bobi xuddi shu «Naynoma»dir. Olti daftardan iborat ulkan asarning qolgan qismini esa…
Deydilarki, mavlono «Masnaviy»ni ko’pincha badiha tarzida qo’shiq qilib kuylagan. Husomiddin Chalabiy qog’oz-dovoti bilan mavlonoga soyaday ergashib yurgan: bu tun, bu kunduz, bu madrasa, bu ko’cha, bu zikr payti, bu hammom demagan, qaerdaki Rumiyga ilhom kelsa, qaerdaki u sukr holatiga tushsa, badiha aytsa, hamisha hoziru nozir Chalabiy darhol yozib olgan. Keyin uni Rumiyga o’qib bergan, shoir o’zgarishlar kiritgan, sayqallagan, tahrir qilgan, shundan so’ng Chalabiy uni oqqa ko’chirib qo’ygan. Ba’zan-ba’zan o’g’li Sulton Valad ham kotiblik ishida qatnashgan. Bu og’ir, mashaqqatli ijodiy mehnat o’n ikki yil davom etgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Rumiy vafotidan oldin ham «Masnaviy»ni boshdan-oyoq tahrir qilib chiqqan: Husomiddin va o’g’li Sulton Valad navbati bilan asarni o’qib turgan, Rumiy esa noaniq o’rinlarga aniqlik kiritgan, u yoki bu oyatning tafsiridagi mavhumliklarni bartaraf etgan, o’rniga tushmagan, talaffuzi qiyin so’zlarni almashtirgan.
Husomiddin Chalabiyning sa’y-harakati tufayli qog’ozga tushgan, tartib berilgan va kitob holiga keltirilgan bu nodir asar endilikda bashariyatning ma’naviy mulkiga aylandi, aqllarni hayratga solguvchi ruhiyat va tafakkur obidasi bo’lib qoldi. Do’sti va muridining sadoqatini qadrlagan Rumiy, chunonchi, «Masnaviy» ning bir necha joyida Husomiddinga murojaat qilib, uning nomini o’zgacha mehr bilan tilga oladi. Husomiddin Rumiy uchun ilhom manbai va «Masnaviy»ni o’qishning mahfiy tartibini bilgan yagona kishi bo’lgan. U Husomiddinni sevib, erkalab unga turli laqablar beradi. «Masnaviy»ning birinchi daftariga yozgan so’zboshisi – xutbada uni dinning qilichi (husom – qilich) deb atasa, «Masnaviy»ning boshqa bir joyida Husomiddin Shams Tabriziyning muridi bo’lganiga ishora qilib, uni «Ziyo ul Haq», ya’ni Allohning nuri deya sharaflaydi.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish