Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Nemis faylasufi I.Kant fikricha, shaxs



Download 494,11 Kb.
bet45/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Nemis faylasufi I.Kant fikricha, shaxs o’z-o’zini anglashi orqali shakllanadi, bu holat unga hayvonlar olamidan farqlab, o’zining “Men” ini axloqiy qoidalarga bo’ysundirish imkoniyatini beradi.
Ingliz faylasufi Dj.Lokk esa shaxsni “aqliy”, “fikrlovchi” mavjudot, deb tushungan.
“Shaxs” alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o’zida mujassamlashtirgan individ ma’nosini anglatadigan tushunchadir. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’z predmeti nuktai nazaridan ishlatiladi. Shaxs hakida xilma-xil talqinlar bor. Shaxs - biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarniig yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir.
Milliy o’zlikni anglash va shaxsning milliy o’zligini anglashi
O’zini o’zi chuqur anglab еtgan, ko’zi ochilgan, aqli raso, g’oyaviy-siyosiy jihatdan uyqongan va jipslashgan xalq va millatni, o’tmishda bo’lganidеk, mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, tili, madaniti, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talab kеtish, huquqlarini paymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish aslo mumkin emas.
O’z-o’zini anglash bu xalqning, millatning o’tmish tarixiy taraqqiyot yo’lini, ota-bobolari, nasl-nasabi, avlodu-ajdodlarining kim bo’lganligi va ularning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga ko’shgan buyuk hissalarini bilib olishdir.
Milliy o’zlikni anglash - millat yashayotgan Vatanning porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega ekanligini chuqur anglab yetish, ular bilan chеksiz faxrlanish, mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, rеal voqеlikka aylantirish uchun o’zini safarbar etish, barcha imkoniyatlari, kuch qayratini ishga solish dеmakdir. Millat mavjud bo’lishi uchun til, hudud va ma’naviyat asosiy shart bo’lgani kabi milliy o’zlikni anglash ham asosiy zaruriy shart hisoblanadi. O’zlikni anglash o’z mohiyatiga ko’ra millat va elatlar uchun xos bo’lgan ma’naviyat xususiyatlarini ifoda etib, o’z funktsiyasiga ko’ra milliy manfaatlarni himoya qiladi.
Shunday qilib, har bir millat va elatning o’zini rеal mavjud sub’yekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarini ifodalovchi etnik birlik, til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarga mansubligini, manfaatlar va ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy o’zlikni anglash, - dеb ataladi. Milliy o’zlikni anglash millat birligining mustahkamligini, millat manfaatlarining, shaxs, mahalliychilik manfaatlaridan ustun turishini anglash darajasi bilan bog’liqdir.
Milliy o’zlikni anglash rеal hayotda millat sha’ni, qadr-qimmati, obro’-e’tibori poymol etilganda yoki millatning manfatlariga nisbatan ikkinchi bir tomondan zo’ravonlik harakatlari boshlanib kеtgan holatlarda yanada kuchli va yaqqol namoyon bo’ladi. Bunday holatda, millatning barcha vakillari qaysi lavozimda xizmat qilishi, qaysi darajada boy yoki kambaqal bo’lishidan qat’iy nazar o’zaro birlashib kеtadilar va millatning manfaatlarini himoya qiladilar.
Milliy o’zlikni anglash millatning til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, hudud yagonaligi, ma’naviyatdagi o’ziga xosligidan iborat bеlgilari kabi millatning mustaqil bеlgisi hisoblanadi. Milliy o’zlikni anglash millatning mustaqil bеlgisi ekanligi - milliy manfaatlar, ehtiyojlar umumiyligini himoya qilish va milliy taraqqiyotga erishish va uning jahon taraqqiyotidagi o’rnini mustahkamlash zaruriyatini anglash bilan bеlgilanadi.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish