Shaxs ma’naviyatining zohiriy (tashqi) alomatlariga quyidagi holatlarni kiritish mumkin. Orasta va pokiza kiyinish, o’zini o’zgalardan ustun qo’yishga , manmanlikka bormaslik, kamtarlik, ota-ona, aka - uka, ustoz, qariyalar, qarindosh-urug’, qo’ni-qo’shni, do’stu birodarlariga hurmatni bajo keltirish, ig’vo va fitnalardan yiroq yurish, o’zaro muomalada oddiylik va soddalikdir.
Kamtarlik: (tavoze’) - o’zini o’zgalardan kam ko’rmaslik hamda boshqalarni izzatu hurmat qilmoqlikdir. Bu hisllatning davlatmand va mansabdor kishilarda bo’mog’i go’zal fazilatdir. Hadisi sharifda: “Kimki tavoze’ qilsa, Olloh taollo uning martabasini ulug’ qilur”, - deyiladi.
Ig’vo - oraga nizo, nifoq solishga, ittifoqni buzishga buzg’unchikka qaratilgan hatti harakatt, yolg’on yashiq, uydurma, bo’hton va shu kabilardir. G’iybat deb bir kishining kamchilik qusurini orqasidan so’ylamakka aytiladi. Ig’vo g’iybat soyasida ikki inson - musulmon orasiga dushmanlik tushadi, - deydi A.Avloniy.
Shaxs ma’naviyatining botiniy belgilari: dunyo lazzatlaridan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo olg’a muttafakirlardan ajralib turadigan , shariyat ilmini suv qilib ichgan, toatu-ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindordan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toiasidir. Ular ruh kishilari edilar. Quyida ularning har biriga qisqacha to’xtab o’tamiz.
Qalb tozaligi. Qalb yurak, dil ma’nolarini bildiradi. Kishining ruhiy yoki ma’naviy dunyosi ichki his-tuyg’ulari markazi ramzidir.
Halollik. Vijdon bilanjnsof yuzasidan ish tutish, to’g’rilik , soflik, vafodorlik. Halollik har qanday martabani bezaydi . Halollik, to’g’rilik-katta baxt. O’z halolligini namoyish etish ko’proq xushxulq odamga yarashadi. Harom, haromxo’rlik burring teskarisidir.
Samimiylik. Sidqidillik, chin qalbdan, yurakdan,dildan chiqqan samimiylik haqiqatning joni va halol odamning peshonaga yozilgan belgisidir (D.Didro). Samimiylik-og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur mana’viy odobni talab etadi (V.V.Veresayev).Samimiylik sofdillikdir. Bu fazilat kamdan-kam odamda .
Mehr -shafqat. Mehr insonning o’z tug’ishganlariga, yaqin kishilarga va umuman odamga bo’lgan samimiy muhabbati, shafqati, rahmdilligi, mehribonlik kabi ma’nolarni bildiradi . Mehr- muruvvatli ,shafqatli ma’nolaridan tashqari , yetim-yesirlarga,nogironlar , qarovsiz qolgan qariyalar, g’ariblarga muhtojlarga nisbatan moddiy va ma’naviy yordam berishdir .
Do'stlaringiz bilan baham: |