Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


«Ma’naviy masnaviy» mohiyatan Qur’oni karimning o’ziga xos she’riy tafsiri va hadisi shariflarning sharhidan



Download 494,11 Kb.
bet43/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

«Ma’naviy masnaviy» mohiyatan Qur’oni karimning o’ziga xos she’riy tafsiri va hadisi shariflarning sharhidan, talqinidan iboratdir. Asar «Xutba»sida mavlononing o’zi izohlashicha: «Bu yuraklarga malham bo’lguvchi, g’am-g’ussalarni ketkazguvchi, «ulug’, itoatli mirzolar (farishtalar) qo’llari» bilan bitilgan, «tahoratli pok kishilar»dan boshqalarning ushlashi harom etilgan, «oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmaydigan», rizq-ro’zni mo’l-ko’l qilguvchi, axloqni poklaguvchi va yaxshilaguvchi Qur’oni karim ma’nolarini kashf etguvchi kitobdir». Bu asardagi deyarli har bir bayt yo muqaddas Qur’on oyati, yo hadisi sharif bilan asoslanganligini yoki, aksincha, biror oyat yoxud hadis ma’nosi biror voqea, hodisa va yo rivoyat yordamida ochilganligini, muqaddas kitobdan juda ko’p iqtiboslar olinganini ta’kidlaydi.
Alisher Navoiy ijodi milliy ma’naviyatimiz qomusi sifatida.
O’zbеk xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o’zbеk adabiyoti va tilining asoschisi Alishеr Navoiy O’rta Osiyoning ma'naviy va ma'rifiy fikr taraqqiyotida alohida o’rin tutadi. U adabiyot, san'atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. «Chor dеvon», «Xamsa», «Mahbubul-qulub», «Muhokamatul-luqatayn», «Majolisun-nafis», «Lisonut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir.
Navoiy o’z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo’yadi.
Odami ersang dеmagil odami,
Oniki yo’q xalq qamidin qami, - bayti
Navoiy ma'naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi dеsak, hеch yanglishmaymiz. Navoiy butun umri bo’yicha insonparvarlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug’lab o’tgan. Kishilar qamida bo’lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko’rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo’lgan. Uning qabrida mana bu so’zlar bitib qo’yilgan: «Shohi g’aribon», ya'ni g’ariblar, yolqizlar, faqirlar shohi.
Navoiy saxovat va muruvvatda bеnazir inson bo’lgan. O’zining joylardagi еr-suvlari, mol-mulklaridan kеlgan daromadlarini to’laligicha xayriya ishlariga sarflagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi.


Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish