-mavzu: Inson hayotida ma’naviyatning o’rni va ahamiyati. Jahon ilmi va o’tmish ajdodlarimiz merosida ma’naviyat masalalarining nazariy jihatdan o’rganilishi
6-mavzu: Inson hayotida ma’naviyatning o’rni va ahamiyati. Jahon ilmi va o’tmish ajdodlarimiz merosida ma’naviyat masalalarining nazariy jihatdan o’rganilishi Reja:
Insonning borlig’i, go’zalligi uning yuksak ma’naviyati va ma’rifati orqali namoyon bo’lishi.
Jahon ilmida ma’naviyat masalalari.
Markaziy Osiyoda yaratilgan qadim yozma adabiyotlarda ma’naviyat masalalari.
Islom mintaqa madaniyatida ma’naviyat masalalarining nazariy jihatdan shakllanishi
Imom Abu Hamid G’azzoliyning “Kimiyoyi saodat” asari muqaddimasida ma’naviyat nazariyasining bevosita ishlab chiqilishi.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy” asarida ma’naviyatniijg ta’rifi.
Alisher Navoiy ijodi milliy ma’naviyatimiz qomusi sifatida.
Tayanch so’zlar: inson, yuksak ma’naviyat, ilm, adabiyot, islom, madaniyat, milliy madaniyat.
Insonning borlig’i, go’zalligi uning yuksak ma’naviyati va ma’rifati orqali namoyon bo’lishi Inson ma'naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Islohatlarning birinchi bosqichida milliy ma'naviyatni yuksaltirish yo’lida ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma'naviy, mafkuraviy parokandalik davriga barham bеrildi. Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma'naviyatimiz yuksala bordi.
Ma’naviyat faqatgina inson zotiga taalluqli hodisa bo‘lib, jamiyatda insonning qanchalik darajada ma’naviyatli ekanligi haqidagi baho o‘z navbatida uning atrofidagi insonlar tomonidan beriladi. Haqiqatan ham, insonning ma’naviy jihatlariga e’tibor qilinganda, uni yaxlit tizim sifatida tushunish, har tomonlama chuqur o‘rganish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Jahon ilmida ma’naviyat masalalari Sharq va G‘arb ijtimoiy-madaniy munosabatlari, ayniqsa, ilm-fan sohasidagi integratsiyalashuvi shunda ko‘rinadiki, Markaziy Osiyo mutafikkirlarining asarlari XII asrdan boshlab, Yevropada ilmiy-adabiy til hisoblangan lotin tiliga tarjima qilina boshlandi, so‘ng XVII-XVIII asrda ingliz, ispan, nemis, fransuz tillariga tarjima qilindi.
Forobiyning Arestotelga yozgan sharhlarini Berlin akademiyasi nashr qildi. XVIII asr oxirlarida (1890-1891) F.Diteretsi uning falsafiy traktatlarini, ayniqsa uning siyosiy falsafasini (Al-madinat al-fadila) sinchiklab o‘rgandi. Asli Sirdaryo viloyatida dunyoga kelgan alloma olim Forobiy umrining anchasini Xalabda, Hamadoniylar saroyida o‘tkazgan bo‘lib, “Ud” sozining ixtirochisi sifatida ham tanildi, shu sabab uni nemis faylasuf shoirlari o‘zlarining she iyatida musiqa faylasufi etib talqin etadilar. Fridrix Rukert “Morgenlandisce sagen und Geshcihten” (“Sharqona rivoyatlar va afsonalar”) asarida Forobiyning bir kuy ijro etib, barchani shoju xurram qilgani, ikkinchi kuy bilan ko‘zyosh to‘kishga majbur etgan, uchinchi kuy vositasida esa ularni uxlatib qo‘yganini tasvirlaydi.
Bu holat Forobiyning G‘arb sanati va ijtimoiy madaniyatiga qanchalik katta tasir etganini ko‘rsatdi.
G‘arb o‘zining Uyg‘onish davrida Sharqda erishilgan ilm-fan yutuqlaridan keng foydalandi. Aslida Sharqning G‘arbga tasiri masalasi necha asrlardan buyon taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan mushohada etib kelinadi. Taniqli olima F.Sulaymonovaning barcha nurlar Sharqdan taralishini ifodalovchi “Sharq va G‘arb”nomli monografiyasi tahlil etilganidek, “Ipak yo‘li” faqat Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar vositasi emas, ayni chog‘da Yevropani maanviy uyg‘otgan hayotbaxsh yo‘l ham bo‘ldi. Ya’ni “Markaziy Osiyoda, xususan Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‘ona, Kesh, Termiz kabi shaharlarda oylab, yillab istiqomat qilgan, ajnabiy savdogarlar xalqimizning turmush tarzi, urf-odatlari va ma’naviyatga xos qirralarini o‘rganib, maqul bo‘lganlarini o‘z yurtlariga borib targ‘ibot qilishga harakat qilganlar”.
Mavjud adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, Buyuk ipak yo‘ilad Sharqdan o‘zlashtirilgan ilg‘or ananalar va qadriyatlar G‘arbga qanday naf keltirganligini umumlashtirib ko‘rsatishga moyillik sezilmaydi. Lekin G‘arbdagi o‘z davrining yetuk allomalari “Sharq va G‘arb singisha olmaydi, barcha ilmlar G‘arbda paydo bo‘lgan, sharqliklar rasman ilmiy tafakkur qilishga qodir emaslar” ruhidagi “evropamarkazchilik” aqidasi zararli oibatlar keltirib chiqarishini payqashdi va tarixga xolisona munosabatda bo‘lishdi.
Chunonchi, G.Gerder, V.Gyote, A.S.Pushkin, N.Chernishevskiy, E.Renon, I.Goldsixer, Ye.Bertels, A.Krachkovskiy, A.Mets, N.I.Kondrad jahon madaniyati taraqqiyotida Sharqning, xususan, “Ipak yo‘li” mintaqalarining o‘rni, integratsiyasi xususida ilmiy asoslangan fikrlarni bildirishdi.
O‘zbek olimlaridan M.M.Xayrullayev, A.Hayitmetov renessans G‘arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlar madaniyatidan olti-etti asr oldin Sharqda, jumladan Markaziy Osiyoda yuz berganligini dalillashdi[3]Erinburg (Shotlandiya) universitetining professori Uolt Montgomeri Uoot ham odilona fikr yuritib, “Sharq, G‘arbiy Yevropa bilan nafaqat o‘zining moddiy madaniyati va texnikaviy kashfiyotlarda erishgan yutuqlarini baham ko‘rdi, u nafaqat Yevropada ilm-fan va falsafa taraqqiyotiga rag‘bat berdi, balki Yevropaning o‘zini-o‘zi haqida yangicha tafakkur yaratishiga olib keldi”deydi.
Sharq va G‘arb ijtimoiy-madaniy integratsiyalashuvida fan va madaniyatni yuqori cho‘qqiga ko‘tarishda Ibn Sinoning o‘rni beqiyosdir. U G‘arbda Avitsenna nomi bilan tanilib, tibbiyot ilmining yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilishida uning “Al-qonunu fit-tib” asari katta o‘rin tutgani malum. Zero, u nafaqat Sharq uchun, balki G‘arb uchun ham tibbiyot ilmidagi eng mo‘ abar olim sanaladi. Uning asarlari tabiatshunoslikning insonni o‘rganadigan sohasiga kirishga yo‘l ochdi. Ibn Sinoning faoliyatini o‘rganish borasida nemis olimlari asosan tabiiy fanlar sohasida muhim ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. O‘rta asr islom tabiatshunosligi mutaxassisi Aylxard Videmanni “Ibn Sinoning ko‘rish jarayoni haqidagi tasavvurlari” degan tadqiqot ishini yaratdi. Lippert allomaning oftalmologiya sohasidagi tajribalari ustida ish olib bordi. Maks Xorten Ibn Sinoning kamalak haqidagi tushunchalari bilan birga, uning metafizikasini ham o‘rgandi. Shveysariyalik X.Suter esa shu mavzuni tadqiq etdi.