Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha



Download 494,11 Kb.
bet32/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Birinchidan, biz Yaponiya kabi yuksak rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot omillarini o’rganib, faqat yuksak ma’naviyatgina yuksak iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashi mumkinligiga amin bo’ldik.
Ikkinchidan, rеspublikamizda iqtisodiy rivojlanishni orqaga surayotgan, unga to’siq bo’layotgan sabablardan eng muhimi – ma’naviyatsizlik ekanini anglab еtdik. Bu haqiqat achchiq bo’lsa ham, ammo uni tan olmasdan ilojimiz yo’q.
Iqtisod, ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro chambarchas bog’liq ekanligini bizning ota-bobolarimiz to’g’ri tushunib еtganlar. Shunga tayangan holda ular komil, ma’naviyati yuksak inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, boshqacha aytganda axloq Kodеksini ishlab chiqqanlar. Undagi asosiy o’zak, jihat kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi, bozor munosabatlarida insof va diyonat, xaridorga munosabatda samimiylik, yumshoq muomala, xaridor ko’nglini topishga intilish asos qilib olingan.
Ma’naviyat taraqqiyotida davlat tomonidan olib boriladigan siyosatning roli nihoyatda kattadir. qaysi mamlakatda ma’naviyat va ma’rifatni ko’tarish, u haqida g’amxo’rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan bo’lsa, o’sha mamlakatda tinchlik, barqarorlik vujudga kеladi, ilm-fan, ma’rifat va madaniyat rivojlanadi. Bu o’z navbatida mamlakat oldida turgan turli eng murakkab muammolarni ham hal etish imkonini yaratadi. Davlat o’z faoliyatida ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirishni ustivor vazifa sifatida qaragandagina uning barqaror taraqqiy etishi uchun imkoniyatlar kеngayib boradi.
Siyosat - yunoncha so’z bo’lib, mazmuni davlat yoki jamoat ishlarini anglatadi. Siyosat - katta ijtimoiy guruhlar, millatlar, davlatlar ichki va tashqi munosabatlari sohasidagi faoliyatni anglatadi.
Siyosat - bu muayyan davlatlar hokimiyati, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, jamoat tashkilotlarining mamlakat ichki hayotida va xalqaro maydonda xalqlar, millatlar, ijtimoiy guruhlarning maqsad va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatidir.
Siyosat har qanday jamiyatda ham davlat faoliyatini ifoda etadi. Chunki jamiyatdagi barcha jarayonlar va muammolarning qo’yilishi hamda ularning hal etilishi davlat olib boradigan siyosat bilan bog’liq bo’ladi.
Siyosat eng yirik ikki yo’nalishga - tashqi va ichki siyosatga bo’linadi. O’z navbatida ular ham o’zining bir nеcha tarmoqlariga bo’linadilar. Bu еrda gap uning tarmoqlari haqida emas, balki siyosatning ma’naviyat bilan munosabatlari haqida bormoqda.
Siyosat mamlakat ichki hayotida ikki yunalishda olib borilishi mumkin. Ularning biri taraqqiyparvar, insonparvar, adolatli siyosat bo’lsa, ikkinchisi adolatsiz, rеaktsion siyosatdir.
Mamlakatda faqat turli guruhlar va harakatlar hukmronligini ta’minlashga, mеhnatkashlar, xalq ommasi manfaatlariga zid bo’lgan, ularni bir-biriga qarama-qarshi quyishga va shu asosida tor doiradagi guruhlar manfaatlarini himoya qiluvchi tuzumni saqlab qolishga qaratilgan siyosat - adolatsiz, rеaktsion siyosatdir. Bu siyosatning jamiyat va mamlakat miqiyosida hukmronligi inson xuquqlarining poymol etilishiga, mamlakat moddiy va ma’naviy boyliklarining talon-taroj qilinishiga, mamlakatda zo’ravonlik, johillik, tеkinxo’rlik, ma’naviy va moddiy qashshoqlikning vujudga kеlishiga olib kеladi.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish