Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


etadi va o’ziga singdirib oladi



Download 494,11 Kb.
bet28/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

etadi va o’ziga singdirib oladi: 
1. Qonun ustuvorligi. 
2. Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash. 
3. Turli millat vakillarini, ularning madaniyatini va qadriyatlarini hurmat
qilish, ular bilan hamkorlik qilish, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik. 
4. Dinlararo bag’rikenglik.
5. Dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik. 
6. Turli xalqlarning ilg’or tajribasini, insoniyat madaniyati yutuqlarini 
o’rganish va egallab olish.
7. Inson - eng oliy qadriyat. 
8. Vatan - eng oliy qadriyat va h.k.
9. Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan, etnik jihat va
xususiyatlar bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar shakllidir.
Ijtimoiy fanlar metodologiyasi.
Inson ilmi hech qachon Borliq haqiqatining oxiriga eta olmaydi. Shunday ekan, harqanday ilm biror-bir aniq maqsad sari yo’nalmasa, cheksiz-chegarasiz, ibtido-intihosiz bo’lib qolib, biror samaraga muyassar bo’lishi qiyin.
Metodologiya” tushunchasi voqelikni ilmiy idrok etishning ayni shu muayyan maqsadga qaratilgan mantiqiy tizimini anglatadi. Ma’lumki, ajdodlarimiz - buyuk tasavvuf pirlari - Haqqa etishishning irfoniy yo’llarini
ishlab chiqqanlar va ularni “tariqat” yoki “suluk” deb ataganlar.
Metod” atamasi ham aslida yunoncha “metodos” so’zidan bo’lib, “yo’l”, “haqiqatni anglab etish yo’li” ma’nolarini ifodalaydi. Arab tilida bu so’zning muqobili “tariq” yoki “tariqa” bo’ladi. “Tariqat” atamasining kelib chiqishi shundan. Alisher Navoiy XV asrda ayni shu an’anaga tayangan holda adabiyotda “badiiy metod” muammosini hal qilib berdi va “haqiqat tariqi”, “majoz tariqi” tushunchalarini ilmiy iste’molga kiritdi.
Ijtimoiy fanlarning tabiiy (tabiatga oid) va aniq (matematik) fanlar bilan o’zaro umumiy va farqli tomonlari bugungi kun ijtimoiy fanlar sohasidagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari.
Tabiiy, texnik va aniq fanlarning dini, millati bo’lmaydi. O’zbekning fizikasi, arabning ximiyasi, hindning matematikasi degan tushunchalar o’sha xalq vakillarining ushbu fan sohasiga qo’shgan xissasi ma’nosida balki ishlatilishi mumkindir, ammo qaysi xalq vakili kashf etganligidan qat’iy nazar, suvning ximiyaviy tarkibi, biror o’simlikning rivojlanish qonuniyatlari, geometrik shakllarning xossalari yoki kompyuterning ish printsiplari turli millatlar uchun turlicha bo’lmaydi, Ya’ni moddaning sifatiy xususiyatlari va miqdoriy o’lchovlari ob’ektiv hodisa bo’lib, e’tiqod, an’ana, milliy va ijtimoiy o’ziga xosliklarga ega emas. Shu sababli bu sohalarda erishilgan barcha yutuqlar umumjahon ilmiga muayyan xissa bo’lib qo’shilib bora beradi.
Ijtimoiy, ya’ni inson va jamiyat hayotiga oid ilmlar esa ilojsiz ravishda har bir mintaqa, millat va elat, ba’zan hatto alohida ijtimoiy toifa uchun o’ziga xos jihatlarga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston tarixini Olmoniya yohud Xitoy tarixi prinsiplari asosida yaratib bo’lmaydi, yoki rus tili lug’atshunosligini arab tili uchun ishlab chiqilgan modellar asosida qursak, milliy til mohiyatiga zid ish qilgan bo’lamiz. Chunki har bir mintaqa, millat va elatga xos e’tiqod tizimi, hayot tarzi, urf-odatlari, madaniyati, axloqiy printsiplari bo’ladi. Masalaga yanada aniqroq yondoshilsa, hatto har bir ijtimoiy toifaning hayotga yondoshuvida o’ziga xos jihatlar bo’ladi-ki, ularni hisobga olmaslik umumbashariy miqyosda og’ir oqibatlarga olib keluvchi chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Marksizmning faqat ishchilar sinfi manfaatlarini ko’zda tutib (aniqrog’i, eng kambag’al va past toifali ishchilar, ya’ni proletariatning muayyan bir tarixiy sharoitdagi nuqtai nazari va tor doira manfaatlarinigina hisobga olib) ishlab chiqilgan dunyoqarash tizimi butun jamiyatga zo’rlik bilan tatbiq etilishi natijasida insoniyat boshiga qanday kulfatlar yog’ilganligi bu masalada tarixning achchiq sabog’i bo’lganligini eslash kifoya.
[1] Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.-T.,”Ma’naviyat”, 2008, 19-b.
[2] Falsafa: qomusiy lug’at.-T. , “Sharq” , 2004, 225-b.


Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish