MARKAZIY OSIYОGDA JISMONIY TARBIYANING RIVOJLANISHI.
REJA:
Markaziy Osiyoga jismoniy tarbiyani rivojlanish xususiyati.
Miloddan oldingi IX-VI asrlarda Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya.
O‘rta Osiyo hududida hususan Surxondaryo zamini ilk bor ibtiodiy odamzod makoni topgan joy sifatida ta’riflanadi. Boysuntog‘ tizmalari bag‘ridan Teshiklitosh g‘oridan topilgan o‘rta paleolit davriga (meloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar) oid ibtidoiy odam manzillarining qoldiqlari topilgan. Ibtidoiy odamzod yashagan davr, olimlarimiz e’tirof etganidek, bundan qariyib bir million burungi zamonga to‘g‘ri kelsa, Boysuntog‘ tizmalarida tasvirga tushirilgan surat-dinazavrlarning toshda qotib qolgan izlari qaysi davrga daxldor ekanni o‘zingiz tasavvur qilib olavering! Ma’lumki, dinozavr mezozay erasida, ya’ni bundan
60 million yil ilgari yashab o‘tgan sudralib yuruvchi hayvondir. Surxondaryo tog‘larida tosh davrning so‘nggi bosqichi-yuqori
(miloddan avvalgi 40-12 ming yilliklar) doir topilmalar ham tolaygina. Shulardan birinisiz tarix kitoblarining ilk sohifalarida ko‘p ko‘rgansiz. Bu odam qifasini antronolog M.M.Gerasimov Boysunning shimoliy–g‘arbidagi Teshiklitosh o‘nguridan qazib olingan sakqiz-to‘qqiz yashar bolaga tegishli suyaklar asosida tiklangan. Ushbu topilma “Neandertal odam” nomi bilan mashhur bo‘lib, O‘zbekistonning, umuman Markaziy Osiyoning hozirgi zamon odami (kromanon) shakllangan mintaqaga taaluqli ekanini asoslaydigan manba sifatida fanda katta kashfiyot hisoblanadi.
Mazkur g‘or tog‘lar o‘rtasidagi Zovshaloshsoy degan еrda joylashgan va u еr dengiz sotxida 1500 metr balandlikdadir. G‘ordagi bir yarim metrlik qatlom toshdan yasalgan mehnat qurollari, turli xil hayvonlarning singan suyaklari borligi ma’lum bo‘ldi. Qatlamlarda gulxan izlari topildi. Gulxanlar atrofida esa tog‘ echkisi, bug‘u, yovvoyi ot, monard, ayiq, quyon, kaklik, o‘rdaklarning ko‘plab suyaklari topildi. Teshiklitosh g‘oridan jami bo‘lib 3000 ming yaqin turli xil predmetlar topilgan, ularning 339 tasi puxta va pishiq ishlangan mehnat qurollaridir. Qazilma paytida tosh qurollardan tashqari suyaklardan qilingan buyum, ish qurollari ham topildiki, bu peandertal davr kishilarining taraqqiyot yo‘lidagi sezilarli va hatto Surxondaryo O‘rta Osiyo hududida insoniyat Jandertal bosqich taraqqiyotini bosib o‘tilganligiga yaqqol dalil bo‘la oladi.
Arxiologik topilmalar Surxandaryo hududida istiqomat qilgan ibtidoiy jamoa tuzumi, kishilarning ov bilan faol shug‘ullanganliklaridan, xavfsala bilan mehnat qurollari yasab, ularni kundalik ish jarayonida qo‘llaganliklari va o‘z tajriba mahoratlarini keyingi avlodlarga meros qilib qoldirganliklarni aniq ravshan isbotlaydi. Ov ularning jismoniy kuch-quvvatini imkoniyatlarini yanada mustahkamlagan, sezgirligi, xushyorligini oshirgan bilimlarini kuchaytirgan, ov-qurollarini yasash va amalda qo‘llash esa insondan muayyan darajada jismoniy kuchni, aqliy o‘tkirlik va amlaiy kunikmalarni talab etar edi. dastlabki texnika asta sekin taokmillashib bordi, otish qurollarining amalda qo‘llanishi tufayli tezlik harakati ham osha boradi. Paleolit davrining oxirlarida otish qurollari nayza keyinroq xesa kamon yoyidan otish kashf etildiki, bu insonning ilk mexanizmlarning yaratish yo‘lidagi dadil qadamlari edi.
Sherobod tumani hududidagi g‘orlarda topilgan rangli tasvirlar jamiyat tarixini davrlashtirishga mezolit va neolit davriga oiddir. G‘oyalarga Kuhitang tog‘laridagi Zarautsoy g‘orlarining har ikkala tarafida ham borligi ma’lum bo‘ldi. U qadar chuqur bo‘lmagan Zarautkamar degan g‘ordagi tasvirlar ancha yaxshi saqlangan. Qoyalardagi tasvirlar mineral buyoqlar yordamida chizilgan. G‘orning har ikkala tarafidagi tasvirlar mavzu va uslubiy jihatdan bir-biriga bog‘liqdir. Masalan, qoyaga tushirilgan asarlardan birida yovvoyi ho‘qizlarni ovlash payti tavsirlangan. Unda chopib borayotgan ho‘qiz va uning ortidan quvi borayotgan itlar hamda odamlar ifodalangan. Ovchilar kamondan ayrimlari esa sonqondan otmoqdalar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kamon kashf etilishi bilanoq, o‘zidan avval ishlatilgan barcha otish qurollaridan har jihatdan ustun va foydali ekanligini isbot qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |