Kamonning keng yoyilishi va qo‘llanishi keyinchalik ovchilikning sifat jihatdan rivojlanishi va takomillashuvchiga olib keldi.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o‘yinlari muhim o‘rin tutgan. Ba’zi maktablarda ular ovdan o’tkazilishi yozilgan bo‘lsa, boshqalarida ovdan keyingi o‘yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma’lumotlarni chuqurroq taxlil etadigan bo‘lsak, unda ovchilik o‘yinlari ovdan oldin ham, undan so‘ng ham o‘tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o‘yinlar-ovoldi mashq (ovga tayyorgarlikka tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish) vazifasini o‘tgan ham jiddiy o‘ziga xos kichik marosim shaklida uyushtirilgan. Bu o‘yinlar jarayonida ibtidoiy odamlar o‘ljani osongina qo’lga tushirish, unga yaqinlashishni o‘rganishga, buning uchun niqob kiyib yoki hayvon terisini yopib, hayvon qiyofasiga kirishni, uning yurish turishlari va tovush chiqarishlarni mashq qilishgan. Aynan shunday o‘yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o‘rgatishgan. Shu boisdan ham u o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tab, bir tomondan ovchilar mahoratini o‘stirishga yordam bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid mashqlarini shakllantirigan va rivojlantirgan.
Ovdan so‘nggi o‘yinlar ov muvoffaqiyatli tugagandagina uyushtirilgan deb taxmin qilish mumkin. Cho‘nki ovdan o‘lja bilan qaytish, bu ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga imkon yaratgan.
Ovchilar bunday o‘yinlar yordamida “ko‘n bo‘yi ov qilib, charchab qaytgach, kechquro‘nlari o‘z a’zo-badanlariga dam berish, bug‘o‘ncha taassurotlarini ifodalashardi”. Bu jarayonlar, ya’ni har bir muvoffaqiyatli ovdan keyin o‘yinning an’ana bo‘lib qolishi bayram kayfiyatida o‘tadigan maxsus marosimni shakllantira boshlagan.
O‘rta Osiyo territoriyasida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o‘yinlar bo‘lgan degan taxmini isbotni biz namoyon davri Sheraboddagi Zaraut kamarining toshlariga tushirilgan tasvirlardan; meloddan oldingi II-I ming yilliklarda Farg‘ona vodiysidagi Saymalitosh g‘orlarida aks ettirilgan devoriy rasmlaridan va boshqa arxilogik topilmalar toshidagi tavsirlardan topishimiz mumkin. Ularda nafaqat totemlarga sig‘inish, balki ov jarayoni, ovdan keyingi shodiyonalik, hayvon niqobi va qiyofasidagi ovga o‘yinlari aks ettirilgan.
Odamzod tobora tashqi muhitga moslasha bordi. Endi u g‘orlardagi emas, tekisliklarda ham makon qura boshladi. Hozirgi Termiz tumaning daryo vohalarida Ayratomda shu davrga oid manzillar uchraydi. Mezoment (o‘rta tosh) davrida (miloddan avvalgi 12-6 ming yilliklar) tosh qurollar va ularni yunish usuli takomillashdi. Magay g‘ori manzilidan o‘sha davrga xilma-xil tsh qurollar topilgan. Bu qurollardan ko‘rinib turibdiki, u davr odamlari qurolni ma’lum geometrik shakllarga solabilmaganlar.
Mezomet davrida o‘ngurlar davriga o‘yib chizilgan. Bo‘ndo‘an ovchilar qo‘lida o‘q-yoy, sonqon, ko‘pchiligi cho‘qqisimon yopinchiq yopinib olgan. Bundan yaxlit ov manzarasi, ovchilarning turq-tarovati, diniy tasavvurlari tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |