"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor



Download 2,39 Mb.
bet103/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

Bashoratlash – obyekt haqida oldin bo‘lgan ma’lumotlarni olish jarayoni, ilmiy asosda oldindan asoslashtirilgan holatlar va usullar (B.S.Gershunskiy. Bashoratlash biror-bir holat, jarayon mavjud yoki uning vujudga kelishi uchun shart-sharoit bor deb oladi. Loyihalash jarayoni esa kelajakdagi, ya’ni, hali mavjud bo‘lmagan obyekt loyihasini tayyorlashdan iborat. Loyihalash bashorat qilish qismini o‘z ichiga oladi yoki mavjud bashoratga tayanadi.
Ikkinchi tushuncha – rejalashtirish. Rejalashtirish – biror narsaning rejasi yoki loyihasini solishtirish bo‘lib, reja – “umumiy maqsadga birlashgan amalga oshirilishi uchun dastlab bir qancha oldindan o’ylab qo‘yilgan harakatlar, tadbirlarni bajarish talab etiladigan niyat, loyiha, topshiriqdir”. Ko‘pincha rejalashtirish va loyihalash sinonimlar tarzida foydalaniladi. Reja va loyihani tuzish maqsadi nuqtai nazaridan, haqiqatda farq yo‘q. Reja ham, loyiha ham kelgusi aniq voqelikni yoritadi va uni amalga oshirish uchun tuziladi. Lekin, fikrimizcha, loyihalash rejalashtirishga qaraganda kengroq tushunchaga ega. Rejalashtirish aniq harakat, ularning tartibini belgilash bilan bog‘liq, ya’ni, kelajakning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi bo‘lgan faoliyatdan iborat. Loyihalashda kelajakdagi narsa yoki jarayonlar tamoyillarga tayangan holda asoslanadi va tavsiflanadi, uni amalga oshirish usuli namoyon etiladi. Reja esa o‘ylab qo‘yilganlarni amalga oshirish yuzasidan harakatlar tizimini aks etadi. Pedagogning kasbiy faoliyatida rejalashtirish keng o‘rin egallaydi. Rejalashtirish jarayonida pedagog oldida turgan faoliyatga diqqat bilan ish tutadi, mazmunini pedagogik jihatdan qayta ishlab chiqadi. Uni tashkil etishning samarali, mahsuldorroq shakllari va uslublarini izlaydi. U uning tarkibini aniqlaydi, uning ayrim qismlari orasidagi bog‘lanishni, ayrim qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aniqlaydi, ularni birlashtirish va o‘zaro ta’sirining nisbatan mahsulli shakllari va usullarini izlaydi va h.k., ya’ni ishning mahsuldor, unumli tizimini shakllantiradi.
I.P.Rachenko rejalashtirishni ko‘zdan kechirishning bir necha tomoniniajratadi. Ijtimoiy nuqtai nazardan pedagogik faoliyatni rejalashtirish-shaxs, jamoaning rivoj topishiga bir butun yondoshuvni loyihalashdan iborat. Rejalashtirishning iqtisodiy tomoni – faoliyat natijasi samaradorliginita’minlashdir. Psixologik nuqtai nazardan reja miyada harakatlar qonuniyketma-ketligini aniqlovchi shajaraviy tuzilgan jarayondir. Muallif fikrichareja tuzish - ishni loyihalashtirishdir. Reja ishning aniq bir tizimidir,bunday tizimlarni loyihalash esa rejalashtirishning asosini tashkil etishi
lozim. Bu holda tizimlarni loyihalash – o‘quv-tarbiya masalalarining jadal, unumli psixologik-pedagogik echimini izlashdan iborat. I.P.Rachenko pedagogic faoliyatni rejalashtirishga quyidagilarni kiritadi:
a) pedagog oldida turgan asosiy maqsad nuqtai nazaridan pedagogic holatni baholash;
b) oldindan asosli tarzda ayta olish, ishning borishi va natijalarinioldindan ko‘rish, shunga bog‘liq tarzda uning maqsad va vazifalarini aniqlash;
v) zaruriy chora-tadbirlar, harakatlar ketma-ketligi dasturini ishlabchiqish, ularni amalga oshirish uchun eng unumli uslublar, usullar va jihozlarnitanlash;
g) ishni vaqt bo‘yicha hisob-kitobini qilish, uning boshlanishi vaoxirini belgilash;
e) hisobga olish va nazorat shakllari va uslublarini belgilash.
I.P.Rachenko keyingi ishlarida rejalashtirish jarayonini quyidagichaizohlaydi:
a) maqsad va vazifalarni shakllantirish;
b) ketma-ket harakatlar dasturini ishlab chiqish;
v) faoliyat jarayoni va natijalari jarayonini vaqti hisobini nazoratqilish.
Ammo, pedagogik adabiyotda bu jarayonlarga nisbatan qarama-qarshifikrlar ham mavjud. Masalan, V.I.Zagvyazinskiy istalgan kishi, shu jumladanpedagogik faoliyatda quyidagi davrlarni ajratadi:
- erishilgan dastlabki holat, boshlang‘ich vaziyatlar tahlili;
- tashhislash yo‘nalishlarini aniqlash;
- bashorat qilish va oldindan aytish;
- maqsad va asosiy vazifalarni aniqlashni o‘z ichiga olgan maqsadgayo‘nalganlik;
- o‘ziga xususiy masalalar na ularni echishning asosiy bosqichlarni o‘zichiga olgan rejalashtirish.
Bunga qaraganda, loyihalash rejalashtirishdan keyin keladi va rejanianiqlashtirishdan iborat. Bizning nuqtai nazarimizda I.P.Rachenko fikrlariganisbatan bu qarash aniqroqdir, chunki, shaxs o‘z faoliyatini rejalashtirishuchun kelajakdagi ta’lim jarayoni dasturi yoki loyihasi bo‘lishi kerak.P.E.Reshetnikov tomonidan tayyorlangan pedagogik faoliyatni rejalashtirish usullari qiziqarlidir:
dasturiy-maqsadli,
majmuaviy-tadbiriy,
tizimli-texnologik.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish