"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor



Download 2,39 Mb.
bet111/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

Me’yorlash tamoyili loyihani tuzishning barcha bosqichlariningchegaralangan jarayonlar, birinchi navbatda fikriy faoliyatni tashkil etishningbarcha shakllari bilan aloqadorlik chegarasidan o‘tishlarini talab qiladi.
Teskari aloqadorlik tamoyili har bir loyiha jarayoni amalgaoshirilganidan keyin uning natijaliligi haqida ma’lumotlar olish vaharakatni tegishlicha tahrir qilishni nazarda tutadi.
Samaradorlik tamoyili loyihaviy faoliyatning mahsuldorligini, uning amaliy ahamiyatli natijani olishga yo‘nalganligi shart ekanini uqtiradi. Boshqacha aytganda, loyihalash jarayoni natijalarning “mahsullirasmiylashtirilganligidir”.
Madaniy o‘xshashlik tamoyili loyihalash natijalarining ayrim madaniunamunalarga o‘xshashligini ko‘rsatadi. Madaniy sohadan tashqarida yotgan loyiha natijasini olish xavfi agar loyiha faoliyati qatnashuvchilarida o‘quvchi yoki pedagogning yakka tartibdagi ijodiyoti o‘z-o‘zicha yetarli emasligi haqida tushuncha bor bo‘lganida yo‘qoladi. Madaniy jarayonga qo‘shilish uchun uning o‘zining o‘rni qanday bo‘lishini bila olish, madaniy-tarixiy o‘xshatmalarini o‘rganish asosida odamzod erishganlarga nisbatan o‘z karashlarini bayon qila olishga o‘rganish lozim. Bunda ilmiy bilim olish va madaniy qadriyatlar bilan tanishish o‘z mulohazalari va bilim faoliyati natijalari bilan solishtirgan holda amalga oshirish muhim o‘rin tutadi.
O‘z-o‘zini rivojlantirish tamoyili ishtirokchilarning tarmoqlanadiganfaollik darajasida loyihalash subyektiga, shuningdek, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish natijasida yangi loyihalarning vujudga kelishiga taalluqli. Bir turdagi masalalar va muammolarning hal qilinishi loyihalashning yangi shakllarining rivojlanishi uchun yangi vazifalar va muammolarni paydo qiladi.
Loyiha faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil qilish bir qator talablarni bajarishga bog‘liq. Sohalilikni talab etish, ya’ni, loyihalash predmetnihimoyalamanganligini tasvirlash, ma’lum sohalar bilan bog‘lash, degan so‘zdir. Ta’lim tizimining ishlashi va rivojlanishi nafaqat psixologik-pedagogikmuammolarni, balkim, falsafiy, madaniyatshunoslik, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, fiziologik va boshqa muammolarni ham e’tiborga olishnitalab qiladi, pedagogik loyihalash fanlarning keng ko‘lamini yorituvchifanlararo mazmundagi bilimlar bilan ishlay olishga aloqadordir. Agar bizloyihalashtirish natijasida ta’limning yangi modelini olishni istasak, oldin uqamrab oluvchi barcha ijtimoiy-ta’limiy sohalarni tahlil qilish kerak. Loyihaviy qarash doirasiga modelning harakat muhitidagi ta’limningijtimoiy vaziyati, bir butun ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning taqdiri kirganbo‘ladi; barcha unga qo‘shimcha ta’lim shakllari va qadamlari, qonunchilik me’yorlariva shu kabilar kiradi. Masalan, maqsadi ingliz tili bo‘yicha bitirishimtihonining yangi shaklini tayyorlash bo‘lgan ta’lim loyihasi chegarasida yetarlicha keng ijtimoiy-didaktik sohani tahlil qilishga to‘g‘ri keldi. Ungamaktab bolalarini til bo‘yicha tayyorlashning barcha aylanmalari, nazoratshakllari, xorijiy tillar o‘qituvchilariga kasbiy ta’lim tizimi, o‘quvchilar va pedagoglarning boshqa fanlar bo‘yicha testlar bilan ish tajribalari, mavjud o‘quv qo‘llanmalari tizimi, ma’muriy munosabatlar tizimi va shu kabilar kirdi.
Ta’lim-tarbiyaga manfaatdor tomonlar - shaxslar, davlat, jamiyatehtiyojlarining turliligi bilan jamiyat hayotida alohida o‘rin tutadi va uningbarqaror rivojlanishga layoqatini ifoda qiladi. Ta’lim tiziminingsamarali ishlashi masalasi bilan haqiqatda mamlakatning barcha fuqarolariqiziqadi: dastlab ular umumiy ta’lim muassasalarida o‘qiydilar, so‘ngbolalari o‘qiydi, o‘zlari esa malakalarini oshirish imkoniyatiga egadirlar. Buholat odamning barcha hayot davrida uzluksiz ta’limga bo‘lgan ehtiyojlariniqanoatlantirishga imkon beradi. Loyihalash ishtirokchilarining faolligiga bo‘lgan talablar. Faollikning ifodalaridan biri - loyihaga ixtiyoriy tarzda qo‘shilish va
hissiyotli - qadrli tarzda yashashdir. Loyihani tuzish jarayonida, nafaqatbevosita qatnashuvchilarning, shuningdek, bunga shunchaki aralashayotganlarning, loyiha muammolarini muhokama qilishda ishtirokchilarning faolliginie’tiborga olish muhim sanaladi. Loyihalashning xususiyati shundaki, unda barchafikrlar va takliflar nazarda tutilishi, barcha qabul qilingan qarorlar ilmiyasoslangan bo‘lishi kerak. Agar pedagogik loyihaning muhokamasida malakalimutaxassislar, olimlar, jamiyat tashkilotlari faol ishtirok etsalar, uningsifati yuqori bo‘ladi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish