Dasturiy-maqsadli rejalashtirishda faoliyatning yakuniyva oraliq maqsadlari loyihalanadi va tavsiflanadi, reja, yakuniy hujjatshakli sifatida ish dasturi xizmat qiladi. Majmuaviy-tadbiriyrejalashtirishda quyidagilar loyihalashtiriladi:
a) eng muhim masalalar, ularni yechish uchun yo‘naltiriladi;
b) ishning majmua shakliga ega bo‘lgan ayrim yo‘nalishlari bo‘yichatadbirlar;
v) bajarish muddatlari;
g) bajarilishi uchun mas’ullar;
d) nazorat qilish shakllari va bajaruvchilar;
e) kurs mavzularini o‘rganish ketma-ketligi;
j) darsning asosiy bosqichlari, uning jihozlanishi, o‘quvchilargaberiladigan vazifalar. Reja shakli: tadbir, dars va boshqalarning aniq rejasi.
Tizimli-texnologik rejalashtirishda quyidagilar loyihalanadi:
a) ta’lim muassasasining ta’lim faoliyati yoki rivojlanishito‘g‘risidagi va tajriba-sinovlarning yetakchi g‘oyalari;
b) o‘quv rejasi;
v) talabalar tomonidan kasbiy tajribani o‘zlashtirishni ta’minlovchio‘quv va kasbiy masalalarining ishlab chiqarilishi;
g) o‘quv jarayonining tartibi;
d) o‘quv fanlari bo‘yicha dasturlar;
e) har qaysi alohida o‘quv kursini o‘rganish texnologiyasi;
j) har qaysi alohida kursni o‘tkazish texnologiyasi;
z) ish unumi mezonlari va ko‘rsatkichlari tizimi va mutaxassis kasbiy-shaxsiy rivojlanishini tashhislash texnologiyasi;
i) oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkazish texnologiyasi;
k) moddiy, moliyaviy, kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan olibboriladigan ishlar;
l) pedagogik jamoani rivojlanish jarayonidagi ta’limiy masalalarnihal qilishga tayyorlash bo‘yicha ishlarning shakli; muassasaning ta’limiydasturlari.
Uchinchi tushuncha modellashtirish. Bu – “bilish obyektlarini ularningmodellarida tadqiq qilish uslubi; aniq mavjud predmetlar, voqealar vatuziladigan obyektlarning tavsifnomalarini aniqlash yoki yaxshilash, ularniyasash usullarini qulaylashtirish, boshqarish kabilar uchun yasash va o‘rganish”.Model – tabiiy yoki ijtimoiy borliq muayyan ko‘rinishning, insonmadaniyati, g‘oyaviy-nazariy ta’lim mahsulining, aslining o‘xshatmasi (chizmasi, tarkibi, belgilari tizimi). Bu o‘xshatma asl bo‘lib, uning xossalari vatuzilishi, uni o‘zgartirish yoki boshqarish haqidagi bilimlarni (ma’lumotni) saqlash va kengaytirish uchun xizmat qiladi. Model - bu aslni bilish vaboshqarishdagi “vakili”, “o‘rinbosari”dir. Muayyan shartlarda nusxani tayyorlashva tadqiq qilish natijalari asl nusxaga o‘tkaziladi». Model tushuntirish, oldindan aytish, topilmali vositasi sifatida, doimo bilishga oid rolnibajaradi.Modelning loyihadan birinchi farqi - uni tuzish maqsadidir. Modelnarsa, hodisani o‘rganish, ma’lumot (axborot) olish, uning qirralarini o‘rganishuchun, shuningdek, uni o‘zgartirish va boshqarish uchun foydalaniladi. Loyihaesa narsani tuzish, borliqqa mujassamlashtirishda ishlatiladi va yuqoridako‘rsatilganidek, bilishga oid vazifani bajaradi.
Modelning boshqa o‘ziga xos xususiyati, yuqorida keltirilgan ta’rifgako‘ra, u aniq mavjud aslni «ifodalaydi», «almashtiradi», loyiha esa halimavjud bo‘lmagan narsalarni tavsiflaydi. Model – borliq qisminingo‘xshatmasi; uni tuzishda muhim bo‘lmagan holatlardan chetlaniladi, faqat boshasosiy qismlar va tavsifnomalar qayd etiladi. Model - xayoliy tuzilma. Loyihada, aksincha, kelajakdagi narsa va jarayonlar to‘g‘risida, shartlare’tiborga olingan holda, aniq tasavvur akslanadi.
Biz bergan modellashtirish tushunchasi ta’rifida hali mavjud bo‘lmagan obyektlar ham bo‘lishi mumkin. Bunda loyihalash va modellashtirishtushunchalari o‘zaro kesishadilar. Lekin, ularni ajratish mumkin. Yasalayotgannarsa modeli bevosita narsaning o‘ziga mujassamlanmaydi, lekin jarayonningbu eng boshida sodir bo‘lishi mumkin. Modellash, shuningdek berilganshartlarda maxsus uyushtirilgan ta’sir natijasida obyektda vujudga kelishimumkin bo‘lgan holat haqida yangi ma’lumot olishga imkon beradi, ya’ni, bashoratlash vazifasini bajaradi. Modellash bashorat qilish uslubi sifatidata’lim jarayonida o‘rganiladigan narsaning axborotli modelini yasash bilanbog‘langan bo‘ladi. Bu mo‘ljallangan chiziqlar deb ataladiganlar ko‘rinishida
yasalgan mantiqiy chizmalar (u qaysi tushunchalar va ta’riflardan qaysilaritomon harakat qilishni ko‘rsatadi), mazmunning asosiy holatlarini yorituvchi turli ramzlar yoki mavzuni o‘rganishning aniq rejasi bo‘lishi mumkin.
Pedagog va talabalarning faoliyati, usullar bilan to‘ldirilganaxborotli faoliyat modeliga, jarayonli modelga aylanadi. Pedagogtalabalardagi va yangi ma’lumotni, mavjud va zarur bo‘ladigan odat vako‘nikmalarni, boodobliklikning aniq va zaruriy darajasini o‘zarosolishtiradi va faraziy tarzda talaba uchrashi mumkin bo‘ladigan
qiyinchiliklarni aniqlaydi. Farazga asoslanib, u muammoning yechilishini, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni, maqsadga muvofiq bo‘lgan yoki bo‘lmagan harakatlarni oldindan ko‘radi, faoliyatning muvaffaqiyatli bo‘lishinita’minlovchi vositalarni tanlaydi, ya’ni, xayolan tajribalar o‘tkazadi. Buninguchun xayoliy tajribaga yana bitta shart kiritilishi lozim - talabalarni faoliyatga undovchi shartlarning holati va kuchini, ularning qiziqishlarini, o‘z-o‘zlarini tarbiyalashga istaklari borligini nazarda tutish, zarur bo‘lsa, intilishlarini rivojlantirish chorasini ko‘rish lozim. Pedagogning yuqorida tavsiflangan harakatlari, aunan fikran sinabko‘rishi, loyihalash faoliyatiga kiritilishi mumkin, ya’ni modellashtirishloyihalashning bir qismi bo‘ladi. Didaktikada modellashtirishni bilish uchunpedagogning loyihalash faoliyatini aniqlash lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |