"tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo`yicha prorektor


KEYS MAZMUNINING TARKIBIY TUZILISHI



Download 2,39 Mb.
bet101/152
Sana27.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#711700
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   152
Bog'liq
05.10.21y

KEYS MAZMUNINING TARKIBIY TUZILISHI

□ – Majburiy tarkibiy qism (komponent).
Keysning ushbu tuzilmali komponenti keys dolzarbligining asosini, uning ta’lim beruvchi maqsadi va tinglovchilar keysni hal qilish natijasida erishishi mumkin bo’lgan nazarda tutiladigan o’quv natijalarini o’z ichiga oladi.
Keys obyektining tarixiy bayoni. Ushbu komponent katta (amerikacha, uzun) keyslarda doim bo’ladi.
Keys obyektining tarixiy bayoni to’g’risidagi ma’lumotlar muammoning retrospektiv tahlilini o’tkazish, uning sabablari va rivojlanish tendensiyalarini belgilashga imkon beradi.
4. Loyihaviy ta’limning asoslari.
Loyihalash asoslarini o‘zlashtirish dolzarb, chunki, birinchidan, mazkur texnologiya ta’lim tizimini tashkil qilishning barcha bosqichlarida keng qo‘llanishga ega. Ikkinchidan, ijtimoiy madaniyat loyihalash mantig‘i va texnologiyasini bilish, tahliliy, tashkiliy boshqarish vazifalarini samarali amalga oshirishga imkon beradi. Uchinchidan, loyihaviy texnologiyalar mutaxassisning raqobat-bardoshligini ta’minlaydi. Ta’limning “texnik” va “ijtimoiy” jihatlari o‘rtasidagi farqni topish ham biz “texnologiya” tushunchasini qanday ta’riflashimizga bog‘liq. O‘rganishdan farqli o‘laroq, “texnologiya” tushunchasi xususida olimlar o‘rtasida yetarlicha aniq kelishuv mavjud. Dastlabki bosqichda, “texnologiya” deganda shunday jarayon tushuniladiki, bunda uning yordamida odamlar o‘z ehtiyoj va istaklarini qondirish uchun tabiatni o‘zgartiradilar. Tarix (danilgarigi davrlar) nuqtayi nazardan olib qaralganda, texnologiya tushunchasi inson o‘z tevarak-atrofiga moslashish va uni nazorat qilish uchun ish qurollari va hunarmandchilik bilan muntazam shug‘ullanganini anglatadi. Insonning texnologiyalardan foydalanishi, asosan, 2 million yil avval tabiiy resurslarning oddiy ish qurollariga aylanishi bilan boshlangan, deb ta’riflanadi. Bu omon qolish va tevarak-atrofni o‘zlashtirish (masalan, nayzaning yaratilishi) hamda bezash kabi hissiy maqsadlar (masalan, g‘or suratlarini chizish)ga intilishi boisdan sodir bo‘lgan. Texnologiya shuning uchun ham insonni hayvonlardan ajratib turadigan xususiyatlardan biri hisoblanadi. Devid Nay aytganidek, “hayvonlar texnik jonivorlardir; ular oddiy yashash faoliyati bilan qanoatlanadilar. Aksincha, insonlar yanada ko‘proq narsalarga ega bo‘lish maqsadida o‘z ehtiyojlarini uzluksiz yangilab turadilar” (2007, 2-bet). Nauning fikricha, texnologiyalardan nafaqat hayot shakllarini ta’minlab turish uchun, balki mavjud hayot shakllarini kengaytirish va yaxshilash uchun ham foydalaniladi. Ibtidoiy insonning olovni nazorat qilish qobiliyati takomillashishi ularning mavjud oziq-ovqat manbalarini sezilarli darajada ko‘paytirgan. Shuningdek, miloddan avvalgi 4000 –yillar atrofida g‘ildirakning kashf qilinishi o‘sha davr odamlariga yon-atrofga sayohat qilish va atrof-muhitni nazorat qilishda juda katta yordam bergan. Shu ma’noda, g‘ildirakning yaratilishidan kompyuterga asos solingan davrgacha ko‘p narsalar o‘zgardi. Haqiqatan, mavjud sharoitlarni yaxshilash vositasi sifatida texnologiyalardan foydalanish tushunchasi, shubhasiz, biz “zamonaviy”roq texnologiyalar sifatida ko‘rishni istagan narsalar zamirida yotadi. Masalan, bosma mashina, telefon va Internet kabi texnologik yutuqlarning barchasi aloqa yo‘lidagi tabiiy to‘siqlarni kamaytirish bilan birga odamlar uchun jahon miqyosida o‘zaro aloqaga kirishishga imkon yaratdi. Kimo‘zarlik nuqtayi nazaridan yaratilgan bo‘lsa-da, hatto yadro quroli kabitexnologiyalarning takomillashishi narsalarni yaxshiroq qilish maqsadiga erishish natijasi o‘laroq paydo bo‘lgan deyish mumkin. Volti (1992, 4-bet) ta’biri bilan aytganda, “biz narsalarni imkon darajasidan o‘zgacha qilishimiz uchun yoki biz ularni arzonroq, tezroq va osonroq qila olishimiz uchun texnologiyalar ishlab chiqiladi va amalda qo‘llanadi”. “Narsalarni yaxshiroq qilish”ga urg‘u berish shu narsani ko‘zda tutadiki, “texnologiya” atamasi biror narsa qilishda ishlatiladigan moddiy ish qurollari va inson tomonidan yaratilgan mahsulotlardan-da ko‘proq narsani anglatadi. Buni hozirgi kunda bizning iste’molimizda bo‘lgan “texnologiya” so‘zining qadimiy yunon tilidagi “technologia” so‘zidan kelib chiqishida ham ko‘rish mumkin. “Texnologiya”ning birinchi yarmi yunoncha “techne” so‘ziga taalluqli bo‘lib, u malaka, san’at yoki hunar kabi turlicha tarjima qilinishi mumkin. Shuningdek, u ancha avvalroq paydo bo‘lgan hind-yevropa tillaridagi “teks” old qo‘shimchasida ham aks etib, u to‘qish yoki yasash jarayonini anglatadi (xuddi “textile” so‘zi kabi). “Texnologiya”ning ikkinchi yarmi yunoncha “logia” suffiksiga taalluqli bo‘lib, u ham biror narsani tushunish yoki bilim sohasi kabi tuli tarjimalarga ega. Shu ma’noda, “texnologiya” atamasi har doim biror narsa qilish, narsalarni tushunish va bilimni takomillashtirish jarayonlari va faoliyatlarini anglatib kelgan. Albert Teich lo‘ndagina qilib qayd etganidek, “texnologiya shunchaki mashinadan-da ko‘proq narsani anglatadi” (1997, 1-bet). Rostdan, “texnologiya” atamasining zamonaviy ma’nosi shunchaki mashinalar va artefaktlarga qaraganda ko‘proq narsa (ya’ni texnologiyaning “insonga oid bo‘lmagan” moddiy jihatlari)ni anglatadi. Shuningdek, u shu mashinalar va artefaktlardan foydalanishning ijtimoiy muhitlari vaijtimoiy shart-sharoitlari (ya’ni texnologiyaning “insonga oid” jihatlari qanday atama bilan nomlanishi)ni ham anglatadi. Texnologiyaning “insonga oid” bu jihatlarini qanday tushunishimiz bir qancha muhim farq va ta’riflarni o‘z ichiga oladi. Masalan, Donald Makenzi and Judi Vochmanlarning fikricha, “texnologiya”ni uch yo‘l bilan ko‘rib chiqish mumkin: tabiiy obyektlarning o‘zi; shu tabiiy obektlar bilan birgalikda sodir bo‘ladigan inson faoliyatlari; va shu faoliyatlarni o‘rab turgan inson bilimi, ya’ni “odamlar nimani biladilar hamda ular nimani qiladilar”. (Makenzi va Vochman 1985, 3-bet). Shu nuqtayi nazardan, texnologiyalar chuqur “madaniy” obyektlar – odamlar o‘rtasida baham ko‘riladigan va avloddan-avlodga yetkaziladigan bilim sifatida baholanishi kerak (Goyder 1997). Shunchaki mashinalar yoki moddiy predmetlarga qaraganda ko‘proq narsani anglatadigan texnologiyalar haqidagi bu fikr agar biz Internet kabi hozirgi kun texnologiyasi haqida mulohaza yuritsak aniqroq tus oladi. Aksariyat odamlar Internet bilan ta’minlovchi kompyuterlarning moddiy tarmog‘ini tashkil etadigan mis similar, optik tolali kabellar, simsiz aloqalar, klaviaturalar, protsessorlar va monitorlarga nisbatan Internetning o‘zi ko‘proq ma’no anglatadi, degan fikrga qo‘shiladilar. Aslini olganda, odamlar Internet haqida gapirganlarida ular odatda onlaun mashg‘ul bo‘lgan faoliyatlarni, shu ijtimoiy faoliyatlar doirasidagi madaniyatlarni hamda bu faoliyatlar natijasida olingan bilimlarni nazarda tutayotgan bo‘ladilar. Agar shunday bo‘lsa, Internetni uning texnik shakllari emas, balki ijtimoiy “mazmuni” jihatidan ta’riflash foydadan xoli emas (Vesselz 2010). Texnologiyaning ijtimoiy va texnik jihatlarini konseptuallashtirishning eng oddiy usullaridan biri Lievrouv va Livingstoun (2002)ning “texnologiya” nima ekanligi borasidagi uchta har xil, lekin o‘zaro bog‘langan jihatlari haqidagi ta’rifida keltirilgan:
• buyumlar va qurilmalar: ya’ni texnologiyaning o‘zi va uning qandayishlangani hamda yasalgani;
• faoliyatlar va amaliyotlar: ya’ni odamlarning texnologiyalar bilan qiladilar narsalari (jumladan, insonlarning o‘zaro ta’siri, o‘ziga xos xususiyatlari, madaniy tajribalari);
• muhit: ya’ni texnologiyalarni qo‘llash doirasidagi ijtimoiy mexanizmlar va tashkiliy shakllar (jumladan, muassasalar, ijtimoiy tuzilmalar va madaniyatlar).
Talabalarga ta’lim va tarbiya berishning muvaffaqiyatliligi va natijaga egaligi pedagog tomonidan loyihaviy faoliyatni qanchalik o‘zlashtiri bo’lganligiga bog‘liq, chunki bu faoliyat vaziyatga qarab texnologik yechimlarni takomillashtirishga qodir, yangi ta’lim yondashuvlari va usullarini ishlab chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi. Loyihaviy faoliyat, V.S.Bezrukovaning fikricha, “bu – ta’lim oluvchilar va pedagoglarning bo‘lajak faoliyatlarining asosiy qismlarini birinchi galda ishlab chiqishdan iborat”. Har qanday loyihalash obyektining, bu pedagogic tizimmi, pedagogik jarayonmi, pedagogik vaziyatmi, uning asosiy qismi - uning ishtirokchilarining faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun, birinchi navbatda, o‘qituvchi va ta’lim oluvchining faoliyati loyihalashtiriladi. Loyihalash istalgan pedagogning (tashkilotchilik, bilish va muomala qila olish bilan birqatorda) vazifasidir, maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishga imkon yaratadi. Muallif yana pedagogning loyihaviy faoliyati bilan pedagogik texnologiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni alohida ta’kidlaydi: “loyihalash jarayonida va u orqali pedagogik jarayon ishtirokchilarining rivojlanishini ta’minlaydigan pedagogik texnologiya ishlab chiqiladi”. Biz texnologiya loyihalash mahsulidir, degan fikrga qo‘shilamiz. Loyihaviy faoliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • muammo tahlili;

  • maqsadning qo‘yilishi;

  • unga erishish uchun vosita tanlash;

  • axborotni izlash va qayta ishlash,

  • uni tahlil qilish va umumlashtirish;

  • olingan natijalarni baholash va xulosalar.

Predmetli faoliyat uch qismdan tashkil topadi: predmetli, faoliyatli va muloqatli. Loyihaviy faoliyat rivojlantiruvchi ta’lim uslublaridan biri bo‘lib, mustaqil tadqiqotchilik ko‘nikmasini hosil qilishga yo‘naltirilib (muammoning qo‘yish, axborotlarni to‘plash va uni qayta ishlash, tajriba-sinovlar o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish), ijodiy qobiliyat va mantiqiy fikrlashning rivojlanishiga olib keladi, ta’lim jarayonida olingan bilimlarni birlashtiradi, hayotiy muhim muammolarni mohiyatini tushunishga yordam beradi.
Loyihaviy faoliyatdan kuzatilayotgan maqsad ta’lim oluvchilar tomonidan turli o‘quv fanlarini o‘rganish davrida mujassamlashgan bilim, mahorat va ko‘nikmalarni tushunish va qo‘llay olishdan iborat.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish